Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти
Download 0.56 Mb.
|
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish
Kuchni tarbiyalash
Insonning kuchi mushaklar kuchi orqalitashqiqarshiliklarni yengish yoki ularga qarshi tura olishida aniqlanadi. Futbolchi doimo o`z toshi va to`p vazni bilan ish tutadi. Boshqacha qilib aytganda u asosan, gavdasi va to`pning inersiyasini bartaraf qilish uchun o`z kuchidan foydalanadi. Harakatning boshlanishi, tezlashtirish, to`xtatish, harakatning yo`nalishini o`zgartirish, sakrash, to`pga zarba berish-mana shu aytib o`tilganlar futbolchining kuchini namoyon qiladigan sifatlardir.Ko`rinib turganidek, hammaholda u dinamik harakatga egadir. Shunday qilib, o`yin faoliyatining xarakteri o`yinda namoyon qilinadigan kuchning rivojlanish darajasi va xususiyatlarini belgilaydi. Ko`p yillik tadqiqotlar yengib o`tiladigan qarshilikning miqdori qanchalik kam bo`lsa mushaklarning qisqarish tezligi ham shuncha ko`p bo`lishini va maksimal kuch me`yorining ahamiyati shuncha kam bo`lishini ko`rsatmoqda. Futbolchiga muayyan miqdordagi kuch zarur bo`ladi, chunki u bu kuchdan qandaydir qisqa vaqt ichida foydalanishi kerak. Mazkur kuch "dinamik kuchdir". Kuchning darajasini ikki omil: ko`ndalang o`tgan mushak me`yorini oshirish va nerv-mushak regulyatsiyasini yaxshilash hisobiga oshirish mumkin ekanligi ma`lum. Shu pozitsiyada turib futbolchilarda kuchni oshirishning maqsadga muvofiqligini ko`rib chiqamiz. Hamma mushaklar morfologik jihatdan qaraganda bir qator dastalaridan to`zilgan kompleksdan iborat bo`lib, har biri juda ko`p tolalardan tarkib topgan har bir tola nerv kurtakchasi- akson bilan bog`langan bo`lib, bu harakatbirligini tashkil qiladi. Ana shu morfologik xususiyati tufayli mushaklar bus-butun holdaham, alohida tomirlar gruppasi holida ham qisqara oladi.Mushaklar bus-butun holdaqisqarmay, balki bir nechtagina harakat birligi hisobiga qisqara olishi harakatlarni koordinatsiya qilishda mushaklar sistemasining muhim xususiyati hisoblanadi. Mushaklararo va mushaklarning ichki koordinatsiyasini futbolchi qanchalik differensial olib borsa, o`z gavdasi va to`pni shunchalik yaxshi boshqara oladi. Aytaylik, ko`ndalang o`tgan mushak me`yorini oshirishga yo`naltirilgan kuchni maxsus mashqlar yordamida rivojlantirishni mo`ljalladik. Bunday holda, maksimal vaznning kamida 60-70 foiz miqdorida og`irlik snaryadlarini ko`tarishdan foydalanish kerak. Og`irliklarni ko`tarishni 2-6 oy mobaynida haftasiga 4-5 marta bir yarim-ikki soatdan trenirovka qilish lozim. Futbol praktikasida, odatda maksimum vazndan 40-50 foiz miqdorida shtanga va shu singari asboblar yordamida kuchni tarbiyalash 1-1,5 oy davom ettiriladiki, bu amalda kuchni oshirmay, mushaklararo koordinatsiyaning yomonlashishiga olib keladi. To`g`ri, bunday trenirovkada absolyut kuch oshadi, ammo ba`zi salbiy oqibatlarga ham olib keladi. Birinchidan, futbolchining toshi ortib ketadi, bu esa yaxshiko`rsatkich sanalmaydi. Ikkinchidan mushaklarning ichki va mushaklararo koordinatsiyasi yomonlashadi. Og`irlik snaryadlari bilan mashqlar bajarish jarayonida mushaklarning o`zida morfologik o`zgarishlar sodir bo`ladi. Doimo kuchli tashqi ta`sirga duch keladigan mushak tolalari bu ta'sirga qarshi turadi. Shu munosabat bilan, bir tomonda, tolalarning bir gruppaga "birlashishi" ro`y beradi; ikkinchi tomondan esa uzoq muddat davom etgan trenirovka ta`siri ostida alohida tolalar har qandaytashqi kuzatishga javoban birgalikda harakatqiladi. Shunday qilib, futbolchi uchun juda zarur bo`lgan qobiliyat, ya`ni nozik differensiatsiyaga javob harakati yo`qoladi. U yoki bu harakatda ishtirok etuvchi harakatlar birligi miqdorini aniq yozib olish imkoniga egamiz, deylik.Kuch mashqlari boshlangunga qadar futbolchiga "chapga soxta harakatqilib, o`ngga to`p bilan ketib qolish" texnik priyomini bajarishni taklif kilamiz. Priyom nihoyatda to`g`ri bajarilganda bu harakatda oyoqmushaklari harakat birligining 50 foizi ishtirok etgani ma`lum bo`ladi. Og`irliklar ko`tarish bilan o`tgan, uzoq davom etgan mashg`ulotlardan keyin unga yana o`sha priyomni bajarishni topshiramiz. Endi priyomni bajarishda 50 foizidan ko`proq harakat birligi ishtirok etar ekan. Shundan texnik priyomning o`zi ham qo`polroq, bajarilar, kuch ham ko`proq sarf bo`lar ekan. Binobarin kuchni oshirib, to`pni ilib borish texnikasini, ya`ni futbolning eng asosiy komponentini yomonlashtirar ekanmiz. Nihoyat, kuch oshgan bilan bu spetsifik harakatlarni bajarish tezligiga ijobiy ta`sir etmasligi mumkin. Shuning uchun kuch tayyorgarligi vositalarini tanlaganda, bajarilmoqchi bo`lgan harakat uchun rivojlantirilayotgan kuchning xususiyati va shartini juda ham aniq bilib olish kerak. Chindan ham, futbolchilar shtangani qo`lda tutgan holda cho`nqayib o`tirar ekan, shtangani yerdan dast ko`tarib olar ekan, uni oyoqda dam ko`tarib, dam tushirar ekan, katta tashqiqarshilik ostida surat jihatidan ham, tuzilishi jihatidan ham musobaqadagidan farqqiladigan mashqlarni bajaradilar. Tadqiqotlar mushaklar "tezkor" va "sust" harakat birligidan iborat ekanligini ko`rsatdi. Shuning uchun ham trenirovkaning yo`nalishi u yoki bu gruppa nerv tolalari aktivligiga ta`sir etishi, oqibatda esa kuch potentsiali ortiqcha bo`lib qolishi mumkin. Nisbiy kuchlarning yuksak darajasi kishi jadal harakatlarda qisqavaqt mobaynida shu kuchni namoyon qila olgandagina samarali bo`ladi. Futbol praktikasida bu ayniqsa to`pga zarba berilganda ko`zga yaqqol tashlanadi. To`pni oyoq mushaklar o`ynab turgan futbolchi relyef mushaklari uncha ko`zga tashlanmayotgan o`yinchiga nisbatan kuchsiz tepadigan hollar uchrab turadi. Bu aftidan mushaklararo koordinatsiya buzilganligi bilan bog`liqbo`lsa kerak. To`pga zarba berilayotganda son orqa yuzasidagi mushak (mushak-antogonist) lar son oldi yuzasi mushaklariga oyoq kaftini maksimal tezlik bilan oldinga "uzatib" yuborishga xalaqit bermaslik uchun oyok kafti to`pga tegish oldidangina harakatga qo`shiladi. Biroq, katta salmoq bilan asta-sekin bajariladigan ishda ikkala gruppa mushaklarining zo`riqishi to`pga zarb berishdek to`satdan bajariladigan harakatga salbiy ta`sir etadi.U yoki bu ixtisos bo`yicha kuchni oshiradigan harakat tuzilishi o`xshash bo`lishi zarur ekanligi yana bir bor tasdiqlanadi. Shunday qilib, futbolchilarda kuch va tezkorlikni uzviy qo`shib olib borish va bunda koordinatsion imkoniyatlarni yomonlashtirmaslik hamda chidamlilikni susaytirmaslikka erishish uchun trenirovkaning shunday vosita va metodlaridan foydalanish zarurki, ular futboldan harakat faoliyati talablariga muvofiq bo`lsin. Futbolchilarda kuch va tezkorlikni tarbiyalashning eng oqilona vositalari, bular o`rin bo`shatish- yengib o`tish xarakterdagi kombinatsiyalashgan dinamik ishlardir. Sakragandan keyin yerga kelib tushishdagi amortizatsiya bunga misol bo`ladi. Bu ishda son oldi yuzasidagi mushaklar cho`ziladi. O`yin faoliyati jarayonida futbolchidan qisqavaqt ichida kuch namoyon qilish talab qilinadi. Turli xil sakrash mashqlari (yugurib kelib va turgan joydan uzunlikka sakrash, klassik uch xatlab sakrash balandlikka sakrash va ayniqsa, kishi 70-110 santimetr balandlikdan chuqurlikka sakrash hamda keyingi harakatlarni darhol, ko`z ochib yumguncha bajarish) futbolchilarning maxsus "portlovchi" kuchlarini oshiruvchi samarali vositalardir. Trenirovka jarayonida sportchi tayanch bilan to`qnashishni tezroq bajarishga e`tibor qilishi muhimdir. Bu shuning uchun zarurki ko`pchilik harakat birligi sportchiga zarurat tug`ildi deguncha bir paytda ishga kirishishga "o`rgatish", ya`ni mushaklar ichki koordinatsiyasini yaxshilashga va shu yo`l bilan ko`ndalang mushaklar kuchliroq bo`lishiga erishish imkonini beradi. Biroq trenirovkada chuqurlikka sakrash qo`llanilar ekan, bunda sakrash balandligini asta oshirib borishni unutmaslik (ammo 110 santimetrdan oshirmaslik) zarur, aks holda amortizatsiya fazasi ancha ortib ketib, kuchning maksimal me`yoriga yomon ta`sir ko`rsatishi mumkin. Tadqiqotlar dinamik kuch trenirovkasi o`rin bushatish- yengib o`tish xarakteridagi mashqlar bilan birgalikda statik kuchga nisbatan dinamik kuchning o`sishiga ijobiy ta`sir qilishini ko`rsatadi. Chunki bu holdaham, odatda mushaklarning musobaqa paytidagi o`xshash ish rejimi qo`llaniladi. Bu vaqtda kuch potensialini yuqori darajagako`tarilmay, balki futbol o`yiniga xos maxsus morfologik va bioximik adaptatsiya ham ta`minlanadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling