Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети


C# dasturlash tili. C# dasturlash tilida tiplar, o’zgaruvchilar va asosiy operatorlar


Download 133.6 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi133.6 Kb.
#211972
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi dasturlash

C# dasturlash tili.

    1. C# dasturlash tilida tiplar, o’zgaruvchilar va asosiy operatorlar.


C# dasturlash tilida Consol rejimda dastur tuzish uchun yangi loyiha yaratamiz (File/New Project/Visual C#/ Console Application). Ushbu loyihamizni nomlaymiz. Bizga C# kodini yozish uchun yangi oyna ochiladi.Buni kompyuterdagi ketma-ketligi quyidagicha:




1.1-chizma.Yangi loyiha yaratish.

Project types dan Visual С#ni tanlaymiz! Templatesdan esa Console Application ni tanlaymiz. Nom beramiz va ixtiyoriy joyga saqlab qo’yamiz.

Consol rejimida ishlash uchun .NET da Console sinfi ishlatiladi. Bu sinfning afzalligi 2 ta qismdan iborat bo’lib : uning barcha metodlari o’zgarmas, sanoqli bo’lib, uni ishlatish uchun nusxalash shart emas.U kiritish, chiqarish va xatoliklarni chiqarishni o’z ichiga oladi. Odatda kiritish, chiqarish standart Consolda amalga oshiriladi (agar u bo’lmasa, masalan oynali masalalarda chiqarish amalga oshirilmaydi), lekin kiritish va chiqarish oqimlarini o’zgartirish mumkin.Consol bilan ishlashda asosan 4 metod ishlatiladi : Read, Readline, Write, Writeline, birinchi ikkitasi kiritish, qolgani chiqarish metodlari hisoblanadi.

Read metodi.

Read metodi kiritish qurilmalaridan belgini qabul qiladi. U int tipida kiritilgan belgi kodini qaytaradi va hech narsa kiritilmagan bo’lsa, -1 ni qaytaradi.

Masalan:

int i = Console.Read(); Console.WriteLine(i) ;

Bu dastur kiritilgan belgi kodini ekranga chiqarib beradi. Readline metodi.

Readline metodi kiritish qurilmalaridan matnning satrini qabul qiladi (uning qiymati keyingi satrga o’tish belgisi bilan tugaydi ). U string tipidagi qiymat yoki null (agar kiritish amalga oshmagan bo’lsa) qiymatini qaytaradi.

Masalan:


string s = Console.ReadLine(); Console.WriteLine("Kiritilgan satr : " + s) ; Write va Writeline metodlari.

Write metodi unga yuborilgan o’zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarish vazifasini bajaradi. U string tipini qabul qiladi. U barcha bazali tiplar uchun ishlaydi. Shuning uchun uni parametr sifatida chaqirish mumkin.



using System; using System.Text; namespace _1_misol

{

class Program

{
static void Main(string[] args)

{
Console.Write(" Hammaga salom !!!"); Console.ReadKey();

}

}

}



Natija:

Ekranga : Hammaga salom !!! satri chiqadi.

Satrga o’zgaruvchi qiymatini qo’shib e‘lon qilish uchun quyidagi kodni yozish kifoya :



Console.Write(" Hammaga salom !!!", I) ; yoki Console.Write(" Hammaga salom !!!"+ I);

Writeline metodining farqi shundaki, u keyingi (yangi) satrdan boshlab o’ziga yuborilgan o’zgaruvchi qiymatini ekranga chiqarib beradi.

Endi ushbu metodlarga misolni kodini to’liq keltiramiz: Masalan:

using System; using System.Text;

namespace fibonachi

{
class Program

{
static void Main(string[] args)

{
int i = 0, k = 1, n, j = 1;

Console.Write("son kiritng ! N="); n = int.Parse(Console.ReadLine()); while (k <= n)

{ Console.Write(+k + " "); k = i + j; i = j; j = k; } Console.ReadKey();

}

}

}


Bu dastur fibanachi sonlarini chiqaradi.

N=2 1 1 2




Download 133.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling