Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


O‘zbekistonning hududiy suvlari – bu Orol dengizining qirg‘oqoldi 

suvlari bo‘lib, 12 dengiz milyasi (22 km 224 m) enliligida bo‘lib, 

O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bo‘lgan materik qismi hamda orollar 

atrofidan yoki O‘zbekistonning ichki dengiz suvlarining tashqi 

chegarasidan hisoblanadi. 

O‘zbekistonning chegara suvlari  –  chegara hisoblangan daryolar, 

soylar, ko‘llar va havzalarning davlat chegarasi chizig‘idan yaqin 

qirg‘oqqacha bo‘lgan qismidir. 

Bu yerlarda davlat chegarasi quyidagi tarzda belgilanishini ta’kidlab 

o‘tishimiz lozim: 

«... kema qatnaydigan daryolarda –  daryoning asosiy farvateri yoki 

talvegi  o‘rtasi bo‘ylab; kema qatnamaydigan daryolarda, jilg‘alarda  – 

ularning  o‘rtasi yoki daryoning asosiy  o‘zanining  o‘rtasi bo‘ylab; ko‘llar 

yoki boshqa suv havzalarida –  Davlat chegarasi ko‘l yoki boshqa suv 

havzasi qirg‘oqlariga chiqqan joylarni tutashtiruvchi to‘g‘ri yoki 

boshqacha chiziq bo‘yicha. Daryo, jilg‘a, ko‘l yoki boshqa suv havzasi 

orqali  o‘tadigan Davlat chegarasi ular qirg‘oqlarining ko‘rinishi yoki suv 

sathi o‘zgarganda ham, daryo, jilg‘a oqimi u yoki bu tomonga burilganda 

ham o‘zgarmay qolaveradi; 

suv omborlarida va boshqa sun’iy suv havzalarida –  ular suv bilan 

to‘ldirilgunga qadar Davlat chegarasining mazkur joydan o‘tgan chizig‘iga 

muvofiq ravishda; 

daryolar, jilg‘alar, ko‘llar va boshqa suv havzalari orqali o‘tuvchi 

ko‘priklarda, to‘g‘onlar va boshqa inshootlarda – Davlat chegarasi suvdan 

o‘tish-o‘tmasligidan qat’i nazar, shu inshootlarning  o‘rtasi yoki ularning 

texnologik o‘qi bo‘ylab»

1



1

 

Ўша жойда. 



65 

 

                                                           



NOTA BENE ! 

O‘zbekistonning  samoviy hududi  –  bu Respublikaning quruqlikdagi 

yerlari va suv havzalari ustidagi yer atmosferasining qismidir

1



 

Samoviy hududi quruqlik va suvdagi O‘zbekiston davlat 

chegaralaridan vertikal chiziq bilan belgilanadi. 

NOTA BENE ! 

Yerosti  boyliklari  –  bu  yer  qobig‘ining tuproq qatlamidan quyida 

joylashgan, tuproq qatlami bo‘lmaganda esa, yer yuzasidan yoki suv 

obyektlari tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan o‘rganish va 

o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan chuqurlikkacha yastangan qismi hamda 

foydali qazilmalarning yer qa’ridan yuzaga chiqishi

2



 

Yerosti  chegaralariga tabiiy qattiq jismlar, suyuq va gaz holatidagi 

jinslar va bu jinslar orasidagi bo‘shliqlar kiradi. 

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 

amal qilish doirasiga faqat respublikaning quruqlik va suv hududi ostiga 

joylashgan yerosti chegaralari kiradi. 

O‘zbekiston Respublikasi hududi sifatida respublikaning chet 

davlatlardagi  elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari joylashgan 

hudud ham qabul qilinadi. 

Xalqaro huquqning umumiy qoidalariga muvofiq, bunday muassasalar 



eksterritorial  maqomga ega bo‘ladi, ya’ni ular mahalliy qonunchilik 

ta’siridan ajratilgan holda qaysi mamlakatga qarashli bo‘lsa,  o‘sha davlat 

qonunchiligi ta’siriga o‘tadi

3



1

 

См.: Воздушный кодекс Республики Узбекистан (Введен в действие Постановлением Верховного Совета 



Республики  Узбекистан  от  7  мая  1993  г.  №  864-XII),  ст.  1  //  Ведомости  Верховного  Совета  Республики 

Узбекистан, 1993 г., № 6, ст. 247; Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 1998 г., № 3, ст. 38; 2000 

г., № 5-6, ст. 153; Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2003 г., № 11, ст. 82. 

2

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикасининг  1994  йил  23  сентябрдаги  “Ўзбекистон  Республикасининг  давлат 



чегараси тўғрисида”ги N 820-I сон Қонуни // “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси”, 

1999 йил, 9-сон, 217-модда 

3

Қаранг: Дипломатия муносабатлари тўғрисидаги Вена Конвенцияси (Вена, 1961 йил 18 апрел. 1964 йил 24 



апрелдан  кучга  кирган.  Ўзбекистон  Республикасининг  қўшилиши  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 

Кенгашининг 1994 йил 6 майдаги 1078-XII-сонли қарорига мувофиқ) 

66 

 

                                                           



Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi xorijdagi elchixonalari va 

diplomatik vakolatxonalari hududida sodir etilgan jinoyatlar har doim 

O‘zbekiston hududida sodir etildi, deb hisoblanadi. Xuddi shunday tarzda 

O‘zbekistondagi chet davlatlar elchixonalarida sodir etilgan jinoyatlar ham 

o‘sha davlatlar qonunchiligiga muvofiq ko‘riladi. Vakolatxonaning hududi 

sifatida undagi bino va xonalargina emas, balki shu binoga qarashli yer, 

hovli, vakolatxona boshlig‘ining rezidentsiyasi, vakolatxona xodimlari, 

davlat yurisdiksiyasi immunitetiga ega bo‘lgan shaxslar yashaydigan turar 

joy binolari hamda transport vositalari tan olinadi. 

Shuni ko‘rsatish lozimki, vakolatxona hududiga yoki uning 

xodimlariga qarshi qaratilgan jinoyat, jinoyat subyekti  O‘zbekiston 

Respublikasida jismonan turganligi sharti bilangina, O‘zbekiston 

Respublikasi hududida sodir etilgan deb topiladi, aks holda bunday 

harakatlarni boshqa davlat hududida sodir etilgan, deb qarash kerak. 



JK 11-moddasi 2-qismi  O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat 

deb hisoblash mezonlarini belgilaydi. Moddaning mazkur qismini kiritish 

zaruriyati shundan iboratki, sodir etilgan harakatni O‘zbekiston 

Respublikasi hududidagi jinoyat sifatida belgilash chegaralarini qonuniy 

belgilash va shu asosda qonunni qo‘llash faoliyatini bir xil tarzda olib 

borish imkoniyatini ta’minlashdir. 



JK 11-moddasi 2-qismi  jinoiy harakat sodir etilishining barcha 

bosqichlari va ko‘rinishlarini, aybdor jinoiy xulq-atvorining deyarli barcha 

ko‘rinishlarini qamrab oladi. Xususan, mazkur moddaga muvofiq 

«Qilmish: 

a)  O‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‘xtatilgan 

bo‘lsa; 


b)  O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, 

O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa; 

v)  O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston 

hududidan tashqarida yuz bergan bo‘lsa; 

g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan 

birgalikda sodir etilgan bo‘lib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz 

bergan bo‘lsa, O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi». 

67 


 

Ta’kidlash lozimki, yuqorida keltirilgan jinoiy harakat belgilari 

mazmun-mohiyatiga ko‘ra  obyektiv hisoblanadi va qonun chiqaruvchi 

jinoyat tarkibining barcha belgilarini obyektiv ravishda ko‘rsatib beradi. 

Bu belgilar jinoiy harakatning faqat tegishli belgilariga xos bo‘lib, jinoyat 

tarkibining boshqa qismlariga tegishli bo‘lmaydi. Ayni vaqtda jinoyatning 

muhim belgilari (subyekt,  obyekt,  subyekt  tomonlari) qonun chiqaruvchi 

tomonidan muhim apriori deb hisoblanadi, ya’ni qonun moddalaridan qat’i 

nazar har bir jinoyat ko‘rib chiqilganda, bu belgilar aniqlanadi. Bu belgilar 

jinoiy ish sodir etilgan hududni aniqlashga ta’sir etmaydi, lekin sud va 

tergov organlari tomonidan har bir harakatning jinoyatga aloqadorligini 

aniqlash maqsadida ko‘rib chiqiladi (masalan, harakat jinoyat sodir etishga 

layoqatsiz kishi tomonidan qilingan bo‘lsa, bunday jinoyat jamiyat uchun 

xavfli hisoblanmaydi, garchand jinoiy harakatning obyektiv belgilari 

mavjud bo‘lgan holda ham). Shunday qilib, yuqorida ko‘rsatilgan belgilar 

ro‘yxati Jinoyat kodeksining tamoyillarini ifoda etadi, ya’ni qonuniylik, 

adolatlilik, barcha fuqarolarning qonun oldida tenglik tamoyillarini 

ko‘rsatadi. 

JK 11-moddasi 2-qismi «a» bandida  jinoyat sodir etishning 

boshlanishi  deganda, aybdor sodir etish shart deb hisoblagan va sodir 

etgan, ular jinoiy oqibatga olib kelmagan bo‘lsa ham har qanday jinoiy 

qilmishni (harakat yoki harakatsizlik) tushunish kerak. Shunday qilib, 

jinoyat sodir etishni boshlash tamom bo‘lgan suiqasdni qamrab oladi. 

(Tamom bo‘lgan suiqasd haqida mazkur tom IX bobining «Jinoyat 

sodir etishga suiqasd qilish» deb nomlangan 3-§ da batafsil berilgan.) 

Jinoyat sodir etishning boshlanishi sifatida yana shunday dastlabki 

jinoiy harakat tan olinadiki, bunday harakat keyingi uzoq davom etuvchi 

qonunbuzarlik harakatlari bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni uzoq davom etuvchi 

jinoyatning boshlanishidir. 

Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat, masalan, soliq yoki boshqa majburiy 

to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, harbiy qism yoki xizmat joyini 

o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. 

(Davom etuvchi jinoyat haqida mazkur tom XI bobining «Takroran 

jinoyat sodir etish» deb nomlangan 2-§ da batafsil berilgan.) 

68 


 

O‘zbekiston Respublikasi JKda javobgarlik nazarda tutilgan 

jinoyatning barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmish O‘zbekiston 

hududida  tamom bo‘lgan  deb topiladi. Shuning uchun, muayyan qilmish 

tamom bo‘lganligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda JK Maxsus 

qismidagi modda tushunchasidan kelib chiqish lozim. 

Amaldagi Kodeksga muvofiq, jinoyat tamom bo‘lgan deb quyidagi 

holatlarda tan olinadi: 

–  ma’lum oqibatlarni keltirib chiqargan qilmish, ya’ni moddiy 



tarkibli jinoyat (masalan, qasddan odam o‘ldirish, o‘g‘rilik va h.k.); 

–  kvalifikatsiyaga jiddiy ta’sir qilmaydigan oqibatlarni keltirib 

chiqargan qilmish –  formal tarkibli jinoyat  (masalan, tuhmat, haqorat, 

davlatga xoinlik qilish va boshq.); 

– ijtimoiy xavfli zarar yetkazishning real xavfini tug‘diruvchi qilmish 

– kesik tarkibli jinoyat (bosqinchilik, zo‘rlash va boshq.). 



To‘xtatilgan  jinoyat ham jinoyat O‘zbekiston hududida sodir etilgan 

deb hisoblanadi. Mazkur moddaga muvofiq, jinoiy harakat o‘zining 

moddiy ifodasiga ko‘ra va subyekt qabul qilinishi jihatidan tugallanmagan 

bo‘lsa, to‘xtatilgan jinoyat deb baholanadi.  

Amaldagi qonun to‘xtatilgan jinoyatning ikki shaklini ko‘rsatadi: 

–  qilmish shaxs tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘xtatiladi. Bu 

shaxsning jinoyatni to‘xtatish imkoniyati borligini tushunishi oqibatida 

ro‘y berishi mumkin hamda shaxs qilmishining yomon oqibatlari kelib 

chiqishining oldini olish imkoniyati mavjudligini tushunib, jinoyat sodir 

etishdan ixtiyoriy ravishda qaytishi mumkin –  jinoyat sodir etishdan 



ixtiyoriy qaytish

–  shaxs irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra qilmishning 

oxiriga yetkazilmasligi – tamom bo‘lmagan suiqasd

Tamom bo‘lmagan suiqasd  deganda, aybdor o‘zining jinoiy 

harakatlarini oxirigacha yetkaza olmagani, ko‘zlagan maqsadiga erisha 

olmagani tushuniladi. Tamom bo‘lgan suiqasd  bilan tamom bo‘lmagan 

suiqasd orasidagi farq shundaki, birinchisida aybdor mo‘ljallagan barcha 

harakatlarini amalga oshirdim, deb hisoblaydi. 

69 


 

(Tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan suiqasd haqida mazkur tom 

IX bobining «Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish» deb nomlangan 3-§ ga 

qarang.) 

Ta’kidlash lozimki, aybdor tashabbusi bilan uzoqqa cho‘zilgan yoki 

davomli jinoyatlar to‘xtatiladigan (masalan, o‘z xohishi bilan aybini 

bo‘yniga olib kelish) yoki jinoyat sodir etilishiga to‘sqinlik qiladigan 

vaziyat yuzaga kelishi (masalan, organlarning aralashuvi) to‘xtatilgan 

jinoyat sifatida baholanadi. Bunday hollarda uzoqqa cho‘zilgan va davomli 

jinoyatlar tamom bo‘lmasdan aynan to‘xtatiladi, chunki vaqt bo‘yicha 

jinoiy harakat davom etuvchi akt bo‘lib, u tamom bo‘lmaydi, lekin davom 

ettirilishi to‘xtatilishi mumkin. 

JK 11-moddasi 2-qismining  navbatdagi ikki bandi –  «b» va 

«v»bandlari  qilmishning tamom bo‘lgan jinoyatning ayrim holatlariga 

nisbatan – moddiy tarkibli jinoyatlarga O‘zbekiston hududida sodir etilgan 

jinoyat sifatida baholashning shartlarini belgilaydi.  

Bunday shartlarning alohida ko‘rsatilishiga sabab umumiy qoida 

bo‘yicha qilmishning ijtimoiy xavfliligi uning sodir etilishigagina emas, 

balki uning qonunda ko‘rsatilgan oqibatlariga qarab aniqlanadi va bu 

oqibatlar kelib chiqqandan so‘ng jinoyat sodir etilgan hisoblanadi. Lekin 

bu qoida jinoiy harakat bir davlat hududida sodir etilgandagina qo‘llanadi. 

Agar jinoyat ikki yoki bir necha davlat hududida sodir etilgan bo‘lsa, 

bunday qoidani qo‘llash jinoyatchining jazodan qutulib qolishiga 

imkoniyat tug‘diradi. Shunga ko‘ra qonun belgilaydiki, agar sodir etilgan 

jinoyat moddiy tarkibga ega bo‘lsa, oqibatlari mavjudligiga qaramay, u 

O‘zbekiston hududida sodir etilgan deb baholanadi. Bunday shartning 

belgilab qo‘yilishi Kodeksning javobgarlikning muqarrarlik prinsipiga mos 

keladi. 

Ta’kidlash lozimki, qilmishning O‘zbekiston hududida sodir etilgan 

jinoyat sifatida baholanishi zaruriy obyektivlik belgilaridan birortasining 

formal mavjudligini talab qilmasa ham, bu belgining faktik aniqlanishi 

haqidagi talabga rioya qilish zarurligini inkor etmaydi. Boshqacha qilib 

aytganda, sud va tergov organlari shaxsni shunday jinoyat uchun 

javobgarlikka tortishda har doim jinoyatning mazkur belgilari 

70 


 

yig‘indisining amalda mavjudligini aniqlashlari shart. Bu jinoyatning 

moddiy tarkibi talabidan kelib chiqadi. Bu belgilardan birortasining 

amalda mavjud bo‘lmasligi ayblanuvchi harakatlarining tamom bo‘lgan 

jinoyat sifatida baholanishiga yo‘l qo‘ymaydi. 



JK 11-moddasi 2-qismi «g» bandida bir necha qilmishlardan iborat 

yoki boshqa qilmishlar bilan sodir etilib, uning bir qismi O‘zbekiston 

hududida yuz bergan bo‘lsa, bunday jinoyat O‘zbekiston Respublikasi 

hududida sodir etilgan deb baholanadi. 

Bu holda birgalikda yagona jinoiy yo‘nalishga  ega bo‘lgan jinoiy 

xulq-atvor aktlarining birlashishi bir necha qilmishlardan iborat qilmishni 

anglatadi. Xususan, bir necha qilmishga jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, 

sodir etish, unda ishtirok etish, tashkilotchilik qilish, yordamlashish kabi 

harakatlar kiritiladi. JK 11-moddasi 2-qismi «a» bandiga kiritilmaydigan 

belgilar: jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, ishtirok etish kabilar bir qilmishni 

tashkil etadi, unda aybdor bo‘lganlar javobgarlikka tortilishi lozim. 

Boshqa qilmishlar bilan birgalikda  degan tushuncha yagona 

maqsadga yo‘naltirilgan va natijada bir jinoyatni tashkil etadigan harakat 

yoki harakatsizlikning bir xil aktlarini qamrab oladi. Natijada, mazkur 

bandga muvofiq, davom etuvchi jinoyatlarni tushunish lozim. 

(Davom etuvchi jinoyat haqida mazkur tom XI bobining «Takroran 

jinoyat sodir etish» deb nomlangan 2-§ da batafsil berilgan.) 

Shunday qilib, JK 11-moddasi 2-qismi «g» bandi  mazmuniga 

muvofiq, bir necha qilmish shaxs harakatining xususiyati bo‘lsa, boshqa 

harakatlar bilan birgalikda degan tushuncha, muayyan jinoyat tarkibini 

tashkil etuvchi qilmishning xususiyatini qamrab oladi. Bu yerda bir necha 

xil qilmishlar mavjudligi talab etiladi. Agar harakat yoki harakatsizlik bir 

martagina sodir etilgan bo‘lsa, aybdor shaxs mazkur bandga muvofiq 

javobgarlikka tortilmaydi, biroq «a», «b» bandlar yoki JKning 11-moddasi 

2-qismiga muvofiq tegishli belgilar mavjudligida javobgarlikka tortilishi 

mumkin. 

Ta’kidlash lozimki, mazkur bandga muvofiq qonunda bayon etilgan 

qoidadan kelib chiqib, shaxsni javobgarlikka tortish uchun jinoyat boshqa 

davlat hududida boshlangan, tugallangan yoki to‘xtatilgan, lekin jinoiy 

71 

 


harakatning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga 

oshirilganini aniqlash lozim (masalan, O‘zbekistonning qo‘shni davlat 

bilan chegarasida boshlanib, o‘sha yerda genotsid (qirg‘in) yuz bergan va 

chegaradosh  O‘zbekistonning aholisiga ham tegib o‘tgan). Aks holda, 

jinoyat sodir etgan shaxs mazkur moddaning «a» bandiga muvofiq 

javobgarlikka tortiladi. 



JK 11-moddasi 3-qismi  hozirgi zamon xalqaro huquqning umum-

e’tirof etilgan qoidalarini ifoda etadi. Unga muvofiq, dengiz, daryo yoki 

havo kemasi ustidagi bayroq yoki ro‘yxatga qo‘yilgan port qaysi davlatga 

mansub bo‘lsa,  o‘sha davlat hududidan tashqarida, lekin boshqa chet 

davlat hududiga kirmagan bo‘lsa, u o‘z davlati hududida deb hisoblanadi.  

NOTA BENE ! 

Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga muvofiq, davlatlar 

chegara chizig‘idan tashqarida bo‘lgan yoki alohida iqtisodiy hudud 

chizig‘idan tashqarida joylashgan suv yoki havo hududi ochiq dengiz yoki 



ochiq havo hududi deb hisoblanadi. 

 

Ochiq dengiz va ochiq havo hududida jinoyat sodir bo‘lgan dengiz 



yoki havo kemasida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i turgan bo‘lsa yoki 

O‘zbekiston portida ro‘yxatda bo‘lsa, jinoyatchi shaxs O‘zbekiston 

Respublikasi qonuniga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Agar dengiz yoki 

havo kemasi xorijiy davlat portida turgan paytda, o‘sha davlat hududida 

yurgan paytda sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat o‘sha davlat hududida sodir 

etildi deb hisoblanadi. 

Aybdor shaxsning fuqaroligi hamda kema kimning mulkiga 

mansubligi (davlat, shaxsiy) jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi masalani 

ko‘rishda ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Dengiz, daryo, havo kemasida

1

  



O‘zbekiston bayrog‘i  o‘rnatilgan bo‘lsa  yoki  O‘zbekiston portida 

ro‘yxatga olingan hollarda, O‘zbekistonning jinoyat qonunchiligi 

qo‘llanishi mumkin. 

1

 



Айтиб  ўтиш  керакки,  кема  сифатида  нафақат  кемаларнинг  ёрдамчи  қурилмалари,  масалан,  шлюпкалар, 

траплар ва бошқа қурилмалар, балки унинг бутловчи буюмлари, масалан якорьлар ҳам эътироф этилиши лозим. 

72 

 

                                                           



Kemaning O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida bo‘lishi uning 

milliy mansubligini belgilaydi va bu mansublik kema Respublika Davlat 

bayrog‘i ostida bo‘lish huquqiga ega va majburligida ko‘rinadi.  

Har bir davlat kemaga uning bayrog‘i ostida yurish huquqini va 

hujjatlarini o‘zi belgilaydi va beradi

1

.  



Portda ro‘yxatdan o‘tkazilishi – bu kemaning kemachilikni tartibga 

soluvchi organlar qirg‘oq kemachilik  inspeksiyalarining kemachilik 

reestriga kiritilishi

2



O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini yana ayrim hollarda 

jinoyat xorijiy davlatning suv yoki havo hududida sodir etilganda ham 

qo‘llash mumkin. Lekin bunday holatlarda xorijiy davlat manfaatlarini 

saqlash shartlari bilan chegaralashga to‘g‘ri keladi, ya’ni o‘sha davlat 

manfaatlariga zarar keladigan bo‘lsa, unda o‘sha davlat qonuni 

qo‘llaniladi

3



Notijorat davlat kemalari (harbiy, bojxona, politsiya kemalari va 



boshqalar) har doim qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, faqat O‘zbekiston 

Respublikasi jinoiy yurisdiksiyasiga ega bo‘ladi. Bu ochiq suv yoki havo 

hududi, boshqa davlat hududidagi dengiz yoki havo hududi, dengiz porti 

yoki aeroport bo‘lishi mumkin. Shunday joylarda ham O‘zbekiston dengiz, 

daryo yoki havo kemasida jinoyat sodir etgan shaxs O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 



JK 11-moddasi 4-qismi 

O‘zbekiston Respublikasi jinoiy 

qonunchiligining amaldagi hududiylik prinsipidan qonuniy istisno qilish 

holatlarini belgilaydi. Bu, davlat vazifalarini bajaruvchi ayrim shaxslarni 

jinoiy javobgarlikka tortishda huquqiy immunitet berilishi haqida hozirgi 

zamon jahon konsepsiyasini ifoda qiladi. 

1

 

Қаранг: Большой юридический словарь / Под ред. А.Я. Сухарева, В.Е. Крутских. – 129 б. 



2

 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикасининг  ички  сув  транспорти  устави  (Ўзбекистон  Республикаси  Вазирлар 



Маҳкамасининг  1997  йил  26  февралдаги  106-сон  қарори  билан  тасдиқланган),  21-банд  //  Ўзбекистон 

Республикаси  Вазирлар  Маҳкамасининг  тўплами,  1997  йл,  феқраль.  Ўзбекистон  Республикаси  қонун 

ҳужжатлари тўплами 2005 й., 27-сон, 191-модда. 

3

 



Қаранг,  масалан:  Ҳаво  кемаси  бортида  содир  этиладиган  жиноятлар  ва  баъзи  бошқа  актлар  тўғрисидаги 

Конвенция  (Токио,  1963  й.  14  сентябрь.  Ўзбекистон  Республикасининг  қўшилиши  Ўзбекистон  Республикаси 

Олий Мажлисининг 1995 йил 6 майдаги 81-I-сон қарорига мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси учун 1995 йил 

29 октябрдан бошлаб кучга кирган), II боб (3—4-моддалар). 

73 

 

                                                           



Huquqiy immunitetdan foydalanish huquqi berilgan shaxs uning 

jinoyati xarakteri va ijtimoiy xavfliligi darajasidan qat’i nazar, qaysi 

mamlakat manfaatlariga xizmat qilgan bo‘lsa,  o‘sha davlat roziligisiz 

jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston hududida huquqiy 

immunitetdan quyidagi chet el fuqarolari foydalanishi mumkin: 

– xorijiy davlat diplomatik xodimlari; 

– xorijiy davlat vakolatxonalari xodimlari; 

– xalqaro hukumatlararo tashkilotlar xodimlari; 

– xorijiy davlatlarning boshqa vakillari. 



Diplomatik vakolatxona xodimlari  –  bu vakolatxona boshlig‘i  va 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining shunday maqomga 

ega bo‘lishini tasdiqlovchi hujjat berilgan shaxsiy tarkib a’zolari, 

xodimlar


1



Vakolatxona shaxsiy tarkibi a’zolari  –  bu, avvalo, vakolatxona 

shaxsiy tarkibi a’zolari – diplomatik xodimlar, vakolatxonaning ma’muriy-

texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari. Diplomatik xodimlar qatoriga, 

birinchi navbatda, diplomatik rangga ega bo‘lgan vakolatxona xodimlari 

kiradi. Ma’muriy-texnik xodimlar tarkibiga vakolatxona shaxsiy tarkibi 

a’zolari kiritiladi. Ularning vazifasi vakolatxonaga ma’muriy-texnik 

tomondan xizmat ko‘rsatishdan iborat. Bundan tashqari, vakolatxonaga 

maishiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ham bor

2

. Ma’muriy-texnik va 



xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faqat xizmat vazifalarini bajarayotgan 

vaqtda immunitetga ega bo‘ladilar

3

.  


Diplomatik vakolatxona xodimlari bilan bir qatorda jinoiy 

yurisdiksiyaga nisbatan immunitet, agar ular O‘zbekiston Respublikasi 

fuqaroligida turmagan bo‘lsalar, vakolatxona xodimlarining oila a’zolariga 

1

 



Қаранг: Масалан , Хорижий давлатларнинг Ўзбекистон Республикасидаги дипломатик ваколатхоналар ва 

консуллик  муассасалари  тўғрисидаги  Низом  (Ўзбекситон  Республикаси  Олий  Мажлисининг  2001  йил  8 

майдаги 207-сон қарорига 1-илова), 6.4-банд / / Ўзбекситон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2001 й,  

9-

сон, 47-модда; 2002 й, 14-сон, 112-модда.  



2

 

Қаранг: Дипломатия муносабатлари тўғрисидаги Вена конвенцияси, 1-модда. 



3

 

Қаранг:  Ўша  жойда,  37-млдда.  Хорижий  давлатларнинг    Ўзбекистон  Республикасидаги  дипломатик 



ваколатхоналар  ва  консуллик  муассасалари  тўғрисидаги  Низом(Ўзбекистон  Республикаси  Вазирлар 

Махкамасининг 2001 йил 8 майдаги 207-сон қарорига 1-илова), 3.17-банд. 

74 

 

                                                           



ham beriladi, lekin bunday immunitet vakolatxonaning xizmat 

ko‘rsatuvchi personali xodimlari oila a’zolariga berilmaydi

1



Immunitetga ega bo‘ladigan vakolatxona xodimi statusiga kuryer ega 



bo‘ladi, ya’ni diplomatik pochtani tashish uchun tayinlangan rasmiy shaxs. 

Diplomatik  kuryer  doimiy yoki bir martaga, ya’ni muayyan pochta 

ma’lumotini  yetkazish  bilangina mazkur huquqiy holatga ega bo‘lishi 

mumkin. 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling