Zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


II.2 Amir Temurning Hindistonga yurishi (1398-1399 y.)


Download 1.54 Mb.
bet8/11
Sana25.07.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1662282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xomidov BMI

II.2 Amir Temurning Hindistonga yurishi (1398-1399 y.).
Amir Temur Hindistonga yurishni 1398 yilning martida boshladi. Harbiy yurish uchun 92 minglik qoshin toplandi, shu jumladan qoshinning ong qanotini tashkil etgan 30 ming otliqlar, ular Sulaymon toglari tomonga harakatlanishlari, Ind (Sind) daryosini kechib otishlari va Molton shahrini egallashlari kerak edi. Keyinchalik Molton Hindistonga hujum qilish uchun tayanch bazasi vazifasini bajarishi kerak edi.
Chap qanot30 minglik otliq qoshin Qobulga harakatlanishi, Ind daryosini kechib otishi va Laxor shahrini egallashi lozim edi. Amir Temur qolgan 32 ming qoshin bilan 1398 yilning martida Samarqanddan chiqib, Termiz yaqinida kemalarda ornatilgan koprik orqali Amudaryodan otdi. Bu yerdan u Balgan (Hindiqush tog tizmasi) tomonga harakatlandi. Qolgan qoshinni qoldirib, u Kofiriston (Afgonistonning markazida) shahriga tosatdan hujum qilish uchun 10 minglik qoshin bilan Hindiqushdan oshib otdi. Kunduz kuni togda qor quyoshning issigidan bosh bolganligi uchun otlar qorda tura olmas edi, shuning uchun Amir Temur jangchilari kunduzi joylarida turdilar, otlarning qorga botib ketmasligi uchun ularning tagiga namatlar toshadilar, kech tushganda qor qattiqlashishi bilan harakatni davom ettirdilar. SHunday qilib, qoshin hindiqushning dovonigacha etib bordi. Togdan har kim bilganicha mustaqil ravishda tushdi: kimdir orqasi bilan, kimdir arqonlar yordamida. Amir Temurni arqonlar yordamida katta choyshab toshalgan moslamada tushirdilar. Togdan otilganidan keyin va kichik bir daryo kechib otilganidan song, qoshin tosatdan Kofiriston shahriga hujum qildi. Bu yurishni muvaffaqiyatli oxiriga etkazgan Amir Temur Qobulga kirib keldi, bu yerdan Ind daryosiga yonaldi. 1398 yil 24 sentyabrda Sohibqironning qoshini qurilgan koprik orqali daryodan otdi. Oktyabrning boshlarida uch kun ichida qoshin qayiqlarda ornatilgan koprik orqali chuqur va keng Chitora (Hozirgi Pokistonning Penjab hududidagi Ind daryosining irmoqlaridan biri) daryosidan kechib otdi.
Molton shahrini qamal qilgan qoshinning ong qanoti bilan birlashish uchun Amir Temur qoshini Bayax (Ind daryosining irmogi) daryosi qirgoqlariga chiqdi. Molton shahrining qamali olti oy davom etdi. Shaharni qamal qilgan qoshin katta qiyinchiliklarga duch keldi. Kuchli yomgirlar, sellar, tez­tez ozgaruvchan ob­havo sharoitlarida va joyning sharoiti tufayli otlar yuqumli kasallikka duchor boldi va qariyb ularning hammasi qirildi. Amir Temur ularni 30 mingta otlar bilan taminladi. Molton shahri jang bilan egallandi.
Shundan keyin Amir Temur qoshinining bir qismi qayiqlarda, bir qismi suzib Bayax daryosidan otdi. Daryoni kechib otganidan keyin Amir Temur Dibalpur shahriga yonaldi, uning aholisi Sohibqironning mingta jangchisini shaharga kiritib, xoinlarcha chopib tashladi. Amir Temur qoshinining kelishi bilan Dibalpur aholisi qudratli mustahkamlangan Batnir qalasiga yashirindi.
Qalani shturm qilish uchun Sohibqiron ozi bilan bor­yogi 10 minglik qoshin oldi. Birinchi hamlaning natijasida qala bosagasidagi istehkomlar egallandi. Birinchi kuni qamaldagilar hujumni qaytarishga muvaffaq boldi. Ikkinchi kuni esa Amir Temurning jangchilari oz pozitsiyalarini kovlab yer osti yolini qura boshladilar. Buni korgan Batnir himoyachilari 1398 yil 8 noyabrda Sohibqironning jangchilariga asirga tushdi.
8 dekabrda Amir Temurning qoshini Dibolburda ajrab ketgan qoshinga etib oldi. 12 dekabrda qoshinning hamma qismlari birlashdi.
Somin shahridan Dehligacha qoshin uchta kolonnaga bolinib harakatlandi: markaz va front orti taminoti togri yoldan Dehliga, ong va chap qanotlar ikki yon tomondagi yollardan harakatni boshladi. Luni shahrini egallaganidan keyin Amir Temur 15 dekabrda Dehlini qay tarzda qamal qilish va egallashni kelishib olish uchun harbiy kengash chaqirdi. Amir Temur Luni shahridan sharqqa tomon harakatlandi, Yamuna (Jamna) daryosidan otdi va Dehli yaqinida lager qurdi. Lagerni hindlarning tosatdan hujumlaridan himoya qilish chora­tadbirlari korildi. Lagerning atrofida xandaqlar qazildi, tosiqlar ornatildi.
1398 yil 18 dekabrda Dehli sultoni Mahmud shoh jangga kirish uchun Dehlidan chiqdi. U 10 mingta yaxshi qurollangan otliqlarga, 40 mingta piyodalarga, kamon oqlari, nayzalar va qilichlar zarbalaridan qalin toqimlar bilan himoyalanib, tishlariga zahar surkalgan katta pichoqlar boglangan 120 ta jangovar fillarga ega edi. Fillarning ustida arbaletlar bilan qurollangan jangchilar joylashgan minoracha ornatildi. Fillarning atrofida yonuvchi aralashma solingan xurmachalarni va temir uchli raketalarni otuvchi jangchilar harakatlandilar (11-rasm).


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling