Ijtimoiy ishning majmuaviy-yo‘naltirilgan modellariIjtimoiy ish amaliyoti va nazariyasida fanlararo va integrativ tendensiyalarning kuchayishi ijtimoiy ishning kompleks modellarini topishni dolzarb qilib, bu ko‘p tomonlama ijtimoiy muammolarni hal qilish imkonini beradi. Ular orasida: rolli model , ijtimoiy-pedagogik model, kognitivmodel, hayot kuchlari konsepsiyasi modellari mavjud.
Rolli model psixologik va sotsiologik bilimlarni integratsiyasida tuzilgan (Ya.Moreno, Dj.G.Mid). Ijtimoiy yordam jarayonining asosi psixologik bilimga eng avvalo shaxsning ahamiyatini tushunishga asoslanadi. Mazkur modelda shaxsiy ahamiyat to‘g‘risidagi tasavvurlardan foydalaniladi:odamlar o‘z xulqini individual-psixologik bilim, model, sxemelarga mos qili tuzadilar. Mazkur model oldingi tajribani hisobga olgan holda o‘zini qanday tutishi va rivojlantirishi, hayotdagi o‘zining ahamiyati to‘g‘risida tushunchalarni shakllantirish jarayoni va dolzarb hodisalar mohiyatini anglash kabi masalalar bilan bog‘liq mijozning muammolarini o‘z ichiga oladi. Turli tartibdagi rollarni bajarib, inson ular o‘rtasida ziddiyatga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda ijtimoiy xodimning yordami muhim sanaladi. Bu nazariya ijtimoiy xodim uchun ijtimoiy tushuntirish shakli bo‘lib, shuningdek mijozni ijtimoiy o‘qitish, axloqini tuzatish, moslashuvchanligini oshirish vositasi bo‘ladi. Bu nazariyaga asoslangan texnologiyalar variantlari:psixodrama. Guruhli muhokama qilish, rolni uzatish, guruhli terapiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |