Uchinchi yo’nalish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlarini o’zida ifoda etadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini saqlab qolish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish xisobidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning raqobatdoshliligini oshirish, mamlakat eksport saloxiyatini kuchaytirish bosh vazifa qilib qo‘yilgan.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar xosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir maxsulotlar yetishtirish orqali jaxon bozoriga chiqishning yangi yo‘nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi.
Iktisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk xuquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning xajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni rag‘batlantirish mo‘ljallanmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarni ularning tabiiy-
geografik imkoniyatlari, yer sharoiti va dexqonchilik madaniyatini nazarda tutgan xolda, xududiy extiyoj va manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko‘rish belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |