Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt boshqarmasi
-mavzu. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida to’garaklarni rejalashtirish va shakllantirish
Download 1.7 Mb.
|
O\'quv qo\'llanma Texnalogiya 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
29-mavzu. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida to’garaklarni rejalashtirish va shakllantirish.
Reja: 1 To’garakning nizomini, maqsadini, vazifalarini belgilash. 2 To’garak a’zolarini yig’ish, guruhlarga bo’lish. 3 To’garak ish rejasini tuzish. Tayanch iboralar: To’garak nizomi. To’garak nizomini.To’garak maqsadi. To’garak vazifalari.To’garak ish rejasi O’quvchilarni to’garaklarga jalb etish orqali kasb-xunarga yo’naltirish o’kuvchilarni mehnat bo’yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishda quyidagi umumpedagogik prinsiplarga amal qilish lozim. Kashtachilik to’garagining ijtimoiy foydali yo’nalishi: Davlat mablag’ini tejash, o’z ishidan ma’naviy qoniqishni ta’minlash. Har bir o’quvchining o’z moyillari va qiziqishlarini hisobga olgan holda tegishli to’garakning ixtiyori va ongli ravishda tanlash. To’garakning ijodiy xarakterda bo’lishi, to’garak a’zolarida texnik tafakkurni, mustaqillik, topshiriqqa ijodiy yondoshish. o’quvchilarni individual xususiyatlari va qiziqishlarini hisobga olish. Mehnat bo’yicha sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlar maktabning o’quv tarbiya vazifalariga bo’ysunadi. Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarga loyihalovchi rassom, tikuvchi, bichuvchi mehnatlariga qiziqishi bor bo’lgan o’quvchilarga yordam beriladi. Umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanining maqsadi o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda mehnatlari bilan dastlabki tanishtirish, mehnat tanlashga tayyorlash, ularda mehnatni qadrlash, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish orqali ularning mehnatgacha tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Mehnat ta’limi jarayonida olgan bilimlarni mustahkamlash, ularning bo’sh vaqtlarining to’g’ri, rejali o’tishini ta’minlash va tikuvchi-bichuvchi mehnatlarini egallashlarida to’garaklarning vazifasi katga. Tikuvchi-bichuvchi mehnatini egallash orqali qizlarimizni hayotga tayyorlashdek zarur vazifa bajariladi, chunki har bir ayol tikuvchilik sirlarini bilishi albatta kerak. Tikuvchilik mehnati eng sharafli mehnatlardan biri hisoblanadi, axir hech bir sanoat yoki odam yo’qki bu mehnat xizmatidan foydalanmasin. Bichish-tikishni o’rgatish uslubiyoti tikuvchi mehnati to’garagi tashkilotchisi tayyorlashda mutaxassislik fani hisoblanadi. Bu fanning asosiy maqsadi bo’lajak to’garak rahbarlariga bichish-tikish to’garagi davomida tikuvchilik mehnati sirlarini, ularni har tomonlama tarbiyalashni o’rgatishda zarur bo’lgan bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish yo’l-yo’riqlarini o’rgatishdir. Fanning asosiy vazifasi bo’lajak to’garak rahbarlariga tikuvchilik ustaxonasining moddiy bazasi, jihozlanishi, kiyimlarni tikishda qo’llaniladigan ish turlarini bajarish va kiyimda qo’llash, yengil kiyimlarning xillari va ularni tikish jarayonlarini o’rgatishda qo’llaniladigan yo’l-yo’riqlarni o’rgatadi. To’garak rahbarlari ilg’or pedagogik texnologiya asosida tuzilgan mashg’ulotlarni kuzatishlari va tahlil yetib o’rganishlari zarur. Olgan tajriba natijalarini o’zlarining ish faoliyatlari davomida qo’llashlariga e’tibor berilishi zarur. Tikuvchilik o’qitish uslubiyoti pedagogika, psixologiya, rasm, tikuvchilik buyumlarini loyihalash va badiiy bezash, tikuvchilik gazlamashunosligi, tikuvchilik jarayoni va jihozlari kabi mutaxassislik fanlariga bog’lab o’qitiladi. Shu fanlardan olgan bilimlari, ko’nikma va malakalari asosida mashg’ulotlarga tayyorlanish, ishlanmalar yozish, ko’rgazma tayyorlash o’rgatiladi. Bichish-tikishni o’rgatish uslubiyoti fani uchun ajratilgan soat o’quv rejasidan olingan bo’lib, jami 92 soat, shundan 22 — amaliy, 70 — nazariy soatlarni tashkil etadi. Tikuvchilik o’qitish uslubiyoti fanidan o’quvchilarning bilim, qo’nikma va malakalari kundalik oraliq va yakuniy tarzda nazorat qilib boriladi. Dastur mazmunida bu turdagi nazorat ishlari uchun ham soatlar ajratilgan. Dastur 2 bo’limdan iborat: Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling