Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi
Download 176.75 Kb.
|
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги
Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
ruxsatnoma egasi uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda; yuridik shaxs boʻlgan ruxsatnoma egasi tugatilganda - tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda - qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning oʻzgartirilishi mustasno, shuningdek qoʻshilish natijasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda yangidan paydo boʻlgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ayni oʻsha harakatni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirishga doir ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud boʻlganda; ovchilik guvohnomasining amal qilishi tugatilganda (ov quroliga doir ruxsatnomalarga nisbatan); jismoniy shaxs boʻlgan ruxsatnoma egasi vafot etganda, uning muomala layoqati cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda; ushbu Qonun 13-moddasi toʻqqizinchi qismining uchinchi - oʻn birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan, ruxsatnoma olish imkoniyatini istisno etadigan holatlar yuzaga kelganda; ruxsatnoma egasi ruxsat berishga doir talablar va shartlarni bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga zarar etkazilishiga olib kelgan boʻlsa; ruxsatnoma egasi ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarni Milliy gvardiya organi yoki sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda; Milliy gvardiya organining ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda; ruxsatnomaning amal qilish muddati oʻtganda; bajarilishi uchun ruxsatnoma berilgan bir martalik harakat bajarilganda. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollar yuzaga kelishi bilan ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi. Ruxsatnomaning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda Milliy gvardiya organi tomonidan, shuningdek ushbu modda birinchi qismining ettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda esa sud tomonidan tugatiladi. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi sudning qarori ruxsatnomaning egasiga va Milliy gvardiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda etkaziladi. Milliy gvardiya organining ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ruxsatnoma egasiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma yoki elektron (mavjud boʻlgan taqdirda) shaklda etkaziladi. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror ruxsatnoma egasi tomonidan olingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida ruxsatnoma Milliy gvardiya organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim. Ruxsatnomaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi. Milliy gvardiya organining ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, Milliy gvardiya organi ruxsatnoma egasi oldida u koʻrgan zarar miqdorida javobgar boʻladi. Download 176.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling