Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги
Download 467.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Lagapet
- Bu sahifa navigatsiya:
- ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ ДЕФЕКТОЛОГИЯ ФАКУЛЬТЕТИ
- Mundarija Kirish I BOB. Muammoni о„rganishni ilmiy-nazariy asoslari. 1.1
- 2.1. Duduqlanuvchi bolalarni kо„rikdan о„tkazish.
- Xulosa Adabiyotlar rо„yxati
- Kirish
- Tadqiqot maqsadi.
- Tadqiqot obyekti
- Tadqiqotning metodologik asosi
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ ДЕФЕКТОЛОГИЯ ФАКУЛЬТЕТИ
Ҳимояга рухсат этилсин Дефектология касбий қайта тайёрлаш курси раҳбари ________________ п.ф.н. доц. Л.Нурмухамедова «____» __________ 2013 й. Ҳимояга рухсат этилсин «Коррекцион педагогика» кафедраси мудири ____________ п.ф.н.,доц. Ш.М.Амирсаидова «____» __________ 2013 й.
БИТИРУВ МАЛАКАВИЙ ИШИ Логопедия мутахассислиги Мавзу:
Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish usullari Бажарди : Тошматова М Илмий раҳбар: Пўлатова Х.М
Kirish I BOB. Muammoni о„rganishni ilmiy-nazariy asoslari. 1.1 Muammoni о‗rganish yuzasidan pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlar taxlili.
Bolalarda duduqlanishni kelib chiqish sabablari turlari. I BOB yuzasidan xulosa
2.2. Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni tekshirish metodikasi. 2.3. Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni tekshirish natijalari. II BOB yuzasidan xulosa III BOB. Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirishni takomillashtirish (tavsiyalar berish). 3.1. Duduqlanuvchi bolalar bilan korreksion ishning vazifalari. 3.2. Duduqlanuvchi bolalarda о‗yinlar orqali mustaqil nutqni rivojlantirish. Xulosa Adabiyotlar rо„yxati
Kirish Har tomonlama rivojlangan barkamol inson shaxsini shakllantirish davrimizning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning ilmiy salohiyati, iste‘dodi, mustaqil fikrlashiga bevosita bog‗liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega barkamol va ma‘naviy yetuk shaxslarni tarbiyalab yetishtirish vazifasi, davlatimiz siyosatining ustivor yо‗nalish darajasiga kо‗tarilgan. Prezidentimiz tomonidan 2012 yilni ―Mustahkam oila yili‖ deb e‘lon qilinishi va Davlat dasturini ishlab chiqishi mazmunida yosh avlodni jismonan sog‗lom, aqlan teran, ma‘naviy yetuk, ya‘ni xar tomonlma rivojlangan komil inson bо‗lib yetishishiga jiddiy e‘tibor qaratilgan. Bu о‗rinda alohida yordamga muxtoj bо‗lgan bolalarni sog‗lomlashtirish, ularni sog‗lom tengdoshlar qatoriga qо‗shish, ijtimoiy moddiy jixatdan qо‗llab quvvatlash, mustaqil hayotga tayyorlash barcha tengdoshlari qatorida ta‘lim tarbiya berish, korreksion pedagogik, psixologik yordamni kо‗rsatish kabi masalalar davlat dasturida alohida qayd etilgan. 1
Milliy istiqlol g‗oyalari va tamoyillariga asoslangan holda jamiyatimizning mustaqillik yillarida kuzatilayotgan taraqqiyot tajribasi davomida, ijtimoiy hayotning muhim arkibiy qismi sifatida, barcha sohalar qatorida maxsus ta‘lim-tarbiya jarayoni va uning mazmuni takomillashtirish davr talabiga aylanmoqda. О‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi qonuni va ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖, О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ―Davlat maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi 2010 yil 18 iyun 117-son Qarori, va shu asosida yangi tahririda tuzilgan ―Davlat maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalari tо‗g‗risida Nizom‖ning qabul
1 I.A.Karimov. ―Barkamol avlod yili‖ Davlat dasturi. Toshkent 2010y
qilinishi maxsus ta‘lim soxasida amalga oshirilishi zarurat hisoblangan vazifalar turibdi. Davlatimizning qator konun va qarorlarida jamiyatimizning bо‗lagi bо‗lgan alohida yordamga muxtoj bolalarni ijtimoiy qо‗llash ularga ta‘lim-tarbiya berish, kasb xunarga о‗rgatish sog‗lom bolalar qatoridan о‗zini olib о‗z qobiliyati va imkoniyatlarini kо‗rsata olishga ma‘naviy kamol toptirishga asos soluvchi chora- tadbirlar alohida e‘tirof etilgan. Jismoniy va ruxiy rivojlanishda nuqsoni bо‗lgan bolalarni ijtimoiy qо‗llab- quvvatlash ta‘lim tarbiya tizimi va mazmuni davr talabi darajasida takomillashtirish ularni kasb-hunarga о‗rgatish, sog‗lom jamiyatda integrallash masalasiga davlatimiz tomonidan jiddiy e‘tibor qaratilmoqda. Alohida ehtiyojli bolalari ilk yoshdan ta‘limga tayyorlash psixologik-tibbiy pedagogik yordamlarni kompleks yо‗naltirilgan holda olib borish masalalariga kо‗proq e‘tibor berilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov milliy axborot agentligi muxbirlarining savollariga javoblarida ―Hozirgi eng muxim, eng dolzarb vazifalarimiz jamiyatimiz a‘zolarini avval yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g‗oya, milliy mafkura о‗z vataniga mehr sadoqat tuyg‗usini uyg‗otish, о‗zligini anglash milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir‖ deb alohida takidladilar. Prezidentimiz I.A. Karimovning 2013 yil ―Obod turmush‖ yili davlat dasturining amalga oshirilishi yuzasidan qilgan dokladlarida va О‗zbekiston Konstitusiyasining 21 yilligiga bag‗ishlangan ma‘ruzalarida kelayotgan 2014 yilni ―Sog‗lom bola‖ yili deb e‘lon qilinishi shu maqsadda sog‗lom bola sog‗lom ota ona oilasida vujudga kelishini va bо‗lajak onaning tug‗ilayotgan farzandining rivojlanishi uchun shart sharoitlar yaratib berish, onalik va bolalikni himoya qilish, sog‗lom muhit tarzini yaratishni davlatimiz tomonidan boshqarilishini vazifalari ishlab chiqarilishini о‗z ma‘ruzalarida ta‘kidlab о‗tdilar. Shunga kо‗ra bolaning ilk rivojlanish davridan boshlab va xomiladorlik davridan onaga g‗amxо‗rlik qilish keyinchalik bolalarda uchrab turadigan nutq kamchiliklarini oldini olishga imkon beradi.
Bola nutqidagi kamchiliklar о‗zgalar nutqini tushinishdagi qiyinchilik ularni atrofdagilar bilan muloqatda bо‗lishi о‗z tengqurlariga qо‗shilib ketishini qiyinlashtiradi. Nutq tafakkur kо‗ra olish bо‗lganligi sababli bola ulg‗aygan sari atrof muxitdagi tasavvurlari shakillanadi va uni aks ettirish sо‗z lug‗ati orqali takomillashib boradi. Nutqning rivojlanishda ta‘lim-tarbiya ijtimoiy hamda biolagik omillarning ta‘siri ham kattadir. Buyuk mutaffakirlarimiz Yusuf Xos Hojib odob, axloq ta‘lim- tarbiya hamda ma‘naviy kamolotning yо‗l-yо‗riqlarini qomusiy asari ―Qutadg‗u-blig‖ asarida bilim zakovat soxibi bо‗lishining asosiy kalitini til bayon qiladi. Til tufayli kishi о‗z bilimi, aql idrokini, zakovotini til, sо‗z orqali bildiradi degan fikrlarini uqtiradilar. Nutq faqat inson uchun xos bо‗lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta‘sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi о‗z fikrini bayon etish uchun zarur bо‗lgan sо‗zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‗laydi va nutq a‘zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi. Odam nutqi tushunarli va ma‘noli bо‗lishi uchun nutq a‘zolarining xarakatlari aniq va tо‗g‗ri bо‗lishi kerak. Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta salbiy ta‘sir kо‗rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og‗ir ruxiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bо‗ladi. Masalan, ayrim sо‗zlarning notо‗g‗ri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qо‗yishi bilan birga uni atrofdagilar bilan muomala qilishda qiynab qо‗yadi, u gapirganda о‗z fikrini tо‗la anglata olmaydi. Nutq kamchiliklarining og‗ir turlariga duduqlanish nutq nuqsoni kiradi. Nutq qobiliyatining rivojlanmaganligi nutq maromi (sur‘ati tezligi) shuningdek, ifodali qilib gapirish, о‗qish malakasi bilan ham belgilanadi. Duduqlanish nutq nuqsonida nutq sur‘ati, maromi va ravonligi buzilishi bilan ta‘riflanadi. Bunda
nutqning kommunikativ funksiyasi izdan chiqadi, ya‘ni aloqa vositasi bо‗lmay qoladi. Duduqlanishda asosan nutq apparati muskullarining ravon ishlay olmasligi paylar tolalarning tortishib qolishi sabab bо‗ladi. Chet el va rus olimlarining ta‘kidlashicha dunyo bolalarining 2% da duduqlanish nuqsoni kuzatiladi. Bola tilining grammatik tuzilishini kattalarga taqlid etish yо‗li bilan asta-sekin о‗zlashtirib boradi, sо‗zlari ma‘lum tartibda joylashgan gaplarni о‗rganadi. О‗z fikrlarini atrofdagilarga ma‘noli nutq orqali ifodalay boshlaydilar. Bolaning о‗zlashtirish qobiliyati bu davrda nihoyatda kuchli bо‗ladi, ma‘suliyat о‗z-о‗ziga talabchanlik ortib boradi. Biroq, ba‘zi bolalarning nutq sur‘ati, maromi, ravonligi buziladi. Ular duduqlanib (tutilib) tovush bо‗g‗in sо‗zlarini qayta-qayta takrorlab, yoki aksincha tо‗xtab qolib, sо‗ngra zо‗r kuch bilan qiynalib talaffuz etadilar. XIX asr boshlarida qator fransuz tadqiqotchilari duduqlanishni kelib chiqishini uning nutq apparatining va markaziy bо‗limlari faoliyatidagi turli og‗ishlar bilan bog‗lab tushuntiradilar. XX asrning 30 va keyingi 50- 60 yillarida duduqlanish mexanizmini I.P. Pavlovning inson oliy nerv faoliyati va qisman nevroz mexanizmi haqidagi ta‘limotlariga suyangan holda kо‗ra chiqa boshlangan. Bunda tadqiqotchilar duduqlanishni nevroz alomati tarzida (Y.A. Florenskaya, Y.A. Povorinskiy va boshqalar) duduqlanishni boshqa formalarini (V.A. Gilyarovsiy, M.B. Xvatsev, I.P. Povarnin, N.I. Jinkin, V.S. Kachergina va boshqalar) talqin qilganlar. Duduqlangan bolalarda xulq atvorida ham umumiy holatida ham ma‘lum о‗zgarishlar kuzatiladi. Arzimagan narsalardan xafa bо‗lish, injiqlik, qо‗rqish alomatlari paydo bо‗ladi. Bunday ruhiy hodisalar duduqlanishni kuchaytiradi. Ba‘zi bolalarning kamgap bо‗lib qolishiga sabab bо‗ladi. Buni shifokorlar nevroz sо‗zi bilan yuritadilar. Duduqlanish nutq nuqsoni bilan chet el va rus olimlari shug‗ullanganlar hozirgi kunda duduqlanish nutq nuqsonini logopedik mashqlar sistemasi asosida bartaraf etish usullari ishlab chiqilgan maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchi bolalar bilan S.A. Mironova, G.A. Volkova, V.I. Seliverstov, N.A. Chevelyova va boshqalar maktab yoshidagi bolalar bilan A.V. Yastrebova, R.YE. Levina , N.A.
Chevelyova, S.M. Lyubinskaya, V.I. Selevyorstev va boshqalar о‗smirlar va katta yoshdagi duduqlanuvchilarda I.Y. Ableyeva, L.YE. Andryonova, A.Y. Yevgenova, M.V. Smirnova va boshqalar korreksion ishlar sistemalarini va kompleks davolash ishlarini ishlab chiqqanlar. О‗zbekiston Respublikasida L.R. Muminova ―Tutilib gapiruvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning pedagogik asoslari‖, ―Tutilib gapiruvchi о‗smirlar uchun qо‗llanma‖, (1984)lari mavjud. Bizning muammo yuzasidan adabiyotlarning о‗zbek tilida yetarli darajada emasligi mavzuimizni dolzarbligini bildiradi. Tadqiqot maqsadi. Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish usullarini о‗rganish (tavsiyalar ishlab chiqish)
- Muammo yuzasidan pedagogik-psixologik va maxsus adabiyotlar tahlili. - Duduqlanuvchi bolalar nutqini о‗rganish, logoped, tarbiyachi va ota-onalar bilan suhbat о‗tkazish. - Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni tekshirish. - Duduqlanuvchi bolalar mustaqil nutqini rivojlantirishni takomillashtirish (tavsiyalar berish).
- 5-6 yoshli maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchi bolalar. Tadqiqot predmeti Duduqlanuvchi bolalar mustaqil nutqini tekshirish jarayoni. Tadqiqot metodlari - Muammo yuzasidan pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlar tahlili. - Pedagogik jarayonini kuzatish va tahlil qilish. - Mmaxsus maktabgacha ta‘lim muassasasi-reja hisobot xujjatlarini va tarbiyalanuvchilarning tibbiy-pedagogik xujjatlarini о‗rganish.
- Maxsus muassasadagi tajribali logoped, tarbiyachilarni ota-onalar bilan ishlash ish rejalarini о‗rganish. - Ota-onalar bilan suhbat о‗tkazish, pedagogik jarayonini tahlil qilish. Tadqiqotning metodologik asosi О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi (2012; 2013 yil), О‗zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi Qonuni (1997yil), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ―Milliy istiqlol g‗oyasi va mafkurasi‖, ―Ma‘naviyat haqidagi g‗oyalari‖, Davlat ta‘lim standarti, Barkamol avlod davlat dasturi, I.A.Karimovning barkamol avlod tarbiyasiga oid asarlari va nutqlari, Vazirlar Maxkamasi tomonidan qabul qilingan Davlat Dasturlari, О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Sharq mutafakkirlarining ma‘naviyat va milliy о‗zlikni anglash komil insonni tarbiyalash haqidagi falsafiy va axloqiy qarashlari, bolani jismonan va ruxan tarbiyalash haqidagi asarlari tashkil etadi. L.S.Vigotskiyning birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarning nomoyon bо‗lishi haqidagi ta‘limoti; R.YE.Levina tomonidan ishlab chiqilgan nutq nuqsonlarini taxlil qilish prinsiplari, nutqni о‗rganish va ontogenezda nutqni egallash qonunlari tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ish. Kirish, III bob. Xulosa va adabiyotlar rо‗yxatidan iborat.
I Bob. Muammoni о„rganishni ilmiy-nazariy asoslari. 1.1.Muammoni о„rganish yuzasidan pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlar taxlili. Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta‘rif bergan dastlabki tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham kо‗pchilik olimlar nutq buzilishlari, ularning kelib chirqish sabablarini, bartaraf etish hamda fiqo- mulohazalar bildirganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining nutq buzilishlarini о‗rganish borasida qо‗lga kiritgan muvaffaqiyatlarining katta ta‘siri bо‗lib, A.Kusmaul nutq buzilishlarining dastlabki turlari haqidagi yig‗ilgan tasavvurlarini tanqid ostiga oldi; ularni sistemalashtirdi, atamalarni tartibga keltirdi. XX asr boshida chet ellik va rus tadqiqotchilari V.Oltushevskiy, G.Gutsman,(5) E.Freshels, S.M. Dobrogayevlarning ishlarida asos qilib olindi. Buning umumiy tomoni kо‗p edi; etlopotogeneztik mezon bilan tо‗ldirilgan klinik yondashuv, buzilishlarning alohida turlari bilan kasallikning u yoki bu patalogik shakli о‗rtasidagi bog‗lanish, bunday xollarda nutq buzilishlari kо‗pincha u yoki bu kasallikning alomati sifatida talqin qilinar edi, shuningdek, tasnif tili bunda lotin va grekcha sо‗z yasovchi elementlaridan tashkil topgan atamalardan qо‗llanilgan. Tasniflar о‗rtasida buzilishlarni guruhlashning turli prinsiplari, shuningdek, u yoki bu mezonni tasniflashning muhimlik darajasiga bо‗lgan qarashlaridagi ayrim qarama-qarshiliklar bilan bog‗liq nomutanosibliklar ham kuzatiladi. Nutqiy sistema bosh miya a‘zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri nutq faoliyatining о‗ziga xos vazifasini bajaradi. A.R.Luriya miya faoliyatini uchta funksional blokka ajratadi. 1-blok - bosh miya pо‗stlog‗i osti haqidagi bilimlarni о‗z ichiga oladi. U bosh miya qatlami tonusining normalligi va uning tetiklik holatini ta‘minlaydi.
2-blok - orqa miya qatlami katta yarim sharlari bо‗laklarni о‗z ichiga oladi, tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi va saqdaydi.
U bilish jarayonining amalga oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi. Uning tuzilishi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajratadi. Birlamchi doira - miya qatlamlarining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori darajada о‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi a‘zolaridan sezgi axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi. Miya qatlami apparatlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi doiralar qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan qо‗zg‗alishlarni tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar kabi о‗zining ixtisosiy modelligi (kо‗rish, eshitish)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizatorlar (kо‗rish, eshitish)ning bosh miya qatlami birikmasini о‗zida namoyon etadi. Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya kqtlami bо‗linmalarini о‗zgartirish doiralari hisoblanadi. Ular turli modallikda olingan sezgi axborotlarini tahlil, sintez, integratsiya qilish vazifasini о‗taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlarning beqaror va tashqi darajasidan simvolik darajaga e‘tiborni qaratish munosabatlari murakkab logik-grammatik sо‗zlar qurilish haqidagi bilimlar bilan ish kо‗rishga о‗tish sodir bо‗ladi. 3-blok katta yarim sharlar qobig‗ining oldingi bо‗limlari (motor, motor oldi va old frontal soxa) doirani о‗z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatining rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni ta‘minlaydi. U, shuningdek, miya qobig‗i ostidagi a‘zolar faoliyati barcha sistemalarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga qо‗yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi. Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ishlash natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok nutq jarayonida alohida maxsus о‗ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi. Rossiyada kо‗pchilik tadqiqotchilar duduqlanishni nutq sohasidagi funksional buzilish, nutq nevrozi (I.A.Sikorskiy; I.K.Xmelevskiy; E.Anders va boshqalar) deb qaradilar yoki uni nutq apparatidagi g‗ayriixtiyoriy harakatda ifodalanadigan sof ruhiy xastalik deb (Xr. Laguzen; G.R.Netkachev), psixoz deb (Gr. Kamenka,) belgiladilar.
XX asr boshlariga kelib duduqlanish mexanizmlari haqidagi barcha tushunchalarni uchta nazariy yо‗nalishga ajratish mumkin: 1)
Duduqlanish nutq
markazlarini muvofiqlashtiruvchi apparatning qо‗zg‗aluvchanligi zaiflashuvi oqibatida sodir bо‗ladigan koordinatsion nevrozdir. Bu G.Gutsman, I.A.Kussmaulning, keyinchalik I.L.Sikorskiyning ular duduqlanishni nevrotizm jarayoni: duduqlanish, bu – pay tortishiga о‗xshash spazmalardir, deb tushuntirishdi. 2) Duduqlanish – ruhiy harakterdagi assotsiativ buzilishidir. Bu yо‗nalish T.Gefner va E.Freshels tomonidan olg‗a surilgan. A.Libmann, G.D.Netkachyov, Y.A.Florenskaya (6) uning tarafdori edilar. Duduqlanish mexanizmlarini tushunishga nisbatan psihologik yondoshuv о‗zining navbatdagi taraqqiyotini davom ettirdi. 3) Duduqlanish ruhiy jarohatlanishda atrof-muhit bilan bо‗ladigan turli ziddiyatlar natijasida rivojlanuvchi g‗ayrishuuriy kо‗rinishdir. A.Adler, Shneyder bu nazariya tarafdorlari edilar. Ularning fikriga kо‗ra duduqlanish bir tomondan, shaxs atrofdagilar bilan muloqotda bо‗lishining turlicha imkoniyatlaridan yiroqlashish xohishida, boshqa tomondan – atrofdagilarda bunday namoyishkorona xastalikka nisbatan hissiyot tuyg‗ularini jumbushga keltirish istagida namoyon bо‗ladi. Shunday qilib, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida duduqlanish bu murakkab psixofizik buzilishdir, degan fikrga kelina boshlandi. Ayrimlarning e‘tirofiga kо‗ra, uning asosida fiziologik harakterdagi buzilish yotadi, ruhiy jihatlar esa ikkilamchi xarakterga ega (A.Gutsman; A.Kussmaul; I.A.Sikorskiy va boshqalar). boshqalar ruhiy jihatlarni birlamchi, fiziologik kо‗rinishlarni esa – ruhiy notо‗kisliklarning oqibati, deb hisobladilar (Xr. Laguzen ; A.Koen; Gr. Komenka; T.D.Netkachyov va boshqalar). Duduqlanishni hatto kо‗tilish nevrozi, qо‗rquv nevrozi, notо‗kislik nevrozi, bog‗lanishsiz nevroz va boshqalar sifatida kо‗rib chiqishga о‗rinishlar ham bо‗ldi.
XX asrning о‗rtalariga kelib duduqlanish mexanizmini I.P.Pavlovning inson oliy nerv faoliyati va, qisman, nevroz mexanizmi haqidagi ta‘limotlariga suyangan
holda kо‗rib chiqa boshlashdi. Bunda ayrim tadqiqotchilar duduqlanishni nevroz alomati tarzida (Y.A.Florenskaya, Y.A.Povorinskiy va boshq.), boshqalar – uning alohida formasi sifatida (V.A.Gilyarovskiy, M.B.Xvatsev, I.P.Povarnin, N.I.Jinkin, V.S.Kochergina va boshq.) talqin qildilar. Lekin ikkala holatda ham duduqlanish rivojlanishining bu murakkab va turlicha mexanizmlari nevroz mexanizmlari rivojlanishi uchun umuman yagonadir. Duduqlanish boshqa nevrozlar kabi qо‗zg‗alish, tormozlanish va patologik shartli refleksning shakllanish jarayonlaridagi zо‗riqishni keltirib chiqaradigan turli sabablar natijasida paydo bо‗ladi. Duduqlanish, bu – alomat ham, alomatlar yig‗indisi ham emas, balki markaziy nerv sistemasining umuman xastalashuvidir (V.S.Kochergina). Tadqiqotchilar bolalardagi nutq buzilishlari tasnifi masalalarini ishlab chiqishda ikkita yо‗nalishga ajraladilar. Birinchi yо‗nalish tarafdorlari nutq buzilishlarining umumiy logopediyaga daxldor an‘anaviy nomenklaturasini saqlab qoldilar. Lekin uni yangi mazmun bilan boyitdilar. Boshqa yо‗nalish tarafdorlari an‘anaviy bо‗lgan nomenklaturani inkor etdilar va nutq buzilishlarining yangi guruhini tuzdilar. Shunday qilib, nutq buzilishining ikki turi tibbiy-pedagogik va psixolo-pedagogik va pedagogik turini R.YE.Levina asoslab berdi. Nutqning tо‗liq rivojlanmay qolishi - turli xil murakkab nutqiy kamchilikdir, bunda nutq sistemasining tovush chiqarish va ma‘noli tomonlariga taalluqli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni buzilgan bо‗ladi. Umumiy alomatlar sifatida quyidagilar qayd qilinadi; nutq rivojlanishining kech boshlanishi, lug‗at boyligining kamligi, agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar, falmalar tuzilishidagi nuqsonlar. Nutqning bunday rivojlanmay qolishi turlicha darajalarda aks etishi mumkin; nutqning yо‗qolishi yoki uning noaniq bog‗lanishsiz holatidan mukammal holatigacha, lekin bunda fonetik va leksik grammatik rivojlanmay qolish elementlari bо‗ladi. Bolada nutq vositalarining shakllanganlik darajasiga qarab tо‗liq rivojlanmay qolishi uch darajaga bо‗linadi. P.K.Anoxin, A.N.Leontyev, A.R.Luriya va boshqa olimlarning olib borgan tadqiqotlariga kо‗ra, har qanday psixik funksiyalarning asosi alohida "markazlav" bо‗lmay, balki markaziy
asab sistemasining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tuzumi hisoblanadi. Odam nutqi tushunarli va manoli bо‗lishi uchun nutq azolarining harakatlari aniq va tо‗g‗ri bо‗lishi kerak. Qadimgi grek faylasufi va shifokori Gippokrat bir qator nutq buzulishlarining sababini kо‗rsatib о‗ttan. Yana boshqa grek faylasufi Aristotel nutq hosil bо‗lish jarayonini periferik nutq apparatining anatomik tuzilishi bilan bog‗lab, anatomik tuzilishdagi kamchiliklarni nutq buzilishiga sabab qilib kо‗rsatgan. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkin-ki, antik davr olimlarining tadqiqotlaridayoq nutq buzilishi sabablarini tushunishda ikki yо‗nalishga bо‗lishgan. Birinchi yо‗nalish Gippokrat nuqtai-nazari bо‗lib, bosh miyaning jarohatlanishi nutq buzilishlarining kelib chiqishiga sabab bо‗luvchi bosh omil ekanligi takidlangan. Ikkinchi yо‗nalish Aristotelga tegishli bо‗lib, periferik nutq apparatining buzilishlarining sababi etib kо‗rsatilgan. Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya jarohatlanishining "о‗z о‗rni" borligini eramizdan 400 ming yil avval Gippokrat tomonidan aytilgan bо‗lsa, bunga haqiqiy ilmiy tasdiq fransuz shifokori Pol Broka tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jarohatlanish buzilishini keltirib chiqaruvchi omillarni kо‗rsatib berilgandan sо‗ngina berilgandir. Xuddi shunga о‗xshash kashfiyot yilda Vernike tomonidan ham amalga oshirilgan. S.M. Dobrogayev nutq buzulishlari sabablari orsida quyidagilarni ajratib kо‗rsatdi. 1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari. 2. Anatomik nutq apparatida patalogik о‗zgarishlar. 3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmasligi. 4. Organizmning umumiy nevropatik holati. M.YE.Xvatsev nutq buzulishi sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratadi. Shu bilan birga organik (anatomik-fiziologik), (morfologik) funksional (psixogek) ijtimoiy psixologik va psixo-nevrologik sabablarni ajratib kо‗rsatdi. Funksional sabablarni M.YE.Xvatsev, I.P.Pavlov ta‘limoti orqali tushuntirdi. Bu talimot markaziy nerv sistemasida qо‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlarining о‗zaro
munosabatini buzilishi haqida bо‗lib, M.YE.Xvatsev bu orqali organik va funksional, markaziy va periferik sabablarning о‗zaro munosabati mavjudligini takidlaydi. Nutq buzilishlari sababi deganda - organizmga tashqi yoki ichki zararli omilning ta‘sir etishi yoki ularning о‗zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki, bu nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi. Nutq buzilishining umumiy kо‗rinishi kо‗pchilik olimlar va tadqiqotchilar har xil fikrlarida isbotladilar. Bolalarda va kattalarda uchraydigan eng kо‗p duduqlanish nutq nuqsoni bо‗lib bu nuqson bо‗yicha о‗tgan asrlarda ham kо‗p olimlar bu muammoga qiziqqanlar va davolash ishlarini olib borganlar. Duduqlanish - bu nutq apparati muskullarining tortishish natijasida nutqning sur‘at - ohangining buzilishidir. Qadimgi davrlarda duduqlanishni kо‗proq bosh miyada namlikning tо‗planib qolishi (Gippokrat) yoki artikulyatsion apparat qismlarning о‗zaro notо‗g‗ri munosabati (Aristotel) bilan bog‗lik holdagi kasallik deb qarashgan. Duduqlanish paytida nutk apparatining markaziy yoki periferik (sirtqi) bо‗limlarida buzilish bо‗lishi mumkinligini Galen, Sels va Ibn Sino e‘tirof etdilar. XVII - XVIII asrlar arafasida duduklanishni tashki nutk apparatining yetilmaganligi okibati sifatida talqin etishga urinishgandi. Masalan, Santorimining ta‘kidlashicha, duduklanish qattiq tanglayning yorilgan paytida vujudga keladi va gо‗yo shu yorik orkali tilga suyuqlik tushadi hamda nutkni kiyinlashtiradi. Vutser esa buni pastki jag‗ning notо‗g‗ri chuqurlashuvi va unda kichik tilcha borligi bilan; Erve - de - Cheguan - til uzunligi va ogiz bо‗shlig‗ining hajmi orasidagi о‗zaro munosabat yoki uning kalta yuganchaga nihoyatda zich yopishib turishi bilan bog‗liq holda, deb tushuntirdi. Boshqa tadkiqotchilar duduklanishni nutk a‘zolari harakatlarining buzilishi: ovoz kovagining gayriixtiyoriy yopilishi (Arnot, Shultess); haddan tashqari tez nafas chiqarish (Bekkeral); muskullarning tilni og‗iz bо‗shlig‗ida ushlab qoladigan darajada spazmatik qiskarishi (Itar, Li, Diffenbax); tafakkur
va nutk jarayonining nomuvofiqligi (Blyume); kishi irodasining nutk harakati mexanizmi muskullari kuchiga ta‘sir etadigan darajada mukammal emasligi (Merkel) va boshkalar bilan bog‗laydilar. XX asr boshlariga kelib duduqlanish mexanizmlari hakidagi barcha tushunchalarni uchta nazariy yо‗nalishga ajratish mumkinligi aniklandi; 1. Duduklanish nutq markazlarini muvofiklashtiruvchi apparatning qо‗zg‗aluvchanligi, zaiflashuvi okibatida sodir bо‗ladigan korreksion nevrozdir. G.Gusman, I.A.Kussmaulning, keyinchalik I.L.Sikorskiylar duduqlanishni nevrotik jarayoni: duduklanish, bu - pay tortishishiga о‗xshash spazmalardir; 2. Duduqlanish - ruhiy xarakterdagi assotsiativ buzilishdir. Bu yо‗nalish T.Gifner va
YE.Freshels tomonidan olga surilgan A.Libmann, G.D.Netkachyov, Y.A.Florenskaya uning tarafdori edilar. Duduqlanish mexanizmlarini tushunishga nisbatan psixologik yondashuv о‗zining navbatdagi taraqqiyotini davom ettirdi. 3.
Duduqlanish ruhiy jarohatlanishda atrof - muhit bilan bо‗ladigan turli ziddiyatlar natijasida rivojlanuvchi, g‗ayrishuuriy kо‗rinishdir. A.Adler, Shneyder bu nazariya tarafdorlari edilar. Ularning fikrlariga kо‗ra duduqlanish bir tomondan shaxs atrofdagilar bilan muloqotda bо‗lishning turlicha imkoniyatlaridan yiroqlashish xohishida boshqa tomondan atrofdagilarda bunday namoyishkorona xastalikka nisbatan his tuyg‗ularini junbushga keltirish istagida namoyon bо‗ladi. Shunday qilib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida duduqlanish - bu murakkab psixofizik buzilishdir, degan fikrga kelina boshlandi. Ayrimlarning e‘tirofiga kо‗ra, uning asosida fiziologik xarakterdagi buzilish yotadi, ruhiy jihatlar esa ikkilamchi harakterga ega (A.Gusman; A.Kussmaul; Sikorskiy va boshqalar). Boshqalar ruhiy jihatlarni birlamchi, fiziologik kо‗rinishlarni esa ruhiy notо‗kisliklarning oqibati, deb hisobladilar (Xr. Laguzen; Gr.Komenka;
T.D.Netkachyov va boshkalar) (5). Duduqlanishni hatto kutish nevrozi, qо‗rquv nevrozi, bog‗lanishsiz nevroz va boshqalar sifatida kо‗rib chiqishga urinishlar ham bо‗lgan. Duduqlanish patogenezini о‗rgangan kо‗pgina mualliflar duduqlanuvchi kishilarda turli xil vegetativ о‗zgarishlar bо‗lishini aytishadi. Masalan, M.Zeyman hisobiga kо‗ra, 84 % duduklanuvchi kishilarda vegetativ distoniY. Vegetativ asab sistemasining og‗ir buzilish hollarida, xususan duduqlanish ikkinchi planga kо‗chadi, qо‗rquv, hayajonlanish, vahima, badgumonlik, umumiy zо‗riqish yuz beradi, kishida titrashga, terlashga, qizarishga moyillik paydo bо‗ladi. Bolalik yoshida duduqlanuvchilarda uyquning buzilishi, kо‗z ilinishi paytida chо‗chib tushish, zerikarli, notinch, yuzaki uyqular, tungi vahimaga tushishlar kuzatiladi. Kattaroq yoshdagi duduqlanuvchilar bu kabi kechinmalarni nutq buzilishi bilan bog‗lashga urinadilar. Uning buzilganligi tо‗g‗risidagi fikr kayfiyatning doimiy buzuqligi bilan bog‗liq holda, turg‗un xulq - atvorni keltirib chiqaradi. Umumiy qо‗zg‗aluvchanlik, ozib - tо‗zish, beqarorlik va doimiy shubhalik, hollarida, nutq odatda qisqa vaqt yaxshilanishi mumkin. Mashg‗ulot paytlarida duduqlanuvchilarda bir maqsadga qaratilganlik va qat‘iylik tez - tez yо‗qolib turadi. Ular о‗z imkoniyatlariga, erishgan natijalariga yetarlicha baho bermaydilar, chunki nutqning yaxshilanishi ularning umumiy kayfiyatini kam miqdorda yengillashtiradi. Duduqlanish muammosiga nisbatan turli nuqtai nazarlarni kо‗rib chiqib, duduqlanishning paydo bо‗lish mexanizmlari bir xil emas, degan asosiy xulosaga kelish mumkin. Ayrim hollarda duduqlanish murakkab nevrotik zaiflashuv sifatida e‘tirof etiladi, u esa bosh miya kobig‗idagi nerv jarayonining izdan chiqishi, qobiq va qobiq osti о‗zaro munosabatlarining buzilishi umumiy nutqiy harakatlar (ovoz, nafas olish, artikulyatsiya) sur‘atining zaiflashuvi oqibati hisoblanadi. I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati tiplari haqidagi ta‘limotidan kelib
chiqqan holda duduqlanish nutq nuqsoni oliy nerv faoliyatidagi funsional о‗zgarishlarning belgilaridan biridir. Bu nuqson qо‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanati buzilishlaridan kelib chiqadi.
Download 467.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling