Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Профессор М. Мадиримов таваллудининг 70 йиллигига бағишланади
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
4898-Текст статьи-13124-1-10-20201028
Профессор М. Мадиримов таваллудининг 70 йиллигига бағишланади
55
- ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo‘naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish; - o‘qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini egallash; - o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga-yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o‘qitish texnologiyasini egallash. Shu bilan birga o‘quv jarayonini oldindan loyixalashtirish zarur. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv prelmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, o‘quvchilarning imkoniyati va extiyojini va hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Qisqacha aytganda, o‘quvchini ta’limning markaziga olib chiqish kerak. O‘qituvchilar o‘zlari o‘qitayotgan o‘quvchilarining ruhiyatlariga mos ravishda muloqotda bo‘la olish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llay olishi kerak. Tinglovchilarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish, shuningdek, «Aqliy hujum», «Tarmoqlar» (Klaster) usullari, «Bumerang», «Kichik guruhlarda ishlash», «Charxpalak», «Rezyume» va shu kabi texnologiyalar haqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari va ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga qo‘llay olishlari lozim. O‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit xolatda ko‘ra bilish va uni tassavvur etish uchun bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o‘qituvchi uchun bo‘lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olish katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo‘lishi avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyixalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit xolda aks etgan bo‘lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to‘liq o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling