Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти


Download 0.56 Mb.
bet23/25
Sana29.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1138493
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish

Qayishqoqlikni tarbiyalash
Qayishqoqlik-bu harakatlarni katta amplitudada bajarish qobiliyatidir.qayishqoqlik u yoki bu bo`g`imlardan o`tadigan muskul va paylarning egiluvchanligiga bog`liq. Muskullarning egiluvchanlik xususiyati, o`z navbatida, markaziy nerv sistemasining ta`siri ostida (hissiy kayfiyat ta`sirida egiluvchanlik oshadi), tashki muhitharorati oshgan sari egiluvchanlik ham oshadi, vaqtga nisbatan (ertalab, kechqurungiga nisbatan kamroq) yoshiga qarab o`zgaradi.
Sportchilarning bo`g`imlari yetarli darajada harakatlanib turmasa:
a) harakat malakalarini hosil bo`lishi susayadi;
b) shikastlanish odatdagidan ko`payadi;
v)harakat sifatlarining rivojlanish darajasi to`liq foydalanilmaydi;
g) harakatning amplitudasi cheklansa, bu harakat faoliyati tezligini pasaytiradi va muskullar zo`riqishining oshishiga olib keladi.
Qayishqoqlik faol va passiv turlarga bo`linadi. Passiv qayishqoqlik sherik tomonidan, snaryad, og`ir yuk singari tashqi kuch ta`sirida ro`y beruvchi harakatlar hisobiga bajariladi. Faol qayishqoqlik deganda, bo`g`imdagi maksimal harakatchanlik imkoniyatlari ko`zda tutiladi va uni sportchi mustaqil ravishda, tashqi yordamsiz, faqat o`z muskullari kuchini ishga solish orqali namoyon qilishi mumkin. Passiv harakat muskullarning cho`zilishi bilan, faoli esa- qisqarishi bilan birga yuz beradi.Qayishqoqlik avvalo, muskullarning cho`ziluvchanligiga bog`liq degan fikr bor, shuning uchun ham trenirovkada yuk ko`tarish mashqlaridan, turli balandlikka mahkamlangan oyoq tarafga egilish mashqlaridan foydalaniladi va boshqalar. Tadqiqotlar, ba`zi bir muskullarning oxirigacha qisqarishi va harakatning erishilgan amplitudasini saklab turish qarama-qarshi muskullarning yana ko`proq cho`zilishi uchun qulay sharoit yaratishini ko`rsatmoqda.
Qayishqoqlikni rivojlantirishning eng ma`qul metodi deb, ko`payib boruvchi, statik va kamayib boruvchi hamdaqarama-qarshi muskullar orasidagi normal koordinatsion munosabatlarni shakllantirish imkonini beradigan faol harakatlarni kompleks qo`llanish metodini hisoblash lozim. Bunda ba`zi bir muskullarning qisqarish amplitudasi vaboshqalarning tebranish kengligi orasidagi tafovut ancha ozayadi. Qarama - qarshi muskullar orasidagi bunday o`zaro munosabatlar bo`g`imlarning pishiqligini ta`minlaydi va muskullar shikastlanishini birmuncha kamaytiradi.
Shunday qilib, mashqlarning hamma gruppasini to`g`ri kombinatsiyalash-tirgandagina ishonchli muvaffaqiyatga erishiladi, chunki alohida mashqlar qayishqoqlikka cheklangan darajada ta`sir ko`rsatadi sport praktikasi esa qayishqoqlikdan juda ko`p narsalarni talab qiladi.
Tabiiyki, boshqa sifatlarni rivojlantirigandagi kabi bunda to`plangan mashqlar sportning tanlangan turi talablariga muvofiq kelishi va harakat amplitudasining kengayishiga ko`maklashishi lozim.
Qayishqoqlik mashqlari uchun har kuni 20-30 min.vaqt ajratish zarur.Buning uchun eng qulayvaqt -ertalabki jismoniy tarbiyadir.Qayishqoqlik mashqlari orasidagi tanaffusda yengillashtiruvchi mashqlarni bajarish kerak.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling