Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат унивeрситeти жисмoний маданият факулътeти


Futbolchilar jismoniy sifatlarining o`zaro aloqadorligi


Download 0.56 Mb.
bet24/25
Sana29.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1138493
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
« futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish

Futbolchilar jismoniy sifatlarining o`zaro aloqadorligi
Futbolchidagi jismoniy sifatlarni tarbiyalash ularning garmonik rivojlanishiga olib kelishi kerak, ammo, bu narsa shunday mutanosiblikda bo`lishi kerakki, ular futbolchilarning o`yin faoliyatiga maksimal darajada samara keltirsin. Butun trenirovka jarayoniga singdirilgan g`oya-futbolchi faqat oddiy tezkor yoki kuchli hamdaqayishqoq yoki epchil bo`libgina qolmasligi kerak, degan fikrdir. O`yinchi bu sifatlarning har birini kerak me`yorda aqlan qo`lga kiritsin. Futbolchilar jismoniy sifat va ijrochilik mahoratining o`zaro aloqasida mukammal darajaga intilishlari lozim. Ularning butun fikr-zikri jismoniy sifatlardan shunday asos yaratishga qaratilishi lozimki, bu sifatlar bora-bora o`yin texnikasining takomillashuviga imkon bersin. Bu o`rinda shuni aytish lozimki, yirik gavda tufayli emas, balki o`yin texnikasi hamda idroki bilan o`ynash tufayli ko`pchilik futbolchilar Vatan va jahon futbolining peshqadamlari darajasigacha ko`tarilganlar.
I. Netto va N. Simonyan, V.Ivanov va S Metrevelli, Gorrincha va Didi, Albert va Eysebio, Kest va Kruff- bu mashxur futbolchilar pahlavon zotlar bo`lmagan, biroq o`z gavdalarini yengil idora qila olganlar va to`pni mohirona o`ynaganlar. Aynan yuksak, tezkor va epchillik tufayli mashhur futbolchilar "o`tib bo`lmas" himoyachilar zanjiridan qutilish, birin-ketin texnik priyomlar ko`rsatish bilan o`yinni bezash, to`pni oqilona uzatishga erishganlar. Muvaffaqiyatning garovi texnika va yana texnikadir. Biroq ishning boshqa tomonini ham unutish yaramaydi.Mashhur Venger futbol mutaxassisi S.Kovach bu to`g`rida juda to`g`ri gapirgan edi: "Atletizmning bo`lmasligi yoki yetishmasligini texnika mahorati va o`yinni kollektiv tashkil etishdagi yutuqlar bilan to`ldiriladi. Biroq, atletizmni ehtiyot qilmaslik, uning muhimligini tan olmaslik trenerning eng yomon xatosi bo`lur edi".
Shunday qilib, futbolchining atletizmi deganda jismoniy sifatlarining (tezlik va epchillik ortiq darajada rivojlanganda) shunday aloqasini tushunish kerakki, ya`ni u sportchi o`yin faoliyatining bir qadar samarali bo`lishiga, uning yuqori texnik mahoratga erishuviga ko`maklashsin.
Ana shunda, ya`ni atletizm ijrochilik mahoratini ochib berishga maksimal darajada ko`maklashgandagina futbolchi uchun jismoniy sifatlarning garmonik rivojlanishi to`g`risida gapirsa bo`ladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling