Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


 Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida litsenziyalar va ruxsatnomalar berish


Download 176.75 Kb.
bet30/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

9.3 Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida litsenziyalar va ruxsatnomalar berish


Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasining litsenziyalash-ruxsat berish tizimi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kollektsiyalash, koʻrgazmaga qoʻyishga, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda Milliy gvardiya organlari tomonidan beriladi.
Fuqaroviy va xizmat quroli muomalasi sohasida ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi, uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun yigʻim. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kollektsiyalash, koʻrgazmaga qoʻyishga, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma (bundan buyon matnda ruxsatnoma deb yuritiladi) berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi va ruxsatnomaning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun yigʻim undiriladi.
Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun yigʻim summalari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
ruxsat berishga doir talablar va shartlar ruxsatnomaning egasi tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
ruxsatnoma egasi zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi sud qarori yoki Milliy gvardiya organining koʻrsatmasi bajarilmaganda.
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, ruxsatnomaning amal qilishi qurol va uning oʻq-dorilari yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilgan taqdirda esa Milliy gvardiya organi tomonidan ham amalga oshiriladi.
Milliy gvardiya organining ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori uning egasiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sabablari va qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda yozma yoki elektron (mavjud boʻlgan taqdirda) shaklda etkaziladi.
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudning qarori uning egasiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda etkaziladi.
Milliy gvardiya organi yoki sud ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarning ruxsatnoma egasi tomonidan bartaraf qilinishi muddatini belgilashi shart. Bunda ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etish uchun belgilangan muddat besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati uning umumiy amal qilish muddatiga kirmaydi.
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar ruxsatnoma egasi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, Milliy gvardiya organi yoki sud koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi haqida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Milliy gvardiya organining ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, Milliy gvardiya organi ruxsatnoma egasi oldida u koʻrgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling