Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги
Tizimli modellarning xususiyatlari
Download 159.54 Kb.
|
Мажмуа. Ижтимоий иш назарияси 1
Tizimli modellarning xususiyatlari. 1970 y. ma'rifatchilar ijtimoiy ishning yagona yondashuvini rivojlantirish uchun asos sifatida tizim nazariyasiga e'tibor qaratishdi. Tizim knsepsiyasi insonlarning bir-biriga ta'sir ko‘rsatish usuliga nisbatan qo‘llandi. Odamlar o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun insoniy tizimga bog‘liqligi nazariyasi yaratildi. Odamlar norasmiy tizimlar masalan. Oila, do‘stlar va jamoa, shuningdek rasmiy tizimlar klub va kasaba uyushmalari, maktab va tashkilotlar kabi jamoat tizimlarining yuir qismi bo‘ldi.Odamlar uchun ularning tizimi buzliganda yoki avvalgidek yetarli resurslar yaratmaganda muammolar paydo bo‘ladi. Ijtimoiy xodimning bunday yondashuvdagi o‘rni mijoz tegishli bo‘lgan turli tizimlarni aniqlash, bunday tizim muammolarini tahlil qilishdir. Ijtimoiy xodimning vazifasi mijozning yana ishlash tizimini qo‘yish, tizimdagi insonlar va resurslar o‘rtasidagi ta'sirni o‘zgartirishdir. Buning ustunligi ijtimoiy xodimdan mijozni katta kuchga ega maxsulot sifatida ko‘rishni talab qilishidir.
Tizimli yondashuv ijtimoiy xodimning oila munosabatlaridagi tushunchalariga ham ta'sir ko‘rsatadi. Bunday tamroqlar ijtimoiy ishda foydalanilib, ijtimoiy xodim va mijozni zanjir sifatida ko‘radi. Tizimli yondashuv shuningdek o‘zini tartibga soluvchi tizim sifatida oilani ko‘rish uchun asosni ta'minlaydi, bu belgilangan qoidalar asosida ishlaydi. Ijtimoiy xodimlar va oilaviy terapevtlar oilaviy tizim moslashuvchanlik qobiliyatini va atrofdagi o‘zgarishlarga tadbirlarni amalga oshiradilar. Yopiq tizim bo‘lgan oila moslashuning samarasiz yo‘llarida rivojlanmaydi. Qiyin hayotiy holatga duch kelgan inson ijtimoiy tizimning maxsus elementi sanaladi. Ijtimoiy himoya muammosini hal qilish va insonlarni qo‘llab-quvvatlash tizimni tartibga solish va takomillashtirishga tayanadi. Bunda ijtimoiy xodimning vazifalari ikkiga bo‘linadi: ular bir tomondan insonlarga yordam ko‘rsatuvchi tashkilot va idoralar faoliyatini yaxshilash bilan bog‘liq, boshqa tomondan o‘zini tartibga soluvchi tizim sifatida inson salohiyatini faollashtirishni nazarda tutadi. Shundan kelib chiqib tizim nazariyasida ikkita katta yo‘nalish ajratiladi– funksionalizm, mijozga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan, va konstruktivizm, bunda ijtimoiy xodim va mijoz o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarni shakllantirish. Bunda ijtimoiy xizmat maqsadli tizim sifatida ko‘riladi. Bunday elementlardan biri mijozning ijtimoiy muhiti bo‘lib, shuning uchun tizim nazariyasi ekologik ijtimoiy xizmat modeliga ajratiladi.
Download 159.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling