Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish shartlari va maxsus vositalarini qo‘llash tartibi


Download 176.75 Kb.
bet19/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

6.2. Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish shartlari va maxsus vositalarini qo‘llash tartibi

Agar kuch ishlatilmaydigan usullar Milliy gvardiya bo‘linmasi harbiy xizmatchisining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, u quyidagi hollarda shaxsan o‘zi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi:


jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun;
jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi Milliy gvardiya bo‘linmaiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;
Milliy gvardiya bo‘linma harbiy xizmatchisining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchisining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchisi tomonidan xizmat faoliyati davomida yoki xizmat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganda hollarda huquqbuzarga shaxsga nisbatan zarar yetkazilishi mumkin. Bunday kuch ishlatish jinoyat yoki huquqbuzarlikning boshqa turidan jabrlanayotgan shaxsning yoki o‘zining hayoti, sog‘lig‘i, jismoniy ozodligi, mulki va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qilingan tajovuz bartaraf etish va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zararli oqibatlarning oldi olish maqsadida amalga oshiriladi. Agar tajovuz bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, mudofaalanuvchi hujum qiluvchilarning har biriga nisbatan guruhdagi barcha tajovuzchilar harakatining xarakteri va xavflilik darajasiga qarab tegishli himoya choralarini ko‘rishga haqli.
Maxsus vositalar - jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishlariga chek qo‘yish maqsadida,shaxslarni qo‘lga olish vaqtida va ularni eng yaqindagi Milliy gvardiya bo‘linmasiga yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga olib borish hamda bu shaxslarni ushlab turish uchun qo‘llaniladi.
Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchisi quyidagi hollarda maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega:
fuqaroga yoki Milliy gvardiya bo‘linmasi harbiy xizmatchisiga qilingan hujumni qaytarish uchun;
jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qo‘yishda;
Milliy gvardiya bo‘linmasi harbiy xizmatchisiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yishda;
jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlashda;
ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;
zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;
fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yishda;
haydovchisi Milliy gvardiya bo‘linmasi harbiy xizmatchisining to‘xtash to‘g‘risidagi talabini bajarmagan transport vositasini to‘xtatishda;
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlashda;
muhofaza qilinadigan ob’ektlarni himoya qilishda, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sib qo‘yishda.
Maxsus vositalarning qo‘llanilishi uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavf tug‘dirmasligi kerak.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan, shuningdek kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini, transport, aloqa vositalari va tashkilotlarning ishini buzmasdan o‘tkazilayotgan g‘ayriqonuniy yig‘ilishlar, mitinglar, namoyishlar, ommaviy chiqishlar va piket qo‘yishlarni bartaraf etish chog‘ida maxsus vositalarning, shu jumladan gazli hamda shikastlantiruvchi qurolning qo‘llanilishi taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchisining hayoti hamda sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno.
Quyidagilar taqiqlanadi:
odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish;
havo harorati Selsiy bo‘yicha nol darajadan past bo‘lganida suv bilan zarba beruvchi mashinalarni qo‘llash.
Suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining og‘zaki yoki yozma qarori asosida qo‘llaniladi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlariga hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarga darhol xabar beriladi.
Milliy gvardiya bo‘linmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish chog‘ida harbiy xizmatchi maxsus vositalarni qo‘llash bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish xuquqiga ega.
Milliy gvardiya bo‘linmasi harbiy xizmatchilari transport vositalarini quyidagi holatlarda to‘xtatadilar:
zarur bo‘lganda ko‘chalar va avtomobil yo‘llaridagi transport hamda piyodalar qatnovini cheklash va taqiqlash, zarur hollarda transport vositalarini to‘xtatish va haydovchilarning transportni boshqarish hamda foydalanish huquqi haqidagi hujjatlarini, yo‘l varaqalari va tashib ketilayotgan yuklarining transportdagi yuklarga hamda hujjatlarga mos kelishini tekshirish, transport vositalaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanganligi gumon qilinganda ularni ko‘zdan kechirib chiqish, mast holdagi, shuningdek transport vositasini boshqarish va foydalanish uchun hujjatlari bo‘lmagan shaxslarni transport vositasini boshqarishdan chetlatish, belgilangan tartibda davlat transportidan shaxsiy maqsadlarda o‘zboshimchalik bilan foydalanish hollarini oldini olish choralarini ko‘rishda;
tabiiy ofat joyiga borish, tez yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni davolash muassasalariga yetkazish, jinoyatni sodir etgan shaxslarni ta’qib etib borish, ushlash va ularni davlat idorasiga olib borish, shuningdek voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib borish kerak bo‘lgan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar jamoat uyushmalari yoki fuqarolarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini to‘xtatish va ulardan foydalanish (diplomatik, konsullik va chet el davlatlarining boshqa vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning transport vositalari bundan istisno).
fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yishda; avtotransport haydovchisi Milliy gvardiya bo‘linmasi harbiy xizmatchisining to‘xtash to‘g‘risidagi talabini bajarmagan transport vositasini to‘xtatishda.
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlashda maxsus vositalarni qo‘llanishi aytilgan. Ushbu holatda maxsus bo‘yovchi va markirovka qiluvchi vositalar jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish jarayonida fuqarolarga yoki transport vositalariga nisbatan qo‘llanib, huquqbuzarlik ishtirokchilarda o‘z asoratini qoldiradi.
Jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklarda gumonlanib ushlangan fuqarolar ichidan hamda transport vositasida ushbu belgilarni aniqlash imkoniyati yaratiladi.
muhofaza qilinadigan ob’ektlarni himoya qilishda, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sib qo‘yishda, cheklashda, bartaraf etishda Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchilari tomonidan maxsus vositalarni qo‘llanadi.
Milliy gvardiya bo‘linmalari, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalari, qorovul qo‘shinlar bo‘linmalari shaxsiy tarkibni hujumlardan himoyalash va hujumni qaytarish, jinoyatchilarni qo‘lga olishda o‘tkaziladigan tadbirlarda turli xil maxsus vositalar qo‘llaniladi. Ularni qo‘llash jinoyatchilar yoki huquqbuzarlarning noqonuniy xatti-harakatlarini qisqa muddatga zararsizlantiradi, jismoniy qarshiligini ularning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazmagan holda cheklaydi. Maxsus vositalar turli shaklda bo‘lib (qurolning alohida turi), quyidagi favqulodda holatlarda qo‘llaniladi:

  1. Jinoyatchilar yoki huquqbuzarlar tomonidan jismoniy qarshilik ko‘rsatish, hujum qilish, qochishga urinish, o‘ziga jarohat yetkazish va o‘z joniga qasd qilishning oldini olishda;

  2. Jamoat tartibini buzishga qaratilgan va ommaviy tartibsizliklarni to‘xtatishda;

  3. Fuqarolar, davlat va jamoat organlari, muassasa va korxonalarga tegishli binolar, inshootlar va transport vositalariga bo‘ladigan tajovuzdan xalos etish, shuningdek, ushbu ob’ektlarni jinoyatchilardan ozod etishda;

  4. Tartibbuzarlarni hibsga olish, ushlanganlarni qo‘riqlash, ular qarshilik ko‘rsatganda tartibga chaqirishda;

  5. Transport vositalarini majburiy to‘xtatishda;

  6. Xizmat vazifasini bajarayotgan harbiy xizmatchilar hayotiga suiqasd qilinayotganida hujumning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurash, shuningdek, garovga olinganlarni ozod qilish va shu kabilarda.

Maxsus vositalarni qo‘llash qonuniylik prinsiplariga asoslangan va birinchi navbatda, jamoat tartibini buzuvchilarga qaratilgan bo‘lishi kerak. Himoya vositalari qonunda ko‘rsatilgan boshqa holatlarda ham qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan birga, ularni qo‘llash normativ hujjatlarga to‘laligicha mos kelishi zarur.
Maxsus vositalarning qo‘llanilishi uchinchi shaxslarning moddiy qiymatga ega bo‘lgan mulki yoki ashyosining qisman yoki to‘liq yo‘q bo‘lishiga olib keluvchi holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lsa bunday hollarda ham maxsus vositalarni qo‘llash taqiqlanadi.
Tegishli qonunlariga muvofiq homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollar, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslar, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirilsa va bunda qurolli qarshilik ko‘rsatish yoki fuqarolarning yoxud Milliy gvardiya bo‘linmasi harbiy xizmatchisining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etuvchi, guruh bo‘lib hujum qilinishi hollari kuzatilmasa ularga nisbatan maxsus vositalarni qo‘llash quyidagi hollarda taqiqlanadi:
yosh bolalar va homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan (agar ular tomonidan hayot uchun xavfli bo‘lgan tajovuz yoki qurolli qarshiliklar bo‘lmasa);
qariyalar uylarida;
chet el vakolatxonalari;
shifoxona, bolalar muassasalari xonalarida;
tez yonuvchi va portlovchi moddalar bo‘lgan korxonalar hududi va xonalarida.
Bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud harbiy xizmatchisining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno. Shuningdek kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini, transport, aloqa vositalari va tashkilotlarning ishini buzmasdan o‘tkazilayotgan g‘ayriqonuniy yig‘ilishlar, mitinglar, namoyishlar, ommaviy chiqishlar va piket qo‘yishlarni bartaraf etish chog‘ida maxsus vositalarning, shu jumladan gazli hamda shikastlantiruvchi qurolning qo‘llanilishi taqiqlanadi.
Ikki g‘ildirakli va to‘rt g‘ildirakli transport vositalariga nisbatan transport vositalarini majburiy to‘xtatish moslamasini va gazli hamda shikastlantiruvchi qurolni qo‘llash quyidagi hollarda qat’iy taqiqlanadi:
odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan transportlarga nisbatan ushbu vositalarida yo‘lovchilar bo‘lganda;
chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalari, shuningdek xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga tegishli avtotransport vositalariga;
tog‘ yonbag‘ir yo‘llarida, shuningdek yo‘lning ko‘rinishi chegaralangan qismlarida;
temir yo‘l kesishmalarida, ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda.
Elektroshok qurilmasi induktorini ustiga qopqog‘i yopilgan holda olib yurish va saqlash lozim. Elektroshok qurilmasi bilan harakat qilganda quyidagilar taqiqlanadi:
induktor qopqog‘i mavjud bo‘lmagan, harakatga keltirishga tayyor bo‘lgan elektroshok qurilmasi elektrodlariga tegish va qo‘llarni yaqinlashtirish;
elektroshok qurilmasini yomg‘ir va nam havoda qo‘llash.
Tez alanga oluvchi va portlovchi ob’ektlarda yashiringan jinoyatchilarga nisbatan qo‘llaniladigan va yonuvchi (portlovchi) xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus vositalarni qo‘llash yong‘in o‘chirish xizmatlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Maxsus vositalar qo‘llanilgandan so‘ng xonalar (bino)jarohat olganligi, yong‘in o‘choqlari va portlamay qolgan vositalarni aniqlash maqsadida tekshiriladi. Portlamay qolgan vositalarni zararsizlantirish maqsadida mutaxassislar jalb qilinadi.
Rezina tayoq bilan berilgan zarba odam tanasining lokal yuza qismiga ta’sir etibgina qolmay, zarb ta’siri yuzadan chuqurroq yetib boradi. Natijada o‘zini namoyon qilmagan holda zarb berilgan yuza ortidagi boshqa tana a’zolarining yorilishiga, sinishiga, qon tomirlarining va asab tolalarining ezilishiga, qon to‘planishiga olib keladi.
Rezina tayoq bilan odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi.
Rezina tayoq bilan odamning boshiga berilgan zarb bosh chanog‘ini sindirmasligi mumkin, lekin bosh miyaning chayqalishiga, qon tomirlarning yorilishiga va qon quyilishiga olib keladi.
Rezina tayoq bilan odamning bo‘yniga berilgan zarb bo‘yin umurtqa pog‘onasini sindirishiga, asab tolalarini uzilishiga yoki siqilishiga, falajlikka, qon tomirlarning yorilishiga va qon quyilishiga olib keladi.
O‘mrov suyagiga rezina tayoq bilan zarb berilishi uning sinishiga, qon tomirlarning yorilishiga va qon quyilishiga olib keladi.
Qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish, o‘z navbatida odamning qovurg‘alarini sinishiga, jigar, taloq, buyrak, yurak organlarini va siydik yo‘llarini jarohatlanishiga, qon tomirlarning yorilishiga va qon quyilishiga olib keladi.
Havo harorati Selsiy bo‘yicha nol darajadan past bo‘lganida suv bilan zarba beruvchi mashinalarni qo‘llash taqiqlanadi.
Havo haroratining pasayishi odam tanasidagi qon tomirlarini qisqarishiga va tanadagi uzoq nuqtalaridagi a’zolariga (qo‘l, oyoq, burun va boshqalar) qon yetib borishini qiyinlashishiga natijada odam qon aylanish tizimida funksional o‘zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Odam tanasi haroratining + 240 С dan pasayishi o‘limga olib keladi.
Havo harorati Selsiy bo‘yicha nol darajadan past bo‘lganida suv bilan zarba beruvchi mashinalarni qo‘llash odam tana haroratining keskin pasayishiga natijada tana termoregulyatsiya markazi faoliyatini buzilishiga, ya’ni yurak qon tomir tizimida qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Bunda yuqorida keltirilgandan tashqari tana a’zolarining muzlashiga, odamning hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘diradi.
Shuningdek, suv bilan zarba beruvchi mashinalar sepayotgan suvning Selsiy bo‘yicha nol darajadan past haroratda kristallanishini e’tiborga olsak, kristallangan suv ta’sir etish natijasida odamlarda turli darajadagi tan jarohatlarini keltirib chiqarilishi mumkin.
Kuch ishlatib, jamoat tartibini, transport, aloqa vositalari va tashkilotlarning ishini buzib o‘tkazilayotgan g‘ayriqonuniy yig‘ilishlar, mitinglar, namoyishlar, ommaviy chiqishlar va piket qo‘yishlarni bartaraf etish chog‘ida suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar huquqbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmagan holda qo‘llaniladi.
Maxsus vositalarni qo‘llagan harbiy xizmatchi o‘rnatilgan tartibda o‘zining bevosita rahbariga bildirgi orqali axborot beradi. Bildirgida qachon, qayerda, kimga nisbatan, qanday vaziyatda maxsus vositalar qo‘llanilganligi ko‘rsatiladi.



Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling