Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI Kudratov K.K. – TDPU, Aliyeva Moxira
Список литературы
1. Компьютерные технологии в высшем образовании: Сб.ст. / Редкол.: А.Н. Тихонов и др.. -М.: МГУ, 1994.-369 с.:ил.138 2. Черемных Ю.Н. О компьютеризации обучения студентов //Вест. Моск. ун-та. Сер.6, Экономика.-1989.-№5.-С.79-87.- Библиогр. в примеч. MUSTAQIL TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI Kudratov K.K. – TDPU, Aliyeva Moxira - TDPU M-401 guruh talabasi Ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik ta’lim texnologiyalarini, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali 109 sohalardagi mavjud talabga alohida e’tibor qaratgan holda o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash, undan oqilana va samarali foydalanishni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv - metodik adabiyotlarni takomillashtirish kabilar chizmachilik fani bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ish uchun metodik tavsiyalarni ishlab chiqish talabalarning nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari holatda mustaqil bilim ko‘nikmalarini egallashlari uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, talabalarning mustaqil ishlashi o‘quv jarayonining ajralmas bir qismidir. Hozirgi vaqtda o‘quv jarayonlarida mustaqil ishlashning turli metodlaridan samarali foydalanilmoqda, chunki u ma’lum tayyorgarlik masalalarini bilim olishning mustaqqilligini va bilish masalalarini hal qilishning keng tarqalgan usullaridan biri bo‘lib kelmoqda. Talalabalarning mustaqil ish mavzularini tuzishda dasturda ajratilgan soatga e’tibor berish kerak hamda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida o‘tilgan mavzularning davomi bo‘lib qolmay, biroz yo‘nalitradigan, mantiqiy fikrlaydigan mashq va masalalardan iborat bo‘lishi lozimdir. Mustaqil ishlar talabaning ilmiy izlanishiga, ohirgi adabiyot yangiliklaridan foydalanishga va quyidagi fikrlarga undovchi: mazkur masalani bir necha usulda yeching, mumkin bo‘lgan ikki javobdan eng maqbulini tanlang, qulay yoki yechimi onson usulda ishlang va boshqa qo‘shimcha yo‘nalishlar berish zarur deb hisoblaymiz. Talabalar nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda o‘rgangan masalarlarga o‘xshash masalalarni mustaqil ishlasa, hamda masala yechishda boshqa usullardan foydalansa, yechilgan masala javobini tahlil qilib ularning yechimi bittadan ko‘p bo‘lishi mumkinligini aniqlasa, masalarni har hil variantlarini ishlab ko‘rsalar, shubhasiz mustaqil ish samaradorligi oshadi. Mustaqil ish talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlanishiga, umumiy dunyo qarashini kengaytirishga, mustaqil fikrlashga, fanga nisbatan qiziqishining ortishiga va o‘quv adabiyotlari bilan ishlashni o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib, ularning bilim va malakalarini amalda qo‘llash imkoniyatini ham beradi. Talabaning mustaqil ish degan tushunchasi, uning auditoriya va undan tashqarida, o‘qituvchi rahbarligi ostida yoki o‘qituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil ish majmuasini anglatadi. Bunday majmuaga ma’ruza matnlari, darsliklar, o‘quv va metodik adabiyotlar, topshiriq va vazifalar banki, fanning axborot bazalari va boshqalar kiradi. O‘quv metodik adabiyotlar faqat axborot berishgina emas balki tashkiliy-nazorat qilish vazifalarni ham bajarishi kerak. Bu soxada talabalarning mustaqil ishlari uchun turli metodik ishlar qilinmoqda. Ulardan biri elektron darslik yoki qo‘llanmalarning yaratilishidir. Elektron darslikning mohiyati shundan iboratki, u elektron diskga yozilgan bo‘lib, kompyuterdan o‘qiladi va pog‘onali tushuntirish usuliga asoslangan. Masalan, ma’lum mavzu bo‘yicha asosiy material bayon etilayotganda undagi ba’zi termin, so‘z, ibora yoki ma’lumotnomalik material qandaydir sabab bilan o‘quvchining xotirasidan ko‘tarilgan bo‘lsa o‘quvchi uni qayta takrorlab, tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar uning ichida xam tushunarsiz so‘z chiqib qolsa shu yerdan bu yangi so‘zning 110 izoxini xam olish mumkin. Bunday usul an’anaviy adabiyotlarimizda xam bor, faqat unda saxifada uchraydigan izoh talab qiluvchi so‘z belgilanib, izox shu saxifaning pastki qismida berilgan bo‘ladi. Lekin bu masalada kompyuterning imkoniyati kattadir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling