Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги андижон давлат университети
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon sivilizatsiyalari tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI “Tasdiqlandi”
- JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI FANINING ISHCHI O’QUV DASTURI Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha
- Ma’ruza
- _____________ t.f.n. Shamsitdinov R. 2018 yil “___”___________
- 1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
III. ИЛОВАЛАР
1. Намунавий дастур 2. Ишчи ўқув дастури 3. Тарқатма материаллар 4. Тестлар 5. Назорат саволлари 6. Баҳолаш мезонлари 94 НАМУНАВИЙ ДАСТУР 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI “Tasdiqlandi” O’quv ishlari bo’yicha prorеktor: ______b.f.n., dots. A.Mamatyusupov “____” __________2018 - yil JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI FANINING ISHCHI O’QUV DASTURI Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha Ta'lim sohasi: 120000 - Gumanitar fanlar Ta'lim yo’nalishi: 5120300 – Tarix (jahon mamlakatlari bo`yicha) Umumiy o’quv soati – 68 soat Shu jumladan: Ma’ruza – 26 soat ( 6 – semestr ) Seminar mashg’ulotlar – 28 soat ( 6 – semestr ) Mustaqil ta’lim – 34 soat ( 6 – semestr ) Andijon - 2018 107 Fanning ishchi o’quv dasturi Andijon davlat universitetining 2018 – yil “____”___________ dagi “__” –sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Jahon sivilizatsiyalari tarixi” fani dasturi asosida tayyorlangan. Fan dasturi Andijon davlat universiteti Kengashining 2018 – yil “____”___________ dagi “__” -sonli bayoni bilan tasdiqlangan. Tuzuvchilar: T.R. Xamrayeva - ADU “Jahon tarixi” kafedrasi katta o’qituvchsi, tarix fanlari nomzodi. Isakova F. - ADU, “Jahon tarixi” kafedrasi katta o`qituvchisi Taqrizchilar: A. Mamajonov - ADU, “Jahon tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi. Y.A. Smesova - ADU, “Jahon tarixi” kafedrasi katta o’qituvchsi, tarix fanlari nomzodi. ADU, Tarix fakul’teti dekani: _____________ t.f.n. Shamsitdinov R. 2018 yil “___”___________ “Jahon tarixi” kafedrasi mudiri: ______________ t.f.n. Xamrayeva T. 2018 yil “___”___________ 108 1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar “Jahon sivilizatsiyalari tarixi” fani talabalarga ushbu fan dasturi orqali sivilizatsiya tushunchasi, uning ta’rifi va o‘ziga xos sifatlari, sivilizatsiya atamasining XVIII-X1X asrda Yevropa ilmiga kirib borishi, L.Morgan sistemasida sivilizatsiya, sivilizatsiyaning bosqichli nazariyalari, inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv yo‘llarini izlash, sivilizatsiyalar o‘rtasidagi yagona madaniyat, o‘ziga xoslik, xilma-xillikning o‘zaro bog‘liqligi, dastlabki sivilizatsiyalarning shakllanishi, Qadimgi Misr sivilizatsiyasi, Qadimgi Kichik Osiyo va Sharqiy O‘rta yer dengiz bo‘yi sivilizatsiyalari, Qadimgi Afrika va Janubiy Arabiston sivilizatsiyasi, Qadimgi Kavkazorti o‘lkalarning sivilizatsiyalari. Qadimgi va ilk o‘rta asrda Eron, Qadimgi Janubi-Sharqiy Osiyoning sivilizatsiyasi, Xitoy sivilizatsiyasi, Hindiston sivilizatsiyasi, Yapon sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim sivilizatsiyasi, Vizantiya va Rossiya sivilizatsiyalari, G‘arb sivilizatsiyasi kabi masalalar ahamiyati ochib beriladi. “Jahon sivilizatsiyalari tarixi” kursini o‘qitishdan maqsad talabalarda: - chuqur bilimlarga ega bo`lish talabalarning dunyoqarashini kengaytirish yo`lidagi eng samarali vosita ekani haqida tushuncha hosil qilish; - “Jahon sivilizatsiyalar tarixi” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish; - jahon xalqlarining tarixiy rivojlanishini bosqichma-bosqich tarixiylik, ilmiylik, xolisona yondashuv negizida o`rganishni tushuntirish; - tаlаbаlаrdа Jahon sivilizatsiyalari tarixiga оid mustаqil tа’lim mаvzulаrini bаjаrish ko’nikmаlаrini shаkllаntirish; - jahon tarixiy taraqqiyotining qadimgi davrdan to bugungi kunlargacha bo‘lgan jarayonlariga alohida to‘xtalib o‘tish; - sivilizatsiyaning inson va jamiyat oldidagi tutgan o‘rni va uning kelajak oldidagi taraqqiyot me’yorlarini mukammal ravishda talabalar ongiga singdirish. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi taalablar qo’yiladi. Talaba: - “Jahon sivilizatsiyalari tarixi”ga oid atamalarni yoritib berish; - Insoniyat boshidan kechirgan qadimgi davrdan hozirgi davrgacha bo‘lib o‘tgan sivilizatsiyalarni mukamal bilishlari; - Insoniyat boshidan kechirgan sivilizatsiyalar xududiy (lokal) va jahon sivilizatsiyalarga bo‘linib, ularning mazmun-mohiyatlarini anglab yetishlari zarur; - Sivilizatsiyalar dinamikasi, mexanizmini, Sivilizatsiya – sikllarini (davriy almashinuvini) mukammal bilishlari kerak; - Tarixiy davrlar – Qadimgi, O‘rta asrlar, Yangi va eng yangi davr sivilizatsiyalarining almashinuv va bog‘liqlik darajalariga alohida e’tibor berib o‘rganilmog‘i zarur; 109 - Har bir davr sivilizatsiyalarining umumbashariy va insoniyatga keltirilgan muvaffaqiyatlari va taraqqiyoti mezonlarini bilishlari shart; - Jahon sivilizatsiyalari tаriхini o’qitish jаrаyonidа ko’mаkchi tаriх fаnlаri bеrgаn mа’lumоtlаrni аnаliz qilа оlish vа dаrs jаrаyonidа qo’llаshni o’rganish; - davlatlarning bir-biriga munosabatlari, madaniy rivojlanishiga ta’siri, ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishini to`g`ri tushunish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak; - “Jahon sivilizatsiyalari tarixi” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “Excel” elektron jadvallar dasturlaridan foydalana olishi; - Jahon sivilizatsiyasi tarixi sohasida jahon hamjamiyati tomonidan to‘plangan tarixiy tajribani ilmiy va pedagogik amaliyotda samarali qo‘llash malakalariga ega bo‘lishi kerak. Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling