Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти


Yosh futbolchilarni tayyorlash amaliyotida sakrovchanlik sifatlarini tarbiyalash tajribasini o`rganish


Download 0.56 Mb.
bet13/25
Sana29.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1138493
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish

2.3. Yosh futbolchilarni tayyorlash amaliyotida sakrovchanlik sifatlarini tarbiyalash tajribasini o`rganish.
Iste’dodli futbol zahiralarini tayyorlash mutaxassis-trenerlardan katta kasbiy mahorat va o`ta jiddiy ma’suliyat talab qiladi.
Ko`p yillik sport trenirovkasining dastlabki tayyorgarlik jarayoni hal qiluvchi fundamental bosqich bo`lib, ushbu bosqichda mashg’ulotlarni to`g’ri tashkil qilish bo`lajak futbolchilar istiqbolini ta’minlaydi.
Shuning uchun ham sport turlari nazariyasi va uslubiyatida aynan shu bosqichga alohida e’tibor qaratiladi.
Futbolda dastlabki tayyorgarlik bosqichi asosan 9-10 yoshdan boshlanadi. Fiziologiya fanidan ma’lumki, mazkur yoshda bolalar organizmi o`ta nozik va “mo`rd” bo`ladi, organ va funktsional tizimlar endigina shakllana borayotgan bo`ladi. Demak ushbu vaziyat jismoniy yuklamalarni me’yorida qo`llash zarurligiga e’tibor qaratadi.
Aynan shu masalani o`rganish maqsadida biz yosh futbolchilarni tayyorlashda sakrovchanlik sifatlarini rivojlantirish bo`yicha trenerlar tajribasini so`rovnoma yordamida o`rgandik.
Olingan natijalar shundan dalolat beradiki, so`rovnomada ishtirok etgan respondent trenerlarning aksariyat qismi o`rtaga tashlangan savollarga “Yo`q” yoki “Aniq aytolmayman” deb javob berishdi (1-jadval).
1- jadval
Yosh futbolchilarni tayyorlash amaliyotida jismoniy sifatini (sakrovchanlik) rivojlantirish tajribasini o`rganish bo`yicha o`tkazilgan savolnoma natijalari



Savollar

Ha

Yo`q

Aniq aytolmayman

1.

Futbol tugaragiga tanlov o`tkazilayotganda sakrovchanlikni baholovchi testlardan foydalanasizmi?

8

7

3

2.

Sakrovchanlikni baholovchi testlarni bilasizmi?

6

5

7

3.

Dastlabki o`rgatishi bosqichida sakrovchanlik yoki sakrash chidamkorligini og’irliklar bilan rivojlantirish tavsiya etiladimi?

9

5

4

4.

Sakrash chidamkorligini rivojlantiruvchi mashqlarni mashg’ulotning tayyorgarlik qismida qo`llash mumkinmi?

5

5

8

5.

Shug’ullanishni endi boshlagan bolalarda sakrovchanlikni og’irliklar bilan o`tirib-turish mashqlari yordamida rivojlantirish mukinmi?

7

5

6

6.

Sakrovchanlikni rivojlantirishda sakrashga oid nostandart mashqlardan foydalanasizmi?

4

9

5

Jumladan,1 savolga – sakrovchanlikni baholovchi testlarni bilasizmi? – 18 ta respoedentdan 6 tasigina “Ha” deb javob qaytarishdi, 5 tasi “Yo`q” va 7 nafari “Aniq aytolmayman” degan fikrni bildirishdi. Bu javoblar shuni ko`rsatadiki, agar trenerlar o`z faoliyatida bo`lajak futbolchilar jismoniy sifatlarini tarbiyalar jarayonini tashkil qilsalar, lekin ularni rivojlanish dinamikasini qanday testlar yordamida baholash kerakligi bilmasa, qo`llanilayotgan mashqlarni foydali yoki foydasiz ekanligini qanday bilishi mumkin? Bunday xolat birinchi navbatda shu trenerlarning kasbiy malakasi zaif ekanliginidan dalolat beradi. Og’izaki surishtirishlar, so`rovnomada ishtirok etkan 9 nafar trener maxsus ma’lumoti yo`qligini aniqlab berdi.


“Futbol to`garagiga tanlov o`tkazilayotganda sakrovchanlikni baholovchi tesmtlardan foydalanasizmi?” deb nomlangan savolga 8 ta trener “Ha”,7 tasi “Yo`q” va 3 tasi “Aniq aytolmayman” deb javob berishdi. Aslida esa “Ha” deb javob bergan trenerlar ham joydan turib vertikal sakrash va joydan turib uzunlikka sakrash testlarini haqiqatdan ham qo`llar ekanlar, ammo shu testlar bo`yicha o`z shogirdlari yoshidagi bolalarga mo`ljallangan me’yoriy standartlarni bilmas ekanlar. Agar “Ha” va “Aniq aytolmayman” deb javob bergan trenerlarni qo`shib baholansa, unda 10 nafar trener sakrovchanlikni baholashda umuman hech qanday testlardan foydalanmas ekanlar.
3 savol mohiyati bilan shug’ullanishni endi boshlagan yosh sportchilarning funktsional faoliyatiga tegishli bo`lib, respondentlardan ushbu savolga jiddiy munosabat bildirishlari bilan bog’liq edi. Boshqacha qilib aytganda “Dastlabki o`rgatish bosqichida sakrovchanlik yoki sakrash chidamkorligini og’irliklar bilan rivojlantirish tavsiya etiladimi” degan savolga organizmi hali jismoniy va funktsional jihatdan shakllanmagan bolalarda og’irliklar bilan bajariladigan sakrash mashqlarini qo`llash maqsadga muvofiqli yoki yo`qmi degan masalani hal qilish kerak edi. Olingan javoblar esa shu savol javoblariga jiddiy e’tibor qaratadi. Chunki, 18 ta respondentdan 9 nafari “Ha”, ya’ni mumkin degan fikrni bildirishdi. Agar ushbu javoblar haqiqatdan ham amalda o`z ifodasini topib kelayotgan bo`lsa, unda shug’ullanuvchi bolalarni zudlik bilan tibbiy ko`rikdan o`tkazish lozim bo`ladi. Chunki, bunday og’irliklar shu bolalarning nafaqat mushak tizimlariga, balki umrtqa pog’onasi, tizza va boldir-panja bo`g’imlariga ham salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin.
4 va 5 svaollar ham aksariyat ijobiy javoblar bilan izohlanmaydi. Mashg’ulotning tayyorgarlik qismida va yosh sportchilarda og’irliklar bilan o`tirib-turish mashqlarini qo`llash fiziologik jahatdan ham, uslubiy-pedagogik jihatdan ham maqsadga muvofiq emas. Bu savollarga 13 ta va 11 ta trener muvofiq ravishda salbiy javob berishdi.
Ma’lumki, jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikni shakllantirishda, ayniqsa tayyorgarlikning dastlabki bosqichida an’anaviy mashqlarni nostandart o`yinsimon mashqlar ustunligida qo`llash ko`p olimlar tomonidan tavsiya etiladi.
6 savol aynan mazkur muammoga mo`ljallangan bo`lib, olingan natijalar respondent-trenerlarning ushbu masalaga deyarli salbiy yondoshishlarini ochib beradi. Chunonchi, yosh futbolchilarni tayyorlash jarayonida 18 ta nafar respondent-trenerlardan faqat 4 tasi sakrovchanlikni rivojlantirishda nosatndart o`yinsimon mashqlardan foydalanar ekanlar. 9 tasi “Yo`q” va 5 tasi “Aniq aytolmayman” degan javobni qayd etishdi. Aytish lozimki, mashg’ulotlar jarayonida jismoniy sifatlarni ayniqsa sakrovchanlik sifatlarini rivojlantirishda faqat an’anaviy mashqlardan foydalanish nafaqat shu sifatlarning rivojlanishini zaiflashtirishi mumkin, balki bolalarni mashg’ulotlarga bo`lgan munosabatini susaytiradi, ularning qiziqishini so`ndiradi va pirovard natijada shug’ullanuvchilarni boshqa sport turlariga yoki o`zga trenerlarga o`tib ketishiga sabab bo`ladi. Binobarin, sakrovchanlik sifatlarini (joydan vertikal sakrash, yugurib kelib vertikal sakrash, yugurib kelib vertikal-dioganal sakrash, sakrash chidamkorligi) samarali rivojlantirish uchun maxsus harakatli o`yinlarni tanlash, ularni futbol xususiyatiga moslab qayta ishlab chiqish va amalda qo`llash ushbu sifatni jadal sur’atlar bilan shakllanishiga asos bo`ladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling