Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt boshqarmasi
Download 1.7 Mb.
|
O\'quv qo\'llanma Texnalogiya 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
31-MAVZU: Texnologiya fanida ta’til kunlarida mehnat amaliyotini tashkiletish
Reja: 1. Texnologiya ta’limida mehnat amaliyotini tashkil etish tartibi. 2.5-6 sinflarda yo’nalishlar bo’yicha mehnat amaliyotini tashkil etish. 3.7-8 sinflarda yo’nalishlar bo’yicha mehnat amaliyotini tashkil etish Tayanch iboralar: Texnologiya ta’limi. Mehnat amaliyoti. Mehnat amaliyotini tashkil etish tartibi. Sinflarda mehnat amaliyoti. O’qitish shakli deganda o’quvchilarning konkret mashg’ulot (dars)dan ko’zda tutilgan maqsadga erishishi uchun, ya’ni ishlab chiqarish ta’limi masteri raxbarligida o’quv materialini olish va aktiv ravishda puxta o’zlashtirishga qaratilgan o’quv tarbiya faoliyatini tushunmoq kerak. Shundan keyin ishlab chiqarish ta’limida foydalaniladigan xilma-xil shakllar masalasini oydinlashtirish zarur. O’quvchilarning o’quv ustaxonasidagi o’quv-ishlab chiqarish ishlarining asosiy shaklidan biri dars yoki amaliy mashg’ulotdir. O’quv-ishlab chiqarish ishi sifatidagi darsning asosiy belgisi: o’quvchilar sostavining doimiy va ularning bilimi (tayyorgarlik darajasi) taxminan bir saviyada bo’lishi, mashg’ulotning qat’iy jadval asosida, o’quv ishlari uchun belgilangan ma’lum vaqt davom etishi, ishlab chiqarish ta’limi masterining bevosita raxbarligi, uning xilma-xil o’qitish metodlaridan foydalanish, darsni frontal, zvenolab va indivibual (yakka-yakka) formada olib borish imkoniga ega bo’lishidan iborat deyish mumkin. Shunday qilib, dars o’qitish jarayoniga tashkiliy aniqlik kiritadi va ishlab chiqarish ta’limi va boshqa fanlar darslarini navbatlashtirib tashkil etishga, binobarin, o’quvchilarning yuqori unumdorlik bilan o’qishini xamda dam olishini ta’minlashga imkon beradi. Lekin, professional - texnika ta’limi sistemasida o’quvchilarga xunar o’rgatish yo’zasidan quyilgan vazifalarni xal etish uchun faqat ayrim darslarni yaxshi tashkil etishni o’zigina kifoya qilmaydi. Ayni fan va xamma darslarni to’g’ri va uyg’un tashkil etgandagina darsning mazmuni va to’la maqsadga muvofiq ochilishi mumkin. Bundan tashqari, ishlab chiqarish ta’limi maqsadlari va vazifalariga muvofiq ravishda quyidagiga O’xshash xar xil dars turlarini qo’llash mumkin: 1) Kombinasiyali (O’qitish jarayonining xamma zvenolarini o’z ichiga olgan) dars; Operasiyalarni o’zlashtirishga (ayni operasiyaga oid ishmehnat priyomlarini o’rganishga) bag’ishlangan dars; Kompleks ishlarni bajarshpga (konkret buyum tayyorlashmunosabati bilan ilgari o’rganilgan operasiyalarni texnologik kompleks tarzida birlashtirishga)- bag’ishlangan dars; 4) Kontrol (tekshirish sinov) topshiriqlari va malakaolishga bag’ishlangan dars (chorak oxirida, yarim yillik, o’quv davrida). Ayrim dars shaklidagi ishlab chiqarish ta’limi asosan o’quv ustaxonasida tashkil etilishini e’tiborga olib shuni xam ta’kidlashimiz kerakki, o’quvchilar bajaradigan ishlarning xarakteriga qarab (bir tipli yoki turli tipli ishlarning bajarilishiga qarab) darsni tashkil etish formasi xam tanlanadi (ishni - darsni frontal - butun sinf uchun, zvenolab, yakka-yakka va aralash turdagi). Masalan, o’quvchilarning xammasi bir xil ishni bajaradigan bo’lsa (bolg’a tayyorlash, kalit yasash va x.k). Darsning frontal formasini qo’llash mumkin. Bu xolda master o’quvchilarning xammasi uchun bitta umumiy instruktaj beradi va xamma o’quvchilarga nisbatan qo’yiladigan umumiy talablar asosida buyumni tayyorlash texnologiyasining to’g’ri bajarilishini ko’zatib boradi. O’quvchilar bajaradigan ishlar mazmuni (tayyorlash texnologiyasi) bir-biriga yaqin, lekin xarakteri, ya’ni konstrO’qsiyasi boshqa-boshqa bo’lgan xollarda darsni zvenolab tashkil etish maqul, masalan, tokarlik stanogini yig’ish (murakkab maxsulot vositasida o’rgatib - o’qitish) da master ishni o’zellarga ajratadi (o’zatishlar qutisi, tezliklar qutisi, keyingi skoba va shunga O’xshash) va xar bir o’zelni 2-3 kishilik zvenoga topshiradi. Yig’ish operasiyalariga oid xamma umumiy ma’lumotlarni master frontal instruktaj tarzida o’quvchilarga aytib beradi, xar bir o’zelning o’ziga xos ma’lumotlarini esa xar bir zvenoning o’ziga aytadi. o’qitishning bu shaklidan foydalanganda masterning ish xajmi, ayniqsa joriy instrO’q-tajda, frontal formadagidan ko’ra ancha ortadi. Biroq bundagi xilma-xil ishlar sonining ko’pbo’lishya (stanokning turli o’zellari), o’quvchilarda professional bilimlarning O’sishigagina emas, balki politexnik bilimlari doirasining kengayishiga xam yordam etadi. Individual (yakka) o’qitish formasini sinfdagi ko’pchilik o’quvchilar konstruksiyasi xar xil, mazmunan esa bir-biriga yaqin bo’lgan ishlarni bajarganlarida qo’llash mumkin. Bu xil ishlar, masalan: o’quv ustaxonasi uchun xilma-xil mayda buyurtmalardan, yoki dona hisobi uncha katta bo’lmagan turli-tuman detallar (tokarlik yoki parmalash stanoklari detallari) bo’lishi mumkin. Bunday xollarda master tayyorlanishi kerak bo’lgan buyumlarning tayyorlanish texnologiyasini analiz qilib chiqib, o’quvchilarga frontal instruktaj tarzida umumiy belgilarni (ma’lumotlarning) va yakka shaklni qo’llaganda aytiladigan ma’lumotlarni oldindan ajratib qo’yadi. Bunda indivibual tarzda aytiladigan ma’lumotlar ko’proq bo’ladi. ko’ramizki, darsni indivibual shakl asosida tashkil etganda, master ko’proq tayyorgarlik ko’rishi kerak bo’lar ekan. Bunda darsning indivibual shakli va indivibual instruktajdan iborat ikkita tushunchani bir-biridan farq qilish zarur. Indivibual iistruktajni xar qanday shaklda tashkil etilgan darsda qo’llash mumkin, lekin bu ishning xajmi frontal dars shaklida kamroq, indivibual shakldagi darsda esa ko’proq bo’ladi. Nixoyat, aralash shakddagi dars yuqorida ko’rsatib o’tilgan uchchala dars shakllarining elementlaridan tarkib topadi. Shuni xam ta’kidlab o’tish kerakki, dastur materialining mazmuniga, ixtisos xarakteriga va boshqa faktorlarga qarab, ishlab chiqarish ta’limida boshqa tashkiliy shakllarni xam qo’llash mumkin. Masalan, o’quvchilar brigadasi shaklidagi o’qitish shaklini, o’qitish ishlab chiqarish sharoitida, dars shaklini qo’llash mumkin bo’lmagan xollarda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bu shakldagi ta’lim ko’pincha ko’mir koni shaxtyorlarini tayyorlashda, metallurglar, ximiklar va qishloq xo’jaligiga tegishli ko’pgina ixtisos ishchilarini tayyorlashda qo’llash mumkin. Bunday sharoitlarda ishlab chiqarish masterlari odatda o’quvchilarni aloxida o’quvchilar brigadalariga ajratadilar, bu brigadalaridagi xar biri muayyan o’quv-ishlab chiqarish topshirig’ini bajaradi. Shu bilan birga bu topshiriqlarning o’quv maqsadi va mazmuni bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Masalan, bir brigada marten pechiga xizmat qilishga o’rgansa, ikkinchisi gaz generatorlariga xizmat qilishni, uchinchisi esa kontrol-O’lchash asboblarini ko’zatishni va xokazo o’rganishi mumkin. Bunday xollarda master o’quv brigadalarini o’rganiladigan zonalar chegarasida almashtirib turish grafigini tuzishi kerak, toki xar bir brigada, masalan, metallurgiya butun bir kompleksiga xizmat qilishdagi xamma ish priyomlarini bilib, o’rganib oladigan bo’lsin. O’quvchilarni korxona sharoitida o’rgatishning yana bir shakli, ularni ishchilar brigadasiga qo’shib o’qitishdir. Bu shaklni, masalan, slesar-remontchi, yig’uvchi santexnik, montajchilar, shuningdek, qurilish ixtisoslari kabi ixtisoslarda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bu shakl asosida o’quvchilarga ishlab chiqarish ta’limi berish shundan iboratki, yuqorida aytib o’tilgan ixtisoslarga doir ishlab chiqarish brigadalariga umum-sleserlikka yoki boshqa biron tayyorgarligi bo’lgan bir yoki bir necha o’quvchi biriktiriladi. Bu xilda ishlab chiqarish ta’limi masterining vazifasi davriy ravishda joriy instruktaj o’tkazib turish, kundalik topshiriqning xarakteri va xajmini aniqlab turishi, beriladigan toshpiriq temasiga tegishli kirish instruktaji va ish natijasiga bag’ishlangan yakuniy instruktaj o’tkazishdan iborat bo’ladi. Lekin o’quvchilar turli ob’ektlarga tarqatilgan bo’lishi tufayli master xar bir o’quvchiga topshiriq berish va undan ishni qabul qilib olish imkonidan maxrum bo’ladi. Shu tufayli bu xolda o’quvchilarni o’qitish (O’rgatish) vazifasi qisman ishchilar brigadasi a’zolariga yoki brigadirning o’ziga topshiriladi. Ishchilar brigadasida ishlovchi o’quvchilarga ish xaqi ularning ancha past malakasini va sarf qilgan mehnatini hisobga olib hisoblanadi. O’quvchilar ishchilar brigadasida ba’zan O’qilgan (O’rganilgan) programmani sistemali ravishda bajarish prinsipi bo’ziladi. Chunki ishlab chiqarish ta’limi masteri ishchilar bajaradigan ish turini (bu ish turi programmaning ayni davrida o’rganiladigan ishga mos kelmagan taqdirda xam) o’zgartira olmaydi. Lekin o’quvchilarning ish bilan doim ta’min etilib turishi, ilg’or texnologiya va ilg’or mehnat usullaridan foydalanish imkoniga ega bo’lishi, ishlab chiqarish ishchilari kollektivi sharoitida mehnat chiniqishi kabilar bu kamchiliklarni qisman bo’lsada qoplaydi. Ishlab chiqarish ta’limi shaklining yana bir turi o’quvchilarni malakali ishchilarga biriktirishdan iborat bo’lib, bunda o’qitish asosiy ishdan ozod qilinmpgan instruktor tomonidan amalga oshiriladi. Bir instruktorga bir vaqtning o’zida ikkitadan ortiq o’quvchi biriktirilmaydi. o’qitishning bu shaklini ijobiy tomoni shundan iboratki, bu usul bilan bevosita ilg’or texnika-texnologik bilan ta’minlangan ishlab chiqarish sexlarida istalgan xunar bo’yicha yangi ishchilar tayyorlash mumkin. Bunda instruktor uchun o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini va ulardagi sifatlarni e’tiborga olib turib, eng samarador o’qitish usullarini qo’llashga imkon bo’ladi. Biroq bunda o’zining asosiy ishi bilan xam shug’ullanishga majbur bo’lgan instruktor o’ziga birkitilgan o’quvchilarga tegishli e’tibor berish imkonidan maxrum bo’ladi, ishlab chiqarish ta’limining, borishini xar kuni kontrol qila olmaydi. Ishlab chiqarish ta’limining maxsus shakli - o’quvchilarning shtatli ish o’rinlarida (iste’mol maxsuloti ishlanadigan ish o’rinlarida) o’tkazadigan praktikasidir. Bu shakl ta’limning oxirgi oylarida, korxona sharoitida o’tkaziladi. Bu shaklda o’qitishda xar bir o’quvchi shtatli joyda ishlab, maxsulotga korxona tomonidan qanday talablar qo’yiladigan bo’lsa, O’sha talablarga to’la amal qilib buyum tayyorlaydi. Bu xolda o’quvchi buyum ishlab chiqarish vaqg normasini bajarishga xam majbur bo’ladi. O’quvchi tayyorlagan maxsulotni korxonaning texnik kontrol bo’limi xodimlari qabul qilib oladi. O’quv-ishlab chiqarish faoliyatini shu xilda tashkil etish o’quvchilarni ayni ixtisos ishchilari ishlaydigan sharoitda mehnat qilishga odatlantiradi. Master o’qitish formalarini va metodlarini ayni ish o’rniga quyiladigan talablarga moslashtirib tanlashi shart. Agar ayni ish o’rnida ishlab chiqarish ta’limi programmasi to’la bajarilmaydigan bo’lsa, master oddiidan to’zib qo’yilgan grafik asosida o’quvchini boshqa ish o’rniga ko’chirishi shart. Ammo, kasb-xunar kollejida o’quvchilarni ular tanlagan ixtisos bo’yicha o’qitish uchun moddiy baza bo’lmasa, o’quvchilarni korxonadagi, o’quv sexlarida va maxsus ajratilgan uchastkalarda o’qitish formasidan foydalanish mumkin. Bu forma o’quvchilarni o’quv ustaxonalarida o’qitish formasiga O’xshaydi, farq shundaki, korxonada o’quvchilarga korxona xodimi-asosiy vazifadan ozod qilingan instruktor raxbarlik qiladi. Bundan tashqari, ish ob’ektlari sifatida korxona sexlarining buyurtmalari xam bajariladi. Bu esa o’quvchilarni ayni korxonaning unumli mehnatiga yondoshtirish uchun eng ma’qul tadbirdir. Biroq bunda kirish instruktaji, joriy va yakuniy instruktaj o’tkazish uchun zarur sharoitning bo’lmasligi, o’qitish formasining samaradorligini kamaytiradi. Nixoyat, sinfdan tashqari mashg’ulotlar uyushtirishning sO’nggi formasi texnik ijrochilik to’garaklaridir. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning tashkiliy formalarini o’rganishga kirishishdan avval, ishdagi bu bosqichnipg o’quvchilar professional maxoratshsh O’stirishdagi axamiyatini aniqlab olish kerak. Gap shundaki, o’quvchilarning darslarda oladigan bilim, o’quv va malakalari faqat programmada belgilangan minimumdan iborat bo’ladi. Xolbuki, ko’pchilik o’quvchilar zamonaviy texnikaga qiziqadilar. Shu sababli, ularning turli texnika to’garaklarda qatnashuvlari texnikaga doir bilimlarini o’z qiziqish va qobiliyatlariga muvofiq ravishda rivojlantirishga imkon beradi. Xuddi shu texnika to’garaklarida - ayrim o’quvchilarning moxirligi, konstrO’qtorlik va texnik ijodchiligi namoyon bo’ladi. Shunday qilib, o’quvchilarning texnik ijodchilik to’garaklarida jiddiy shug’ullanishi o’zlari tanlagan xunarni muvaffaqiyatliroq va sifatliroq egallashga yordam etadi. Texnika to’garaklari «Moxir qo’llar» («Qo’li gullar»), «Aviomodelchilar», «Kema modelchilar», konstruktor va boshqa nomlar bilan tashkil etilishi mumkin. Bu to’garaklarning tashkilotchilari va raxbarlari, ishlab chiqarish masterlari va o’qituvchilar bo’lishi mumkin. Bunda to’garaklarga kimlarni yozish, ishni qanday tashkil etish, tO’tarak ishlarining natijalarini qanday tashviqot qilish kerakligini aloxida eslatib o’tishimiz lozim. Faqat to’garak ishlarini tashviqot qilishning eng ma’qullari (ko’rgazmali texnika kechalari, texnikaga bag’ishlangan olimpiadalar, devoriy gazetalar, leksiyalar, suxbat, konkurs va x.k) gina texnika ijodchiligi to’garaklariga o’quvchilarning ko’plab jalb qilishi mumkin. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling