5.Nuqtaviy yorug‘lik manbaidan 2π sr fazoviy burchakda yorug‘lik tarqalmoqda. Agar yorug‘lik oqimi 12,56 lm bo‘lsa, yorug‘lik kuchini toping (cd).
17-BILET
Aylanma harakatni tavsiflovchi kattaliklar orasidagi munosabat.
Termodinamikaning birinchi qonuni.
Fotoeffektning ikkinchi qonuni
O‘zgaruvchan tok zanjirida 0,25 s vaqtda 5 A tok o‘tmoqda. Bunda o‘zinduksiya EYUK 200 V bo‘lganda g‘altak induktivligini toping.
5.Yig‘uvchi linza buyumning 8 marta kichiklashtirilgan tasvirini hosil qilmoqda. Agar buyumdan linzagacha bo‘lgan masofani 10 cm ga qisqartirsak, buyumning 4 marta kichiklashtirilgan tasviri hosil bo‘ladi. Linzaning fokus masofasini toping (cm).
18-BILET
Elastiklik kuchi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni.
Fotoeffektning birinchi qonuni
Egrilik radiusi 1 m bo‘lgan sferik ko‘zgudan 20 cm masofada turgan buyumning mavhum kattalashgan tasviri hosil bo‘ldi. Tasvir ko‘zgudan qanday masofada hosil bo‘lgan (m)?
Induksiyasi 0,2 T va tomoni 10 cm dan iborat bo‘lgan tokli ramka bir jinsli magnit maydonda joylashgan. Induksiya vektorlari va ramka tekisligi orasidagi burchak 60° ni tashkil etadi. Magnit oqimini toping.
19-BILET
Tokli o‘tkazgichni magnit maydonda ko‘chirishda bajarilgan ish.
Yorug’lik interferensiyasi va difraksiyasi
Gazning holat tenglamalari.
G‘altakning induktivligi 0,04 H bo‘lgan tebranish konturining erkin tebranishlar chastotasi 800 Hz. Konturdagi kondensator sig‘imi nimaga teng?
Rasmda ko‘rsatilgani kabi, ishqalanishsiz tekislikda 2 ta yuk ip bilan mahkamlangan. F kuch ta’sirida ular tezlanish bilan harakatlanmoqda. F kuchning miqdorini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |