Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти


Download 0.56 Mb.
bet20/25
Sana29.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1138493
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish

Tezlikni tarbiyalash
Tezlik deganda juda qisqavaqtda kishining muayyan harakatini amalga oshira olish qobiliyatiko`zda tutiladi. Tezlik to`rt ko`rinishda namoyon bo`ladi:
- reaksiyavaqti;
- yakkaharakatvaqti;
- harakatning maksimal chastotasi;
-harakatning boshlanish tezligi.
Murakkab harakat paytidagi kishi tezligi tezlikning kompleks namoyon bo`lishi bilan birga boshqa omillarga ham (qadamning kattaligiga, siltanish kuchiga va h. k.) bog`liq. Futboldagi tezlik esa maydonda tez harakatqilishdangina iborat bo`lmaydi, shu bilan birga fikrlash tezligi, to`p bilan ishlash tezligi hamdir. Futbol nuqtai nazaridan tezkor bo`lgan o`yinchi raqibni ham vaqt, ham ochiq joyga chiqib olish jihatdan yutadi. Bu nisbatan erkin holda, taktik vazifani muvaffaqiyatli hal eta oladi demak.
Futbolda darvozagacha eng yaqin yo`l ko`pincha to`ppa-to`g`ri bo`lmaydi. Maqsadga erishish, ya`ni darzozaga to`p kiritish uchun o`yinchi maydonda sheriklari va to`pning qayerda ekanligiga qarab joyini o`zgartirib harakatlanib yuradi. O`z navbatida, bu ish yakkama-yakka kurashish asosida ham amalga oshiriladi. Futbolchi katta tezlik bilan borayotib harakat yo`nalishini birdan o`zgartirib yuborishga, gavdani tutib turish qiyinbo`lgan holatda va ko`pincha yakka tayanch holatda qandaydir texnik priyomni va shu singari harakatlarni bajarish uchun doimo tayyor turishi lozim. Shu munosabat bilan futbolchilar o`z gavdalarining og`irlik markazi iloji boricha pastroqda bo`lishiga harakatqilishlari lozim. Shunday qilib, futbolchining tezligi bir butun seriyalardan iboratdir.
Tadqiqotlar futbolchilarning tezkorlik sifatlari quyidagilardan tarkib topishini ko`rsatadi:
1) oddiy vaziyatda start tezligi;
2) murakkab vaziyatda start tezligi;
3) start olish tezligi;
4) mutlaq (pikovoy) tezlik;
5) siltanish-tormoz harakatlari tezligi;
6) texnik priyomni bajarish tezligi;
7) birharakatdan ikkinchisiga o`tish tezligi.
Futbolchining o`yin faoliyatida bularning har birini o`z o`rni bor. Darvoqe, tezlikni namoyon etuvchi hamma formalar nisbatan bir-biriga bog`liq emas.Bu demak, har bir tarkibiy tezlik maxsus yo`nalishdagi ishni talab qiladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling