Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


Qilmishning jazoga sazovorligi ham qonuniylik prinsipi uchun uning 

jinoiyligini belgilashdan kam bo‘lmagan ravishda ahamiyatga ega. Ammo 

qilmishning jinoiyligi shaxs harakat yoki harakatsizligining xususiyati 

bo‘lsa, qilmishning jazoga sazovorligi uni sodir etganlikning oqibati 

bo‘lib, jinoiy qilmish sodir etgan shaxsni JKda belgilangan muayyan 

huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashda ifodalanadi.  

JKga muvofiq jazoga sazovorlik jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan 

qattiqroq ta’sir choralarini –  jinoiy jazo choralarini qo‘llashni nazarda 

tutadi. Ushbu choralar shaxsning huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda 

cheklaydi, shuning uchun ularni qo‘llash faqat jinoyat qonuni bilan 

tartibga solinishi lozim. Qonuniylik prinsipining jinoyat qonunida 

namoyon bo‘lishi aynan shunda ifodalanadi. Bunda qilmishning jazoga 

sazovorligi, jinoiy jazo choralari jinoyat qonunida umuman (jazo tizimi 

sifatida) va xususan aniq jinoyat uchun nazarda tutilgan bo‘lishini 

anglatadi. Ushbu belgilardan birortasining mavjud emasligi qo‘llanilgan 

jazoni qonuniy deb topishni istisno qiladi. 



Boshqa huquqiy oqibatlar  kelib chiqishi jinoyat sodir etilishi bilan 

bog‘liq bo‘lib, ammo jinoiy jazolar sirasiga kirmaydi. Jumladan, jinoiy 

javobgarlik va jazodan ozod qilishning barcha ko‘rinishi, tibbiy yo‘sindagi 

majburlov choralarini qo‘llash, sudlanganlik va hokazolar boshqa huquqiy 

1

 

Қаранг: Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисидаги халқаро пакт, 11-м. 



27 

 

                                                           



oqibatlar jumlasiga kiradi. Qonuniylik prinsipiga ko‘ra, barcha huquqiy 

oqibatlar faqat jinoyat qonuniga asoslanmog‘i kerak. Shuning uchun 

jinoyat qonuni qamrab olinmagan jinoiy qilmishning huquqiy oqibatlari 

qonunga asoslangan deb tan olinmaydi (masalan, sudlanganligi olib 

tashlangan shaxsni ishga qabul qilishdan bosh tortish noqonuniy 

hisoblanadi). 

Qonuniylik  prinsipi jinoyat qonunini qo‘llash jarayonida uning 

mazmunini qonun matniga to‘la mos ravishda tushunilishini nazarda 

tutadi. Huquqni muhofaza qilish organlari Jinoyat kodeksi normalarini o‘z 

xohishlariga ko‘ra talqin qilmasdan, birinchi navbatda, qonun mazmuniga 

hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlariga 

asoslanishlari lozim. Biroq shuni ham ta’kidlash kerakki, plenum qarorlari 

amaldagi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kirita olmaydi. 

Qonunga  o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi O‘zbekiston 

Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan qonunchilik tashabbusi huquqiga 

ega bo‘lgan organlar tomonidan taklif kiritilganidan keyin qonun 

chiqaruvchi organ tomonidan tegishli tartibda hal qilinadi. 

Qonun to‘liq qo‘llanilishi lozim. Jinoyat qonunini  qisman, to‘liq 

bo‘lmagan holda qo‘llash, ya’ni uning ma’lum bir qismini –  faqat 

dispozitsiya yoki faqat sanksiyasini qo‘llash qonuniylik prinsipini qo‘pol 

buzish hisoblanadi. Qonuniylik prinsipi buzilishi oqibatida aybdor shaxs 

jazosiz qolishi (jinoiy javobgarlik asoslari bo‘la turib, shaxs qonunga xilof 

ravishda jazodan ozod qilib yuborilganda) yoki aybsiz shaxs jinoiy 

javobgarlikka tortilib ketishi mumkin (asossiz ravishda qilmishni jinoyat 

deb kvalifikatsiya qilish oqibatida shaxsning sudlanishi). Qonuniylik 

nafaqat jinoyat-huquqiy normani uni tashkil etuvchi barcha qismlari 

hajmida qo‘llashni, balki qilmishni muayyan normaga muvofiq, unda 

nazarda tutilgan jinoyatning barcha belgilari bo‘lgandagina kvalifikatsiya 

qilinishini nazarda tutadi. 

Qonuniylik  prinsipining mazmuni qonunga asoslangan holda sud 

hukmi bilan shaxsni aybdor deb topishda va jazo tayinlashda namoyon 

bo‘ladi. Ushbu qoida Konstitutsiyaning 26-moddasida1  o‘rnatilgan 

aybsizlik prezumpsiyasidan kelib chiqqan bo‘lib, ayni paytda u jinoyat 

28 


 

huquqidagi qonuniylik prinsipining tarkibiy elementi sifatida quyidagi 

xususiyatlarga ega: 

–  shaxsning muayyan qilmishining jinoyat ekanligi faqat sud hukmi 

bilan aniqlanadi; 

– sodir etilgan muayyan jinoyat uchun jazo ham faqat sudning hukmi 

bilan tayinlanadi; 

–  shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topish va sud hukmini 

chiqarish tartibi faqat qonunda belgilanadi. 



Aybsizlik prezumpsiyasi  jinoyat qonuni nuqtai nazaridan nullum 

crimen sine lege prinsipini qo‘llashning xususiy holati, ya’ni ushbu 

prinsipni inson tomonidan sodir etilgan muayyan qilmishga qo‘llashdir. 

To‘g‘rirog‘i, JK qilmishlar tarkibining umumiy shaklini inson 

faoliyatining muayyan ifodasiga bog‘lamagan holda belgilaydi. Shu bilan 

bir vaqtda, qonuniylik prinsip  sifatida sodir etilgan qilmishning barcha 

holatlariga nisbatan qonunni to‘liq qo‘llashda individual yondashuvni talab 

qiladi. Individual yondashuv jinoyat sodir etgan muayyan shaxsga 

nisbatan, muayyan ish bo‘yicha chiqarilgan sud hukmida o‘z ifodasini 

topadi.  



NOTA BENE ! 

Sud hukmi  –  sud hokimiyatining jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan 

hamda sudlanuvchining aybdor yoki aybsizligini, jazo chorasini 

belgilaydigan, shuningdek, sudlanuvchini aybdor yoki aybsiz deb topish 

natijasida boshqa huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan huquqiy akt. 

 

Bir necha sudlanuvchiga nisbatan chiqarilgan sud hukmi jinoyat 



qonunini individuallashtirgan holda qo‘llanilishi bilan farqlanib, 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 457-moddasiga 

asosan, sud hukm chiqarishda sudlanuvchilarning har biriga nisbatan 

quyidagi masalalarni hal etishi lozim: 

–  sudlanuvchi aybli deb topilayotgan qilmish haqiqatan  ham sodir 

etilganmi; 

–  bu qilmish jinoyat hisoblanadimi va u Jinoyat kodeksining qaysi 

moddasida nazarda tutilgan; 

29 

 


– bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi; 

–  sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi, basharti aybli bo‘lsa, 

uning aybi qanday shaklda; 

– 

sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va 



og‘irlashtiradigan holatlar mavjudmi; 

– sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi; 

– sudlanuvchiga nisbatan qanday jazo tayinlanishi lozim va shu jazoni 

o‘tashi kerakmi; 

–  sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq o‘ta 

xavfli retsidivist deb topish lozimmi; 

–  ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni qanday tartibli 

koloniyada  o‘tashi lozim va u jazo muddatining bir qismini turmada 

o‘tashi kerakmi; 

–  fuqaroviy da’voni qanoatlantirish kerakmi, bu da’vo kimning 

foydasiga va qancha miqdorda qanoatlantirilishi lozim, shuningdek, 

fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, jinoyat tufayli keltirilgan mulkiy 

zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar solidar yoki hissali javobgarlikka 

tortilishlari kerakmi; 

–  fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun xatlangan mol-mulkni nima 

qilish kerak; 

– ashyoviy dalillarni nima qilish kerak; 

–  protsessual chiqimlarni kimning zimmasiga va qancha miqdorda 

yuklash kerak; 

–  sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash, ilgarigisini 

qoldirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish kerakmi; 

–  sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini 

qo‘llash yoxud uning ustidan homiylik belgilash zarurmi. 

Sud hukmi –  bu sud hokimiyatining O‘zbekiston  Respublikasi 

nomidan chiqaradigan yagona hujjati bo‘lib, u shaxs tomonidan sodir 

etilgan qilmishga nisbatan huquqiy baho beradi. 

Shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topish va hukm chiqarish 

tartibi faqat qonunda belgilanishi kerak bo‘lib, u qonuniylik prinsipining 

ajralmas qismidir. Agar shaxsning harakat yoki harakatsizligidan iborat 

30 


 

qilmishlarning jinoiyligi va jazoga sazovorligining umumiy qoidalari 

qonun tomonidan o‘rnatilgan bo‘lsa, unda muayyan holatlarga nisbatan 

ushbu qoidalarni qo‘llash tartibi ham qonunda belgilangan bo‘lishi kerak. 

O‘zbekiston  Respublikasida shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb 

topish va unga nisbatan hukm chiqarish tartibini belgilovchi qonun 

Jinoyat-protsessual kodeksidir. 

Qonuniylik  prinsipining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lmish aybsizlik 

prezumpsiyasiga ko‘ra, aybdorligi isbotlangan jinoyatchiga nisbatan 

qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan huquq va erkinliklarni cheklash choralari 

hali jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan 

qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayblanuvchi, hattoki, qamoqda 

saqlanayotganda ham mahkumning huquqiy maqomidan farq qiluvchi 

huquqiy maqomga ega bo‘ladi, xususan, u saylovlarda qatnashish 

huquqiga ega, ishdan bo‘shatilishi mumkin emas, u sha’ni va qadr-

qimmatini himoya qilish va boshqa huquqlaridan foydalanadi. 

Ayblanuvchining konstitutsiyaviy huquqlarini barcha cheklashlar faqat 

zarur hollardagina qonun asosida qo‘llanilishi mumkin. 

Jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsning huquq va 

majburiyatlari faqat qonun bilan tartibga solinib, bu jinoyat huquqidagi 

qonuniylik prinsipining yakunlovchi bosqichidir.  

Shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish uning huquqiy 

maqomining o‘zgarishiga olib keladigan oqibatlarni keltirib chiqaradi. 

Xususan, aybdor deb topilgan shaxsning ba’zi bir huquqlari 

cheklanishi bilan birga unga ayrim qo‘shimcha majburiyatlar ham 

yuklatiladi. Huquqiy holatdagi bu o‘zgarishlar mahkumga jazo tayinlashda 

yoki ayblanuvchiga boshqa ta’sir choralarini qo‘llashda (tibbiy yo‘sindagi 

majburlov choralari, shartli hukm qilish va boshqalar) namoyon bo‘ladi. 

Shunday qilib, ayblanuvchining huquqiy maqomini cheklovchi u yoki bu 

choralar faqat qonunga (JK, JPK) asoslanadi, boshqa qonunosti aktlar 

inobatga olinmaydi.  

Ushbu talablar JKning 4-moddasida o‘rnatilgan «nullum crimen sine 

lege» qoidasidan kelib chiqib, unga muvofiq jazoga sazovorlik va boshqa 

huquqiy oqibatlar faqat qonunda belgilanadi. Unga ko‘ra aybdor deb 

31 


 

topilgan shaxsga nisbatan tayinlanadigan jazo va boshqa huquqiy ta’sir 

choralarining mohiyati qonun bilan belgilangan bo‘lishi kerak.  

Qonuniylik  prinsipi, nafaqat, qonunni qo‘llash amaliyotida, balki 

qonun ijodkorligi jarayonida ham muhim ahamiyatga ega.  

Shunday qilib, jinoyat qonuni jinoiy qilmish va uni sodir etishning 

huquqiy oqibatlariga xos bo‘lgan alomatlarni aniqlasa, qonuniylik prinsipi 

qonun chiqaruvchini muayyan jinoyatning alomatlarini aniq va to‘liq 

ko‘rsatish hamda jinoyat qonunining o‘zida huquqni muhofaza qiluvchi 

organlar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni yechishga undaydi. 

Qonunchilikda ushbu prinsipning roli xatti-harakatlarning jinoyat yoki 

jinoyat emasligini aniq ko‘rsatgan holda qonunning aniq va bir xilda amal 

qilishini ta’minlashda ko‘rinadi.  

Bu  prinsipga rioya qilish jinoyat qonunchiligida jazo tayinlash 

amaliyotida bir xillikni ta’minlashga yordam beradi. O‘z navbatida, ushbu 

qoidalar jazo sanksiyalari miqdorining minimumi va maksimumini va 

boshqa holatlarni belgilashi bilan ham uzviy bog‘liqdir. 



6-§. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi 

JKning 5-moddasida barcha demokratik davlatlarning umumhuquqiy 

prinsipi  –  fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi  izchil ravishda 

aks ettirilgan. Konstitutsiyaning 18-moddasida

1

  mustahkamlangan ushbu 



1

 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 



Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-


моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-

моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

32 


 

                                                           



prinsipning Jinoyat kodeksi vazifasi sifatida o‘rnatilishi uning 

konstitutsiyaviy qoida bo‘lmish qonun oldida tenglik prinsipini amalda 

bo‘lishini ta’minlaydi. Bunga ko‘ra, JK umumiy tenglik prinsipini emas, 

balki jinoiy qilmishni sodir etish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarning 

tengligini nazarda tutadi. JKning 5-moddasiga  muvofiq, «Jinoyat sodir 

etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, 

shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va 

majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar». 

Qonun oldida tenglik prinsipi jinoyat sodir etgan shaxslarning huquqiy 

maqomi asoslarini mustahkamlaydi, ular shaxs, jamiyat va davlat oldida 

bir xil huquq va majburiyatlarga ega va qonun tomonidan ularga bir-biriga 

nisbatan biron-bir imtiyozga ega emas. Shuni aytib o‘tish kerakki, JK 5-



moddasidagi bir xil huquq va majburiyatlar – bu jinoyat sodir qilgan har 

bir shaxs uchun bir xilda bo‘lgan  huquqiy maqomdan darak beruvchi 

tavsifdir. Bu shaxslarning birortasi ham boshqalariga nisbatan imtiyozlarga 

ega bo‘lmaydi, boshqacha aytganda, jinoyat sodir etishda aybdor deb 

topilgan shaxslarning huquq va erkinliklari qonun oldida bir xil bo‘lib, 

jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy 

mavqeidan qat’i nazar, kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Jinoyat qonuni oldidagi tenglik to‘g‘risidagi qoida  huquq va 

majburiyatlarning tengligi to‘g‘risidagi qoidaning hosilasi hisoblanadi. 

Qonun oldida tenglik jinoyat sodir qilgan shaxslarning huquq va 

majburiyatlari JK bilan tartibga solinishini va bunda hech kim 

imtiyozlardan foydalanmasligini hamda hech kimning huquq va 

erkinliklari cheklanmasligini anglatadi. 

Jinoyat kodeksida mustahkamlangan qonun oldida tenglik prinsipi 

faqat jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ya’ni, jinoyat-

huquqiy jihatdan tenglik prinsipi cheklangan xususiyatga ega va jinoyat 

sodir qilgan muayyan shaxslar doirasida amalda bo‘ladi. 

Qonun oldida tenglik prinsipi umumiy jinoiy va xususiy jinoiy 

ko‘rinishlarga ega. 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 8 б. 

33 


 

                                                                                                                                                                                                 



Jinoyat huquqi uchun umumiy ko‘rinish  sifatida ushbu prinsip 

jinoyat sodir etgan shaxslarning huquqiy maqomining fundamental 

asoslarini Kodeksda mustahkamlashda namoyon bo‘ladi. Bu ko‘rinish 

sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik va jazoning muqarrarligi, 

og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi  holatlarning mavjudligi bilan 

ifodalanadi. Shunday qilib, tenglik prinsipining umumjinoiy ko‘rinishi 

jinoyat tarkibiga aloqador bo‘lmagan asosiy huquq va majburiyatlarning 

qonun oldida tengligini o‘zida namoyon etadi. 



Jinoyat huquqi uchun xususiy ko‘rinish  tenglik  prinsipida bir xil 

jinoyat sodir etgan shaxslar bir-biridan ustun qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Tenglik  prinsipining ushbu ko‘rinishi sodir etilgan jinoyat tarkibidagi bir 

xillik hamda jinoyat sodir etgan shaxsning huquqiy maqomidagi tenglikda 

namoyon bo‘ladi. Xususan, bezorilikda ayblangan bir necha shaxsni bir-

biridan farqli qarash bekor bo‘lmaydi, biroq ayni paytda odam o‘ldirish 

jinoyatini sodir etgan shaxs bilan o‘g‘irlik sodir etgan shaxsning huquqiy 

holati yoki boshqa holatidagi farq, masalan, ularning voyaga yetgan-

yetmaganligi, tayinlanadigan jazo, jazoni o‘tash va boshqa holatlarida 

bo‘lishi mumkin. 

Jinoyat kodeksida, faqat maxsus subyektlar (mansabdor shaxslar, 

harbiylar) javobgarligi bilan cheklanadigan moddalarning mavjudligi 

sharhlanayotgan moddaga zid kelmaydi.  Ushbu  subyektlarga nisbatan 

javobgarlik ularning majburiyat va vakolatlaridan kelib chiqib sodir 

etadigan qilmishlari uchun nazarda tutiladi. Ayni paytda, bunday 

tarkibdagi jinoyat sodir qilgan shaxslarning huquqiy maqomi doirasida 

ham tenglik prinsipi qat’iy amalda bo‘ladi. 

Tenglik  prinsipiga zid kelmagan holda ayrim fuqarolar (deputatlar, 

sudyalar va boshq.) jinoiy javobgarlikka tortilmay yoki jazodan ozod 

qilinmay sodir etgan jinoyati uchun alohida tartibda javobgarlikka 

tortiladi. Ko‘rsatib  o‘tilgan toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan 

alohida qoidalarning mavjudligi, ularning alohida turdagi davlat xizmatini 

bajarishini hisobga olganda, to‘la asoslidir. Shuningdek, yuqorida ko‘rsatib 

o‘tilgan shaxslar aholining normal va mustaqil hayot kechirishini 

34 

 


ta’minlash yo‘lida  o‘z  funksiyalarini amalga oshiradi, lekin ularning 

huquqiy maqomini belgilashda imtiyoz va ustunliklar nazarda tutilmaydi. 

Sodir   etilgan   qilmishda   jinoyat   tarkibining    mavjudligi   (JKning  

16-moddasi)  –  jinoyat to‘g‘risidagi  qonun hujjatlariga ko‘ra, jinoiy 

javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib, u har qanday shaxslar uchun bir 

xil amal qilib, tenglik prinsipiga rioya qiladi. Qilmishda jinoyat tarkibidagi 

barcha elementlarning mavjudligi jinoyat sodir qilgan shaxsda maxsus 

huquqiy maqomning vujudga kelishiga asos hisoblanadi. Boshqa hech 

qanday shaxsiy xususiyatlar bu maqomga ta’sir qilmaydi.  

Jinoiy javobgarlikka tortishda jinoyat tarkibi yagona asos sifatida 

qaralishi fuqarolarning qonun oldida tengligida namoyon bo‘ladi va qonun 

huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldiga jinoyatning barcha belgilarini 

aniq ko‘rsatib, keyin uni JKning tegishli moddasiga asosan isbotlash 

majburiyatini qo‘yadi.  



7-§. Demokratizm prinsipi 

O‘zbekiston  Respublikasi suveren demokratik davlat bo‘lib,  o‘z 

istiqbolini ijtimoiy adolat va qonuniylik asosida ko‘rib, u hozirgi va 

kelajak avlod manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat hokimiyati xalq 

irodasiga asoslanib, bu davlat hokimiyatiga xalq vakillarini saylashda 

namoyon bo‘ladi va demokratiyaning bir elementi sifatida ko‘rinadi. 

Demokratizm har bir jabhada mavjud bo‘lgani kabi O‘zbekiston 

Respublikasi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ham bundan xoli emas. 

Demokratizm  prinsipining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida 

namoyon bo‘lishi jinoyat huquqi normalarida xalqimiz irodasini ifoda etib, 

pirovardida bu normalar O‘zbekiston  fuqarolarining huquq va qonuniy 

manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. JK 6-moddasiga  binoan, 

«Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki 

jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda 

nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishi mumkin». 

Demokratizm  prinsipi  jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 

normalarini amalga oshirishda, xususan, jinoyat sodir etgan shaxslarni 

tarbiyalashda jamoatchilik vakillarini jalb qilishni nazarda tutadi. Xuddi 

35 


 

shu yo‘l bilan o‘tkazilayotgan islohotlar davlatning jinoyat-huquqiy 

siyosatini amalga oshirishning samaradorligini ta’minlaydi. 

Demokratizm  prinsipi jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan holda 

tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llaniladigan shaxslarni 

tarbiyalashda jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini  o‘zi boshqarish 

organlari va jamoalar ishtirokining ko‘pgina jihatlarini belgilab bergan 

jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida o‘zining ifodasini topgan. Qonun 

asosiy e’tiborni ozodlikdan mahrum etish muassasasidan ozod qilingan 

shaxslar axloqini tuzatish, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga 

yetmaganlarni tarbiyalashga jamoatchilik vakillarini jalb qilishga qaratadi. 



8-§. Insonparvarlik prinsipi 

Insonparvarlik  prinsipi  JK 7-moddasiga  ko‘ra quyidagilarni 

anglatadi:  

«Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki 

inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi. 

Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi 

jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli  bo‘ladigan 

jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak. 

Jazolashdan ko‘zlangan maqsadga ushbu kodeks Maxsus qismining 

tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali 

erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi 

mumkin». 



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling