20-BILET
Magnit maydoni. Magnit maydonni tavsiflovchi kattaliklar.
Fotonning impulsi. Yorug‘lik bosimi.
Harorati 300 K bo‘lgan bir atomli gaz molekulalarining ilgarilanma harakat kinetik energiyasi qanday bo‘ladi?
5.O’tkazgichdagi tokning zichligi 10 А/m2 ga teng. Agar o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi yuzasi 2 cm2bo‘lsa, undan 1 soatda o‘tgan zaryadni toping
21-BILET
Harakatlanayotgan gaz va suyuqlik bosimining tezlikka bog‘liqligidan texnikada foydalanish.
Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash.
Termodinamikaning birinchi qonuni
Manbadan uzilgan yassi kondensator plastinkalari orasidagi masofa 16 marta orttirilsa, kondensatordagi elektr maydon energiyasi qanday o‘zgaradi?
Ellips shaklidagi jism tinch turgan kuzatuvchiga nisbatan OX o`qi bo`yicha qanday tezlik bilan harakatlansa doira shaklida ko`rinadi?
22-BILET
Temperatura. Temperaturaning molekulyar talqini. Issiqlik muvozanati.
Nisbiy namlik.
Elektromagnit induksiya hodisasi. Induksiya elektr yurituvchi kuch.
0,6 c tezlik bilan harakatlanayotgan protonning kinetik energiyasini toping.
Difraksion panjaraga tik tushayotgan oq yorug‘lik difraksiyalanganda, 3-tartibli spektrdagi 780 nm to‘lqin uzunlikli chiziq bilan 4-tartibli spektrdagi qanday to‘lqin uzunlikli chiziq (nm) ustma-ust tushadi?
23-BILET
Jismlarning mutloq elastik va mutloq noelastik to‘qnashuvlari.
Magnit materiallarning xossalari birinchi marta Xitoyda qo‘llangan: birinchi kompas 4000 yildan ko‘proq vaqt oldin yaratilgan. XII asrning boshlarida Yevropada magnit kompaslar qo‘llana boshlandi. Kompas qanday ishlashini tushuntiring.
Dalton qonuni.
O‘tkazgichdagi tok kuchi I=2t+3t2 (A) qonuniyat bilan o‘zgarsa, 2–8 s vaqt oralig‘ida o‘tkazgichdan qancha zaryad o‘tgan?
A nuqtadan erkin harakatlana boshlagan jism silliq AB yo‘lni o‘tib, ishqalanishli BC yo‘lni o‘tadi va C nuqtada to‘xtaydi. AB=BC bo‘lsa, BC yo‘ladi ishqalanish koeffitsentini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |