2. Rolli va kommunikativ modellar psixologik va sotsiologik bilimlar integarutsiyasida tuzilib, ammo ijtimoiy yordam jarayonining nazariy asosi asosan psixologik bilimga eng avvalo shaxs o‘rnini tushunishga asoslanadi.
Rollar u yoki bu guruhga tegishli insonlarning javobgarligi va majburiyatlarini tushuntirishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular o‘z a'zolari xulqi va maqsadlarini shakllantirish imkonini berib, ma'lum ijtimoiy me'yor va ijtimoiy tuzilmalarga javob beruvchi faoliyatni ko‘rsatadi. Ammo rollar teskari tomon salohiyatiga ega turli tartibdagi rollarni bajarib inson ular o‘rtasidagi ziddiyatga borishi mumkin. Rol ziddiyati- qandaydir mos kelmagan shaklda guruh a'zolari qabul qiluvchi rollarga asoslangan stress..31
Mos kelmaslikning turlicha shakllari bir qator oqibatlarga, eng avvalo ijtimoiy o‘zaro munosabatlarning qiyinlashishiga olib keladi..
Rollar doimo turli shakllardagi aloqada amalga oshadi. Shuning uchun rol va kommunikativ modellar bog‘liq holda ko‘rib chiqilmaydi. Kommunikativ model rol muammolaridan tashqari ijtimoiy ish asosini holatlarni ham hisobga olib, shuningdek kommunikatsiya jarayonida inson xulqining modellarini ajratish ham ko‘rib chiqiladi.
Ijtimoiy ishning rol va kommunikativ modellari insonlarning aloqa masalalari bilan bog‘liq muammolarga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy xodim oldida ijtimoiy o‘qitish, xulqni tuzatish, mijoz moslashuvchanligini oshirish masalalari turadi. Texnologik miqyosda axloq namunalarini o‘zlashtirish uslublari, insonlarning muloqot modellari, eng ahamiyatli sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |