Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Download 159.54 Kb.
bet31/58
Sana13.12.2021
Hajmi159.54 Kb.
#180614
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
Bog'liq
Мажмуа. Ижтимоий иш назарияси 1

Psixosotsial model psixodinamik nazariya va tizim nazariyasi asosiga quriladi. Bu modelning asosi shved olimlari G.Bernlerom va L.Yunsson tomonidan keltirilgan. Psixosotsial xizmat ijtimoiy xizmatning barcha usullari uchun umumiy tushuncha bo‘lib, individ, oila va guruh munosabatlarida ichki va tashqi muammolarni hal qilishga yordam berishda qo‘llaniladi. Ijtimoiy xodim oldida psixosotsial muammolar sababini yaratuvchi sharoit va jarayonlarni anglash vazifasi turadi. Buning uchun birinchi navbatda inson va muhitning o‘zaro munosabatiga e'tibor qaratish kerak.33

.Tushunchadan kelib chiqib maqsadli faoliyat modeli tuziladi, bu inson va uning atrofi o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga olib kelishi kerak.

Ijtimoiy ishga nazariy yondashuvlar orasida tavofutlar borligiga qaramasdan turli modellarning umumiy xususiyatlari aniqlanadi. Ijtimoiy ishning u yoki bu nazariy asosi ijtimoiy ishning predmet sohasi, uslublari, tamoyillari, mazmunini aniqlashga ta'sir ko‘rsatadi, ammo ijtimoiy ishning har birida ijobiy natijaga erishish mumkin. Buning asosiy sharti ijtimoiy xodim shaxs va amaliyot xususiyatini hisobga olib, ish uchun eng yaxshi nazariyalarni tanlashi kerak.


Download 159.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling