Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishtirokchilikning subyekt mezoni
- NOTA BENE ! Oldindan til biriktirish
- Oldindan til biriktirilmagan ishtirokchilik
- Oldindan kelishilgan ishtirokchilikda
- JK 29-moddasi 2-qismida
- Uyushgan guruh
- Uyushgan guruh barqarorligi
Murakkab ishtirokchilikda ham jinoyat bir necha shaxslar tomonidan sodir etiladi, biroq ularning faoliyati belgilangan rollar taqsimoti, ya’ni jinoyatning bevosita bajaruvchisi qatorida tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi yoki aqalli ulardan biri mavjudligi bilan xarakterlanadi. Murakkab ishtirokchilik ishtirokchilikning turi sifatida shu bilan xarakterlanadiki, jinoyat obyektiv tomonini tashkil etuvchi, JK Maxsus qismining muayyan moddasida nazarda tutilgan qilmish bevosita barcha ishtirokchilar tomonidan emas, faqat ulardan biri yoki bir nechasi tomonidan sodir etiladi. Boshqalar esa, jinoyat obyektiv tomonini bajarishda umuman ishtirok etishmaydi, hatto qisman bajarishmaydi va uning sodir etilishi jarayonida bevosita ishtirok qilishmaydi. Masalan, o‘g‘irlikning bir ishtirokchisi (tashkilotchisi) jinoyat sodir etilishini tashkillashtirdi, reja tuzdi, ishtirokchilarni yig‘di va hokazo, boshqa ishtirokchi (bajaruvchi) esa o‘zganing mulki yashirincha o‘g‘irlanishini bevosita sodir etdi, uchinchisi (yordamchi) o‘g‘irlangan mulkni olib ketish 313
uchun transport vositasini taqdim etdi va keyinchalik mol-mulkni o‘tkazdi, shundan so‘ng olingan mablag‘ barcha ishtirokchilar o‘rtasida bo‘lib olindi.
muvofiqligi darajasi, ularning aloqalari xarakteri bilan tavsiflanadi. Ushbu mezonga muvofiq ishtirokchilikning barcha holatlari oldindan kelishilmagan ishtirokchilik hamda oldindan kelishilgan ishtirokchilikka ajratiladi.
jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish to‘g‘risida bunday harakatlarni amalga oshirishdan avval kelishib olish tushuniladi (JK Maxsus qismi sakkizinchi bo‘limi).
etish jarayonida yoki muayyan vaqt oralig‘ida ishtirokchilik jinoyatini amalga oshirish jarayonida bir vaqtning o‘zida (masalan, ikki shaxs jabrlanuvchiga tajovuz qilib, uni o‘lgunicha do‘pposlaydilar), shuningdek, muayyan vaqtdan so‘ng (masalan, bir shaxs do‘pposlashga tushadi, ikkinchisi bir ozdan so‘ng unga qo‘shiladi va ular birgalikda jabrlanuvchini o‘ldirishadi) vujudga kelishi mumkin bo‘lgan oldindan (jinoyat sodir etilishidan oldin) til biriktirishning bo‘lmasligi bilan tavsiflanadi. Bunday ishtirokchilikda til biriktirilganlik darajasi minimal bo‘lib, jinoyat obyektiv tomonini tashkil qiluvchi harakatlar to‘liq yoki qisman amalga oshiriladi, ishtirokchilar o‘z harakati orqali boshqasining harakatini to‘ldiradi. Oldindan kelishilgan ishtirokchilikda birgalikda jinoyat sodir etish haqida oldindan til biriktirib, shuningdek, jinoyat sodir etilishidan oldinroq til biriktirgan holda jinoyat sodir etiladi. Ishtirokchilikni kvalifikatsiya qilish uchun bu kelishuvga erishilganidan so‘ng qancha vaqt o‘tganligi ahamiyatga ega emas. Vaqt katta hamda kichik oraliqlarda hisoblanishi mumkin: daqiqalar, soatlar, sutkalar, oylar, yillar va hokazo. Ishtirokchilar 314
o‘rtasida u yoki bu jinoyatni sodir etish yuzasidan kelishuv og‘zaki yoki yozma, til biriktiruv, shartli belgi, boshni chayqatish, imo-ishora va boshqa shu kabi shakllarda ifodalanishi mumkin. Oldindan til biriktirish tomonlarning ko‘zda tutilayotgan jinoyatning birgalikda sodir etilishidan xabardorligidan, uni sodir etishda har bir ishtirokchining o‘z vazifalarini bilishi, hamjihatlikning nisbatan yuqori darajasi bilan tavsiflanadi. Ishtirokchilik turlari uning shakllari bilan chambarchas bog‘liq. Birgalikdagi jinoiy faoliyatning muayyan holatlarida ishtirokchilikning har xil turlari va shakllari bo‘lishi mumkin. Oldindan til biriktirish ishtirokchiligi bir guruh shaxslar, uyushgan guruh, jinoiy uyushma tomonidan oldindan til biriktirib sodir etiladigan jinoyatlarda bo‘ladi. O‘z navbatida, ishtirokchilikning keyingi ikki shakli ko‘pincha, harakatdagi shaxslar o‘rtasida rollar taqsimoti bilan (ishtirokchilikning murakkab turi), kamroq holatlarda esa birgalikda bajaruvchilik turi (ishtirokchilikning oddiy turi) sifatida ifodalanishi mumkin. Ishtirokchilikni turlarga ajratish muhim yuridik ahamiyatga ega, bu ishtirokchilar harakatlari tasnifini to‘g‘ri aniqlashga imkon yaratadi. Xususan, oddiy ishtirokchilikda bajaruvchilar harakatlari faqat JK Maxsus qismi moddasi bo‘yicha JK 28-moddasiga (ishtirokchilar turlari) izoh qilmasdan kvalifikatsiya qilinadi, chunki ularning o‘zlari muayyan jinoiy qilmishning obyektiv tomonini to‘liq yoki qisman bajarishadi. Murakkab ishtirokchilikda esa, aksincha. Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi kabi ishtirokchilarning harakatlari jinoyat obyektiv tomonini bevosita bajaruvchisining harakatlari kabi JK Maxsus qismining o‘sha moddasi bo‘yicha, biroq JK 28-moddasi tegishli qismiga izoh qilgan holda tasniflanadi (ular bir vaqtning o‘zida jinoyatning birgalikda bajaruvchilari bo‘lgan holatlardan tashqari). Demak, ishtirokchilik shakllari haqidagi masalaga qaytgan holda shuni ta’kidlab o‘tamizki, JK 29-moddasi 1-qismiga asosan, jinoyatdagi ishtirokchilik shakllari sifatida oddiy ishtirokchilik; murakkab ishtirokchilik; uyushgan guruh; jinoiy uyushma tan olinadi. 315
JK 29-moddasi 2-qismida ishtirokchilikning eng kam xavfli shakli – oddiy ishtirokchilik tushunchasi belgilangan. NOTA BENE ! Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi (JK 29-moddasi 2-
Oldindan kelishuv mavjud emasligi ishtirokchilik mazkur shaklining asosiy xususiyatidir. Oddiy ishtirokchilik, garchi ishtirokchilar o‘rtasida rollar taqsimoti bo‘lsa-da, doimo birgalikda bajaruvchilikni taqozo etadi (birgalikda aybdorlik). Rollar taqsimoti ishtirokchilikning murakkab shakllariga, ayniqsa, uyushgan guruhga va jinoiy uyushmaga ko‘proq xos ekanligiga qaramay, sud amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, jinoyat sodir etish tashabbusi o‘z harakatlari bilan go‘yoki boshqa birga bajaruvchining harakatlariga namuna ko‘rsatayotgan bir bajaruvchidan chiqishi mumkin. Biroq bu holat jinoyat tashabbuskori ahamiyatini hech ham o‘zgartirmaydi va uning harakatlari bajaruvchi qilmishi belgilari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi, rollar taqsimoti esa tashabbuskor-bajaruvchi qilmishi bilan qamrab olinadi. Ishtirokchilikning mazkur shakli minimal darajada muvofiqlashgan bo‘lib, bu jinoyat boshlanishi paytiga qadar kelishib olish imkoni yo‘qligi bilan izohlanadi. Ishtirokchilikning ushbu shakli ayrim shaxslarning boshqalar allaqachon boshlab qo‘ygan jinoiy tajovuziga qo‘shilish imkoniyatini nazarda tutadi. Jinoyatda ishtirokchilikning eng keng tarqalgan va eng xavfli shakli – bu murakkab ishtirokchilikdir. NOTA BENE ! Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi (JK 29-
316 Ishtirokchilikning bu shakli uchun asosiy element bo‘lib, ikki yoki undan ortiq shaxsning jinoyat sodir etish boshlangunga qadar, shuningdek, JK Maxsus qismida ko‘rsatilgan jinoiy qilmishning (jinoiy faoliyatning emas) hech bo‘lmaganda bir kishi tomonidan sodir etish boshlanguncha til biriktirilganligi hisoblanadi. Kelishuv natijasida ishtirokchilarga tayyorlanayotgan jinoyat haqida umumiy ma’lumotlar ma’lum bo‘ladi. Kelishuv og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lishi mumkin. Odatda, kamroq ishtirokchilar konklyudent harakatlar (jimgina rozilik) natijasida ahdlashuvga erishishadi. Oldindan muvofiqlashtirilgan jinoyat birgalikda bajarilishi ham, rollar taqsimlangan holda sodir etilishi ham mumkin (tor ma’nodagi ishtirokchilik). Tashkilotchi, shuningdek, o‘zi tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi vazifalarini bajarishi ham mumkin. Ushbu holatlarda jinoyatni kvalifikatsiya qilishda, muayyan jinoyatni ko‘rsatish bilan birga JK Umumiy qismining jinoyatning tashkilotchisiga doir tushunchalar ko‘rsatilgan, ya’ni JK 28-moddasi 3-qismiga ishora qilish lozim, zotan unda tashkilotchilik uchun dalolatchi va yordamchiga nisbatan og‘irroq javobgarlik ko‘zda tutiladi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi ham bir necha bora ta’kidlab o‘tgan, unga ko‘ra, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan jinoyat to‘g‘risidagi ayblov hukmining tasvirlov qismida har bir ishtirokchi tomonidan qanday jinoiy harakatlar amalga oshirilganligi aniq ko‘rsatib o‘tilishi shart 1 . Shuni ta’kidlash kerakki, jinoyatda ishtirokchilik oldindan til biriktirib birgalikda bajarish shaklida (murakkab ishtirokchilik) va ushbu holatsiz (oddiy ishtirokchilik) shaklida, qonun chiqaruvchi tomonidan ayrim jinoyatlar tarkibida kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida ko‘zda tutiladi. JK Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasida mazkur kvalifikatsiyalovchi belgilar «bir guruh shaxslar tomonidan» (JK 97-moddasi 2-qismi «p» bandi, 235-moddasi 2-qismi «v» bandi), «bir guruh shaxslar tomonidan 1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 2 мая 1997 г. № 2 «О судебном приговоре» (с изменениями и дополнениями, внесенными постановлениями Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10, 19 декабря 2003 г. № 20 и 3 февраля 2006 г. № 5) // Сборник, Т.1. – С. 338. 317
oldindan til biriktirib» (190-moddasi 2-qismi «b» bandi), «oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan» (JK 244 1 -moddasi 3-qismi «a» bandi) kabi tushunchalar orqali namoyon bo‘ladi. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda «bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib» jumlasi juda kam, asosan, shaxsga qarshi jinoyatlarda uchraydi (masalan, JK 97-moddasi 2-qismi «p» bandi, 104- moddasi 2-qismi «k» bandi, 118-moddasi 2-qismi «v» bandi). Shuni aytib o‘tish joizki, jinoiy javobgarlik uchun birgalikdagi ishtirokchilar uchun oldindan til biriktirilganlik belgisi ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Qonun ushbu jinoyatning yuqoriroq ijtimoiy xavfini faqat jinoyat ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan amalga oshirilganligi bilan bog‘laydi. Aniqlanishi zarur bo‘lgan birgina holat – barcha birgalikdagi ishtirokchilarda ushbu jinoiy qilmishni sodir etishga bo‘lgan qasd mavjudligidir. Agar ushbu holat qolgan ishtirokchilar ongini qamrab olmasa, unda ushbu band bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning iloji yo‘q. Shuni nazarda tutish lozimki, alohida jinoyat tarkibi konstruksiyasida uyushgan guruh kvalifikatsiyalovchi belgisi mavjud bo‘lmaganda, biroq jinoyat amalda uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilsa, mazkur holat JK 56-moddasi «m» bandiga muvofiq, jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi lozim. Ushbu qoida xuddi shunday holatda jinoyat uyushgan guruh va jinoiy uyushma tomonidan sodir etilganda ham qo‘llaniladi. «Bir guruh shaxslar tomonidan» iborasi qo‘llanganda faqat jinoyatni birgalikda bir joyda va bir vaqtda bajaruvchi ishtirokchilar harakatlari tushunilishi sud-tergov amaliyoti tomonidan tasdiqlanadi. Masalan, Oliy sud Plenumi tushuntirishlariga ko‘ra, «Jabrlanuvchiga nisbatan zo‘rlik ishlatib, uni hayotdan mahrum qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan ikki yoki undan ortiq shaxsning harakatlari JK 97-moddasi ikkinchi qismining «p» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunda o‘limga sabab bo‘lgan shikast ishtirokchilarning har biri tomonidan yetkazilgan bo‘lishi shart emas (masalan, ishtirokchilardan biri jabrlanuvchining qarshiligini bartaraf etib, uni o‘zini himoya qilish imkoniyatidan mahrum etgan, boshqasi esa, unga halok etuvchi shikast yetkazgan). 318
Qasddan odam o‘ldirishda bevosita ishtirok etmagan hamda jabr- lanuvchiga nisbatan jismoniy zo‘rlik ishlatmagan, biroq o‘zgalar tomonidan qotillik sodir etilishida ko‘maklashgan boshqa shaxslarning harakatlari Jinoyat kodeksi 28-, 97-moddasining tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi» 1 . Masalan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan talon-toroj deganda, bu jinoyatni sodir etishga oldindan kelishib olgan ikki yoki undan ortiq shaxs qatnashgan talon-toroj tushuniladi. Bu yerda gap bajaruvchiga jinoyat qurollarini taqdim etish, obyekt rejasini tuzish, qimmatliklarga ega shaxslarni ko‘rsatish va hokazolar haqida emas, balki qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga ikkitadan kam bo‘lmagan shaxslarning bevosita tajovuzi haqida ketmoqda. Ta’kidlash joizki, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib o‘zgalar mulkini talon-toroj qilishda ifodalanadigan mulkka qarshi jinoyatlarni sodir etishda ishtirokchilarning barchasi tajovuzni amalga oshirishi majburan shart emas. Tajovuz ularning biri tomonidan amalga oshirilishi va jinoyat obyektiv tomonini qisman sodir etgan boshqa ishtirokchilarning qasdi bilan birinchisining harakatlari qamrab olinishi muhimdir. Aks holda, gap faqatgina bajaruvchi eksessi haqida borishi mumkin. Alohida holatni mansabdor shaxslarning oldindan til biriktirishi tashkil etadi. Bunda ishtirokchilar tarkibi maxsus subyektlar – mansabdor shaxslardan iborat bo‘lishi lozim, aks holda mazkur asos bo‘yicha javobgarlikka tortish qonuniy bo‘lishi mumkin emas. Masalan: «jinoyatni sodir etishda avvaldan, ya’ni jinoyat boshlanguncha kelishib olgan ikki yoki undan ortiq mansabdor shaxs ishtirok etgan bo‘lsa, pora olish bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda sodir etilgan hisoblanadi. Jinoyat mansabdor shaxslardan loaqal biri pora olgan paytdan e’tiboran tugallangan deb hisoblanadi» 2 .
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 24 сентября 2004 г., № 13 «О судебной практике по делам об умышленном убийстве» // Сборник, Т.2. – С. 466. 2
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 24 сентября 1999 г. № 19 «О судебной практике по делам о взяточничестве» (с изменениями и дополнениями, внесенными постановлением Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10) // Сборник, Т.1. – С. 482. 319
Agar Maxsus qism normasi «oldindan til biriktirib» degan ta’rif bilan cheklangan bo‘lsa, kvalifikatsiya qilinadigan holatlarni belgilashda, uni jinoiy guruh yoki jinoiy uyushma sifatida talqin qilib bo‘lmaydi.
xavfliroq ishtirokchilik shaklidir. NOTA BENE ! Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borishi uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi (JK
Ushbu ishtirokchilik shakli oldindan til biriktirish, barqarorlik, vazifalarning taqsimlanishi, bir qancha jinoyat sodir etish maqsadida tuzilganligi kabi qator o‘ziga xos belgilar bilan tavsiflanadi. Uyushgan guruh barqarorligi deganda, guruh ishtirokchilari o‘rtasidagi doimiy aloqadorlik va jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish yoxud bir yoki bir necha marotaba jinoyat sodir etishning maxsus usullaridan foydalanish tushuniladi. Obyektiv tomondan barqarorlik ikkiyoqlama tavsiflanadi: birinchidan, tashkilotchi (rahbar) shaxsining jinoiy faoliyatni amalga oshirish maqsadi asosida tashkil etilgan guruh o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, umumiy jinoiy maqsad va manfaat, jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida vazifalarning taqsimlanganligi; ikkinchidan, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida maxsus usullardan foydalanish, guruhdagi qat’iy tartib, doimiy nazorat va guruh a’zolari harakatini boshqarish, yuqori darajada kelishganlik va uyushganlik. «Jumladan, jinoiy faoliyatning oldindan rejalashtirilganligi, jinoiy qasdni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vositalarning tayyorlanishi, ishtirokchilarni tanlash, yollash va ular o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishi, jinoyatni yashirish choralarini ta’minlash, guruhda o‘rnatilgan intizomga va tashkilotchining ko‘rsatmalariga bo‘ysunishlik jinoiy guruhning uyushganligidan dalolat beradi» 1 .
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 20 декабря 1996 г. № 37 «О судебной практике об угоне транспортных средств» (с изменениями и дополнениями, внесенными 320
Shuni aytish kerakki, Oliy sud instansiyasi uyushgan guruh jinoiy ishtirokchilik shaklini ifodalovchi u yoki bu belgilar yuzasidan tushuntirishlarni doimo yoritib boradi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarida uyushgan guruhni tavsiflovchi belgilarni aniqlash yuzasidan tushuntirishlar berilgan. Xususan, qayd etiladiki, «uyushgan guruh deganda, transport vositalarini olib qochish yoki boshqa jinoyatlarni sodir etish maqsadida ikki yoki undan ko‘p shaxslarning barqaror birlashmasi tushunilishi kerak» 1 . Mazkur qoida uyushgan guruh belgilari bo‘yicha sodir etilgan boshqa jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga ham birday tegishlidir. «Jinoiy guruhni uyushgan deb kvalifikatsiya qilish uchun asosiy mezon tariqasida, masalan, guruhning barqarorligini, unda tashkilotchining bo‘lishini, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligini, jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligini, har bir ishtirokchi o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligini, texnika bilan ta’minlanganligini, jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligini, umumiy intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatmalariga itoat qilinishini va shu kabilarni hisobga olish lozim» 2 . Jinoiy faoliyat uyushgan guruhning (jinoiy uyushmaning ham) asosiy tavsiflaridan biridir. Uyushgan guruh faoliyati ma’lum darajada bir necha marotaba jinoyat sodir etishga, o‘z faoliyatini muayyan vaqt oralig‘idagi davomiylikka qaratadi. Uyushgan guruhning jinoiy faoliyati tizimli xarakterga ega. U jinoyat sodir etish hisobiga mavjud bo‘ladi va bu uyushgan guruh alohida a’zolarining va butun guruhning malakasidan guvohlik beradi. Qonunning uyushgan guruh va uning a’zolariga nisbatan qattiqligi ham shu bilan izohlanadi, chunki ijtimoiy xavfli, huquqqa xilof qilmishlar guruh a’zolari tomonidan jinoiy faoliyatga aylantiriladi. постановлением Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10, 3 февраля 2006 г. № 5) // Сборник. Т. I. – С. 321. 1
воситаларини олиб қочиш ишлари бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 37-сонли қарори, 5-банд, 1-хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 73-б. 2
воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга оид жиноят ишлари бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 21-сонли қарори, 3-банд, 3-хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 35-б. 321
Barqarorlik va jinoiy faoliyat kabi belgilar, uyushgan guruhning oldindan til biriktirib birgalikda jinoyat sodir qilishi murakkab ishtirokchilik, ya’ni oldindan til biriktirgan bir guruh shaxslardan farqlovchi asosiy tafovutidir. Uyushgan guruhni xususiyatlovchi belgilardan biri – bu uning barqaror ekanligidir. Bunda tashkilotchi jinoiy rejani tuzadi, ishtirokchilar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ular faoliyatini yo‘naltiradi va guruhdagi tartibni mustahkamlaydi, shuningdek, guruh intizomini nazorat qiladi va hokazo. Bundan tashqari, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etiladigan jinoyatlar bir martalik tajovuzga qaratilgan bo‘ladi, uyushgan guruh, qoida tariqasida, mazkur guruhning jinoiy faoliyatidan darak beruvchi bir necha marta jinoyat sodir etishga yo‘naltiriladi (qaratiladi). Uyushgan jinoiy guruh ishtirokchilari harakatini kvalifikatsiya qilish oldindan til biriktirib, jinoyat sodir etishdan farq qiladi. Agar jinoyat oldindan til biriktirgan holda bir necha bajaruvchilar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, u faqat Maxsus qismdagi tegishli moddaning o‘zi bilan 28- moddani qo‘llamagan holda kvalifikatsiya qilinadi. Uyushgan guruh tomonidan jinoyat sodir etilganda ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdagi vazifasi qanday bo‘lganligidan qat’i nazar (tashkilotchi, bajaruvchi, dalolatchi, yordamchi, ishtirokchi), Jinoyat kodeksining 28-moddasini qo‘llagan holda javobgarlik belgilanadi. «Uyushgan guruh tarkibida transport vositasini olib qochishda qatnashgan shaxslarning harakatlarini, ularning har birining rolidan qat’i nazar, ishtirokchilik deb topishlik lozim» 1
Masalaning bu kabi hal etilishi JK 30-moddasi 3-qismida mustahkamlangan qoida bilan bog‘liq bo‘lib, unga muvofiq, «uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki unga rahbarlik qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladilar». 1
воситаларини олиб қочиш ишлари бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 37-сонли қарори, 5-банд, 4-хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 73-б. 322
(Ishtirokchilarning javobgarligi doirasi haqida batafsilroq shu bobning 4-§ ga qarang.) Sud-tergov amaliyotida uyushgan guruh a’zolaridan biri bir jinoyatni sodir etishda ishtirok etib, keyin o‘zining jinoiy faoliyatini to‘xtatgan hollar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ularning jinoiy qilmishlari sonidan qat’i nazar, u uyushgan guruh tarkibida jinoyat sodir etganligi uchun (o‘zi buni anglagan hollarda) jinoiy javobgarlikka tortiladi. Shunday holatlar uchun JK Maxsus qismida «jinoyat uyushgan guruh a’zosi yoki uning manfaatlari yo‘lida sodir etilsa» degan birikma ko‘rsatib o‘tiladi (masalan, JK 97-moddasi 2-qismi «p» bandi, 104-moddasi 3-qismi «g» bandi). Shuni nazarda tutish lozimki, alohida jinoyat tarkibi konstruksiyasida uyushgan guruh belgisi mavjud bo‘lmaganda (masalan, JK 114-moddasi), biroq jinoyat amalda uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilsa, mazkur belgi JK 56-moddasi «m» bandiga muvofiq, jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi lozim. Tashkil etiladigan jinoiy uyushma sodir etmoqchi bo‘lgan jinoyatlarning xavfliligini inobatga olib, qonun chiqaruvchi jinoiy uyushmaning o‘zini va undagi ishtirokchilarni JK 242-moddasi belgilari bo‘yicha mustaqil jinoyatlarga kiritadi va shu bilan jinoiy uyushmaning amalda jinoyat sodir etganligi yoki etmaganligidan qat’i nazar, tashkil etilishining dastlabki bosqichidanoq jinoiy jazoga tortilishini mustahkamlaydi. Bunda jinoiy uyushgan guruhni qurollangan deb topish uchun, uning hatto bir a’zosida qurol (o‘qotar, sovuq) mavjudligi kifoya qiladi. Jinoiy jazoga sazovor bo‘lish uchun, shunday qurolli uyushgan guruhni tuzishning o‘zi yetarli, ya’ni uyushgan qurolli guruh tuzilgan, unga rahbarlik qilish yoxud a’zo bo‘lishga rozilik berilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi. Uyushgan qurolli guruh tomonidan amalga oshirilgan konkret jinoyatlarni JK 242-moddasi 2-qismi bo‘yicha JK Maxsus qismining tegishli moddalari jami bilan kvalifikatsiya qilish lozim. 323
|
ma'muriyatiga murojaat qiling