Zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


Download 178.04 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi178.04 Kb.
#1563455
1   2   3
Bog'liq
Mirzaxalilov Mo\'minjon kurs ishi

6. Topshiriq berilgan kun: ____________________

Rahbar _____________________


(imzo)
Topshiriqni oldi ____________________
(imzo)

MUNDARIJA


6.Web texnologiyalari. Aripov M., Fayziyeva M., Dottoyev S. 2013. 27

KIRISH
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Internet texnologiyalarining yaratilishi turli manbalardan tez va oson yo‘l bilan axborot olish imkoniyatlarini xamma uchun oddiy fuqarodan tortib yirik tashkilotlargacha misli ko‘rilmagan darajada oshirib yubordi. Davlat muassasalari, fan-ta’lim muassasalari, tijorat korxonalari va alohida shaxslar axborotni elektron shaklda yaratib-saqlay boshladilar. Bu muhit avvalgi fizikaviy saqlashga nisbatan katta qulayliklar tug‘diradi. Saqlash juda ixcham, uzatish esa bir onda yuz beradi va tarmoq orqali bor ma’lumotlar bazalariga murojaat qilish imkoniyatlari juda keng. Axborotdan samarali foydalanish imkoniyatlari axborot miqdorining tez ko‘payishiga olib keldi. Biznes qator tijorat soxalarida bugun axborotni o‘zining eng qimmatli mulki deb biladi. Bu albatta ommaviy axborot va xamma bilishi mumkin bo‘lgan axborot xaqida gap borganda o‘ta ijobiy xodisa. Lekin pinxona (konfidensial) va maxfiy axborot oqimlari uchun internet texnologiyalari qulayliklar bilan bir qatorda yangi muammolar keltirib chiqardi. Internet muxitida axborot xavfsizligiga taxdid keskin oshadi:
- Axborot o‘g‘irlab qo‘yish;
- Axborot mazmunini buzib qo‘yish, egasidan iznsiz o‘zgartirish;
- Tarmoqqa va serverlarga o‘g‘rincha suqilib kirish;
-Tarmoqqa tajovuz qilish;
-Avval qo‘lga kiritilgan transaksiya(amallarning yaxlit ketma-ketligi)larni qayta yuborish, "xizmatdan yo axborotga daxldorlikdan bo’yin tovlash", jo‘natmalarni ruxsat berilmagan yo‘l orqali yo‘naltirish.
Ma’lumki, xozirgi kunda web-sahifalarni yaratish eng zamonaviy dasturlashlardan xisoblanadi. Bir necha yil avval ko‘plab web-sahifalarini yaratuvchilar statistik ma’lumotlargagina qo‘llar edilar. Web-sahifalar HTML-fayllardan tashkil topib, foydalanuvchi o‘z brauzerini ishga yuklar va o‘qiy olar edi.
Sekin asta web-tarmoqida foydalanuvchilar bilan aloqa uchun formalar yaratilib, qidiruv funksiyalari hamda o‘zaro axborot almashinish imkoniyatlari yaratila boshlandi, lekin sahifaga murojat qiluvchiga statistik ma’lumotlar avvalgidek ko‘rinishda ifodalab berildi. Kompyuterdan foydalanuvchi o‘z shaxsiy ish rejalariga ega bo‘lib, bu ishlarni, ya’ni elektron pochtani tekshirish, ko‘rish rejalarini tartibga solish kabilarni shu web sahifa asosida amalga oshiradi. Xatto ba’zi bir maxsus ma’lumotlarni tarmoq orqali mijozga namoyish etish uchun ham sahifa ko‘rinishida uzatilib beriladi.
Agar biz web-sahifalarini tayyorlovchi sifatida asosan HTML, JavaScript va grafik dizaynerlik bilan shug‘ullansangiz yoki biz dasturchi bo‘lsak, lekin web-dasturlash texnologiyasi bilan tanish bo‘lmasak u xolda bu fan (soxa) biz uchundir. U sizga yuqori eng zamonaviy yo‘nalishda qadam qo‘yishingizga yordam beradi. PHP tili Perl, ASP va Java tillari bilan bir qatorda dinamik web-sahifalarni yaratishda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.
Insoniyat rivojlanishining zamonaviy bosqichi axborotning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatining beqiyos o‘sishi bilan tavsiflanadi.
O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi pochat jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish xamda pochta jo‘natmalarii, pensiya va nafaqalar, davriy nashrlarni etkazib berrishda bir biri bilan o‘zaro uzluksiz bog‘langan pochta aloqasi ob’ektlari va pochta yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarorida “Respublika milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yilllar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturi” tasdiqlandi. Ushbu kompleks dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-O‘zbekiston Respublikasida 2013-2020 yillar mobaynida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini rivojlantirish dasturi:
-«Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi komplekslari va ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha tadbirlar va loyihalar ro‘yxati
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil etildi.
«Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi komplekslari va ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha tadbirlar va loyihalar ro‘yxatidan xam ko‘rinib turibdiki, axoli va tadbirkorlarni barcha tashkil etiladigan axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari bilan bog‘lash yagona davlat interaktiv xizmatlari va davlat organlari saytlari orqali amalga oshiriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda xar bir korxona muassasada faoliyat olib boruvchi xodimlar o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishlari talab qilinadi. Xar bir lavozimning o‘ziga xos bo‘lgan vazifalari mavjud. Bu vazifalar lavozim yo‘riqnomalarida to‘la ko‘rsatib berilgan.
Axborot texnikasiga birmuncha torroq doiradagi texnik vositalarni, chunonchi: “qog‘ozli” va “elektron” axborot bilan, uning hamma turlari va ko‘rinishlarida ishlash uchun foydalaniladigan vositalarni kiritish mumkin.
Axborot texnikasi ilg‘or boshqarish tizimlarining moddiy bazasini tashkil etadi. Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi- yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo‘lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har-xil to‘siqlarga duch keladi va shu to‘siqlarni engib o‘tish mobaynida yana yangi kashfiyotlar vujudga keladi. Lekin, xayot tajribalaridan ma’lumki, ko‘pincha yangi kashfiyot ma’lum bir muammoni xal qilish jarayonida yuzaga keladi.
Davr talabiga ko‘ra bugungi kunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma’lumotlarni boshqarish, ayniqsa, xozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumotlarni boshqarish tizimlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lgan informatika sohasida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo‘layotgan o‘zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o‘zgarib va boyib bormoqda.
Yangi axborotlar texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarning paydo bo‘lishi bu sohadagi hizmat qilish usulini tubdan o‘zgartirdi. Yaqin – yaqinlargacha biror masalada kompyuter yordamida yechish uchun algoritmlarni, dasturlash tililaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolari-yu natijani taxlil qilishni bilish talab etilar edi. Bu ishni faqatgina mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo, bu sohada mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilar 2 axborot texnologiyalari – bu kompyuterlarni qo‘llash, foydalanuvchilarning ( dasturlash sohasida kasb egasi bo‘lmaganlarning ) axborot jarayonida keng ishtirok etishiga, do‘stona foydalanuvchi interfeysning yuqori darajasiga, umumiy va muammoviy belgilanishdagi amaliy dasturlar paketini keng qo‘llashga, EHM ning hisoblash tarmoqlari tufayli foydalanuvchini uzoqlashtirilgan ma’lumotlar bazalari va dasturlariga kirishga asoslangan texnologiyalardir.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ijtimoiy rivojlanishning sanoat davridan jahon ko‘lamidagi axborot davriga o‘tishning asosidir.
Hozirgi paytda yangi axborot texnologiyasi sohasida dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog‘liq yo‘nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy dasturlar yaratish va sozlash uchun
axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay intelektual imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Axborot texnologiyalarining turli vositalariga ehtiyoj mamlakatimizda kundan-kunga ortib bormoqda.
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekomunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni rivojlantirish va zamonaviylashtirish respublikamizda ustuvor o‘rinlarga chiqmoqda.


Download 178.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling