Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


JK 15-moddasi 2-qismiga muvofiq, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan 

jinoyatlarga  qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan 

muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan 

jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh 

yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo 

nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. 

Jinoyatlarning boshqa turlariga qaraganda ushbu turkum jinoyatlar 

qolgan uch turkum jinoyatlariga nisbatan kamroq ahamiyat kasb etadi. 

Shunisi xarakterliki, jamiyat uchun unchalik katta xavf tug‘dirmaydigan 

qilmishlarga ma’muriy preyuditsiya mavjud bo‘lgan hollarda 

javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir 

etiladigan jinoyatlar kiradi, ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs bir yil 

davomida yana shunga o‘xshash huquqbuzarlikni sodir etsa, jinoiy 

javobgarlikka tortiladi. 

Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyatlar nazarda tutilgan 

moddalar  sanksiya  qismida ozodlikdan mahrum qilish jazosi bo‘lmasligi 

mumkin (masalan, JK 140-  yoki 192-moddalari). Ijtimoiy xavfi katta 

bo‘lmagan jinoyatlar aks etgan moddalarning aksarida ozodlikdan mahrum 

qilish jazosi nazarda tutilmagan (faqatgina ayrim ixtisoslashgan yoki o‘ta 

ixtisoslashgan jinoyatlarda bu jazo qo‘llaniladi). Bu turdagi jinoyatlarga 

quyidagi qasddan sodir qilinadigan JK 139-, 140-, 145-, 149-moddalari va 

boshqalar, shuningdek, 280-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan 

ehtiyotsizlikdan sodir qilinadigan jinoyatlar kiradi. 



Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga  qasddan sodir etilib, qonunda 

uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p  bo‘lmagan muddatga ozodlikdan 

mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, 

ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga 

ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi 

(JK 155-moddasi 3-qismi). 

125 


 

Jinoyat qonunida belgilangan qoidaga ko‘ra, uncha og‘ir bo‘lmagan 

jinoyatlar turkumiga sanksiya  qismida qasddan sodir etiladigan, besh 

yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo 

nazarda tutilgan jinoyatlar taalluqlidir. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, 

nazarda tutilgan jazo, o‘z navbatida, boshqa yengil  turdagi jazolar bilan 

muqobil ravishda mos kelishi kerak.  



Og‘ir jinoyatlarga  qasddan sodir etilib, qonunda og‘ir jazo sifatida 

besh yildan ortiq, lekin o‘n  yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan 

mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi (JK 155-moddasi 4-

qismi). 


Ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasi eng yuqori jinoyatlar –  o‘ta 

og‘ir jinoyatlardir. 



O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq 

muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum 

qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi (JK 155-moddasi 5-qismi). 

Bu turkumdagi jinoyatlarga qonun chiqaruvchi, eng avvalo, shaxs 

hayoti va sog‘liqiga qarshi qaratilgan qasddan sodir qilinadigan jinoyatlar, 

shuningdek, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan 

jinoyatlarni kiritgan. 

Jinoyatni tegishli turkumga kiritish JKda belgilangan huquqiy 

oqibatlarni keltirib chiqaradi. Retsidiv jinoyatni xavfli yoki o‘ta xavfli deb 

topish masalasi shaxsning ilgari sodir qilgan uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir 

va  o‘ta og‘ir jinoyati uchun necha marotaba sudlanganligiga qarab, hal 

qilinadi (JK 34-moddasi); umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat 

o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun tayinlanishi mumkin (JK 51-moddasi); shaxs 

jazoni  o‘taydigan koloniyaning turi sodir etilgan jinoyat qaysi turkumga 

kirishi bilan bog‘liq holatda belgilanadi. 

Jinoyatlarni tasniflashda jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlash 

(JK 33-moddasi), jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (JK beshinchi bo‘limi), 

shu jumladan javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi (JK 64-

moddasi), sudlanganlik holatining tugallanishi (JK 78-moddasi) 

munosabati bilan, shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarga  nisbatan 

126 

 


majburlov choralarini qo‘llash (JK 88-moddasi) va boshqa holatlar 

bevosita bog‘liqdir. 



«Jinoyat tushunchasi» mavzusi yuzasidan  

yakuniy savollar 

1.  O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonun 

hujjatlariga muvofiq jinoyat deganda nima tushuniladi? 

2. Jinoyat tushunchasida formal (normativ) va moddiy yondashuvning 

mazmuni nimadan iborat? 

3. Jinoyatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tushunchasi qaysi 

belgilar bilan ta’riflanadi? Ushbu belgilarning har birini yoritib bering. 

4.  Jinoiy qilmish ijtimoiy xavfliligining mazmun-mohiyati nimadan 

iborat? 

5. Jinoyatning ijtimoiy xavfliligi va huquqqa xilofligi kabi 

belgilarining o‘zaro nisbati qanday? 

6. «Jinoiy jazo» va «javobgarlikning muqarrarligi» kabi 

tushunchalarning o‘zaro nisbati qanday? 

7. Jinoyatlarni tasniflash asosiga qanday mezonlar qo‘yilgan? 

8. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga qanday jinoyatlar 

kiradi? 


9. Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar nima bilan ta’riflanadi? 

10. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga qanday jinoyatlar kiradi? 



Qo‘shimcha adabiyotlar  

O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar 

Ковалев  М.И.  Понятие  и  признаки  преступления  и  их  значение 

для правильной квалификации. – Свердловск: 1974. – 228 Б. 



Козлов А.П. Понятие преступления. – М.: 2004. – 436 Б. 

Преступление:  вопросы  и  ответы  (по  Уголовному  кодексу 

Российской  Федерации):  Научно-практическое  пособие  /  Отв.  ред. 

Н.Ф.  Мурашов.  2-изд.,  испр.  и  доп.  –  М.:  Изд-ль  Шумилова  И.И., 

2001. – 150–151-

б. 


127 

 


Ilmiy maqolalar 

Веселов Е. Граница преступного и непреступного // Ж. Уголовное 

право.  2004.  № 3. – 12–14-б. 



Гребенкин  Ф.  Общественная  опасность  преступления  и  ее 

характеристика // Ж. Уголовное право.  2006.  № 1. – 22-б. 



Ерасов  А.  Темпоральное  действие  промежуточного  уголовного 

закона // Ж. Уголовное право.  2005.  № 5. – 20–24-б. 



Камалова  Д.Г.  Жиноят  содир  этиш  босқичлари:  уларга  оид 

қоидаларни моддий ва формал таркибли жиноятларга татбиқ этиш // 

Ҳуқуқ ва бурч. Ижтимоий-ҳуқуқий журнал. –2016. №4(124). – Б. 46-

49. 


Марцев  А.,  Михаль  О.  Уголовно-правовая  классификация 

преступлений // Ж. Уголовное право.  2005.  № 5. – 49–54-б.  



Марцев А.И. Общественная вредность и общественная опасность 

преступления // Ж. Правоведение.  2001.  № 4. – 150–151-б. 



Михаль О. О классификационных принципах при классификации 

преступлений // Ж. Уголовное право.  2006.  № 1. – 50-б. 



Турғунбоев  Э.О.  Вояга  етмаганларга  нисбатан  мажбурлов 

чорасини  қўллаш  билан  боғлиқ  жиноят  қонуни  нормаларини 

такомиллаштириш (ЖКнинг 15-моддаси билан унификация қилиш) // 

Ўзбекистон  Республикасининг  “Ҳуқуқбузарликлар  профилактикаси 

тўғрисида”ги қонуни ижросини таъминлашнинг асосий йўналишлари. 

Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами (2015 

йил 22 март). –Т.: Ўзбекистон Респбликаси Ўзбекистон Республикаси 

ИИВ Академияси, 2015. – Б.152-156.   



 

 

128 


 

IV BOB. JINOIY JAVOBGARLIK  

VA UNING ASOSLARI 

1-§. Jinoiy javobgarlik tushunchasi 

JK 16-moddasi  jinoiy javobgarlikni yuridik javobgarlikning bir 

ko‘rinishi sifatida atroflicha yoritib beradi. Ushbu moddaga ko‘ra, «Jinoyat 

uchun javobgarlik – jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan 

sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi 

qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir. 

Ushbu kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari 

mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos 

bo‘ladi». 



JK 16-moddasi 1-qismida  bir qator alomatlarga ega bo‘lgan  jinoiy 

javobgarlik tushunchasi o‘z ifodasini topgan. 

Birinchidan, jinoiy javobgarlik o‘zining yuridik ma’nosiga ko‘ra 

jinoyat sodir etishning oqibati hisoblanadi. Ikkinchidan, u ijtimoiy xavfli 

qilmish sodir etilishidan keyin vujudga keladi. Uchinchidan, jinoiy 

javobgarlik sud hukmi bilan jazo va boshqa ta’sir choralarini qo‘llashda 

ifodalanadigan davlat majburlov chorasidir.  To‘rtinchidan, u jinoyat-

huquqiy munosabatlar doirasida vujudga keladi, amalga oshiriladi va 

to‘xtatiladi. 

Qonun  subyektlarga ijtimoiy xavfli qilmish sodir etmaslik 

majburiyatini yuklaydi, ya’ni muayyan harakatlarni sodir qilmaslik yoki 

bajarilishi shart  bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish. Bu majburiyat 

barcha uchun majburiy va muayyan bir shaxs uchun alohida hisoblanadi. 

Ushbu majburiyatlarning bajarilishini talab qilish davlat organlarining 

huquqi hisoblanadi. Yuridik normalar buzilganda davlat aybdor shaxslarga 

nisbatan majburlov choralarini qo‘llaydi. 

Shu bilan birga, o‘z-o‘zidan qonunda biror-bir normaning yozma 

ifodalanganligi jinoiy javobgarlikka tortish kerakligini anglatmaydi. 

Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, jinoiy javobgarlik faqatgina haqiqatan 

sodir etilgan aybli qilmish uchun qo‘llanilishi lozim. Qonun normalari 

jamiyat hayotining real sohalarini qamrab olishi uchun jismoniy shaxslar 

129 

 


jinoyat-huquqiy taqiqlarga rioya qilishlari kerak. Bu talablar shaxs, jamiyat 

va davlat manfaatlaridan kelib  chiqadi, javobgarlikning hajmi va 

chegarasini aniqlaydi. Bu talablarsiz subyektlar  o‘z xulq-atvorini hech 

narsa bilan solishtira olmaydi. 

Jinoiy javobgarlik jinoyat-huquqiy normalar vositasida ijtimoiy 

jihatdan zarur bo‘lgan munosabatlarning faoliyatini ta’minlaydi. 

Ushbu javobgarlik JK 2-moddasida ko‘rsatilgan qadriyatlarni jinoyat-

huquqiy normalar bilan muhofaza qilishning asosi hisoblanadi. 

Jinoiy javobgarlik keng ma’noda jinoyat-huquqiy munosabat 

ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ifodalangan qonun normalarini 

ijro etish protsessi, u yoki bu nizoning adolatli hal qilinishi natijasi bo‘lgan 

jinoyat-huquqiy normalarning bajarilishi, aybdor shaxslarga nisbatan jazo 

tayinlaydigan maxsus organ –  sudning shaxslar tomonidan sodir 

qilinadigan ijtimoiy xavfli qilmishlarga nisbatan salbiy munosabatini 

ifodalaydi. 

JK 16-moddasidagi  jinoiy javobgarlikning konstruksiyasini ko‘rib 

chiqa turib, uni aniqlashning eng muhim jihati bu huquqiy oqibatdir, deb 

aytish mumkin. Ana shu oqibatgina jinoiy javobgarlikning mohiyati va 

xarakterini ifodalaydi. Jinoyat-huquqiy munosabatlarning muhim belgisi 

hisoblangan jinoiy javobgarlik jinoyat-huquqiy taqiqlar va normalarning 

buzilishi oqibatidir.  



NOTA BENE ! 

Jinoiy javobgarlik  –  bu jinoyat sodir etgan shaxsning belgilangan 

tartibga ko‘ra, huquqlari cheklanishi, davlat nomidan sudlangan bo‘lishi va 

jazo hamda boshqa huquqiy ta’sir choralarini o‘tashga bo‘lgan 

majburiyatidir. Javobgarlikning asosi JK Maxsus qismi moddalarida 

nazarda tutilgan jinoyat tarkibi alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir 

etish hisoblanadi. 

 

Jinoiy javobgarlik natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarning 



elementlari quyidagilardan iborat: 

130 


 

1) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlikda sudlanganlikning vujudga 

kelishi; 

2) aybdor shaxsga nisbatan jazo yoki boshqa ta’sir chorasi 

qo‘llanilishi; 

3) sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishni sud hukmi bilan baholash 

natijasida ma’lum bir huquqiy oqibatlar kelib chiqishi. Boshqacha so‘zlar 

bilan aytganda, faqatgina sud ayrim bir shaxsni jinoiy javobgarlikka 

tortishi mumkin, javobgarlikning boshqa turlari esa (ma’muriy, intizomiy) 

davlat hokimiyatining nosudlov organlari tomonidan qo‘llanilishi va ushbu 

organlarning faoliyati natijasi bo‘lishi mumkin. 

Jinoiy javobgarlik aybdor shaxsga sud tomonidan belgilangan ma’lum 

jazo choralari bilan chegaralanmaydi. Jinoiy javobgarlik shaxs 

sudlanishida, ya’ni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda aybdor deb topish, 

unga jazo chorasi belgilash va shu jazo chorasini ijro etish jarayonlarining 

birligida ifodalanadi.  

NOTA BENE ! 

Hukm qilish jinoiy javobgarlikni amalga oshirish shakli bo‘lib, 

qilmishga va shaxsga bo‘lgan munosabat ijtimoiy xavfli qilmish sodir 

etgan shaxsga sud tomonidan tegishli hukm chiqarish orqali tegishli 

miqdorda va shaklda jazo tayinlashda ifodalanadi. 

 

Modda  sanksiyalaridagi jazolarning muqobilligi va og‘irlik darajasini 



hisobga olib, hukmda ifodalangan qilmishga nisbatan baho berishda jazo 

turi va miqdori katta rol o‘ynaydi. Sud tomonidan tayinlangan jazo turi va 

miqdoriga qarab, shaxsning ayblilik darajasi to‘g‘risida xulosa qilish 

mumkin.  

Hukm qilish shaxsni sud tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor deb 

topib, hukmda jazo choralari bilan bog‘liq bo‘lmagan tibbiy yo‘sindagi 

majburlov choralari qo‘llashni ham nazarda tutadi (JK 91-moddasi). 

Jinoiy javobgarlik –  hukm qilish –  hukmda nazarda tutilgan jazo 

choralarini o‘tashda ifodalanadi. 

131 


 

Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlik uchun hukm qilish va jinoiy 

javobgarlikka tortishning oqibati bo‘lib jazo  va boshqa huquqiy ta’sir 

choralarini qo‘llash hisoblanadi. 

Jazo – javobgarlikning muhim xususiyatidir. 



NOTA BENE ! 

Jazo  –  jinoyatchiga nisbatan sud tomonidan qo‘llaniladigan, jinoyat 

sodir etishning huquqiy oqibatini ifodalaydigan, jinoiy javobgarlikning 

amalga oshirilish shakli bo‘lgan maqsadli davlat majburlov chorasi. 

 

Jinoiy javobgarlikning real ifodasi, asosan, jazoda o‘z aksini topadi. 



Biroq jinoiy javobgarlik va jazoni aynan bir tushuncha deya olmaymiz. 

Jinoiy javobgarlik va jazo bir-biri bilan chambarchas bog‘liq 

tushunchalardir. Bu fikrlar ayrim xulosalar chiqarishimizga imkon beradi. 

Birinchidan, jinoiy javobgarlik davlat majburlov chorasining bir turi 

va mohiyatan jinoyat-huquqiy munosabat bilan bir bo‘lganligi uchun 

jinoiy jazo tushunchasiga nisbatan keng. Ikkinchidan, jinoiy jazo, jinoiy-

huquqiy majburlov chorasi sifatida jinoiy javobgarlikning barcha 

bosqichlarida namoyon bo‘ladi. 

Birinchi bosqichda (jinoyat sodir etilgan paytdan to ayblanuvchi 

sifatida ishga jalb qilingunga qadar bo‘lgan  oraliq davr) jinoyatchiga 

ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilingani uchun jazo xavfi yuzaga keladi. 

Ikkinchi bosqichda (shaxsni ayblanuvchi sifatida ishga jalb qilinganidan to 

ishni sudga topshirilguniga qadar) jinoyatchini jazoga tortishga 

hozirlanadi. Uchinchi bosqichda (sud protsessidan to hukm ijroga 

topshirilguniga qadar) mahkum sud tomonidan belgilangan muayyan tur 

va miqdordagi jazo bilan jazolanadi. To‘rtinchi bosqich (sud ayblov hukmi 

qonuniy kuchga kirganidan to jazo muddati tugagunigacha yoki 

muddatidan avval jazodan ozod qilingunga qadar) jinoyatchi tomonidan 

jazo  o‘tash jarayoni bo‘ladi. Nihoyat, jinoiy javobgarlikning beshinchi 

bosqichida (jazoni o‘tab bo‘lgan yoki jazodan muddatidan avval ozod 

qilinganidan to sudlanganlik holatining tugallanishi yoki olib 

132 


 

tashlanguniga qadar) jazoni ijro etish va sudlanishning oqibatlari namoyon 

bo‘ladi. 

Jazo maqsadli davlat majburlov chorasi sifatida shaxsning huquq va 

erkinliklarini cheklash bilan birga uni qayta tarbiyalaydi ham, shuningdek, 

umumiy va maxsus tarzda ogohlantiradi. 

Shunday qilib, jinoiy javobgarlikning jazolash tomoni hukm qilishdan 

kelib chiqqan, ammo unga nisbatan ikkinchi darajali, ya’ni jazo jinoiy 

javobgarlikning huquqiy oqibati bo‘lishi bilan birga sudlanish jazo 

qo‘llashsiz ham amalga oshirilishi mumkin. 

Jinoiy javobgarlikning barcha bosqichlarida u yoki bu turdagi jazo 

to‘g‘risida so‘z borar ekan, u aksariyat hollarda davlat majburlov 

chorasining asosiy ko‘rinishi, jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning 

asosiy shakli hisoblanadi. 

NOTA BENE ! 

Boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralariga  tibbiy yo‘sindagi hamda 

voyaga yetmaganlarga nisbatan tarbiyaviy xarakterda bo‘lgan majburlov 

choralarini kiritishimiz mumkin. 

 

Ushbu majburlov choralarining asoslari, maqsad va vazifalari haqida 



to‘xtalmasdan, ular qaysi hollarda jinoiy javobgarlikni yuzaga keltirishi va 

buning huquqiy oqibati haqida to‘xtalsak, ularning o‘ziga xos xususiyatlari 

quyidagilardan iborat: 

1) bu choralarni qo‘llash yoki jinoiy jazoni istisno qiladi (muomalaga 

layoqatsizlar va voyaga yetmaganlar uchun) yoki jazoni vaqtincha 

to‘xtatadi (ayblov hukmi kuchga kirganidan so‘ng surunkali ruhiy 

kasallikka duchor bo‘lgan shaxslar uchun) yoxud jinoiy jazoni ijro etish 

bilan bir vaqtda amalga oshiriladi (alkogolizm yoki giyohvandlikka 

chalinganlik tashxisi bor shaxslar uchun); 

2) qaysi shaxslar davlat majburlovining ushbu choralariga tortilishi 

lozim bo‘lsa, ularning xohishidan qat’i nazar tortiladi, bosh tortgan 

taqdirda davlat tomonidan huquqiy ta’sir chorasi ko‘riladi; 

3) bu choralarni qo‘llash sud organlari tomonidan amalga oshiriladi; 

133 


 

4) mazkur choralarni qo‘llash jazo sifatida ko‘rinmaydi va 

sudlanganlikni keltirib chiqarmaydi, lekin jinoiy javobgarlikni istisno 

qilmaydi. 

Ushbu huquqiy ta’sir choralarining bir qator jinoiy jazoga  o‘xshash 

tomonlari mavjud, ammo ular umumiy jihatdan bir-biridan farq qiladi. 

Huquqiy ta’sir choralarining jinoiy jazo bilan o‘xshashliklari quyidagilarda 

ko‘rinadi: 

–  mazkur huquqiy ta’sir choralari jazo singari jinoiy javobgarlikni 

amalga oshirish shakllaridan hisoblanadi; 

– jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashning asosi – ijtimoiy xavfli 

qilmish sodir etilishi sanaladi

–  bu choralarni huquqiy tartibga solish va qo‘llash jinoyat qonuni 

bilan amalga oshiriladi; 

–  bu ta’sir choralarini qo‘llashning bevosita huquqiy asosi –  sud 

organlarining qonuniy hujjatidir; 

– ushbu huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash jinoyat sodir etgan shaxslar 

muayyan huquqlarining cheklanishini nazarda tutadi. 

Mazkur huquqiy ta’sir choralarining jinoiy jazodan asosiy farqi shuki, 

garchi ular jinoiy javobgarlikni amalga oshirish shakli sanalsa ham, bu 

choralar sudlanganlikni keltirib chiqarmaydi. 

Huquqiy ta’sir choralari ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishning 

huquqiy oqibatidir. Ushbu choralar aksariyat hollarda, umumiy va xususiy 

ogohlantiruv mazmunida bo‘ladi. Aybdor shaxs sud tomonidan aqli noraso 

deb topilgan taqdirda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ko‘rinishida 

huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risidagi masala qo‘yiladi. Xolbuki, 

mazkur choralarning asosiy maqsadi kelajakda jinoyat sodir qilinishining 

oldini olishdan iborat bo‘ladi. Shu sababli huquqiy ta’sir chorasini jazo 

deb baholash noto‘g‘ridir. Shu bilan birga bu huquqiy ta’sir choralari 

shaxsning huquqlarini chegaralab qo‘yadi va hech qanday so‘zsiz ijtimoiy 

xavfli qilmish sodir etgan shaxsning kelajakdagi jinoyatining oldini oladi. 

Jinoiy javobgarlik ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishining huquqiy oqibati 

ekan, huquqiy ta’sir choralari ham sodir etilgan jinoyat oqibatidir. 

134 

 


JK 16-moddasi 1-qismiga  ko‘ra, jazo va boshqa huquqiy ta’sir 

choralari aybdorga nisbatan faqat sud tomonidan qo‘llanadi. Jinoiy 

javobgarlikning mazmuni sud javobgarligini ham o‘z ichiga oladi. 

«Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda 

qonuniy  tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u 

aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish 

uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi» (Konstitutsiyaning 26-

moddasi)


1

. Bundan tashqari, Konstitutsiya qoidalariga asoslangan JPK 12-

moddasiga muvofiq, jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni faqat sud 

amalga oshiradi. Shu sababli bu norma jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega 

bo‘lmay, faqat jinoiy-protsessual ahamiyatga ega deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. 

Konstitutsiya ham JPK singari jinoiy javobgarlikning muhim belgisi 

bo‘lgan  jazoning sud tomonidan qo‘llanilishini  qayd etgan. Shu 

jumladan,  JK 16-moddasi 1-qismida  ushbu qoida jinoiy javobgarlikning 

eng muhim belgisi qilib belgilangan. 

Sud tomonidan ayblov hukmining chiqarilishi (uning qonuniy kuchga 

kirishi) jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiruvchi formal tarkibning oxirgi 

belgisi hisoblanadi. Bu holat formal va moddiy ahamiyatga ega. 



Formal ahamiyatga  egaligi  –  jinoyat qonuni jinoiy javobgarlikni 

jinoyat sodir etgan shaxsni aybdor deb topilishi bilan bog‘laydi. 

1

 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 



Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-


моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-

моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 7 б. 

135 


 

                                                           



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling