Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги денов тадбиркорлик ва педагогика институти
Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllanishi
Download 339.09 Kb.
|
referat Nobank kredit tashkilotlari
Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllanishi.
Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontseptsiyasi 1850 yilda Germaniyada, aholining kam ta`minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo`lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German SHultse-Delich va kredit uyushmalari faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo`lib bayon etgan hamda keyinroq kredit uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko`mak bergan Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng bu inson birinchi bo`lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va keyinchalik KREDIT UYUSHMALARI ASSOTSIATSIYASINI tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta`minlash bilan shug’ullangan. Kredit uyushmalari – kooperativ moliya tashkiloti bo`lib, u uyushma a`zolariga tegishli va ularga demokratik printsiplar asosida xizmat ko`rsatadi. Kredit uyushmasining maqsadi jamg’armalarni jalb qilish, umumiy mablag’lardan a`zolarga kreditlar berishda foydalanish va uyushma a`zolarining moliyaviy ahvolini yaxshilovchi boshqa moliya xizmatlarini ko`rsatishdan iborat. Kredit uyushmalarni ro`yxatdan o`tkazish va litsenziya berishni amalga oshiruvchi organ bo`lib “Markaziy bank tug’risida”gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. YUkorida aytilganidek, kredit uyushmalarining asosiy maksadi bo`lib o`zining a`zolariga yuqori sifatli va tezkor hizmatlar ko`rsatishdan iboratdir. Markaziy bank to`g’risidagi qonunga, “Kredit uyushmalari to`g’risida”gi qonunga ko`ra kredit uyushmalari faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tartibga soladi. U kredit uyushmalari uchun majburiy bo`lgan moliya operatsiyalarini o`tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini belgilaydi. 298 Quyidagi xujjatlar kredit uyushmalari faoliyatini tartibga soladi: ➢O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi; ➢O`zbekiston Respublikasi “Kredit uyushmalari tug’risida”gi qonuni; ➢O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining me`yoriy hujjatlari. Kredit uyushmasining ta`sis hujjati bo`lib uning ustavi hisoblanadi. Ustav kredit uyushmasi muassislarining umumiy yig’ilishida qabul qilinishi kerak. Kredit uyushmasi a`zosi, auditor, istalgan manfaatdor shaxsning talabiga ko`ra kredit uyushmasi unga ustav bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan kredit uyushmasi o`z ishtirokchilariga moliyaviy mahsulot va xizmatlar taqdim etadi – ya`ni, u siyosat yoki hukumatga emas, balki ishtirokchilarga mo`ljallangan. Kredit uyushmasining faoliyati moliyaviy subsidiyalarga bog’liq emas. Kreditlash uchun mo`ljallangan mablag’larning asosiy manbai jamg’arma depozitlari hisoblanadi. Ushbu mablag’larning o`sishi jamg’armalarni safarbar qilishning o`sishiga, kredit uyushmasining ichida esa – kapitallashtirish (taqsimlanmagan foyda) orqali o`sishga bog’liqdir. Kredit uyushmasi (KU) kooperativ bo`lib, unga a`zo bo`lgan har bir kishi uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay hisob varag’ingiz sizning “ulushingiz”ni bildiradi. Biroq pay badallari birjadagi kursi o`sishi yoki tushib ketishi mumkin bo`lgan aktsiyalardan farq qiladi. Pay badallari hisob varaqlari bo`yicha dividendlar to`lanadi. Kredit uyushmasi kooperativ bo`lganligi sababli u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina taqsimlay oladi. Download 339.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling