Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


11-§. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi 

JKning 10-moddasi jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan qutulib 

qolmasligi haqidagi umumiy talablarni mustahkamlaydi: «Qilmishida 

jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka 

tortilishi shart». 

45 

 


Jinoyat kodeksidagi mazkur qoidaning mavjudligi, jinoyat huquqi 

normalarining barqarorligi va bir xilligi jinoyat to‘g‘risidagi qonun 

hujjatlari mavqeining oshishiga yordam beradi. Shu bilan birga 

javobgarlikning muqarrarligi prinsipi barcha fuqarolarning  harakatiga 

nisbatan ogohlantiruvchi ta’sir kuchiga ega bo‘lib, shu orqali Jinoyat 

kodeksining oldiga qo‘yilgan vazifalarning amalga oshishiga 

ko‘maklashadi. 

Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi  birinchi navbatda jinoyat 

sodir qilgan shaxslarga qaratilgan va mazkur shaxslar tomonidan sodir 

qilingan harakatlar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi ko‘p qirrali qoidalarni 

o‘rnatadi.  JKning 10-moddasidagi  prinsip  qonuniylik  prinsipi va 

fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiplarining davomi hisoblanib, 

ularni aniqlashtiradi va bir paytning o‘zida ularning chegarasidan bir oz 

chiqadi ham. Xususan, ushbu modda muayyan shaxslar doirasiga, ya’ni 

qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lgan har bir shaxsga qaratilgan.  

Shaxsning xatti-harakatida jinoyat tarkibi mavjudligini aniqlash 

javobgarlikka tortishning muhim belgisi hisoblanadi, ya’ni, bu jinoyat 

qonuni bilan jazolovchi va harakatni ijtimoiy xavfli deb o‘rnatuvchi 

obyektiv va subyekt  belgilar majmuidir. Shaxsning qilmishida jinoyat 

tarkibining aniqlanmaganligi shaxsning jinoiy javobgarlikka 

tortilmasligiga sabab bo‘ladi.  

Qonun talabiga ko‘ra, qilmishda jinoyat tarkibi mavjud bo‘lsa, shaxs 

jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bunday talab shuni bildiradiki, har bir 

ijtimoiy xavfli qilmishda shaxs muayyan qonun normasi bilan cheklangan 

salbiy oqibatlarni boshdan kechirishi kerak. 

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, salbiy oqibatlar quyidagilarda 

ifodalanadi: 

–  Jinoyat kodeksi normalari tatbiq etiladigan shaxslarni O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat kodeksi normalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka 

tortishda; 

–  amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq 

chet el fuqarolarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston 

Respublikasi sudlariga tegishli bo‘lmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi 

46 

 


hududida jinoyat sodir etgan holda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal 

qilinadi. 

Shuni aytib o‘tish lozimki, Jinoyat kodeksiga muvofiq, shaxsni jinoiy 

javobgarlikka tortish jazo qo‘llanilishi shartligini anglatmaydi. Sodir 

qilingan qilmish uchun javobgarlik faqat jazo vositasidagina emas, balki 

jinoyat qonunida nazarda tutilgan boshqa huquqiy ta’sir choralarini amalga 

oshirish orqali ham qo‘llanilishi mumkin1. Amaldagi qonunchilikda 

jazodan ozod qilishning turlari ham mavjud. Jumladan, shartli hukm qilish, 

jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish va hokazo. 

«Jinoyat huquqi tushunchasi, predmeti, metodi,  

vazifasi va prinsiplari» mavzusi  

yuzasidan yakuniy savollar 

1. Jinoyat huquqi tushunchasi qanday ma’nolarda ishlatiladi? 

2. O‘quv tizimida jinoyat huquqining o‘rni va roli qanday? 

3. Jinoyat huquqi predmeti. 

4. Jinoyat huquqini o‘rganish metodikasi qanday? 

5. Jinoyat huquqining muhofaza qiluvchi, ogohlantiruvchi va 

tarbiyalovchi vazifalari nimalardan iborat? 

6. Jinoyat huquqining prinsiplar tizimini tavsiflab bering. 

7.  Qonuniylik  prinsipiga ko‘ra shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish 

asosi nima? 

8.  Huquqni qo‘llash faoliyatida qonuniylik prinsipining ta’siri 

qanday? 


9. 

O‘zbekiston 

Respublikasi jinoyat qonunchiligida huquq 

analogiyasini qo‘llash mumkinmi? 

10. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipining mohiyati 

nimadan iborat? 

11. Demokratizm prinsipi nimalardan iborat? 

12. Odillik va fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipining 

bog‘liqlik joyi nimalardan iborat? 

13. Odillik va insonparvarlik prinsiplarining bog‘liqligi nimalarda 

ko‘rinadi? 

47 


 

14. Ayb uchun javobgarlik prinsipining  jinoyat-huquqiy mohiyati 

nimada? 


15. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi majburiy jazo tayinlashni 

anglatadimi? 



Qo‘shimcha adabiyotlar 

Rahbariy adabiyotlar 

Мирзиёев  Ш.М.  Қонун  устуворлиги  ва  инсон  манфаатларини 

таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Т.: 

Ўзбекистон, 2016.– 48 б. 

Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз 

билан бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – 488 б. 



Мирзиёев  Ш.М.  Эркин  ва  фаровон  демократик  Ўзбекистон 

давлатини биргаликда барпо этамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017.– 32 б.  



Мирзиёев  Ш.М.  Танқидий  таҳлил,  қатъий  тартиб-интизом  ва 

шахсий  жавобгарлик  –  ҳар  бир  раҳбар  фаолиятининг  кундалик 

қоидаси бўлиши керак. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – 104 

Мирзиёев  Ш.М.  Миллий  тараққиёт  йўлимизни  қатъият  билан 

давом  эттириб,  янги  босқичга  кўтарамиз.  –  Тошкент:  Ўзбекистон, 

2017. – 592 

б. 


Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Шавкат  Мирзиёевнинг 

Ўзбекистон  Республикаси  Конституциясининг  қабул  қилинган 

куннинг  25-йиллиги  муносабати  билан  бўлиб  ўтган  тантанали 

маросимдаги  “Конституция  –  эркин  ва  фаровон  ҳаётимиз, 

мамлакатимизни 

янада 


тараққий 

эттиришнинг 

мустаҳкам 

пойдеворидир” номли нутқидан // Халқ сўзи. 2017-йил 7 декабр. 247 

(6741)-

сон. 


Президент  Шавкат  Мирзиёевнинг  2017-йил  22-декабрдаги  Олий 

Мажлисга  Мурожаатномаси  //  Халқ  сўзи.  2017-йил  23-декабр. 258 

(6952)-

сон. 


48 

 


O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar 

Зуфаров Р.А. Уголовное право. Общая часть. Казусы (задачи). – 

Т.: ТГЮУ, 2014. – 164 с.  



Зуфаров Р.А. Уголовное право. Схемы. –Т.: ТГЮУ, 2015. – 127 с.    

Мальцев  В.В.  Введение  в  уголовное  право. –  Волгоград:  2000. – 

204 Б. 


Мальцев  В.В.  Принципы  уголовного  права  и  их  реализация  в 

правоприменительной  деятельности.  –  СПб.:  «Юридический  центр 

Пресс», 2004. – 597 Б. 

Мальцев В.В.  Принципы уголовного права. – Волгоград: 2002. – 

266 Б. 


Понятовская  Т.Г.  Концептуальные  основы  системы  понятий  и 

институтов уголовного и уголовно-процессуального права. – Ижевск: 

1996. – 

232 Б. 


Пудовочкин  Ю.Е.,  Пирвагидов  С.С.  Понятие,  принципы  и 

источники  уголовного  права:  сравнительно  правовой  анализ 

законодательства  России  и  стран  Содружества  Независимых 

Государств. – СПб.: «Юридический центр Пресс» 2003. – 297 Б.  



Разгельдиев  Б.Т.  Задачи  уголовного  права  Российской 

Федерации. – М.: 1996. – 146 Б. 



Турғунбоев  Э.  О.  Жиноят  ҳуқуқи  (умумий  қисм):  (Альбом 

схемалар).Ўқув услубий қўлланма. // Масъул муҳаррир ю.ф.д., проф. 

Қ.Р.Абурасулова. –Т.: ТДЮУ, 2013. – 129 б.    

Филимонов  В.Д.  Охранительная  функция  уголовного  права.  – 

СПб.: «Юридический центр Пресс», 2003. – 224 Б. 



 

 

49 


 

II BOB. JINOYAT QONUNI 

1-§. Jinoyat qonuni tushunchasi va ahamiyati 

JKning 1-moddasi  qonun darajasida O‘zbekistonning jinoyat 

qonunchiligini tashkil etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning doirasini, 

shuningdek, ushbu hujjatlarning huquqiy asosini muayyan va aniq belgilab 

beradi. Unga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi 

qonun hujjatlari Konstitutsiya va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan 

normalariga asoslangan bo‘lib, ushbu Kodeksdan iborat». Bunda shuni 

qayd etish lozimki, sharhlanayotgan moddaning qoidalari jinoyat huquqi 

sohasida vatanimiz an’analarini, jumladan, jinoyat-huquqiy normalarni 

kodifikatsiya qilish hamda ularning alohida qonun –  Jinoyat kodeksi 

shaklida mavjud bo‘lishining lozimligini aks ettiradi. 

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi respublikamizning 

jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini tashkil etuvchi barcha jinoyat-

huquqiy normalarning asosiy va yagona shaklidir. Tarkibida jinoyat-

huquqiy normalar bo‘lgan yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilingan 

taqdirda ular majburiy tartibda Jinoyat kodeksiga kiritilishi lozim va 

mustaqil ravishda qo‘llanilishi mumkin emas. 



NOTA BENE ! 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi  ichki uzviy birligi va 

o‘zaro bog‘liq jinoyat-huquqiy normalarning tizimli mustahkamlanishi 

bilan ajralib turgan, jinoiy javobgarlikning tamoyillari, asoslari va 

shartlarini, sodir etilishi jinoyat deb e’tirof etiladigan ijtimoiy xavfli 

qilmishlarni belgilab beruvchi, bunday qilmishlarni sodir etgan shaxslarga 

nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishining turini va chegarasini 

belgilovchi qonunlashtirilgan qonun hujjatidir. 

 

Jinoyat kodeksiga jinoyat-huquqiy normalarni mustahkamlashning 



asosiy va yagona shakli maqomini berish qonunchilikning kuchaytirilishi 

jinoiy qonunchilikni yagonalashtirishga ko‘maklashadi, huquqni muhofaza 

qilish idoralarining xodimlari uchun normativ materiallardan foydalanishni 

50 


 

osonlashtiradi va aholining huquqiy xabardorligini oshiradi. Shu bilan 

birga, bu holat qonunchilik texnikasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, 

qonun chiqaruvchini Jinoyat kodeksi tizimiga tezda kirishib keta oladigan 

o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibini mustahkamlaydi. 

Jinoyat qonunining Jinoyat kodeksida mustahkamlanishi, birinchi 

navbatda,  o‘z ifodasini shunda topadiki, u muhim bo‘lgan ijtimoiy 

munosabatlarning himoya qilish vositasi, jinoyatchilikka qarshi 

kurashishning huquqiy bazasi bo‘lib hisoblanadi. Jinoyat hisoblanadigan 

qilmishlarning  obyektiv va subyekt  belgilarini ifodalagan holda ularni 

sodir etganlik uchun aniq jazo turlarini belgilaydi. Bundan tashqari, u 

fuqarolarga nisbatan ogohlantiruvchi va tarbiyalovchi jihatlarga ega. 

Jinoyat-huquqiy ahamiyatdagi taqiq va majburiyatlarni o‘rnata turib, 

jinoyat qonuni odamlar o‘zlarining xulq-atvorini huquq normalariga 

solishtirgan holda idrok qilishi uchun ularning ongi va irodasiga ta’sir 

ko‘rsatadi. 

Jinoyat kodeksining jinoyat-huquqiy normalarni mustahkamlashning 

yagona  va   mutlaq  shakli   sifatida   ta’riflanishi  bilan   birga   JKning  

1-moddasida  ushbu normalarning huquqiy negizi to‘g‘risida qoidalar 

mavjud, bular O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda xalqaro huquqning 

umume’tirof etilgan normalaridir. Shu bilan barcha huquq sohalari, 

jumladan, jinoiy huquqning bosh manbai bo‘lgan Konstitutsiyaning 

ustuvorligi va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarining 

Kodeks normalaridan ustuvorligi belgilanadi. 

O‘zbekiston Konstitutsiyasining jinoiy qonunchilik asosi sifatida tan 

olinishi asosiy qonun qoidalarining Jinoyat kodeksi normalarini talqin 

etishda qo‘llash zaruriyatiga olib keladi. «Sudlar shuni nazarda tutishlari 

lozimki, Konstitutsiyaning 16-moddasiga muvofiq, birorta ham qonun 

yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat uning normalari va qoidalariga zid 

kelishi mumkin emas»

1

. Shu munosabat bilan, agar Jinoyat kodeksini 



1

 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 



Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

51 


 

                                                           



qo‘llash paytida sud uning ayrim qoidalarining Konstitutsiyaga mos 

emasligi haqidagi xulosaga kelsa, u ishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ajrim 

chiqarishi va barcha materiallarni Oliy sud Raisiga yuborishi lozim, u esa 

«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi 

Qonunga

1

  asosan tegishli masalani Konstitutsiyaviy sudga ko‘rib chiqish 



uchun kiritishga haqlidir. 

Jinoyat kodeksining huquqiy negizi, shuningdek, xalqaro huquqning 

umume’tirof etilgan normalari ham bo‘ladi, bu 1-moddada 

mustahkamlangan. Bunda shunday normalar sifatida xalqaro huquqning 

imperativ-buyruq tusida bo‘lgan hamda barcha xalqaro huquq subyektlari, 

jumladan, davlatlar tomonidan e’tirof etilgan qoidalari tan olinishi lozim. 



Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari  uning 

tamoyillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining qoidalari, 

shuningdek, Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasida, Fuqarolik va 

siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda, Iqtisodiy, ijtimoiy va 

madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda mustahkamlangan 

qoidalardir. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining preambulasida xalqaro 

huquqning umume’tirof etilgan qoidalarining ustuvorligi tan olinadi, bu 

esa qonun qo‘llanganda uning shunday qoidalarga mos emasligi 

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-


моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-

моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 7 б. 

1

 



Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майдаги “Ўзбекистон Республикасининг конституциявий суди 

тўғрисида”ги ЎРҚ-431 сон Қонуни // "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2017 йил 5 июнь, 

22-

сон, 407-модда; "Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси",  



2017 йил, 5-сон, 201-модда. 

 

52 



 

                                                                                                                                                                                                 



aniqlangan taqdirda sud tomonidan ishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ajrim 

chiqarilishi va tegishli masalani Konstitutsiyaviy sudga ko‘rib chiqish 

uchun kiritish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan birgalikda barcha 

materiallarni Oliy sud Raisiga yuborilishini belgilab beradi. 

Ayni paytda O‘zbekistonda qo‘llanishi uchun umume’tirof etilmagan 

xalqaro shartnomalarning normalari vatanimiz qonunchiligiga, jumladan, 

Kodeksga tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartishlar shaklida kiritilishga 

muhtoj. Bu shundan kelib chiqadiki, birinchidan, ko‘pgina xalqaro 

shartnomalar (konvensiyalar) faqat ishtirokchi davlatlarning u yoki bu 

jinoyatlar bilan kurashish niyatinigina bildiradi; ikkinchidan, agar xalqaro 

shartnoma u yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishning belgilarini aniqlagan 

holda ham, odatda, u tegishli jazoni belgilab bermaydi; uchinchidan, jazoni 

ko‘rsatgan holda shartnoma uning qo‘llanish chegaralari va shartlarini 

ko‘rsatmaydi. Natijada, hatto, O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya 

qilingan xalqaro shartnomalarning qoidalari amaldagi jinoiy qonunchilikka 

tegishli o‘zgartishlarni kiritmagan holda amalda qo‘llanmaydi. 



JKning 1-moddasi  Jinoyat kodeksini jinoyat-huquqiy normalar 

mavjudligining yagona va mutlaq shakli sifatida belgilaydi hamda jinoiy 

qonunchilikning asosi sifatida faqat Konstitutsiyani va xalqaro huquqning 

umume’tirof etilgan me’yorlarini belgilaydi, bu kengaytirilgan ravishda 

talqin etilmaydi. Shu munosabatda jinoyat-huquqiy tusdagi qoidalarni 

mustahkamlashning boshqa shakllari (masalan, Oliy sudning qarorlari, sud 

pretsedentlari, doktrinal talqin etish va hokazo) O‘zbekiston jinoiy 

qonunchiligining manbalari sifatida tan olinishi yoki uning asosi bo‘lishi 

mumkin emas. Ushbu hol shundan kelib chiqadiki, bu hujjatlarda yangi 

huquqiy normalar yaratilmaydi va mustahkamlanmaydi, balki Jinoyat 

kodeksida mavjud bo‘lgan normalarning asl mazmuni tergov va sud 

amaliyotida ularga aniq va yagona shaklda rioya etilishi maqsadida ochib 

beriladi. 

Buzilishi jinoyat deb tan olinadigan, xulq-atvor va harakatlarning 

ma’lum qoidalari va me’yorlari bo‘lgan huquqiy hujjatlar (masalan, 

maxfiy hujjatlar bilan ish yuritish qoidalari, veterinariya yoki zoologiya 

qoidalari, harakat xavfsizligi va transportdan foydalanish qoidalari va 

boshqalar) jinoiy qonunchilik sifatida tan olinishi mumkin emas. Bu 

53 

 


hujjatlarda blanket tusda bo‘lgan muayyan jinoyat-huquqiy normaning 

(masalan, JK ning 285-moddasi) tutgan o‘rni va mazmuni batafsilroq aks 

etadi, lekin unga xos bo‘lgan dispozitsiyasi va sanksiyasi bo‘lgan 

normaning o‘zi faqat Jinoyat kodeksida mavjud. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Qoraqalpog‘iston 

O‘zbekiston tarkibiga kirishi va O‘zbekistonning qonunlari Qora-

qalpog‘istonning hududida ham majburiy ekanligi to‘g‘risidagi qoidalariga 

muvofiq (Konstitutsiyaning 71-  va 72-moddalari)

1

  Jinoyat kodeksi, 



shuningdek, jinoyat-huquqiy normalarni mustahkamlashning yagona 

shakli bo‘ladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham amal 

qiladi. 

Jinoyat kodeksi ham O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston uchun 

yagonalashtirilgan (yagona) bo‘lib, boshqa qonunchilik hujjatlari 

(masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari, Jo‘qorg‘i 

Kengesning qarorlari va hokazolar) Qoraqalpog‘iston Respublikasining 

hududida jinoyat qonunining manbai sifatida tan olinishi mumkin emas. 



2-§. Jinoyat qonunining tuzilishi 

Bir-biriga bog‘liq yuridik normalar tizimi sifatida jinoyat qonunchiligi 

bir qancha huquqiy institutlarga asoslanadi. 

1

 



Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 

Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-

моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-



моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. -24 б. 

54 

 

                                                           



NOTA BENE ! 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling