Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi
- NOTA BENE ! Qilmishning kam ahamiyatli
- JK 36-moddasi
- 3-§. Zaruriy mudofaa Zaruriy mudofaa
- (JK 37-moddasi 1-qismi)
- JK 37- moddasi 1-qismida
- Tajovuzga oid bo‘lgan zaruriy mudofaa shartlari
JK 35-moddasining 2-qismida muayyan qilmishda mavjud bo‘lgan holda uning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning ro‘yxati keltirilgan: «kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy 1
Уголовное право. Общая часть: Учебник / А.С. Якубов, Р. Кабулов и др. – С. 345 379
xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik va jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida». Ushbu ro‘yxat to‘liq qamrab oluvchi bo‘lib, shu tufayli unda ko‘rsatilmagan boshqa holatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb tan olinishi mumkin emas. Shu sababli, masalan, mavjudligi bilan qilmishning jinoiyligi belgilanadigan voqealar yoki harakatlar yoki harakatsizlik yoki uning boshqa manbalarda istisno etilishi asoslanadigan holatlar shunday qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat deb tan olinmaydi. Shuni qayd etish lozimki, qonun nafaqat qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarni mustahkamlab qolmasdan, balki ularning qonuniyligi shartlarini ham belgilab beradi, ularga JK III bo‘limining 36, 37, 38, 39, 40-moddalari bag‘ishlangan. Ushbu shartlarga mos kelmaslik muayyan harakatlarni ko‘rib chiqilayotgan holatlarning birortasiga kiritilishiga imkon bermaydi. JKda qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning mustahkamlanishi, bir tomondan, jinoiy-repressiv choralar qo‘llanishining kamayishiga, boshqa tomondan, fuqarolarning huquqiy faolligi oshishiga olib keladi. Ushbu holatlar fuqarolarning jinoyatchilikka qarshi kurashda ishtirok etishining eng muhim shakli bo‘lib, u insonlarning ongli irodaviy faol harakatlarida amalga oshiriladi. Shunday qilib, ushbu institutning me’yorlari pirovardida JK vazifalarining hal etilishiga qaratilgan.
Vatanimizdagi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari uchun an’anaviy bo‘lgan shaxsning kam ahamiyatli qilmish sodir etgan holda uni jinoiy javobgarlikka tortilishini istisno qiladigan qoidalar JK 36-moddasida aks ettirilgan, uning qoidalariga ko‘ra, «garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bo‘lsa-da, o‘zining kam 380
ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi». NOTA BENE ! Qilmishning kam ahamiyatli bo‘lishi qilmish biror-bir jinoyatning barcha alomatlariga ega ekanligi, birinchi navbatda, shaxsning aybdorligi va jinoiy huquqqa qarshi ekanligini bildiradi, lekin bunday qilmishning mohiyat tomoni jinoyat deb tan olish uchun unga qo‘yiladigan talablarga javob bermasligi, ya’ni buzilishi ijtimoiy xavfli qilmish deb qaraladigan chegaralardan tashqari yotadi, bu esa uning jazolanishini istisno etadi.
Jinoyat tarkibining moddiy belgisi jihatidan kam ahamiyatli qilmish uni jinoyat deb tan olish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy xavf darajasiga yetmaydi (masalan, yozish ruchkasini, daftarni yoki birovning bog‘idan olmani yashirin o‘g‘irlash). Bunday qilmish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi, qo‘zg‘atilgan ish esa JK 36-moddasiga tayangan holda JPK 83-moddasining 2-qismiga muvofiq tugatilishi lozim. Kam ahamiyatli qilmishning xususiyati shuki, u qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan boshqa holatlardan farqli ravishda ijtimoiy foydali va ma’naviy jihatdan hamda qonun tomonidan ma’qullanishi mumkin emas. Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi masalasi u tergov va sud organlari tomonidan har bir muayyan holat yuzasidan hal etilishida ifodalanadi. Huquqni muhofaza qilish organlari sodir etilgan qilmish kam ahamiyatli ekanligi belgisiga ega ekanligi yoki ega emasligini uning xarakteri va ijtimoiy xavfliligining darajasini hisobga olish asosida aniqlaydilar. Qilmishni kam ahamiyatli deb tan olish muayyan jinoiy qilmish sodir etilgan barcha holatlarning jamuljamligini tahlil qilishga asoslanishi lozim (aybning shakli, jinoyatni sodir etish usuli, motiv, sharoitlari va bosqichi, yuzaga kelgan oqibatlarning og‘irligi, jinoyatdagi sheriklardan har biri ishtirok etishining darajasi, xarakteri va hokazo). Xususan, agar aybdor shaxs jabrlanuvchini o‘ldirishga qaratilgan harakatlarni sodir etgan bo‘lsa, lekin amalda unga hech qanday zarar 381
yetkazilmagan bo‘lsa, sodir etilgan qilmish odam o‘ldirishga qasd qilish deb malakalanishi lozim va kam ahamiyatli deb qaralishi mumkin emas. Xuddi shu holatda, agar jabrlanuvchini qo‘rqitmoqchi bo‘lib, aybdor shaxs shunday bir qilmishni sodir etgan bo‘lsa va uning oqibatida jabrlanuvchiga og‘ir tan jarohatlari (ruhiy shikastlanish) yetkazilgan bo‘lsa, bu qilmish ham kam ahamiyatli deb tan olinishi mumkin emas, chunki kam ahamiyatli bo‘lishining tegishlicha obyektiv elementi mavjud emas, subyekt belgisi mavjud bo‘lsa ham. Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi masalasini hal etishga aybdor shaxsini tavsiflovchi xususiyatlar ta’sir etmaydi. Faqat qilmishning o‘z xususiyatlarigina bunday qaror qabul qilishda hisobga olinishi kerak, aybdor shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat jazoning turi va miqdorini belgilash uchungina, ya’ni shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining moddiy va rasmiy belgilari aniqlanganidan keyingina muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bir qator hollarda jinoiy qonunchilik ma’lum miqdorda (ancha, ko‘p miqdorda va juda ko‘p miqdorda) zarar yetkazilishini jinoyatning majburiy belgisi deb tan olishini qayd etish lozim. Bunday hollarda kam ahamiyatli zarar yetkazilishi sodir etilgan qilmish hatto, rasman jinoyat belgilariga mos kelmasligini ko‘rsatadi. Jinoiy ish bunday hollarda JK 36-moddasi bo‘yicha kam ahamiyatli ekanligi yuzasidan emas, balki JK 36-
jinoyat tarkibining mavjud emasligi tufayli tugatilishi lozim bo‘ladi. Masalan, JKning 173-moddasi faqat ancha miqdorda sodir etilgan o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki buzish uchun jinoiy javobgarlikni ko‘zda tutadi. Shuning uchun bu jinoyatni sodir etish oqibatida ancha miqdordagi zarardan kamroq zarar yetkazilgan bo‘lsa, qilmish hatto rasman JKning 173-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat belgilariga mos kelmaydi. Bunday qilmish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi, qo‘zg‘atilgan ish esa qilmishning kam ahamiyatli ekanligi tufayli emas, jinoyat tarkibining yo‘qligi sababli tugatilishi lozim, chunki uning majburiy belgisi – ancha miqdordagi zarar mavjud bo‘lmaydi. 382
3-§. Zaruriy mudofaa Zaruriy mudofaa har bir kishiga tug‘ilishidan xos bo‘lgan, umumiy ko‘rinishida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida mustahkamlangan uning sha’ni, qadr-qimmati, hayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qilishdan himoyalanish huquqidan kelib chiqadi 1 . Ko‘rib chiqilayotgan jinoiy-huquqiy institutning ijtimoiy foydali maqsadi – huquq bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarni himoya qilish aynan shunda namoyon bo‘ladi. Zaruriy mudofaa ijtimoiy xavfli va huquqqa qarshi bo‘lgan tajovuzlardan – jinoyatlardan himoya qilishning usullaridan biri bo‘lib, uning oqibatida tajovuzchi shaxsga zarar yetkaziladi, bu esa uning jinoiy qilmish bilan tashqi jihatdan o‘xshashligini belgilab beradi. Ayni paytda, zaruriy mudofaa fuqarolarning ijtimoiy foydali faoliyati bo‘ladi, chunki u majburan tusga ega bo‘lib, jinoiy harakatlarning oldini olish va unga chek qo‘yishga qaratilgan. Aynan ushbu ko‘rsatilgan sabablar tufayli qonun «zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa 1
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93- моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига, 83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110- моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109- моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 12 б. 383
chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi» deb belgilaydi (JK 37-moddasi 1-qismi). NOTA BENE ! Zaruriy mudofaa – bu ijtimoiy xavfli bo‘lgan tajovuzdan qonuniy himoya qilish bo‘lib, tajovuzchiga noilojlikdan zarar yetkazish orqali amalga oshiriladi hamda tajovuzning xarakteriga va ijtimoiy xavfliligi darajasiga mos keladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, JK himoya qilish obyektlari sifatida shaxsni, uning huquqlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘rsatadi. Bunda JK 2- moddasining qoidalaridan farqli ravishda, ushbu obyektlar umumiy ahamiyatga ega bo‘ladi hamda Kodeks tomonidan jazo tahdidi ostida himoya qilinadigan barcha ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi. Xususan, atrof tabiiy muhitning, mulkning saqlanishini ta’minlash, insoniyat tinchligi va xavfsizligi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan munosabatlarni shunday munosabatlar deb tan olish kerak. JK 37-
obyektlar umuman olganda JKning himoyasi ostida bo‘lgan munosabatlarning yagona formulasini ta’riflashi lozim: shaxs – jamiyat – davlat, bu yuridik texnikaning xususiyatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lib, rasmiy jihatdan boshqacha bo‘lgan munosabatlarni himoya qilishga qaratilgan harakatlarni zaruriy mudofaa deb tan olishga ta’sir etmaydi. «Zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash davlat mulki, jamoat tartibi, boshqa fuqarolarning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, manfaatlarini tajovuzdan qo‘riqlashga ham oiddir» 1 . Zaruriy mudofaada himoya qilish shaxsning tajovuzchiga ma’lum zarar yetkazuvchi faol harakatlarida ifodalanganligi tufayli, qonun ushbu mudofaa mos kelishi lozim bo‘lgan ma’lum shartlarni ko‘rsatadi. Mudofaaning ushbu qonun shartlariga mos kelmasligi undan chetga chiqish bo‘lib, u ijtimoiy xavfli bo‘lganligi tufayli jinoyat deb tan olinadi. 1
384
Vatanimizdagi jinoiy huquq nazariyasi va sud amaliyotida ishlab chiqilgan zaruriy mudofaa qonuniy bo‘lishining shartlari jamlangan holda, JK 37-moddasida mustahkamlangan ushbu shartlar mavjudligi zaruriy mudofaa holatidan dalolat beruvchi ikkita elementga: tajovuzga va undan himoyalanishga daxldor bo‘ladi. Bunda faqat ushbu shartlarga to‘la muvofiq kelishi shaxsning harakatlarini zaruriy mudofaa sifatida malakalashga imkon berishi ko‘zda tutiladi.
olganda, mavjudligi shaxsga zaruriy mudofaa qoidalari bo‘yicha o‘zini himoya qilishga imkon beradigan holatlarni aniqlashga qaratilgan. Ushbu shartlar tajovuzni zaruriy mudofaaning mustaqil elementi sifatida bir necha jihatidan tavsiflaydi, ya’ni: tajovuzning turi, uning xarakteri, mavjudligi va haqiqiyligi. Faqat unga qarshi himoyalanish amalga oshirilgan tajovuz barcha talab etiladigan shartlarga javob bergan holdagina u zaruriy mudofaa uchun asos deb tan olinishi mumkin, aks holda jinoiy qonunchilikning qaralayotgan instituti qo‘llanilishi mumkin emas. Zaruriy mudofaaning qonuniy bo‘lishining tajovuzga oid birinchi sharti sifatida tajovuzning ijtimoiy xavfli va huquqqa qarshi bo‘lishi tan olinadi. «Jinoyat kodeksining maxsus qismida nazarda tutilgan harakatlar uni sodir etgan shaxsning javobgarlikka tortilganligi yoki ruhiy kasallik tufayli, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmaganligi sababli va boshqa asoslarga ko‘ra, javobgarlikdan ozod qilinganligidan qat’i nazar, Jinoyat kodeksining 37-moddasi doirasida himoyalanishiga asos beruvchi ijtimoiy
1 . Bunda huquqqa qarshi bo‘lishining alomati faqat tajovuzning obyektiv tomoniga tegishli bo‘ladi, ya’ni JK tegishli moddasining dispozitsiyasida ta’riflangan qilmishning o‘zi huquqqa qarshi deb tan olinadi, jinoyat subyektining tavsifi esa, JK 37- moddasi jihatidan u yoki bu qilmishning huquqqa qarshi deb tan olinishiga ta’sir etmaydi. Shunday qilib, zaruriy mudofaa aqli noraso bo‘lgan, kichik yoshli shaxslarning qilmishlariga qarshi, shuningdek, 1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Ижтимоий хавфли тажовузлардан зарурий мудофаа ҳуқуқини таъминловчи қонунларнинг судлар томонидан қўлланилиши ҳақида»ги 39-сонли қарори, 1-банд // Тўплам, 1-жилд. – 77-б.
385
amalda xato mavjud bo‘lgan holda harakat qiluvchi shaxslarning qilmishlariga qarshi amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi, ya’ni ularga xos bo‘lgan xususiyatlari tufayli o‘zlari sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan, lekin ular sodir etgan harakatlar huquqqa qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan holda mumkin bo‘ladi. Aslida har qanday ijtimoiy xavfli tajovuzdan – jinoyatdan zaruriy mudofaa mumkin bo‘ladi. Lekin, shunga qaramay, har qanday jinoyat ham zaruriy mudofaa harakati uchun qonuniy shart bo‘lavermaydi. Tergov va sud organlari har bir muayyan holatda sodir etilgan qilmish zaruriy mudofaa holatini belgilab berish-bermasligi masalasini hal etishga individual yondashishi kerak. Eng avvalo, tajovuzchiga zarar yetkazish orqali himoya qilinadigan qilmish himoya qilinadigan munosabatlarga shu ondagi va boshqacha oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishi bilan tajovuz qilishi lozim va faqat tajovuzchiga jismoniy ta’sir etish bilangina uning oldini olish mumkin bo‘lishi lozim. Sud amaliyoti ko‘rsatishicha, bunday harakatlarga, asosan, shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar, bezorilik, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va boshqa jinoyatlar, ya’ni zo‘rlik ishlatish bilan kechadigan, agressiv va buzg‘unchilik xarakteriga ega bo‘lgan jinoyatlar kiradi. Ayni paytda, bir qator huquqqa qarshi tajovuzlar mavjudki, ular shu ondagi va boshqacha oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishi bilan tajovuz qilmaydi yoki ularning sodir etilishidan zarar zo‘rlik harakatlari bilan oldi olinishi lozim bo‘lmaydi. Bunday jinoyatlar sifatida, masalan, mehnat huquqini buzish, tuhmat, pora berish va boshqalar tan olinadi. Shu sababli bunday qilmish sodir etilishiga chek qo‘yish maqsadida tajovuzchiga zarar yetkazish zaruriy mudofaa deb qaralishi mumkin emas, zarar yetkazgan shaxs esa umumiy asoslarda javobgarlikka tortilishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, zaruriy mudofaa doirasida unga javoban zarar yetkazishga huquq beradigan ijtimoiy xavfli tajovuz faqat hujum qiluvchining qasddan faol xulqida (harakatida) ifodalanishi mumkin. 386
Ya’ni, ehtiyotsizlik orqali jinoyat sodir etilishida, shuningdek, harakatsizlik (biror-bir vazifani bajarmaslik) yo‘li bilan jinoyat sodir etilishida zaruriy mudofaa huquqi mavjud emas. Shuni ta’kidlash lozimki, qonun faqat JK bilan taqiqlangan tajovuzlardan zaruriy mudofaa qilish huquqini tan oladi. Shu sababli, hatto ijtimoiy xavfli bo‘lganda ham shaxs qonun bilan taqiqlanmagan noqonuniy harakatlar sodir etgan holda unga zarar yetkazish mumkin emas. Bu mazkur institutning qo‘llanishida yaxlitlikka yordam beradi, shuningdek, jinoiy qonunchilikning adolat va insonparvarlik tamoyillarining amalga oshirilgani bo‘ladi. Ushbu masalani boshqacha hal etish zaruriy mudofaa holatlarining asossiz kengaytirilishiga olib kelgan bo‘lar edi. Xuddi shuningdek, rasman tarkibida sodir etilishi uchun JK da javobgarlik ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibining alomatlari bo‘lgan, lekin aslida jinoiy bo‘lmagan qilmishlar huquqqa qarshi qilmish sifatida qaralishi mumkin emas. Xususan, kam ahamiyatli ekanligi, oxirgi zarurat va hokazolar tufayli qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar bo‘lganda bu qilmishlar jinoiy bo‘lmaydi. Bunday qilmishlarga qarshi mudofaa qilgan shaxslarning harakatlari umumiy asoslarda ularga ushbu harakatlarning xarakteri avvaldan ma’lum bo‘lishi sharti bilan ijtimoiy xavfli bo‘lgan jinoiy harakatlar, ya’ni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakatlar deb qaralishi lozim. Zaruriy mudofaa yuzasidan ishlarni tergov qilishda va hal etishda, shuningdek, ba’zi holatlarda mansabdor shaxslar tashqi jihatdan huquqqa qarshi holatlarga o‘xshash bo‘lgan, lekin aslida shunday bo‘lmagan harakatlarni amalga oshirishga vakolatli bo‘ladi. Bunday harakatlar, masalan, maxsus vositani qo‘llash, qurolni ishlatish holatlari va hokazolar bo‘ladi. Bunday holatlarda mansabdor shaxsning harakatlari qonunchilik talablariga mosligi yoki, aksincha, huquqqa qarshi ekanligidan rasmiy mezon deyiladigan mezon dalolat beradi. Ushbu mezon shundan iboratki, barcha mansabdor shaxslarning harakatlari nafaqat mohiyati yuzasidan, balki rasmiy jihatidan ham qonuniy bo‘lishi lozim, ya’ni faqat qonun bilan belgilangan shakliga amal qilingan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Shu munosabatda mansabdor shaxslarning rasmiy ravishda noqonuniy 387
bo‘lgan va aslida huquqqa qarshi bo‘lgan harakatlariga qarshigina zaruriy mudofaaga yo‘l qo‘yilishi mumkin . Zaruriy mudofaa qonuniyligining ikkinchi sharti – tajovuz mavjud bo‘lishidir. Tajovuz mavjudligi deb, obyektiv ravishda shu ondagi va boshqacha oldini olib bo‘lmaydigan holda ijtimoiy xavf yetkazishi mumkin bo‘lgan qilmish sifatida tavsiflaydigan belgilarning jamuljamligi tushuniladi. Huquqqa qarshi qilmish mavjudligi quyidagi hollarda aniqlanadi: – shu ondagi zarar yetkazishning haqiqiy xavfi mavjud bo‘lganda; – zarar yetkazilayotgan paytda. Huquqqa qarshi tajovuzning mavjudligi va uni amalga oshirishning haqiqiy xavfi bo‘lganda shaxsning mudofaa qilinadigan manfaatga shu ondagi va boshqacha oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishining haqiqiy xavfi yuzaga kelgan holdayoq tajovuzchi shaxsga zarar yetkazish huquqini ko‘zda tutadi. Bu holda shaxs tajovuzning o‘zi yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan zaruriy mudofaaning preventiv (oldini oluvchi) choralarini amalga oshiradi. Shunday qilib, mudofaalanuvchi huquqqa qarshi harakatning yoki harakatsizlikning amalda oshirila boshlanishini, albatta, kutib o‘tirishi shart emas, chunki bu ba’zi holatlarda qonun bilan himoya qilinadigan obyektga zarar yetkazilishi xavfi ostiga qo‘yishi mumkin, fuqarolar tomonidan ushbu talabning bajarilishi esa og‘ir va qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lar edi. Huquqqa qarshi tajovuzning va uni amalga oshirishning haqiqiy xavfi mavjudligi masalasi tergov va sud organlari tomonidan haqiqiy ma’lumotlarga asoslangan holda mudofaalanuvchining subyekt tasavvurlaridan kelib chiqib hal etilishi lozim. Boshqacha aytganda, zaruriy mudofaani amalga oshiruvchi shaxsning huquqqa qarshi tajovuzining va uni amalga oshirishining haqiqiy xavfi mavjudligi to‘g‘risidagi subyekt tasavvuri amaliy vaziyatga, tajovuz qiluvchining haqiqiy harakatlariga asoslangan bo‘lishi lozim. Xususan, ular so‘zlar, imo-ishoralar bilan muayyan tahdid qilish, qurolni namoyish etish va boshqa qo‘rqitish usullari bo‘lishi mumkin. 388
Zarar yetkazishning haqiqiy xavfi tug‘ilmagan, ya’ni tajovuz mavjud bo‘lmagan hollarda, shuningdek, zaruriy mudofaa holati ham yo‘qligini ko‘zda tutish lozim. Shu sababli bunday holda taxmin etilgan tajovuzchiga zarar yetkazish umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim. Huquqqa qarshi tajovuzning uni amalga oshirish davrida (ya’ni, zarar yetkazilayotgan vaqtda) mavjudligi so‘zsiz bo‘ladi, bu davr tajovuzning amalda davom etish davridir. Shu munosabatda jinoiy qilmishning aslida boshlanishi va tugashi masalalari alohida e’tiborga molik bo‘ladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling