Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet112/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   135
Bog'liq
B majmua

Ta`limiy maqsad: O’quvchilar bilimini mustaxkamlash va ularga kunikma berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil fikrlashga o’rgatish


Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: Venn daigrammasi, aqliy hujum, kichik guruhlarda
Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)

Gaz to’ldirish stansiyalarining vazifasi imte’molchilarni suyultirilgan gaz bilan ta’minlashdir. GTSda suyuq gaz qabul qilishgach maxsus rezervuarlarga quyilib, omborlarda saqlanadi, so’ngra gaz ballonlarga, avtosisternalarga quyilib, iste’molchilarga yuboriladi. Suyultirilgan temir yo’l orqali maxsus sisterna-vagonlarda gaz-benzin yoki neftni qayta ishlash zavodlaridan keltiriladi. Sisternalar ikki xil bo’ladi.


Propan tashish uchun tashish uchun mo’ljallangan sisternalarning hajmi 51 m3 bo’lib, ishchi bosimi 2,0 MPaga mo’ljallangan. Bu sisternaning 84% hajmi suyuq-propan bilan to’ldiriladi. Shunda suyuq propanning og’irligi 21,6 t ni tashkil qiladi.
Butan uchun mo’ljallangan sisternaning hajmi 60 m3 bo’lib, ular 0,8 MPa bosimga mo’ljallangan. Ularning 90% hajmi suyuq butan bilan to’ldiriladi. Shunda butanning og’irligi 35 t ni tashkil qiladi. Bu sisternalarning sinalish bosimlari ishchi bosimga qaraganda 1,5 barobar ko’p bo’ladi, ya’ni propan uchun – 3 MPa, butan uchun – 1,2 MPa.
GTSda gazni qabul qilib olish, uni quyish, saqlash, ballon va avtosisternalarga quyish uchun quyidagi bo’lim va sexlar bo’ladi:
1) temir yo’l shahobchasi va to’kish estakadasi;
2) gaz saqlash omborlari: ular, asosan, po’lat rezervuarlardan iborat bo’lib, har xil hajmda bo’lishi mumkin;
3) nasos-kompressor sexi;
4) gaz ballonlarini to’ldirish sexi;
5) avtosisternalarni to’ldirish kalonkasi;
6) avtotorozi.
GTSning gaz ombori rezervuarlarning umumiy hajmi 2000 m3 dan ko’p bo’lsa, GTS hududi yonmaydigan devor bilan ikkiga bo’linadi (5.1-rasm). Birinchi asosiy bo’limda aytib o’tilgan bo’limlar va sexlar joylashadi. Ikkinchi – yordamchi qismida esa administrativ binolar, ombor, yong’inga qarshi suv saqlash havzasi, suv bosimini ta’minlovchi minora, avtogaraj va boshqa yordamchi bino va inshootlar joylashadi. Odatda, GTS aholi yashash punkti chegarasidan tashqarida bo’lishi kerak. GTSda saqlanayotgan gazlarning miqdoriga qarab, aholi punkti chegarasidan, avtomobil, temir yo’llardan va boshqa inshootlardan GTS devorlarigacha bo’lgan masofa 40 – 300 m bo’lishi kerak. Bu masofa tanlanganda saqlanayotgan gazlarning miqdori, inshootlarning turlari, ularda yong’in chiqish xavfining darajasi hamda GTS gaz omboridagi rezervuarlarning yerga ko’milganligi yoki yer ustidaligini e’tiborga olish kerak.
GTSning gaz omborida rezervuarlar guruhlarga birlashtirilgan va bunda guruhlardagi rezervuarlarning umumiy hajmi quyidagidan ko’p bo’lmasligi kerak:
a) agarda omborning umumiy hajmi 2000 m3 gacha bo’lsa, 1 ta guruhdagi rezervuarlarning umumiy hajmi 1000 m3 dan oshmasligi kerak;
b) agarda omborning umumiy hajmi 2000 – 8000 m3 bo’lsa, gaz rezervuarlari guruhlarning umumiy hajmi 2000 m3 dan oshmasligi kerak.
Gaz omboriga o’rnatilgan rezervuarlar atrofi tuproq bilan marza sifatida o’raladi. Bundan maqsad: agarda rezervuarlar teshilib qolsa, gaz boshqa joyga tarqalmasdan shu marza ichida saqlanishi kerak.
Guruhda joylashgan rezervuarlarning orasidagi masofa kamida 2 m bo’lishi kerak. Marzaning eng tor qismi kamida 0,5 m bo’lishi kerak. Guruh rezervuarlarning umumiy hajmi 2000 m3 gacha bo’lsa, guruhlar orasidagi masofa kamida 5 m bo’lishi kerak. Agarda guruh rezervuarlarining umumiy hajmi 201 – 700 m3 bo’lsa, unda guruhlar orasidagi masofa kamida 10 m bo’lishi kerak; 701 – 2000 m3 bo’lsa – 20 m. Bunga sabab saqlanayotgan gazning miqdori oshgan sari uning xavfi ham oshib boradi. GTSga keltirilgan suyuq gazni sisternalardan omborga tushirish ikki xil usulda bo’lishi mumkin: agarda omborda rezervuarning o’rnatilish sathi temir yo’l sisternasidan past bo’lsa, unda gaz o’z-o’zidan rezina shlang yordamida oqizib tushirib olinishi mumkin. Buning uchun ombordagi rezervuarning tepa qismi rezina quvur yordamida sisternaga ulanadi. Sisternaga suyuq gazning bug’ fazasi o’tkaziladi. Ikkinchi rezina quvur orqali suyuq gaz ombor rezervuariga tushiriladi. Bu usulda gaz tushirish ko’p vaqt talab qiladi. GTSlarda, asosan, nasos-kompressor usuli qo’llaniladi. Kompressor yordamida ombor rezervuarlaridan propan yoki butaning bug’i so’rib olinib, sisterning tepa qismiga haydaladi. Bunda ikkinchi rezina quvur orqali suyuq gaz omborga oqib tusha boshlaydi. GTSdagi nasos va kompressorlar yordamida suyuq yoki gazning bug’ fazasini turli yo’nalishda uzatish mumkin. Buning uchun GTS hududida suyuq faza va bug’ fazasi tarmoqlari o’tkazilgan.
Gaz to’ldirish sexida ballonlar gaz bilan nasos yordamida to’ldirilib, tayyor mahsulo omboriga qo’yiladi. Hajmi 50 litrli ballonni to’ldirish uchun 5 – 8 daqiqa vaqt ketadi va unga 20 kg suyultirilgan gaz quyiladi. Ballon to’ldirish koeffisenti – 80 – 85%.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling