Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги андижон машинасозлик институти “ижтимоий фанлар” кафедраси


Xalq bilan samarali muloqot mexaiizmlarini joriy qilish


Download 0.79 Mb.
bet47/131
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#245328
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   131
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè àíä

Xalq bilan samarali muloqot mexaiizmlarini joriy qilish. Yurtimizda mustaqillik yillarida xar bir yilni ma‘lum bir maqsadda aloxida nom bilan atash an‘anasi shakllandi. Shu an‘anani davom ettirgan xolda, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimda Prezident Sh. Mirziyoev 2017 yilni yurtimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e‘loi kildi. Bundan maqsad - mamlakatimizdagi demokratlashtirish jarayonlari samaradorligi va sifatini tubdan yaxshilash fuqarolarning erkinliklari, xuquqlari, munosib turmush tarzi va manfaatlarini ta‘minlash, bunda davlat idoralari mas‘uliyatini kuchaytirish, xalq bilan ochik muloqotlarni yo‗lga qo‗yishda yangi, samarali vosita va usullarni joriy etish, «Inson manfaatlari barcha narsadan ustun» shiori ostida ish olib borish xisoblanadi.
Xalq qabulxonalarining barcha xududlarda ish boshlagani, xalq bilan keng miqyosda muloqot olib borilayotgani davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochik-oshkoraligini ta‘minlash bo‗yicha olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chikdi.
RM.gov.uz portali O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga jami kelib tushgan murojaatlar 2017 yil 24 yanvar xolatiga ko‗ra 409 mingni tashkil etgani portalning jamiyat xayotida o‗z o‗rni borligidan dalolatdir.
Xukumatning virtual portali ish boshlagani, mamlakatimizning barcha xududlarida xalq qabulxonalarining ochilishi, 2017 yilning «Xalq bilan muloqot ka inson manfaatlari yili», deb e‘lon kilinishi jamoatchilik nazoratini keng mikyosda rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi.
Xarakatlar strategiyasida Prezident Sh.M. Mirziyoev ilgari surgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» printsipi ijtimoiy-siyosiy xayotda amalga oshirishga doir dasturiy maqsadlar ham mujassamlashgan, Shuning uchun ham O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‗rganish va xalq bilan mulokot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‗shma qarori loyixasini ishlab chiqish, unda xududlardan saylangan deputat va senatorlar xar oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‗lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‗rganib, taxlil qilishi, tegishli raxbarlarning xisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muxokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi, shuningdek, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‗rganish natijalari bo‗yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari ssssiyalarini o‗tkazishi lozim.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling