Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet118/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135
Bog'liq
B majmua

Ta`limiy maqsad: O’quvchilar bilimini mustaxkamlash va ularga kunikma berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil fikrlashga o’rgatish


Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: Klaster tuzish, toifalash , kichik guruhlarda ishlash
Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Maishiy jihozlar individual va guruhlangan tarzda suyultirilgan gaz qurilmalari orqali gaz bilan ta’minlanadi. Individual qurilmalardan foydalanilganda suyultirilgan gaz ballonini gaz jihozi o’rnatilgan xonaga o’rnatish mumkin, guruhlangan qurilmalardan foydalanilganda esa ballonlar xona tashqarisiga, maxsu metall shkaf ichiga qo’yiladi.

Rasmda oltita ballon va quvurlar tarmog’idan iborat bo’lgan guruhli qurilma ko’rsatilgan. Ballonlardagi gaz quvurlar tarmog’i orqali jihozlarga boradi. Guruhli qurilmalarda bosim rostlagich ham bo’ladi.
Berkitish-rostlash klapanli ballonlar uchun “Baltika – 1” bosim rostlagichlari qo’llaniladi. Ular chiqishdagi gazning bosimi 300 mm suv ust. bo’linishini ta’minlaydi. Ventilli ballonlar uchun RDG – 6 va RDG – 8 rostlagichlari qo’llaniladi. Ular chiqishdagi gazning bosimi 200 – 500 mm suv ust. bo’lishini ta’minlaydi.Suyultirilgan gaz ballonli qurilmalarni bino ichida yig’ilishda quyidagi talablarni bajarish kerak.Alohida turgan ballonlar bilan gaz jihozi, isitish jihozlari va isitish pechlarigacha bo’lgan masofa kamida 1 m bo’lishi kerak. Ballonni himoya qiladigan ekran bo’lganda, bu masofani 0,5 m gacha qisqartirish mumkin. Bino ichida bitta gaz jihozi uchun ballon o’rnatilganda jihozoldiga berkitish qurilmasi qo’yilmaydi. Agar ballon binodan tashqariga o’rnatilsa, quyidagi shartlarni bajarish kerak: shkaf va ballonlar balandligi kamida 200 mm li mustahkam jihoz ustiga qo’yiladi. Ballonlar o’rnatiladigan joyga bemalol boriladigan bo’lishi, tashqi ballon qurilmasidan ketadigan gaz quvurda kamida 0,5 m uzunlikdagi gorizontal sim bo’lishi lozim. Agar asos cho’ksa, shu qism gaz quvurni shikastlanishdan saqlaydi. Qurilmaga ulanadigan har bir jihozi oldiga berkituvchi kran qo’yiladi.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling