Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Jinoyatning birgalikda sodir etilishini anglash
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyat ishtirokchilari harakatlarining o‘zaro muvofiqligi
- Ishtirokchilar qasdining intellektual holati
- Ishtirokchilikda qasdning irodaviy holati, mazmuni
- 2-§. Jinoyat ishtirokchilarining turlari JK 28-moddasi 1-qismiga
- Jinoyatni to‘liq sodir etish
- Jinoyatni bevosita sodir etish
- Jinoyatni bilvosita sodir etish
- NOTA BENE !
- Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga rahbarlik qilish
- Jinoyatni sodir etishga rahbarlik qilish
- JK 28-moddasi 3- qismi
Jinoyatning birgalikda sodir etilishini anglash ishtirokchi o‘zining ma’lum jinoyat sodir etishga yo‘naltirilgan harakatiga kamida bitta boshqa 293
ishtirokchining harakati ham qo‘shilgani haqida xabardorligini bildiradi. Bajaruvchi boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etayotganligini anglamagan hamda mazkur shaxslar uning jinoiy niyatlarini bilmagan hollarda, ishtirokchilik istisno qilinadi. Har bir ishtirokchi tomonidan o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini va jinoyat tarkibi alomatlari bilan qamrab olingan boshqa ishtirokchilar harakatlarining ijtimoiy xavfliligini anglash, birgalikdagi jinoiy faoliyatning ijtimoiy xavfli oqibatlari yuzaga kelishini oldindan ko‘ra bilishni ham nazarda tutadi. Jinoyat ishtirokchilari harakatlarining o‘zaro muvofiqligi shaxslarning jinoyat sodir etishda niyatlar va xohish-istaklari o‘zaro ifodalanganligida namoyon bo‘ladi. Muvofiqlik jinoyatni birgalikda sodir etishning subyekt ifodasini, ishtirokchilar o‘rtasidagi birdamlikni subyekt tomondan tavsiflaydigan zaruriy ruhiy-psixologik aloqani aks ettiradi.
belgilanuvchi ishtirokchilik tushunchasida jinoyatda barcha ishtirokchilar harakatlari qasddan qilinganlik mazmuniga ko‘rsatma mavjud bo‘lib, bu ehtiyotsizlik tufayli sodir qilingan jinoyatda ishtirokchilik mumkinligini istisno etadi.
xavfliligi va bajaruvchi qilmishining ijtimoiy xavfliligini oldindan anglashni qamrab oladi. Jinoyat ishtirokchilarining ongida bajaruvchi qilmishlarining taxminiy ijtimoiy xavfli oqibatlari, bajaruvchi qilmishi bilan jinoiy oqibati o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik rivoji ham umumiy chizgilar orqali qamrab olinadi. Ishtirokchilar qasdining intellektual holati nafaqat bajaruvchi qilmishining obyektiv tomoniga taalluqli, balki jinoyat obyekti va subyekti – jinoyat bajaruvchisiga mansub holatlarni ham anglash bilan tavsiflanadi. Ikki va undan ko‘proq shaxsning bitta jinoyat sodir etishdagi faoliyati birgalikdagi jinoyatga barcha ishtirokchilarning yagona, umumiy, har bir ishtirokchi ongi bilan qamrab olingan jinoyat obyektiga tajovuzi bilan shartlanadi. Jinoyat ishtirokchilari JK Maxsus qismida bayon etilgan, jinoyat subyektini (bajaruvchini) tavsiflovchi zaruriy alomatlarni anglashlari lozim 294
(masalan, mansabdor shaxs, harbiy xizmatchi va hokazo). Zero, jinoiy qasd bilan harakat qilayotgan shaxs, jinoyatni sodir etishda, JK da mavjud qoidalarga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan boshqa shaxslardan (ruhiy kasallardan yoki jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan shaxslardan) jinoyatni bevosita bajaruvchilari sifatida foydalanib, bilvosita zarar yetkazgan holat, ishtirokchilikni tashkil etmaydi. Ishtirokchilikda qasdning irodaviy holati, mazmuni yagona jinoiy natija yuzaga kelishini istash yoki shunga ongli ravishda yo‘l qo‘yish bilan tavsiflanadi. Ishtirokchilarning motivlari va maqsadlari o‘zaro to‘g‘ri kelishi mumkin, biroq ular ,odatda, jinoyat kvalifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Sud-tergov amaliyoti bunda faqat mukofot evaziga sodir etilgan g‘arazli qotillik ishtirokchilari uchun istisno qiladi. Qotillikning mukofot taklif etgan tashkilotchisi (dalolatchisi) harakatlari, u ish yuritgan motivlardan kelib chiqqan holda JK 28-moddasi va 97-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiyalanishi lozim. Jinoyat ishtirokchilari o‘rtasida g‘arazli maqsadlarda qasddan odam o‘ldirish haqida oldindan kelishuv mavjud bo‘lmagan taqdirda bajaruvchining harakatlari JK 97-moddasi 2-qismining «i» bandi bo‘yicha kvalifikatsiyalanadi, jinoyatning boshqa ishtirokchilari harakatlari esa JK 97-moddasining tegishli qismi bo‘yicha, mazkur moddaning ikkinchi qismi «i» bandini istisno etgan holda kvalifikatsiya qilinadi 1 .
JK 28-moddasi 1-qismiga muvofiq, bajaruvchilar bilan bir qatorda tashkilotchilar, dalolatchilar va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb tan olinadi. Jinoyat ishtirokchilarini alohida turlarga bo‘lish asosiga, ulardan har birining birgalikda amalga oshirilgan qilmishdagi funksional roli qo‘yilgan. JK 28-moddasi aytib o‘tilgan ishtirokchilar turlari o‘rtasidagi farqni har bir ishtirokchining jinoyat tarkibi obyektiv tomonini 1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 24 сентября 2004 г. № 13 «О судебной практике по делам об умышленном убийстве» // Сборник, Т. 2. – С. 464. 295
bajarishdagi harakatlarini tavsiflash bo‘yicha belgilaydi. Binobarin, ishtirokchilik turini belgilovchi asosiy mezonlardan biri, har bir ishtirokchining jinoyat sodir etishdagi ishtiroki xarakteri va darajasidir. Jinoyat sodir etishda shaxs ishtirokining xarakteri har bir ishtirokchining funksional rolini belgilaydi. Uning jinoyatdagi ishtiroki darajasi esa, shaxsning o‘z rolini bajarish bo‘yicha harakatlari jadalligi haqida, uning hamjihatlikda sodir etiluvchi jinoyatga hissasi haqida tasavvur beradi. Masalan, odam o‘ldirishda yordamchilik shaxs jinoyat qurbonini qachon va qayerda poylash qulayroqligi xususida maslahat berganda yoxud bajaruvchining iltimosiga ko‘ra, unga qotillik qurolini topib berishda, bajaruvchiga jinoyat joyidan tezda g‘oyib bo‘lishi uchun transport vositasini topib berishda va hokazolarda ifodalanishi mumkin. Har ikki holatda ham yordamchining funksional roli (ya’ni, ishtiroki xarakteri) bir xil, ammo ishtirok darajasi turlichadir. Bundan tashqari, aynan harakatlar tavsifi ishtirokchilarni turlarga ajratish imkonini beruvchi alomatlardir. Ishtirokchilar harakatlarining xarakteri qonun chiqaruvchi tomonidan «tashkil etdi», «rahbarlik qildi», «og‘dirdi», «yordamlashdi» kabi ifodalarda tavsiflanadi. Shu tariqa faqat jinoyatdagi ishtirokida, ya’ni yagona jinoyatning tashqi tomonini bajarishda har bir ishtirokchi, bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar o‘rtasidagi tafovutni topish, demak ular ayblanayotgan muayyan jinoyatlar tarkiblarini topish ham mumkin. Ishtirokchilikda sodir etiluvchi jinoyatda bajaruvchi markaziy siymo hisoblanadi. Bajaruvchi o‘zining qatorida boshqa funksional rolni bajaruvchi shaxslar – tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi harakat qilgan hollardagina mavjuddir. NOTA BENE ! Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi hisoblanadi (JK 28-moddasi 2-qismi).
296 Bajaruvchi yo‘qligi jinoyatda ishtirokchilikni istisno etadi. Uning xatti-harakati jinoyatning boshqa ishtirokchilari qilmishini yuridik baholashga ham ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan jinoyat subyektini tavsiflovchi alomatlarga ega shaxsgina bajaruvchi deb tan olinishi mumkin, aks holda uning qilmishida jinoiy javobgarlikka jalb etishning zaruriy sharti mavjud bo‘lmaganligi bois, jinoyat tarkibi bo‘lmaydi. Bu nafaqat barcha subyektlarga xos umumiy belgilarga (muayyan yoshga yetish, aqli rasolik), balki maxsus subyektni tavsiflovchi alomatlarga ham daxldordir. Agar JKning Maxsus qismi moddasi, maxsus subyekt mavjudligini talab etib, jinoiy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ushbu maxsus subyekt alomatlariga ega bo‘lmasa (masalan, mansabdor shaxs, harbiy xizmatchi, tergovchi, sudya va hokazo bo‘lmasa), u holda shaxs mazkur jinoyat tarkibining obyektiv tomoniga kiruvchi muayyan harakatlarni amalga oshirganda ham, jinoyatning bajaruvchisi deb tan olinishi mumkin emas. JK 28-moddasi 2-qismi holatlaridan kelib chiqib, bajaruvchilikning bir necha muhim belgilarini ajratish mumkin: – jinoiy qasdni, ya’ni jinoyatni to‘liq yoki qisman bajarish; – jinoyatni bevosita sodir etish; – jinoyatni qonun kuchiga ko‘ra javobgarlikka tortilmaydigan boshqa shaxslardan yoki o‘zga vositalardan foydalanish orqali sodir etish (jinoyatni bilvosita sodir etish).
dispozitsiyasidagi ta’rifiga muvofiq qilmishni to‘liq hajmda bajarishdir. Mazkur holatda jinoyatda jinoyat tarkibining obyektiv tomoni to‘liq bajariladi. Jinoiy qasdni qisman bajarish jinoyatning obyektiv tomonini tashkil etib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holda tugallanmay qolgan yoki modda dispozitsiyasida (jinoyatlarning moddiy tarkiblarida) ko‘zda tutilgan jinoiy oqibatni yuzaga keltirmagan qilmishni sodir etishda ifodalanadi. Jinoyatni bevosita sodir etish shuni bildiradiki, shaxs muayyan jinoyat tarkibining obyektiv belgilarini qamrab oladigan qilmishni amalda sodir etadi. Bunda bajaruvchi yakka tartibda hamda boshqa shaxslar (birgalikda bajaruvchilar) bilan birga harakat qilishi mumkin. Keyingi 297
holatda birgalikda bajaruvchilar o‘rtasida rollar taqsimlangan bo‘lib, ularning har biri jinoiy qilmishning obyektiv tomonini qisman bajaradi. Masalan, bosqinchilik hujumini sodir etishda bir bajaruvchi jabrlanuvchi hayot yoki sog‘lig‘i uchun xavfli zo‘rlikni qo‘llaydi yoki shunday zo‘rlikni qo‘llash bilan tahdid qiladi, boshqasi esa jabrlanuvchining mol-mulkini egallaydi, bunda ikki subyekt ham jabrlanuvchi mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida harakat qilishadi. Birgalikda bajaruvchilik tushunchasi jinoiy qonunchilikda mavjud emas. Biroq jinoyatda shunday ishtirokchilik mavjudligi Oliy sud Plenumi tushuntirishlarida ishtirokchilik shakli 1 hamda ishtirokchilik turi 2 sifatida nazarda tutiladi.
sodir etish uchun boshqa shaxsning jismoniy harakatlaridan foydalanadi. Tergov va sud jinoyatning obyektiv tomoni aqli norasoligi yoki tegishli yoshga yetmaganligi sababi bo‘yicha jinoiy javobgar bo‘lmaydigan shaxslar tomonidan bevosita amalga oshiriladigan holatlarga alohida e’tibor qaratishi lozim. Masalan, agar jinoyat muayyan qilmishi uchun jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, uni jinoyat sodir etishga og‘dirgan shaxs mazkur jinoyat bajaruvchisi hisoblanadi, uning voyaga yetmaganga nisbatan harakatlari esa qo‘shimcha tarzda JK 127-moddasi 3-qismi bo‘yicha voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish sifatida kvalifikatsiya qilinishi shart. «Voyaga yetmaganlarning katta yoshdagilar ishtirokida sodir etgan jinoyatlari haqidagi ish ko‘rib chiqilayotganda katta yoshdagi shaxs va o‘smir o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning xususiyatini sinchiklab aniqlash lozim, chunki ana shu ma’lumotlar katta kishining voyaga yetmagan shaxsni jinoyat yoki g‘ayriijtimoiy harakat sodir etishga jalb qilishdagi rolini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. 1
«Действия лиц, совершивших угон транспортных средств в составе организованной группы, независимо от роли каждого участника, должно рассматриваться как соисполнительство» (см.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 20 декабря 1996 г. № 37 «О судебной практике об угоне транспортных средств» // Сборник. Т. I. – С. 321). 2
практике назначения судами уголовного наказания» // Сборник. Т. 2. – С. 493. 298
Sudlarga 18 yoshga to‘lgan va jinoyatni qasddan sodir etgan shaxs- largina voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin ekanligi tushuntirilsin. Shuningdek, katta yoshdagi kishi o‘z harakatlari bilan voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilayotganini bilgani holda yoki shunday fikrga yo‘l qo‘yganini ham aniqlash lozim. Agarda katta yoshdagi kishi shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti- harakatlarga jalb qilsa-yu, uning voyaga yetmaganligini bilmasa yoki bilishi mumkin bo‘lmasa, bu holda JKning 127-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas» 1 .
ko‘rsatmalari asosida jinoyat sodir etilgani kabi, ko‘rsatma bergan shaxs harakatlari bajaruvchilik sifatida, amalda jinoyatni sodir etgan shaxs harakatlari esa, jinoyat quroli sifatida tavsiflanishi shart. Oxirgi zarurat holatida turgan boshqa shaxslarni majbur qilgan holda o‘z jinoiy maqsadiga erishgan shaxslarni ham jinoyatning bilvosita bajaruvchilari sifatida tan olish lozim. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, bayon etilgan vaziyatda bevosita «bajaruvchi»ga nisbatan uni o‘z irodasiga qarshi harakat qilishga majburlash maqsadida ruhiy yoki jismoniy majbur qilishdan foydalaniladi. Masalan, do‘kon kassiri to‘pponcha qaratilgani bois pullarni kassadan oladi va ularni jinoyatchiga beradi. Nihoyat, bilvosita jinoyat sodir etilishi aybsiz holda harakat qiladigan bevosita «bajaruvchi»da jinoyat tarkibining asosiy obyektiv alomatlariga nisbatan xato mavjud bo‘lgan hamda bilvosita bajaruvchi shunday xatoni yuzaga keltirgan yoki atayin foydalangan hollarda ham uchraydi. Misol uchun, kontrabanda jinoyatchi samolyotda hech nimadan shubhalanmayotgan yo‘lovchidan boshqa shahardagi tanishiga «jo‘natma»ni yetkazishni iltimos qiladi, yoki, firibgar mashina o‘g‘risi o‘z avtomobili kalitini yo‘qotganligi bahonasida tasodifiy o‘tkinchidan transport vositasini harakatlantirishga yordam berishini so‘raydi. 1
судебной практике по делам о преступлениях несовершеннолетних» (с изменениями и дополнениями, внесенными постановлением Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10 и 3 февраля 2006 г. № 5) // Сборник, Т.2. – С. 301. 299
JK 28-moddasi 2-qismida jinoyatni sodir etishda bajaruvchi tomonidan «o‘zga vositalar»dan foydalanish haqida ham so‘z yuritiladi. Mazkur holatda gap, jinoyat quroli yoki vositasi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan, yuqori xavflilik manbai haqida boradi. Fuqarolik huquqida yuqori xavflilik manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning egasi javobgar hisoblanadi. Jinoyat qonunchiligida mazkur prinsipdan foydalanish mumkin emas, chunki javobgarlik jinoyatni sodir etgan shaxs zimmasida hisoblanadi. Shu munosabat bilan avtomobil egasi emas, avtomobilni bevosita boshqarib, bevosita o‘zga shaxsni urib yuborgan shaxs javobgar bo‘ladi. Yuqori xavflilik manbalaridan jinoyat sodir etish vositalari (yoki qurollari) sifatida foydalanish holatlari ham aynan shunday kvalifikatsiyalanishi shart. Bajaruvchi sodir etgan jinoyatining subyekt tomoni to‘g‘ri yoki egri
birgalikda o‘zi sodir etayotgan harakatlarining ijtimoiy xavfli xarakterini anglaydi, ular uchun umumiy, yagona oqibat yuzaga kelishi mumkinligi yoki muqarrarligini oldindan ko‘ra biladi va shu oqibatining yuzaga kelishini istaydi yoki ongli ravishda shunga yo‘l qo‘yadi.
kishidir. U, odatda, jinoyat tashabbuskori bo‘ladi, muayyan jinoyatni sodir etish «g‘oya»si unga tegishli bo‘ladi, shundan so‘ng u amalga oshirgan barcha narsa (ishtirokchilarni izlab topish va birlashtirish, jinoyat sodir etish rejasini ishlab chiqish va ishtirokchilar harakatini uning ijrosiga yo‘naltirish, zaruriyatga ko‘ra ishtirokchilar harakatlarini muvofiqlashtirish hamda to‘g‘irlash va h.k.) jinoiy qasdni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shu o‘rinda yodda tutish lozimki, jinoyatni sodir etishda tashabbus faqat tashkilotchiga tegishli bo‘lmasligi ham mumkin. G‘ayriijtimoiy kayfiyatdagi shaxslar guruhi mavjud muayyan sharoitlarda, jinoyat bajaruvchilaridan biri ham tashabbuskor bo‘lib, uning roli jinoyatni sodir etish haqida fikr bildirishda ifodalanadi. Sud amaliyotida shunday «tashabbus» namoyon bo‘lishiga, masalan, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik, nomusga tegish va hokazo jinoyatlarda duch kelish mumkin. 300
Jinoyat tashabbuskori dalolatchi bo‘lishi ham mumkin. Uning roli jinoyat bajaruvchisida yoki boshqa ishtirokchilarda jinoyat sodir etishga qasd tug‘dirishda mujassamlashadi. Dalolatchi undan nariga bormaydi. Agar u ishtirokchilarni birlashtirish, ularga jinoyat sodir etish rejasini tayyorlash uchun harakatlar qilsa, ishtirokchilar faoliyatiga rahbarlik qilsa, u tashkilotchiga aylanadi. NOTA BENE ! Jinoyatning tayyorlanishiga yoki sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb tan olinadi (JK 28-moddasi 3-qismi).
tashkilotchilik faoliyatining ikki turini ajratish mumkin: – jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga rahbarlik qilish; – jinoyatni sodir etishga rahbarlik qilish. Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmani tashkil qilish yoxud unga rahbarlik qilishni ham tashkilotchilik faoliyatining turi deb tan olish lozim. Mazkur holatda tashkilotchi javobgarligi JK Maxsus qismi (242-modda) normalari bilan belgilanadi va binobarin, alohida turdagi jinoyatni tashkil etadi. Tashkilotchi rollar taqsimoti bilan ishtirokchilik doirasida harakat qilgan bo‘lsa, uning javobgarligi JK Umumiy qismida ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha yuzaga keladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga rahbarlik qilish jinoiy faoliyatga tayyorgarlikda, aynan: jinoyatni tashkillashtirishda, ishtirokchilarni yollashda, ularni jinoyat sodir etish qurollari va vositalari bilan ta’minlashda, jinoiy rejalarini ishlab chiqishda, ishtirokchilar o‘rtasida rollarni taqsimlashda va hokazolarda ifodalanadi. Mazkur bosqich oldindan kelishuv bilan qamrab olinadi, chunki buningsiz jinoyat sodir etishning tayyorgarlik bosqichiga rahbarlik qilish mumkin emas. Biroq bu ishtirokdagi jinoyat tashkilotchisi amalda
uyushgan guruh tashkilotchisi va rahbariga aylanishini bildirmaydi. Uyushgan guruh uchun jinoiy faoliyatni amalga oshirishda barqarorlik va yaqqol ifodalangan jinoiy yo‘naltirilganlik xosdir. Mazkur holatda 301
oldindan kelishgan bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir etish ko‘rinishidagi ishtirokchilik shakli mavjud (Masalan, JK 135-moddasi 2- qismi «e» bandi, 137-moddasi 1-qismi «v» bandi, 164-moddasi 2-qismi «b» bandi). Jinoyatni tashkil qilishning ikkinchi shakli shundan iboratki, tashkilotchi jinoyat tashabbuskori bo‘lmagani holda jinoiy qasd amalga oshirilishini ta’minlab, ishtirokchilar jinoiy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Jinoyatni sodir etishga rahbarlik qilish bevosita jinoyat sodir etilish vaqtida ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirib, tartibga solishni o‘zida ifoda etadi. Odatda, rahbarlik jinoyat sodir etish joyida amalga oshiriladi va bajaruvchi (bajaruvchilar) harakatini boshqarishdan iborat bo‘ladi. Biroq tajovuz joyida turmasdan, zarur ko‘rsatmalarni bajaruvchiga kommunikatsiya vositalari yordamida (telefon, ratsiya va boshq.) bergan shaxs ham jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilishi mumkin. Ishtirokchilikda muayyan jinoyatni sodir etishda tashkilotchi jinoyat tarkibining amalda bajarilishida qatnashgani yoki qatnashmaganligidan yoxud faqat jinoyatni bevosita bajaruvchilari jinoiy faoliyatining muvaffaqiyatiga sabab bo‘lgan harakatlarni sodir etishidan qat’i nazar, jinoiy faoliyat rahnamosi, rahbari sifatida jinoyatni bevosita sodir etishga rahbarlik qiladi. Jinoyat tashkilotchisi doimo to‘g‘ri qasd bilan harakat qiladi. U ishtirokchilar bajarishi shart bo‘lgan harakatlar mazmunini anglaydi, o‘z faoliyati natijasida jinoyat sodir etilishi mumkinligini oldindan ko‘ra biladi va shuni istaydi ham. Jinoyat tashkilotchisi o‘z qilmishi va boshqa ishtirokchilar qilmishlari ijtimoiy xavfli xarakterini anglaydi, ba’zi holatlarda guruh tarkibi haqida ma’lumotga ega (jinoyat sodir etishga tayyorgarlik qilishga rahbarlik holatida), butun guruh faoliyatining natijasida ijtimoiy xavfli oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligi yoki muqarrarligini oldindan ko‘ra biladi hamda ushbu oqibatlar yuzaga kelishini istaydi ham. Agar tashkilotchi jinoyatning tayyorlanishiga yoki sodir etilishiga rahbarlik qilgan bo‘lsa-da, biroq jinoyat tarkibining obyektiv tomoni 302
bajarilishida bevosita ishtirok etmasa, uning harakatlari JK 28-moddasi 3- qismi va JK Maxsus qismining jinoyat bajaruvchisi uchun javobgarlikni ko‘zda tutadigan tegishli modda bo‘yicha tasniflanadi. NOTA BENE ! Jinoyat sodir etishga qiziqtirgan, ya’ni qasddan boshqa shaxsda qonun bilan taqiqlangan muayyan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishga qat’iyat uyg‘otgan shaxs dalolatchi deb topiladi (JK 28-moddasi 4-qismi). Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling