38
ballik, sariq rangdagi konvertlarda 2 ballik, yashil rangdagi konvertlarda 3
ballik
savollar mavjud (Savollar qiyinlik darajasiga qarab tuzilgan). Xar bir kichik
guruhlardan vakillari chiqib, oʻz imkoniyatlarini bilgan holda savollarni tanlaydi va oʻz
javoblarini beradilar. Agarda savolga toʻgʻri
javob berishsa, tanlangan konvert
rangidagi ball boʻyicha ragʻbatlantirilib,
javob bera olishmasa, ball berilmay, oʻyin
soʻngida guruhlarning umumiy toʻplagan ballari hisoblanadi. Oʻyin gʻoliblari e‘lon
qilinayotgan vaqtda guruh oʻquvchilari tanlagan savollar soni bilan toʻplangan ballar
soni solishtiriladi.Savollar soniga nisbatan, toʻplagan ballari maksimall boʻlgan guruh
“Iqtisodchi guruh” deb tanlanib, guruh oʻquvchilari ragʻbatlantiriladi.
Oʻtilgan
mavzularni takrorlashda”Doim olgʻa!” oʻyinini qoʻllash.
“Doim olgʻa!”
oʻyinining borishi: Doska oldiga xar bir kichik guruhlardan bittadan vakil chiqarilib,
bir toʻgʻri chiziq boʻylab joylashtiriladi. Ishtirokchilarga bob yoki boʻlim boʻyicha
egallagan bilimlaridan asosiy ta’rif, qoida yoki qonunlarni navbatma-navbat aytib,
bellashishlari ta’kidlanadi. Vazifani bajarishda sukut saqlab qolgan, yoki notoʻgʻri fikr
aytgan oʻquvchi oʻz oʻrnida qolib, qolgan qatnashchilar bir qadam oldinga yuradilar.
Oʻyin shu zaylda davom etadi va eng koʻp qadam tashlagan oʻquvchi ragʻbatlantirilib,
oʻz guruhi uchun “Ragʻbat” kartochkasiga ega boʻladi.
Yangi mavzuni oʻrganishda “Muammolar” oʻyinini qoʻllash.
“Muammolar”
oʻyinining borishi: Kichik guruhlarga yangi mavzu boʻyicha ma’ruza
matni
tarqatiliadi va mavzuga muammo sifatida qaralib, mavzu boʻyicha
muammo osti
muammolarni ajratish vazifa qilib beriladi. Kim koʻp muammoli savolarini yozsa,
oʻsha guruh ragʻbatlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: