Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Jinoyat huquqi yuridik fan tarmog‘i sifatida


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


Jinoyat huquqi yuridik fan tarmog‘i sifatida  jinoyat huquqining 

rivojlanish tarixini o‘rganish; jinoyat qonunini sharhlash; milliy va xalqaro 

huquqni qiyoslash, xalqaro jinoyat huquqini tadqiq qilish; jinoyat-huquqiy 

normalarni qo‘llash samaradorligini, jinoyat qonunchiligini qo‘llashning 

nazariy muammolarini tadqiq qilish; huquqbuzarlikning boshqa shakllari 

bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat huquqining ijtimoiylashuvini ishlab chiqishga 

asoslangan qarashlar, g‘oyalar tizimini ifodalaydi. 

Jinoyat huquqi fanining asosiy vazifasi jinoyat qonunini qo‘llashning, 

keyinchalik uni takomillashtirishning amaliy va nazariy muammolarini 

ishlab chiqish, uning samaradorligini oshirish, jinoyat-huquqiy siyosatni 

1

 

Қаранг: Курс угуловного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов/ Под ред. 



д.ю.н., проф. Н.Ф.Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М.Тяжковой. – М.: ИКД «Зерцало-М», 2002. – 3-б. 

 



                                                           

samarali amalga oshirishni ta’minlash uchun jinoyat qonunchiligini 

kelajakda rivojlanishini bashorat qilishdir.

1

 

Jinoyat huquqi  tushunchasi hozirgi kunda yuridik ixtisoslikka 



asoslangan  o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan va ushbu o‘quv 

maskanlarida  o‘qiydigan studentlar tomonidan o‘rganiladigan  o‘quv 



kursini anglatadi. 

Jinoyat huquqi tushunchasi huquq sohasi, yuridik fan va o‘quv kursi 

sifatida qo‘llanilishi yagona  normativ huquqiy baza –  jinoyat-huquqiy 

normalar tizimidan iborat bo‘lgan amaldagi jinoyat qonuniga asoslanadi. 



2-§. Jinoyat huquqi predmeti va metodi 

Huquq  tarmog‘i sifatidagi jinoyat huquqining predmetini 

davlatning maxsus vakolatli organlari va jinoyat sodir qilgan shaxs 

o‘rtasida vujudga keladigan muayyan ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi. 

Jinoyat huquqi muhofaza qiladigan predmetlarga shaxs, uning huquq 

va erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlari, mulkchilik, tabiiy muhit, 

tinchlik va insoniyat xavfsizligi kiradi (JK 2-moddasi 1-qismi). Bu 

ijtimoiy munosabatlar doirasi jinoyat huquqining huquq sohasi sifatidagi 

o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Jinoyat-huquqiy normalar vositasida 

tartibga solinishi natijasida bu ijtimoiy munosabatlar jinoyat-huquqiy 

munosabatlarga aylanadi. Bu munosabatlar, odatda, jinoyat sodir etilishi 

oqibatida yuzaga keladi. Ushbu munosabatlarning yuzaga kelishiga JKda 

nazarda tutilgan boshqa holatlar ham yuridik fakt sifatida asos bo‘lishi 

mumkin. Jinoyat-huquqiy munosabatlar aybdorni jinoiy javobgarlikka 

tortish muddatining o‘tib ketishi, ayblov hukmining ijro etilishi, 

sudlanganlik muddatining tugashi (olib tashlanishi) yoki jinoiy javobgarlik 

va jazodan ozod qilish munosabati bilan tugaydi. Jinoyat-huquqiy 

munosabatlarning subyekti bo‘lib maxsus vakolat berilgan organlar orqali 

davlat hamda aniq jinoyat tarkibi alomatlari mavjud bo‘lgan, jinoiy jazo 

qo‘llash tahdidi bilan qonun tomonidan taqiqlangan qilmishni sodir qilgan 

shaxs hisoblanadi. Shunga ko‘ra, davlatda jinoyat sodir qilgan shaxsni 

1

 

Қаранг:  Уголовное  право.  Учебник  /  А.С.Якубов,  Р.Кабулов  и  др.  –  Т.:  Академия  МВД  Республики 



Узбекистан, 2005. – 48-б. 

 



                                                           

jinoiy javobgarlikka tortish majburiyati yotadi, jinoyatchi esa jinoyat, 

jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya qonunida belgilangan tartibda sodir 

qilgan qilmishi uchun javob berish majburiyatiga va JKda o‘rnatilgan sodir 

qilgan qilmishi uchun adolatli jazo va boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir 

choralarini tayinlashni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. 

Jinoyat sodir etgan shaxs va davlat o‘rtasida jinoyat-huquqiy 

munosabatlarning mavjud yoki mavjud emasligi, shuningdek, bu 

munosabatlarning tugatilishi surishtiruv va dastlabki tergov organlari, 

prokuror, sudya va sud tomonidan sodir etilgan jinoyat bo‘yicha 

protsessual qonunda nazarda tutilgan tartibda jinoyat sudlov ishi yuritish 

jarayonida aniqlanadi, bu qonun shunday tuzilganki, u aybsizlarni 

noqonuniy va asossiz jinoiy javobgarlikka tortishning oldini oladi. 

Ta’kidlash joizki, huquq tarmog‘i sifatidagi jinoyat huquqining 

predmeti qatorida, undan kengroq tushuncha bo‘lib hisoblanadigan 

huquqiy fan tarmog‘i sifatidagi jinoyat huquqi predmetini ham ajratadilar. 

Jinoyat huquqi fanining predmetini  amaldagi qonunni, uni 

amaliyotda qo‘llash muammolarini, jinoyat huquqining rivojlanish tarixini, 

xorijiy mamlakatlardagi jinoyat qonunchiligi va jinoyat huquqini, xalqaro 

jinoyat huquqini, jinoyatlarning oldini olish va fuqarolarni qonunlarga 

rioya etish ruhida tarbiyalashning jinoyat-huquqiy muammolarini va 

boshqalarni  o‘rganish; jinoyat qonunini sharhlash; qonunchilikni va uni 

amaliyotda qo‘llashni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish; 

jinoyat huquqining sotsiologiyasini ishlab chiqish, ya’ni jinoyatchilikning 

dinamikasi, tuzilishi va darajasini aniqlash orqali jinoyat qonunining 

amaldagi real holatini, qonunning samaradorligini, jinoyat-huquqiy 

tartibga solish mexanizmini, jinoyat qonunining shartliligi va 

asoslanganligini 

o‘rganish, qilmishni kriminalizatsiya va 

dekriminalizatsiya qilish tashkil qiladi

1



Bizga ma’lumki, jinoyat huquqining predmeti ushbu fan sohasini 



o‘rganishning metodikasi va ilmiy izlanishning metodologiyasini belgilab 

beradi.  O‘z navbatida, o‘rganish uchun foydalaniladigan umumiy va 

maxsus metodlar fanining mazmunini aniqlab beradi. 

1

 



Қаранг: Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. 

д.ю.н., проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 4. 

10 

 

                                                           



«Metod»  tushunchasi real haqiqatni bilish va u haqida obyektiv 

bilimlarni olish uchun yo‘l, usul va vositalarni qamrab oladi

1

. Jinoyat 



huquqining metodologiyasi haqidagi masala (boshqa har qanday yuridik 

fan sohasi kabi) hozirgi kungacha bahsli hisoblanadi. Fan sohasini 

o‘rganishga  xizmat qiladigan metodologiya asoslari ba’zi hollarda ilmiy, 

falsafiy yoki dialektik metodlarni, boshqa hollarda bilishning maxsus usul 

va vositalarini tan oladi. Bir qancha mualliflarning fikriga ko‘ra, boshqa 

fan sohalariga asos bo‘lishi lozim bo‘lgan umumiy huquq nazariyasigina 

metodologik funksiyaga ega

2



«Metodologiya»  va  «metodika»  tushunchalarini farqlar ekanmiz, 

mamlakatimizda sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarga 

qaramasdan jinoyatchilikka qarshi kurashning mazmun-mohiyatini

qonunchilikni tadqiq qilish va uni amaliyotda qo‘llashga imkon beradigan 

dialektik metodni eng asosiy metod sifatida tan olishimiz mumkin. 

Masalan, sababiy bog‘lanish haqidagi dialektik bilimlar ishtirokchilik 

faktini aniqlashda, jinoiy harakat (harakatsizlik) va zararli oqibat 

o‘rtasidagi bog‘lanishni tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Jinoyatga suiqasd 

qilish va tayyorgarlik ko‘rish jinoyat bosqichlari haqidagi qonunchilik va 

normalarni amaliyotda qo‘llash ehtimollikdan haqiqiylikka o‘tish haqidagi 

dialektik metodga asoslanadi. 

Jinoyat huquqi metodikasi  jinoyat-huquqiy tushuncha va hodisalarni 

o‘rganishda qo‘llaniladigan usul va vositalar yig‘indisini, tizimini 

ifodalaydi. Falsafiy metod hisoblangan dialektik metod bilan birgalikda 

yana boshqa metodlardan ham foydalanish lozim. Bunday metodlarga 

quyidagilar kiradi: JK normalarining sanksiya  va dispozitsiyasini ishlab 

chiqishda qo‘llaniladigan  yuridik metod; son ko‘rsatkichlari orqali 

jinoyat-huquqiy tushunchalar va hodisalarni sifatiy xilma-xilligini 

ko‘rsatishga imkon beruvchi statistik metod; aholi orasida so‘rovlar 

o‘tkazish orqali jinoyat huquqining turli jihatlarini o‘rganishda 

qo‘llanadigan  sotsiologik metod; jinoyat huquqining jinoyat qonuni, 

prinsiplari, jinoyat, bir qancha jinoyatlar sodir etish, ishtirokchilik, jinoiy 

1

 

Қаранг: Общая теория права / Под общ. ред. А.С. Пиголкина. – М.: 1996. – С. 17; Наумов А.В. Российское 



уголовное право. Общая часть. – М.: 1996. – С. 29; и др. 

2

 



Қаранг: Уголовное право. Общая часть: Учебник / А.С. Якубов, Р. Кабулов и др. – С. 60-61. 

11 


 

                                                           



javobgarlik va jazodan ozod qilish kabi institutlarni sistema, ya’ni bir 

necha elementlardan iborat bo‘lgan yaxlit bir butunlik sifatida o‘rganishga 

imkon beradigan tizimli metod;  qonun ijodkorligi, huquqni qo‘llash va 

ilmiy tadqiqot maqsadlarida turli davlatlarning huquq tizimi va 

qonunchiligini solishtirishga imkon beradigan qiyosiy-huquqiy metod

qonunchilik va huquqni qo‘llash sohasida o‘tmish tajribasidan 

foydalanishga yordam beradigan tarixiy metod va boshqalar. 

Ushbu metodlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq hamda bir butun 

holda qo‘llanilishi lozim. 

3-§. Jinoyat huquqi vazifalari 

O‘zbekiston  Respublikasining jinoyat qonunchiligi o‘z oldiga uchta 



vazifani  qo‘yadi: muhofaza qilish, oldini olish va tarbiyalash. JKning 2-

moddasida  jamiyat va davlatning jinoyat-huquqiy taqiq o‘rnatish yo‘li 

bilan erishadigan maqsadlari belgilangan. Shu yo‘l orqali Jinoyat 

kodeksining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati mustahkamlanadi, bu o‘z 

navbatida ayrim qilmishlarning jinoiyligi va jinoyat emasligini aniqlash 

jarayoniga, kodeks me’yorlarining jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan 

amalda qo‘llanilishiga, sud-huquq islohotining keyingi rivojlanishiga va 

hokazolarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, qonunning vazifasi 

jinoiy qilmishni aks ettirish, unga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish 

texnikasini takomillashtirish, buzilishi jinoyat hisoblanadigan qoida va 

blanket me’yorlarni qat’iy aniqlash va hokazolar maqsadida qonun 

chiqaruvchiga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan.  

Demak, Jinoyat kodeksi bajarilishi inson huquqlari bo‘yicha 

demokratik institutlarni rivojlantirishning kafolati bo‘lib xizmat qilishini 

aks ettiruvchi uch vazifani aniqlaydi.  

Ushbu vazifalar qonunda nihoyatda aniq va tizimli ifodalangan bo‘lib, 

quyidagilardan iborat: 

–  birinchidan, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va 

davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat 

xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish; 

– ikkinchidan, jinoyatlarning oldini olish; 

12 

 


– 

uchinchidan, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining 

Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash. 

Birinchi, ya’ni muhofaza qilish vazifasi  umuman jinoyat-huquqiy 

me’yorlar uchun, xususan, O‘zbekiston  Respublikasi Jinoyat kodeksi 

uchun asosiy mezon bo‘lib, muayyan ijtimoiy munosabatlarni (xavfsizligi 

va ijrosini ta’minlash orqali) ularga jiddiy zarar yetkazilishi yoki yetkazish 

imkoniyatidan, ya’ni obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan huquq yoki 

erkinlikni shaxs, jamiyat va davlat uchun amalda xavf tug‘diruvchi 

cheklov yoki yo‘q qilib yuborishlardan himoya qilishdan iborat.  

Jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish vazifasi ijtimoiy xavfli qilmishni 

sodir etish holatidan, huquqni muhofaza qilish idorasining tarkibiy 

tegishliligidan (sud, prokuratura, ichki ishlar organlari,  DXX va shu 

kabilar), JK amal qilgan hududning ma’muriy-hududiy tegishliligidan va 

boshqalardan qat’i nazar, doimiy ravishda amalga oshiriladi. Ushbu 

yuqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy munosabatlarni jinoiy tajovuzlardan himoya 

qilish JKning amal qilish doirasida hamisha va hamma yerda amalga 

oshirilishi lozim. 

Jinoyat kodeksining vazifasi sifatida ijtimoiy munosabatlarning jiddiy 

zarar yetkazilishidan himoya qilinishi ikkiyoqlama amalga oshiriladi: 

a) jinoyat sodir etilishidan avval ma’lum qilmishlarni taqiqlash yoki 

tegishli xulq-atvorga rioya etish, ya’ni huquqiy jihatdan yo‘l qo‘yiladigan 

faoliyat chegaralarini belgilash orqali; 

b) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganidan keyin buzilgan huquqning 

aybdor shaxsga nisbatan jinoiy jazo choralarini qo‘llash orqali tiklanishini 

ta’minlash yo‘li bilan. 



Buzilgan huquqning tiklanishi deb,  yetkazilgan zararning ma’naviy 

yoki moddiy shaklda qoplanishi ehtimolini tushunish lozim (masalan, 

soliqlar yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash –  JKning 184-

moddasi 5-qismi, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish – 

JKning 167-moddasi 4-qismi kabi jinoyatlarni sodir etganda yetkazilgan 

zararni qoplash). 

Shuni nazarda tutish kerakki, jinoiy tajovuzlardan himoya etiladigan 

ijtimoiy munosabatlar JKning  aynan 2-moddasida mustahkamlanishi 

13 

 


tasodifiy emas, balki jahon hamjamiyatida umume’tirof etilgan demokratik 

huquqiy davlatning zamonaviy qadriyatlar tizimiga bo‘ysundirilgan 

ko‘rinishidir, ya’ni shaxs–jamiyat–davlat. JKning tarkibiy tuzilishi ham 

aynan ana shu tizim asosida ishlab chiqilgan, chunonchi uning «Maxsus» 

qismi shaxsga qarshi jinoyatlar bo‘limidan boshlanadi. 

Markaziy va eng muhim muhofaza obyekti sifatida JK shaxsni, uning 

huquqlari va erkinliklarini ko‘zda tutadiki, bu Konstitutsiyaning 14-mod-

dasi qoidalaridan kelib chiqadi. Konstitutsiyaga muvofiq eng oliy qadriyat 

inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari 

hisoblanadi.  



NOTA BENE ! 

Jinoyat huquqida shaxs  sifatida jamiyat va davlat bilan aloqalaridan 

alohida olib qaraluvchi har bir inson tushuniladi. 

 

Insonning JK tomonidan muhofaza obyekti  sifatidagi shaxs deb tan 



olinishi uchun uning yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, salomatligi va boshqa 

holatlar ahamiyatga ega emas. Jumladan, yangi tug‘ilgan chaqaloq ham 

(masalan, JKning 99-moddasi), muomalaga layoqatsiz kishi ham (masalan, 

JKning 97-moddasi 2-qismi «v» bandi), voyaga yetmagan bola ham 

(masalan, JKning 128-moddasi), davlat yoki jamoat arbobi ham (masalan, 

JKning 155-moddasi 2-qismi),  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

(JKning 158-moddasi) va boshqalar ham shaxs deb tan olinadi hamda 

muhofaza qilinadi. 



NOTA BENE ! 

Shaxs huquqlari  –  bu davlat va jamiyat tomonidan qondirilish 

majburiyati bilan tavsiflanadigan, insonning davlat va boshqa kishilarga 

nisbatan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalaridagi imkoniyatlari va 

da’volaridir. 

 

Masalan, shaxsning yashash huquqi, malakali tibbiy xizmatdan 



foydalanish, mehnat qilish huquqlari, mulkka bo‘lgan huquqlari va 

hokazolar shaxs huquqlari hisoblanadi. JKda qaysi huquq va erkinliklar 

14 

 


uning muhofaza qilish obyekti ekanligi ko‘rsatib o‘tilmagan, lekin JKning 

Maxsus qismi moddalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, muayyan shaxs ega 

bo‘lgan barcha huquqlar – ular o‘ziga xos tavsifdaligi (masalan, nomusi va 

qadr-qimmatini himoya etish huquqi) yoki jamiyat, davlat tomonidan 

taqdim  etilganligi (masalan, Qurolli Kuchlarda buyruq berish huquqi) 

himoya etilishi lozim. 



NOTA BENE ! 

Shaxs erkinligi  –  bu insonning Konstitutsiyada yoki boshqa qonun 

hujjatlarida (qonunlar va qonunosti hujjatlari) aks ettirilgan muayyan xulq-

atvori imkoniyati. 

 

Shaxsning har qanday shaxsiy erkinliklari, uning tavsifidan qat’i 



nazar, JKning muhofaza obyekti  hisoblanadi. Jumladan, so‘z erkinligi, 

vijdon erkinligi, ilmiy va texnik ijodiyot erkinligi va boshqalar. 

Shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlari ham Kodeksning muhofaza 

obyekti hisoblanadi.  

Jamiyat va davlat manfaatlari shaxs, uning huquq va erkinliklari 

hosilasi bo‘lib, mazkur manfaatlarga (shaxs, uning huquq va 

erkinliklariga) zid bo‘lishi mumkin emas. Ayni paytda ushbu manfaatlar 

bir insonning emas, balki umuman aholining huquq va erkinliklarini aks 

ettiradi.  Shu bois, ular butun jamiyat yoki davlat  uchun ham, alohida bir 

subyekt  uchun ham muhim bo‘lgan huquqlardir. Shundan kelib chiqib, 

Kodeks ushbu munosabatlarni jinoyat-huquqiy muhofaza qilish obyekti 

sifatida mustahkamlaydi. 



Jamiyat manfaatlari  –  jamiyatning borligini belgilovchi uning eng 

muhim elementlari. 



NOTA BENE ! 

Jamiyat  deganda,  o‘zining ma’lum bir umumiy manfaatlari, o‘zaro 

munosabat va madaniyati bilan o‘zgalardan farqlanuvchi kishilar guruhi 

tushuniladi. 

 

15 


 

JKning 2-moddasi mazmuniga ko‘ra, jamiyat deganda, biron 

davlatning fuqaroligiga mansubligi yoki boshqa shartlar bilan (jinsi, irqi, 

millati, dini, ijtimoiy ahvoli va boshq.) bog‘liqligidan qat’i nazar, 

Respublikaning butun aholisi tushuniladi.  

Jamiyat manfaatlari sifatida axloq, ma’naviyat, iqtisodiy-ijtimoiy 

asoslar, jamiyatda xulq-atvor qoidalari va boshqalar qaralishi mumkin. 



Davlat manfaatlari  butun jamiyatning emas, balki uning ma’lum 

tarzda siyosiy uyushgan qismini ifodalovchi manfaatdir. 



NOTA BENE ! 

Davlat – butun jamiyatga tatbiq etiladigan, uning rasmiy vakili sifatida 

chiqadigan va majbur qilish vositalari va tadbirlariga tayanadigan 

ommaviy hokimiyat tashkiloti

1



 

JKning 2-moddasi mazmuniga muvofiq, davlat deganda, uni tashkil 

etuvchi organlarini emas, balki O‘zbekiston Respublikasini yaxlit 

tushunish kerak.  

Davlat manfaatlari deganda, unga jamiyat tomonidan yuklatilgan 

vazifa va funksiyalarni ijro etish uchun mavjud bo‘lishi zarur hayotiy 

faoliyatning o‘ta muhim elementlari, jumladan, huquq-tartibot, boshqaruv 

tartibi, siyosiy barqarorlik, hokimiyat organlarining faoliyat yuritishi, 

suverenitet va boshqalar tan olinadi. 

NOTA BENE ! 

Mulk  JK muhofaza obyekti  sifatida moddiy dunyoning, shuningdek, 

mualliflik huquqi obyektlari sifatida mulkiy ashyolariga ega bo‘lish 

yuzasidan  va shunga bog‘liq ravishda ijtimoiy munosabatlarning ma’lum 

bir guruhi sifatida namoyon bo‘ladi. 



 

Mulkchilikning shakli ahamiyatga ega emas, chunki konstitutsiyaviy 

qoidalarga muvofiq, mulk qanday huquqiy shaklda ekanligidan qat’i nazar, 

bir xilda himoya qilinadi. 

Большой юридический словарь. / Под ред. А.Я. Сухарева, В.Е. Крутских. – М.: ИНФРА-М, 2000. – С. 129. 

16 


 

                                                           



Tabiiy muhitni jinoyat-huquqiy muhofazaning mustaqil obyekti 

sifatida qarash barcha fuqarolar davlat himoyasi ostida bo‘lgan va 

umummilliy boylik hisoblangan tabiiy muhitga ehtiyotkorona 

munosabatda bo‘lishlari (Konstitutsiyaning 50-moddasi) lozimligi 

haqidagi qoidaga asoslanadi

1



Bugungi kunda «tabiiy muhitni asrash, tabiat boyliklaridan oqilona 

foydalanish umummilliy vazifa hisoblanadi va bu ekologiya tizimini, 

tabiat komplekslari va ayrim obyektlarning muhofazasini ta’minlashga, 

fuqarolarning  qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashga 

qaratilgan»

2



NOTA BENE ! 

Atrof tabiiy muhit  jinoyat-huquqiy muhofaza obyekti  sifatida ham 

alohida, ham butunligicha ekotizimni tashkil etuvchi biologik (o‘simlik va 

hayvonot olami) va nobiologik (yer,  yerosti, suv va atmosfera) 

elementlarga avaylab, oqilona munosabatda bo‘lish va ularning saqlab 

qolinishini ta’minlash yuzasidan va shunga bog‘liq ijtimoiy munosabatlar 

guruhidan iboratdir. 

 

1

 



Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 

Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-

моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-



моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 17 б. 

2

 

Қаранг.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 20 декабря 1996 г. № 36, «О 



судебной практике по делам о преступлениях и иных правонарушениях в сфере охраны окружающей среды и 

природопользования» с изменениями и дополнениями, внесенными постановлением Пленума Верховного суда 

Республики  Узбекистан  от  14  июня  2002  г.  №  10  //  Сборник  постановлений  Пленума  Верховного  суда 

Республики Узбекистан 1991–2006, Т.1. –Т.: «Адолат», 2006. –С. 314. (Далее – Сборник, Т.1). 

17 

 

                                                           



Shuningdek, Jinoyat kodeksi tomonidan muhofaza qilinadigan 

obyektlar sirasiga insoniyat tinchligi va xavfsizligi  ham kiradi, bu esa 

O‘zbekistonning BMT Nizomi

1

, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar 



to‘g‘risidagi xalqaro pakt

2

, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar 



to‘g‘risidagi xalqaro pakt

3

  va boshqa hujjatlarda aks etgan xalqaro 



huquqning umume’tirof etilgan me’yorlar tarafdori ekanligi bilan bog‘liq. 

NOTA BENE ! 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling