Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- JK 28-moddasi 4-qismiga
- JK 28-moddasi 5- qismida
- Intellektual yordamchilik
- Jinoyat sodir etish vositalarini yetkazib berish
- Bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etishda to‘siqlarni olib tashlash
- 3-§. Ishtirokchilik shakllari Ishtirokchilik shakli
- Ishtirokchilikning obyektiv mezoni
Dalolatchilik – bu muayyan shaxs yoki bir guruh shaxslarni muayyan aniq bir jinoyat sodir etishga qiziqtirishdir. Umuman, jinoiy faoliyatga yoki noaniq shaxslar doirasiga qarata qilingan da’vat dalolatchilik hisoblanmaydi. Dalolatchilik obyekt bo‘yicha ham, subyekt bo‘yicha ham aniqlashtirilgan bo‘lishi shart. Jinoyat sodir etishga da’vat etsa-da, jinoyat aynan qaysi obyektga qarshi qaratilishini ko‘rsatmaydigan shaxs dalolatchi deb topilishi mumkin emas.
Umuman olganda, jinoyat sodir etishga umumiy yoki noaniq shaxslar guruhini dalolat qilish dalolatchilik hisoblanmaydi. Bunday harakatlar muayyan hollarda alohida jinoyat tarkibini tashkil qilishi mumkin. Masalan, davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish jinoyati (JK 159-moddasi), qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etish (JK 244 1 -moddasi). Dalolatchining qonuniy ta’rifida unda amalga oshiriladigan vosita va shakllar aks etmagan. Dalolatchilik vosita va shakllarining to‘la ro‘yxatini mustahkamlab qo‘yish mumkin emas, shuning uchun u turli xil harakatlarda ifodalanishi mumkin. Bu yerda dalolatchi qanday vosita va shakllarni ishga solgani emas, balki bu vositalar qanchalik samara bergani muhimdir. Shuning uchun alohida hollardagina dalolatchi tomonidan ishlatilgan u yoki bu vosita va shakllarning samaradorligi haqida so‘z yuritish mumkin. Dalolatchilik og‘dirib olish, iltimos qilish, ishontirish, undirish, buyruq berish, zo‘rlik ishlatish, aldash va boshqa yo‘llar bilan amalga 303
oshirilishi mumkin. Dalolatchilikning bu tashqi ifodalanish shakllari yozma yoki og‘zaki faoliyatda, konklyudent yoki boshqa harakatlarda (imo-ishora va boshq.) yuzaga chiqishi mumkin.
ko‘pincha, dalolatchi tomonidan qo‘rqitish orqali sodir etiladi. Dalolatchi, masalan shaxsni do‘pposlash vositasida uni jinoyat sodir etishga majburlashi, aynan shu maqsadga dalolatchi kaltaklash yoki unga boshqa zarar yetkazish tahdidi vositasida erishishi ham mumkin. Ushbu ma’noda tahdid ruhiy majburlash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Buyruq berish dalolatchilik vositasi sifatida faqatgina dalolatchiga xizmat bo‘yicha bo‘ysunadigan shaxslarga nisbatan ishlatilishi mumkin. Jinoiy buyruqni qonuniy ijro etish natijasida bevosita sodir etgan xizmat bo‘yicha bo‘ysunuvdagi shaxs o‘zining sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikka tortilmaydi. Bu hollarda noqonuniy buyruq bergan yoki majburlagan shaxs, agar (harbiy xizmatchilar, mansabdor shaxslar uchun) majburiy bo‘lsa, bevosita zarar yetkazuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ishontirish dalolatchi tomonidan jinoyat sodir etish motivi bo‘lib keladigan holatlarni bajaruvchi yoki yordamchiga xabar qilishdan iborat. Dalolatchilik vositasi sifatida ishontirishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, tashqi tomondan dalolatchining jinoyatda o‘z manfaatlari bo‘lmaydi. Bajaruvchining irodasiga ta’sir etib, dalolatchi u yoki bu qilmishni sodir etishning maqsadga muvofiqligi va zarurligiga, jinoyat sodir etilishi bajaruvchi manfaatlarida ekanligiga ishontirishga harakat qiladi.
Ishontirish obyektiv tomondan dalolatchi va u qiziqtirayotgan shaxs orasida aloqalarni talab etuvchi davomli jarayondir. Aloqa vaqtida dalolatchi bajaruvchi tomonidan qaror qilinishiga turtki beruvchi motivlarni tug‘dirishgagina emas, balki dalolatchi istagan qarorning qabul qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi motivlarni kuchsizlantirishga, yo‘q qilishga harakat qiladi. Ishontirishga yaqin bo‘lgan boshqa bir vosita — shaxsda jinoyat sodir etishga bo‘lgan qat’iyatni uyg‘otuvchi bir vaqtning o‘zidagi akt sifatidagi 304
maslahatdir. Bu borada dalolatchilikning maslahatini jinoyatdagi aqliy yordamchilikni tashkil etuvchi yordamchilik maslahatidan ajrata bilish lozim. Dalolatchining aqliy yordamchidan farqini qo‘llanilgan vositalar emas, balki bajaruvchida uyg‘otiladigan motivlar bilan bog‘liq holda qarash kerak. Ishontirishda dalolatchi tashqi tomondan jinoyatga hech qanday aloqasi bo‘lmagandek ko‘rinsa-da, uning manfaatlari jinoyatni sodir etgan bajaruvchining manfaatlariga ma’lum darajada mos keladi. Dalolatchi qiziqtirilayotgan shaxsda jinoyat sodir etish istagini uyg‘otadi, aqliy yordamchi esa faqatgina mavjud istakni mustahkamlaydi, yangilarni keltiradi, jinoyat sodir etishga qo‘shimcha motivlar uyg‘otadi. Shu sababli muayyan holda dalolatchilikmi yoki aqliy yordamchilik bo‘lganligini aniqlash maqsadida maslahatning shaxsda mavjud jinoiy istakni mustahkamlash va yo‘naltirishga yoki bu istakni uyg‘otishga olib kelganligini bilish lozim. Iltimos ishontirish va maslahatdan farqli ravishda dalolatchining manfaatlariga asoslanadi. Iltimos yordamida dalolatchi bajaruvchini bevosita o‘zining yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari uchun xizmat qiluvchi harakatlarni sodir etishga undaydi. Shubhasiz, iltimos dalolatchi tomonidan faqat o‘zining tanishlari, do‘stlari va xizmatdoshlariga qilinishi mumkin. Dalolatchilik vositasining ruhiy ta’siri, asosan, dalolatchilik va qiziqtirilayotgan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarning tabiatiga bog‘liq.
jinoyat sodir etishga rozi qilish uchun o‘zining bor imkoniyatini ishga soladi. Ko‘ndirish bir necha marta iltimos qilish shaklida bo‘lishi mumkin. Amaliyotda dalolat qilishning boshqa turlari ham uchraydi. Jinoyat qilish uchun mukofot va’da qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsni sotib olish yoki aldash bunga misol bo‘ladi. Bu kabilar amaliyotda «buyurtma» jinoyatlar deb nomlanadi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, agar shaxs rag‘batlantirish orqali jinoiy niyatni yuzaga keltirsa, bunda dalolatchilik sifatida, agar unga alohida shartlar qo‘ysa, jinoyatni rejalashtirib, uning tartibini o‘rnatsa, bu faoliyat tashkilotchilik sifatida baholanishi, shaxsning o‘zi esa tashkilotchi deb topilishi shart. 305
Yuqorida sanab o‘tilgan dalolatchilikning barcha vositalari amaliyotda ko‘p uchraydi. Biroq, ular dalolatchilik vositasi sifatida muayyan sharoitda, aniq holatlarda tan olinishi kerak. O‘z navbatida, subyektning har qanday boshqa harakatlari, agar uning yordamida jinoyat bajaruvchisida ko‘zda tutilgan jinoiy niyatning amalga oshirilishiga qat’iylik va ishonch yuzaga kelgan hamda shakllangan bo‘lsa, dalolatchilik deb tan olinishi zarur. Ko‘zda tutilayotgan bajaruvchining subyekt xususiyatlarini hisobga olgan holda dalolatchi do‘q-po‘pisa, xushomad, ba’zan esa ishora, yo‘l-yo‘lakay tashlangan so‘z kabilarga murojaat qilishi mumkin.
Obyektiv tomondan dalolatchilik faqatgina muayyan bajaruvchini jinoyat sodir etishga qiziqtirishga yo‘naltirilgan faol harakatlar bilan ifodalanadi. Harakatsizlik natijasida shaxsni jinoyat sodir etishga jalb etish mumkin emas, harakatsizlik faqatgina jinoyat sodir etishga yordam berishi mumkin, bu esa dalolatchilik chegarasidan chiqadi va muayyan holatlarda yordamchilik bo‘ladi. Konklyudent rozilik yoki muayyan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bajaruvchining harakatlarini so‘zsiz qabul qilish dalolatchilik sifatida ko‘rilishi mumkin emas. Dalolatchilikning subyekt tomoni dalolatchi qanday harakat sodir etishidan qat’i nazar, bajaruvchida jinoyat sodir etish istagini uyg‘otishga va bu istakni so‘ndirmaslikka harakat qilishda ifodalanadi. Dalolatchi qilmishini kvalifikatsiya qilish va jinoiy javobgarlikka tortish uchun uning qanday motivlar hamda maqsadlarda ish yuritganligining ahamiyati yo‘q. Shuning uchun u boshqa shaxsni keyinchalik uni fosh etish maqsadida jinoyat sodir etishga qiziqtirgan, ya’ni «jinoyat provokatsiyasi» holida ham javobgarlikka tortiladi. Dalolatchi, odatda, ishtirokchi-bajaruvchi tomonidan sodir etilgan muayyan jinoyat obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etmaydi, dalolatchining harakatlari Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bajaruvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bo‘yicha, JK 28-moddasi
306
Dalolatchi bajaruvchilardan biri sifatida jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etgan va bir vaqtning o‘zida tajovuz tashabbuskori bo‘lganida birgalikdagi bajaruvchilik holati sud tomonidan jazoni individuallashtirishda inobatga olinishi lozim. Jinoyatning sodir etilishidagi o‘zining obyektiv roli bo‘yicha
kamroq xavf tug‘diruvchi shaxsdir: jinoyatni sodir etish tashabbusi unga tegishli bo‘lmaydi, u boshqa shaxslarning jinoiy faoliyatiga rahbarlik qilmaydi. U bajaruvchiga faqatgina uning jinoiy niyatining amalga oshirilishida jinoyat tarkibining obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlarni bajarmasdan ko‘maklashadi. Biroq mazkur chegaralarda ham yordamchilarning harakat doirasi juda keng bo‘lishi mumkin: qasddan odam o‘ldirish, o‘g‘rilik va boshqa shu kabilarning ko‘zda tutilayotgan jarblanuvchilar oila a’zolari tarkibi haqidagi ma’lumotlarni bajaruvchiga yetkazishidan tortib unga jinoyat sodir etish qurollarini taqdim etishigacha. NOTA BENE ! Jinoyat sodir etilishiga maslahat, ko‘rsatma berish, jinoyat qurollarini taqdim qilish, to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, jinoyat izlarini va vositalarini yoki jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib berishga oldindan va’da beradigan shaxs yordamchi deb topiladi (JK
Qonunda berilgan ta’rifda nafaqat yordamchi faoliyatining yo‘nalishi (jinoyat sodir etishga ko‘maklashish) belgilab berilgan, balki yordamchilarning uslub va vositalari ro‘yxati berilgan. JK 28-moddasi 5- qismida sanab o‘tilganidan boshqa hech bir harakat yordamchilik sifatida tan olinishi mumkin emas. Qo‘llaniladigan vosita va usullardan kelib chiqib yordamchilikning ikki turini – intellektual (aqliy) va jismoniy turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
etishdir. Bu ma’noda aqliy ta’sir belgilariga ega va ular bilan 307
tavsiflanadigan harakatlar bajaruvchining ongli va irodaviy faoliyatiga ta’sir etadi. Bu harakatlar bajaruvchi jinoiy niyatining qat’iylashuvini mustahkamlash va yordamchining muayyan ishontirishlari yordamida qasdning yanada aniqlashuviga ko‘maklashadi. Intellektual yordamchilik quyidagilardan iborat: – jinoyat sodir etilishiga maslahatlar va ko‘rsatmalar berish bilan ko‘maklashish; – jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga oldindan va’da berish;
– jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib berishga oldindan va’da berish. Agar, jinoyat sodir etish xohish-istagi oldindan mavjud bo‘lib,
taqdirda, yuqorida ta’kidlanganidek, dalolatchilik emas, yordamchilik vositasi sifatida tan olinadi. Ruhiy (aqliy) yordamchilikka jinoyat sodir etgan shaxsni yoki jinoyat hodisasi bilan faktik yaxlitlikni tashkil etuvchi boshqa element va belgilarni yashirishga va’da berish hollari kiradi. Ularga, xususan, jinoyat qurol va vositalari, jinoyat izlari va narsalari kiradi.
voqelikda aks etgan faktik, ko‘pincha, salbiy xarakterdagi ma’lumotlardir. Ularga, jumladan, poyafzal izlari, olishuv izlari, barmoq va qo‘l izlari va shu kabilar, biologik chiqindi va qoldiqlar (qon, suyuqlik, soch va hokazo), murda kabilar kiradi. Bajaruvchiga yuqorida sanab o‘tilgan jinoyat elementlarini jinoyatchi bilan bir qatorda yashirish va’dasini berayotib, yordamchi shu orqali bajaruvchida qilmishga nisbatan qat’iyatni mustahkamlaydi, uning qasdi shakllanishiga ko‘maklashadi. Yordamchining ishontirishlari bajaruvchida uni yashirish, u haqda xabar bermasliklari, unga to‘sqinlik qilmasliklari umidiga asoslangan jinoyat sodir etish niyatini kuchaytiradi. Bunda yordamchining o‘z va’dasining ustidan chiqishi yoki chiqmasligining 308
ahamiyati yo‘q, chunki u sodir etilayotgan jinoyatda o‘zining vazifasini ado etdi – qilmishga nisbatan bajaruvchining qat’iyatini mustahkamladi. Agar mazkur shaxsni va jinoyatga oid boshqa elementlarni yashirish haqida bajaruvchiga oldindan va’da berilmagan bo‘lsa, ular jinoyatda ishtirokchilik sifatida emas, balki jinoyatga daxldorlik kabi baholanishi shart.
(Jinoyatga daxldorlik haqida mazkur bobning 5-§ da to‘liqroq so‘z yuritiladi.) Jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni olish yoki o‘tkazish
obyektiv tomonini tashkil qiladi. «... Jinoiy yo‘l bilan topilgan mahsulotni oldindan va’da bergan holda olish yoxud uni aynan bir shaxsning o‘zidan, bu mahsulotni sotishda unga ko‘maklashayotganini bilgani holda, doimiy ravishda olish jinoyatda yordamchi tariqasidagi ishtirokchilik qilish deb baholanmog‘i kerak» 1 .
shuningdek, jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirish vaziyatidagi kabi jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni olish yoki o‘tkazish to‘g‘risida va’da berish jinoyat sodir etishdan oldin yoki jinoyat sodir etish vaqtida amalga oshirilishi lozim. Zero, bu yerda so‘z narsalarni olish yoki o‘tkazish haqida emas, balki aynan va’da berish haqida bormoqda. Biroq, agar shaxs jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni olishi yoki o‘tkazishi fakti bajaruvchi bilan kelishib olinmagan bo‘lsa, narsalarni oluvchi yoki o‘tkazuvchining harakatlari yordamchilik turidagi ishtirokchilik belgilarini tashkil etmaydi. Bunday holatlar subyekt mol- mulkning noqonuniy topilganligi fakti haqida oldindan bilganligi sharti bilan JK 171-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
tomonini bajarishga imkon beruvchi harakatlar mansubdir. Agar ruhiy yordamchilik muayyan turdagi ishontirishlar orqali mavjud jinoiy niyatni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, jismoniy yordamchilikda shaxs 1
судебной практике по делам о преступлениях и иных правонарушениях в сфере охраны окружающей среды и природопользования» // Cборник, Т.1. – С. 317-318. 309
jinoyat vositalarini yetkazib berish yoki shart-sharoit yaratib berish orqali jinoyat sodir etish imkonini vujudga keltiradi. Jismoniy yordamchilik quyidagilarda ifodalanadi: – jinoyat sodir etish uchun bajaruvchiga zarur vositalarni yetkazib berish (masalan, katta miqdordagi mol-mulkni o‘g‘irlash jinoyatini amalga oshirish uchun mashina taqdim etish); – bajaruvchi sodir etadigan jinoyatga qo‘yilgan to‘siqlarni olib tashlash (masalan, moddiy qimmatliklar omborini talon-toroj qilish uchun ochiq qoldirish).
tomonidan bajaruvchiga atrofdagi moddiy dunyoga tegishli, jinoiy qilmishni amalga oshirish uchun ishlatiladigan zarur bo‘lgan turli buyumlarni topshirishda ifodalanadi. Bularga lom, qurol, transport vositalari, yoqilg‘i materiallari va boshqa shu kabilar kirib, ular o‘z xossalari bo‘yicha bajaruvchiga muayyan jinoyat obyektiv tomonini amalga oshirishga ko‘maklashish imkoniyatiga ega bo‘lgan moddiy dunyoning turli xil narsalari xizmat qilishi mumkin. Bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etishda to‘siqlarni olib tashlash ikki xil mazmunga ega. Birinchi holatda u tevarak-atrofda bajaruvchi jinoiy niyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiluvchi u yoki bu elementlarni olib qo‘yishdan iborat o‘zgarishlarda aks etadi. Ikkinchi holatda esa, aksincha, tevarak-atrofni bajaruvchiga jinoyat obyektiv tomonini amalga oshirishga yordam berishga mo‘ljallangan biror-bir narsalar bilan to‘ldirish ko‘zda tutiladi. To‘siqlarni bartaraf qilish, masalan qo‘riqchilar yoki jinoyat guvohlarining diqqatini chalg‘itish, signalizatsiyani uzib qo‘yish va hokazo kabi harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin. Yordamchining harakatlari, jinoyat boshqa ishtirokchilarining harakatlari singari, ishtirokchilik haqida birgalikdagi jinoiy faoliyat sifatida guvohlik berishi uchun bajaruvchining harakatlari bilan sababiy bog‘liqlikda bo‘lishi lozim. Bu holat yordamchining xatti-harakatlari bajaruvchinikidan oldin yoki uning qilmishi bilan bir vaqtda amalga oshirilgandagina yuzaga chiqishi mumkin. Agar yordamchining faoliyati 310
bajaruvchi tajovuzi nihoyasiga yetgan lahzadan keyin amalga oshirilgan bo‘lsa, bu faoliyat bajaruvchi qilmishi bilan sababiy bog‘liqlikda bo‘lmaganligi uchun yordamchilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.
Obyektiv tomondan yordamchilik faol harakat, shuningdek, harakatsizlik orqali amalga oshirilishi mumkin. Biroq, yordamchi harakatsizlikda, faqatgina qonun bilan unga harakat qilish majburiyati yuklangan bo‘lgandagina ayblanishi mumkin. Ta’kidlash joizki, yordamchining xatti-harakatlari ular qanday shaklda amalga oshirilishidan qat’i nazar, qay bir tarzda yordam berishdan tashqari, JK Maxsus qismi moddasida ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatning obyektiv tomonini ifodalamasligi shart. Aks holda yordamchi bajaruvchiga qilmishning obyektiv tomonini bajarishda yordam bersa, uning ishtirokidan qat’i nazar, u jinoyat yordamchisidan uning bajaruvchisiga aylanib qoladi. Yordamchilik jinoyat sodir etayotgan aniq bir shaxs yoki guruhga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan harakatdir. Subyekt tomonidan yordamchilik to‘g‘ri yoki egri qasd bilan xarakterlanadi. Aybdor birgalikda sodir etilayotgan jinoyatning faktik holatlarini, o‘z harakatlari bilan muayyan shaxs yoki guruhga qilmishni sodir etishda ko‘maklashayotganini, o‘zining harakatlari bajaruvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat bilan sababiy bog‘lanishda ekanligini va buning natijasida u jinoyatni amalga oshirishda bajaruvchi bilan birga ishtirok etayotganini anglaydi. Yordamchi kelib chiqadigan jinoiy oqibatni oldindan ko‘ra bilgani holda, uning yuz berishini istaydi va bunga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. Yordamchilikning subyekt tomoni, ishtirokchilikning boshqa turlari singari, jinoyat tarkibi barcha obyektiv belgilari va boshqa baholovchi holatlarning aybdor tomonidan anglanishini ham o‘z ichiga oladi. 3-§. Ishtirokchilik shakllari Ishtirokchilik shakli deganda, bir necha shaxslarning jinoyat sodir etilishi jarayonida birgalikdagi faoliyati xarakteri tushuniladi. 311
Ishtirokchilik shakllari jinoyat sodir etishdagi o‘zaro aloqadorlik, ishtirokchilar harakatining oldindan til biriktirgan holda amalga oshirilish darajasi, subyekt aloqadorligi va xususiyatiga ko‘ra farq qiladi. Qayd etilgan belgilarning har biri birgalikdagi jinoiy faoliyat tavsifi uchun katta ahamiyatga ega, chunki ular ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, til biriktirganlik va umumiy maqsadga erishish uchun muvofiqlashtirilganlik darajasini ochib beradi. Shubhasiz, ishtirokchilar xatti-harakatlarining hamjihatligi va uyushganligi darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, istalgan natijaga erishish shunchalik oson bo‘ladi. Birgalikdagi jinoiy faoliyatni tahlil etish jarayonida shu narsa ayon bo‘ladiki, tergov va sud organlari xodimlari tomonidan mazkur belgilarning to‘g‘ri aniqlanishi ishtirok- chilikda sodir etiladigan jinoyatlarning to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishining muhim shartidir. Ta’kidlash zarurki, jinoiy-huquqiy doktrina ishtirokchilik shakllaridan tashqari ishtirokchilik turlarini ham ajratadi 1 . Ishtirokchilikning shakllarga va turlarga bo‘linishi asosida, turli xil mezonlarga tayanadigan ikki mustaqil tasnif mavjud. Agar ishtirokchilikni shakllarga bo‘lish umuman birgalikdagi jinoiy faoliyatning ijtimoiy xavfliligi xarakteri va darajasini belgilash bilan bog‘liq bo‘lsa, ishtirokchilikning turini belgilash ishtirokchilar javobgarligini asoslash va individuallashtirish imkonini beradi.
Afsuski, zamonaviy jinoyat-huquqiy adabiyotlar tahlili
ishtirokchilikni turlarga (shakllarga) bo‘lishga yagona yondashuv yo‘qligini namoyish etadi. Bu, eng avvalo, ishtirokchilikni turlarga (shakllarga) ajratish mezonlarini belgilashdagi tafovutlar bilan izohlanadi. Mazkur ishda taklif etilayotgan ishtirokchilikni turlarga tasniflash esa obyektiv va subyekt mezonlarning o‘zaro shartlanganligi va bog‘liqligiga asoslanadi.
yuzasidan ishtirokchilar o‘rtasida jinoyat obyektiv tomonini sodir etishdagi aloqadorlikni ifodalaydi, ya’ni rollarning taqsimlanishi, kim qaysi vazifani bajarishining belgilab qo‘yilishi va boshqalarni belgilaydi. Mazkur mezon 1
312
ishtirokchilar obyektiv o‘zaro harakatining ifodasi bo‘lgani holda ishtirokchilikni oddiy va murakkab turlarga ajratish asosida qo‘yiladi. Jumladan, ishtirokchilikning oddiy turiga doir obyektiv alomatlar shunda namoyon bo‘ladiki, jinoyat ikki yoki ko‘proq shaxslar tomonidan birgalikda sodir etiladi hamda ijtimoiy xavfli qilmishning obyektiv tomoni barcha ishtirokchilar tomonidan rollar taqsimotisiz qisman yoki to‘liq bajariladi, bu esa birgalikdagi bajaruvchilikdan guvohlik beradi. Oddiy ishtirokchilikda ishtirokchilardan biri jinoyat sodir etishga qiziqtirishi, tashkilotchi yoki dalolatchiga aylanishi, shu bilan birga ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishida bevosita qatnashishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar ham mavjud. Bunday vaziyatlarda unga boshqa ishtirokchilar (bosh- qalarning so‘zsiz, konklyudent roziligidan dalolat beruvchi) qo‘shilishi mumkin. Boshqalarning jinoiy tajovuzga qo‘shilishida ifodalanadigan va amaliyotda, ayniqsa, voyaga yetmaganlar, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etiladigan nomusga tegish, bezorilik va boshqa shu kabi jinoyatlarda ko‘p uchraydigan birgalikdagi bajaruvchilikning aniq namoyon bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling