Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


Jinoyat huquqi instituti  –  bu  o‘xshash ijtimoiy munosabatlarni 

tartibga soluvchi muayyan texnik qoidalarga binoan tartibga solingan 

turdosh yuridik normalar majmuidir. 

 

Masalan, jinoyat qonuni; jinoyat; jazo; qilmishning jinoiyligini istisno 



qiluvchi holatlar; tamom bo‘lmagan jinoyatlar, ishtirokchilik; bir qancha 

jinoyatlar sodir etish institutlari va boshqa. 

Bu institutlar mazmuni va hajmi jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin 

bir butun holda ular jinoyat huquqining yagona manbasi –  Jinoyat 

kodeksini tashkil qiladi. 

Har bir jinoyat-huquqiy norma bir butunni tashkil qiladigan va 

xarakteri jihatidan farqlanadigan JKning Umumiy va Maxsus normalari 

tarkibiga kiradi. 

Jinoyat kodeksi jinoyat-huquqiy normalarning ifoda qilinish shakli 

hisoblanib muayyan tuzilishga ega.  



NOTA BENE ! 

Jinoyat qonuni tuzilishi qonun chiqaruvchi irodasining JKda muayyan 

tarzda tartibga solingan shaklidir. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, o‘z navbatida, bo‘lim va 



boblarga bo‘linadigan Umumiy va Maxsus qismlardan iborat. Boblar qism 

va bandlarga bo‘linadigan moddalardan iborat. Qismlar satr boshi bilan, 

bandlar harflar bilan ajratilgan. 

NOTA BENE ! 

Maxsus qism normalarini qo‘llash Umumiy qism normalariga 

asoslanadi.  o‘z navbatida Umumiy qism normalari Maxsus qism 

normalarisiz ma’nosiz va predmetsiz bo‘lib qoladi. 

 

Umumiy  qism,  o‘z navbatida, 17 bobga bo‘linadigan 7 bo‘limdan 

iborat. JK Umumiy qismi normalarida jinoyat qonuni uchun umumiy 

55 

 


ahamiyatga ega bo‘lgan qoidalar belgilanadi yoki tartibga solinadi: jinoiy 

javobgarlik  prinsiplari va asoslari; jinoyat qonunining hudud bo‘yicha, 

vaqt bo‘yicha va shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilish doirasi; jinoyatlar 

tushunchasi va tasnifi, jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 

yosh, aqli norasolik belgilari va huquqiy oqibatlari, ayb shakllari; tamom 

bo‘lmagan jinoyat belgilari va huquqiy oqibatlari; jinoyatda ishtirokchilik 

va ishtirokchilar turlari; bir qancha jinoyat sodir etish; qilmishning 

jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar; jazo turlari va ularning tizimi, jazo 

tayinlashning umumiy asoslari; tamom bo‘lmagan, ishtirokchilikda sodir 

etilgan jinoyatlar, bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun va bir necha 

hukmlar yuzasidan jazo tayinlashning o‘ziga xos xususiyatlari; jinoiy 

javobgarlik va jazodan ozod qilish shartlari, sudlanganlikning tugallanishi 

va olib tashlanishi qoidalari;  voyaga yetmaganlar javobgarligining 

xususiyatlari; jinoyat-huquqiy xususiyatdagi boshqa ta’sir (voyaga 

yetmaganlarga nisbatan tarbiyaviy yo‘sindagi majburlov choralari va ruhiy 

kasallikka, alkogolizm va narkomaniyaga chalingan shaxslarga nisbatan 

tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari) choralarini qo‘llash asoslari va 

qoidalari.  

JK Umumiy qismi moddalarining aksariyati tartibga soluvchidir, 

chunki ularning qo‘llanishi aniq jinoiy qilmishlar bilan bog‘liq emas va u 

yoki bu ko‘rsatmaning aniq bayoni ko‘rinishidagi tasvirlov xususiyatiga 

ega. Biroq majburlovni qamrab oluvchi qonunni qo‘llash xususiyatidagi 

normalar ham uchrab turadi. Bular jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash 

holatlarida bir jazoni boshqasi bilan almashtirish tartibini o‘rnatuvchi 

normalardir. Masalan, JK 44-moddasi 3-qismi (jarima) jarimani (aniqrog‘i, 

uning to‘lanmagan qismini) majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, 

xizmat bo‘yicha cheklash va ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirish 

tartibini belgilab beradi. 72-  va 73-moddalar shartli hukm va muddatidan 

ilgari shartli ravishda ozod qilishda, muvofiq ravishda tayinlangan shartli 

jazoni yoki uning o‘talmay qolgan qismini, sinov muddati davomida 

qonunda belgilangan talablarga rioya qilinmaganda, amalda o‘tashning 

turli variantlarini o‘rnatadi.  

56 

 


Jinoyat qonuni Maxsus qismi normalarida alohida jinoyatlar uchun 

javobgarlik va ularni sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga 

qo‘llaniladigan muayyan jazolar o‘rnatiladi. 

JK Maxsus qismi 8 bo‘lim va 24 bobdan iborat. 

BIRINCHI BO‘LIM. 

Shaxsga qarshi jinoyatlar. 

I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar. 

II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar. 

III bob. Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar. 

IV bob. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar. 

V bob. Oilaga, yoshlarga, axloqqa qarshi jinoyatlar. 

VI bob.  Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi 

jinoyatlar. 

VII bob. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi 

jinoyatlar. 

IKKINCHI BO‘LIM. 

Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar. 

VIII bob. Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. 

IX bob. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar. 

UCHINCHI BO‘LIM. 



Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. 

X bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish. 

XI bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan 

jinoyatlar. 

XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar. 

XIII bob. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar. 

TO‘RTINCHI BO‘LIM. 

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. 

XIV bob. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish 

tartibiga qarshi jinoyatlar. 

BESHINCHI BO‘LIM. 



Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat 

tartibiga qarshi jinoyatlar. 

57 


 

XV bob. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar. 

XVI bob. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar. 

OLTINCHI BO‘LIM. 

Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. 

XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. 

XVIII bob. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga 

qarshi jinoyatlar. 

XIX bob. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan 

qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar. 

XX bob. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. 

XX

1



 bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar. 

YETTINCHI BO‘LIM. 



Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar. 

XXI bob. Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi 

jinoyatlar. 

XXII bob. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar. 

XXIII bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga 

qarshi jinoyatlar. 

XXIV bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari. 

Sakkizinchi bo‘lim  –  «Atamalarning huquqiy ma’nosi»da kiritilgan 

ayrim atamalarning huquqiy ma’nosi ochib berilgan. Bunday sharh rasmiy 

va umummajburiy ahamiyatga ega. JK sakkizinchi bo‘limining  o‘ziga 

xosligi, undagi qoidalar, JK Umumiy va Maxsus qismining boshqa 

qoidalaridan farqli ravishda, alohida raqamlar bilan belgilangan 

moddalarga rasmiylashtirilmagan, biroq o‘z mohiyatiga ko‘ra shunday 

hisoblanadi. 

Maxsus qism moddalari «xususiy moddalar» deb ham nomlanadi. 

Chunki ularda ko‘zda tutilgan jinoyat turlarining belgilari va unga muvofiq 

jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanadigan jazo choralari ham 

o‘z aksini topgan. Maxsus qism normalari –  ijtimoiy xavfli qilmish 

belgilarini ifodalovchi dispozitsiya, jazoning turi va me’yorini belgilovchi 

sanksiyadan iborat. Dispozitsiyada alohida jinoyatlar va shu jinoyatlarning 

58 

 


ta’rifi beriladi. Jinoyat-huquqiy normalarda dispozitsiyaning quyidagi to‘rt 

turi: oddiy, tasvirlov, blanket va havolaki dispozitsiya nazarda tutiladi. 



NOTA BENE ! 

Dispozitsiya – modda qismining o‘z mazmuniga ko‘ra taqiqlovchi yoki 

farmoyish beruvchi elementi bo‘lib, unda muayyan jinoiy qilmish, uning 

belgilari ko‘rsatiladi. 

 

Oddiy dispozitsiyada  jinoyat tarkibining belgilarini ifodalamasdan, 

jinoyatning umume’tirof etilgan, tanish nomi ko‘rsatiladi. Masalan, JK 97-

moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) yoki 215-moddasi (Davlat 

ramzlariga hurmatsizlik qilish). Bunday dispozitsiyada jinoyatning 

belgilari ochib ko‘rsatilmaydi. Ko‘rinib turibdiki, birinchi holatda qonun 

chiqaruvchi tomonidan «o‘ldirish», ikkinchi holatda «hurmatsizlik qilish» 

iboralari ishlatilgan. 

Tasvirlovchi dispozitsiya  qilmishni ijtimoiy xavfli va jinoiy deb 

tavsiflovchi belgilar majmuini ko‘rsatadi. Masalan, JK 209-moddasi 1-qis-

mi jinoyatni ko‘rsatibgina qolmasdan, mansab soxtakorligi deganda, 

mansabdor shaxsning g‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlarni ko‘zlab, 

rasmiy hujjatlarni  bila turib, soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritish, 

hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib, soxta hujjatlar tuzish va taqdim 

etish, fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan 

manfaatlariga yoxud davlat yoki jamiyat manfaatlariga jiddiy zarar 

yetkazilishiga sabab bo‘lsa yoki, JK 169-moddasi 1-qismida  o‘g‘rilik 

o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish sifatida berilgan. 



Blanket dispozitsiya muayyan jinoyatning belgilarini Jinoyat 

kodeksida yoritmasdan, boshqa huquq sohasiga oid qonunlar yoki 

normativ hujjatlar asosida aniqlaydi. Masalan, JK 266-moddasi 1-qismida 

transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari 

harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga 

o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, deb 

ko‘rsatilgan. Yo‘l harakati xavfsizligining aynan qaysi qoidalari 

buzilganligini aniqlash uchun, ular nazarda tutilgan normativ-huquqiy 

59 

 


hujjatlarga  murojaat qilish kerak. Ta’kidlash joizki, transport harakati va 

undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning deyarli barchasi 

blanket dispozitsiya sifatida shakllantirilgan. Shu kabi moddalar JK XII 

bobida «Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar», XVI bobida «Atrof 

muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar», 

XVII bobida «Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar» va boshqalarda 

ustunlik qiladi.  

Havolaki dispozitsiyada  ortiqcha takrorlashlarni bartaraf qilish 

maqsadida  normaning mazmunini aniqlash uchun kodeksning boshqa bir 

normasiga murojaat etiladi. Masalan, JKning o‘rtacha og‘ir shikast 

yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 105-moddasi 1-qismida 

yetkazilgan shikast hayot uchun xavfli bo‘lmasligi va JK 104-moddasida 

nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmasligi kerak deyilgan. 

Ta’kidlash joizki, JKning aksariyat moddalarida og‘irlashtiruvchi va 

o‘ta og‘irlashtiruvchi tarkiblarda o‘sha moddaning asosiy tarkibiga havola 

qilish hollari uchraydi. Bunda  «o‘sha qilmish ... sabab bo‘lsa», «o‘sha 

qilmish ... sodir etilgan bo‘lsa», «mazkur moddaning birinchi va ikkinchi 

qismida nazarda tutilgan qilmish ... sabab bo‘lsa» kabi ta’rif ishlatiladi. 

Aralash (kombinatsiyalashgan) dispozitsiya  blanket yoki havolaki, 

shuningdek, oddiy yoki tasvirlov dispozitsiyalarning belgilarini o‘zida aks 

ettiradi. Masalan, Jinoyat kodeksining 137-moddasi 1-qismiga ko‘ra, 

ushbu kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud 

bo‘lmagan holda odam o‘g‘irlash jinoyat deb hisoblanadi. Ushbu moddada 

dispozitsiyaning ham oddiy (odam o‘g‘irlash), ham havolaki (Jinoyat 

kodeksi 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmasa) 

turlari mavjud bo‘lganligi sababli «aralash» deb yuritiladi

1



NOTA BENE ! 



Sanksiya  –  modda  qismining elementi bo‘lib, dispozitsiyada 

ko‘rsatilgan muayyan jinoyat uchun jazo turi va doirasini belgilaydi. 

 

1

 



Уголовное право. Общая часть: Учебник / А.С. Якубов, Р. Кабулов и др. – 94-95 б. 

60 


 

                                                           



Ma’lumki, qonun chiqaruvchi JK 15-moddasidagi jinoyatlar tasnifini 

jazoning me’yori bilan bog‘laydi, chunki qilmishning ijtimoiy xavflilik 

xususiyati va darajasi aynan sanksiyada namoyon bo‘ladi. 

Nisbiy muayyan sanksiya  –  muayyan bir jazo turini nazarda tutib, 

uning miqdori chegarasini (chegarasini yoki eng quyi va eng yuqori 

chegarasini) belgilovchi sanksiya. Masalan, Jinoyat kodeksining 99-

moddasida onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirgani uchun uch 

yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi, qasddan odam o‘ldirganlik 

uchun 97-moddasi 1-qismida  o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan 

mahrum etish jazosi belgilangan. Birinchi misolda ko‘rinib turibdiki, 

sanksiyada faqat yuqori chegara ko‘rsatilgan. Bunday hollarda quyi 

chegara, jazoning mazkur turi uchun JK Umumiy qismida ko‘rsatilgan 

quyi chegara bilan belgilanadi. 



Alternativ (muqobil) sanksiyada  ikki yoki undan ortiq jazo turlari 

nazarda tutilib, sudga qilmish va uni sodir etgan shaxsning xususiyatlarini 

inobatga olgan holda jazoni individuallashtirish imkonini beradi. Masalan, 

Jinoyat kodeksi 110-moddasi 1-qismida (Qiynash) besh turdagi jazodan 

birini qo‘llash mumkinligi nazarda tutilgan:  

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha 

miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari 

yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha 

ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo 

turlari belgilangan. Alternativ sanksiyaning belgilanishi sudyalarga 

shaxsning ijtimoiy xavfliligiga, qilmishning xususiyatiga qarab jazolardan 

birini tayinlash imkonini beradi. 

Jinoyat huquqi nazariyasida, yuqorida zikr etilgan sanksiyalardan 

tashqari,  mutlaq-muayyan  va  havolaki  sanksiyalar ham ko‘rsatiladi. 

Biroq insonparvarlik va odillik prinsiplariga muvofiq bo‘lmaganligi uchun, 

ular amaldagi JKda nazarda tutilmagan.  

Ta’kidlash joizki, jinoyat huquqi doktrinasida «jinoyat qonuni 

moddasi tuzilishi» va «jinoyat-huquqiy norma tuzilishi» tushunchalarini 

farqlash qabul qilingan, chunki bitta jinoyat-huquqiy norma JKning bir 

necha moddalarida mavjud. Buning sababi jinoyat-huquqiy norma 

61 

 


tuzilishi, JK moddasidan farqli ravishda, ikki o‘zaro bog‘liq elementlarni 

emas (dispozitsiya va sanksiya), balki uchta: aksariyat mualliflar fikriga 

ko‘ra, jinoiy javobgarlikning asoslari hamda qilmishni jinoiy va jinoiy 

javobgarlikka sazovor sifatida belgilashga oid qoidalarni o‘z ichiga olgan 



gipotezani

1

, jinoyatning obyektiv va subyekt  ta’rifini aks ettiradigan va 

shu munosabat bilan javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslarning 

belgilarini, aybning shakllarini, tamom bo‘lmagan jinoyat tarkibini va 

boshqalarni belgilaydigan dispozitsiyani  hamda JK Umumiy qismining 

ayrim qoidalariga asoslangan holda jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini 

nazarda tutgan sanksiyani qamrab oladi. 

3-§. Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi 

JKning 11-moddasi 

O‘zbekiston 

Respublikasi jinoyat 

qonunchiligining qo‘llanish hududiy doirasini belgilaydi. Unda bayon 

etilgan qoidalar hududiy tamoyilni  ifoda etadi, ya’ni qaysi davlat 

hududida jinoyat sodir etilgan bo‘lsa,  o‘sha davlatning jinoyat kodeksi 

qo‘llanishi tamoyili ko‘rsatiladi. Shunga muvofiq, O‘zbekiston  hududida 

jinoyat sodir etgan barcha shaxslar, ular qaysi davlat fuqarosi bo‘lishidan 

qat’i nazar yoki fuqaroligi bo‘lmasligiga qaramay, faqat O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. 

Hududiylik tamoyili davlat hokimiyatining suverenlik tamoyiliga 

asoslangan bo‘lib, uning huquq sohasida umuman va jinoyat sohasida 

qisman ifoda topishidir. Davlat suvereniteti va qonunning hududiylik 

tamoyili  o‘zaro uzviy bog‘langandir: davlat hokimiyati uning hududiy 

masofalari bilan chegaralangan va uning qonunlari ham shu chegaralari 

doirasida amal qiladi. 



JK 11-moddasi 1-qismi  hududiylik tamoyilining umumiy qoidasini 

ifoda etadi: «O‘zbekiston  hududida jinoyat sodir etgan shaxs mazkur 

Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortiladi». 

«Hudud»  deyilganda, makonning shunday qismi, ya’ni O‘zbekiston 

Respublikasi suverenitetiga qarashli quyidagi joylar tushuniladi: 

a) quruqlik hududi; 

1

 



Қаранг: Ўша жойда. – 97 б.; Наумов А.В. Российское уголовное право. Общая часть. – М.: 1996 г. – 97 б. 

62 


 

                                                           



b) suv hududi, shu jumladan, ichki suvlar; 

v) havo hududi; 

g) yerosti

1



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68–70-moddalariga 

muvofiq, mazkur Kodeksning amal qilish hududiga respublikaning barcha 

hududi, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi ham kiradi

2



NOTA BENE ! 

Quruqlik hududi  –  bu  O‘zbekiston Respublikasi chegarasi ichidagi 

suv bilan qoplanmagan quruq  yer maydoni. Bu hudud tarkibiga suv bilan 

o‘ralmagan va suv bilan o‘ralgan (orol) barcha quruqlik maydoni kiradi. 

 

Quruqlik hududi tarkibiga davlat chegaralari ichidagi sun’iy hosil 



qilingan yer maydonlari (masalan, sun’iy orol, suv ustiga qurilgan binolar 

va hokazo), suv yo‘lidagi texnik inshootlar –  plotina, damba, ko‘prik va 

boshqalar ham kiradi. Davlat chegarasi chizig‘idan qat’i nazar, 

O‘zbekiston hududiga qarashli deb, bunday texnik inshootlarning 

1

 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикасининг  1999  йил  20  августдаги  “Ўзбекистон  Республикасининг  давлат 



чегараси тўғрисида”ги N 820-I сон Қонуни // “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси”, 

1999 йил, 9-сон, 217-модда 

2

 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  Ўн  иккинчи  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 



Кенгашининг  ўн  биринчи  сессиясида  1992  йил  8  декабрда  қабул  қилинган.  (2002  йил  27  январда  ўтказилган 

умумхалқ  референдуми  натижаларига  кўра  ҳамда  унинг  асосида  Ўзбекистон  Республикасининг  2003  йил  24 

апрелда  қабул  қилинган  Қонунига  мувофиқ  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  XVIII, XIX, XX, 

XXIII  бобларига  ўзгартиришлар  ва  қўшимчалар  қиритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2007  йил  11 

апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  89-моддасига,  93-

моддасининг  15-бандига,  102-моддасининг  иккинчи  қисмига  тузатишлар  киритилган.  Ўзбекистон 

Республикасининг  2008  йил  25  декабрда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 

йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг 

иккинчи  қисмига  тузатиш  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2014  йил  16  апрелда  қабул  қилинган 

Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва 

қўшимчалар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  6  апрелда  қабул  қилинган  Қонуни  билан 

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси  80-моддасининг  4-бандига,  81-моддасининг  еттинчи  қисмига, 

83-


моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-

моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон 

Республикасининг  2017  йил  31  майда  қабул  қилинган  Қонуни  билан  Ўзбекистон  Республикасининг 

Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-

моддаларига  ўзгартишлар  киритилган.  Ўзбекистон  Республикасининг  2017  йил  29  августда  қабул  қилинган 

қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – 

Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 23 б. 

63 


 

                                                           



o‘rtasidan yoki o‘q chizig‘idan respublikaga qarab o‘lchangan qismi 

hisoblanadi

1



Quruqlik hududi tarkibiga yana O‘zbekiston anklavlari kiradi (har 



tomonlama o‘zga davlatlar hududi bilan o‘ralgan yer maydonlari, agar ular 

dengizga chiqadigan yo‘lga ega bo‘lmasa). Quruqlik hududi tarkibiga 

O‘zbekiston hududidagi qattiq shakldagi suv resurslari –  muzliklar ham 

kiradi. 


NOTA BENE ! 

Anklav  –  davlat hududining boshqa davlat chegaralari bilan o‘rab 

olingan va dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan qismi. 



NOTA BENE ! 

Suv hududi –  bu davlat chegaralari ichidagi suyuq holatdagi suv 

resurslaridir. 

 

Suv hududi tarkibiga ichki suvlar va O‘zbekiston Respublikasi hududiy 



suvlari hamda chegaraviy suvlarning tegishli qismi kiradi. Suv hududiga 

yerosti  suvlari, termal va mineral suvlar kirmaydi. Bunday suvlar yerosti 

boyliklari deb hisoblanadi. 

O‘zbekistonning ichki suvlariga quyidagilar kiradi: 

–  O‘zbekiston  hududida to‘liq joylashgan suv havzalari, uning 

qirg‘oqlari ham, masalan, Chorvoq suv ombori; 

–  Orol dengizining O‘zbekiston  hududiga qarashli suvlari, ya’ni 

suvning chegara hisoblangan kengligidan yaqin qirg‘oqqacha qismi; 

– Orol dengizi tomonidan chegara chizig‘i bilan ajratilgan port suvlari, 

dengizning chegara chizig‘igacha bo‘lgan gidrotexnik va boshqa port 

inshootlari; 

–  Orol dengizining O‘zbekiston  hududiga tarixiy qarashli bo‘g‘oz, 

buxta, gut va limanlar; 

1

 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикасининг  1999  йил  20  августдаги  “Ўзбекистон  Республикасининг  давлат 



чегараси  тўғрисида”ги  N  820-I  сон  Қонуни,  5-м.  //  “Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг 

Ахборотномаси”, 1999 йил, 9-сон, 217-модда 

64 

 

                                                           



–  Orol dengizining O‘zbekiston  hududiga to‘liq qarashli bo‘g‘oz, 

buxta, gut va limanlar qirg‘oqlari, qirg‘oqdan qirg‘oqqacha bo‘lsa, 

kenglikning dengiz tomonidan birinchi marta tashkil bo‘lgan bir necha 

o‘tish joylari, agar uning eni 24 dengiz milyasidan oshmaydigan bo‘lsa (44 

km 448 m). 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling