Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Тошкент архитектура-қурилиш институти Қурилишни бошқариш факултети “Иқтисодиёт ва кўчмас мулкни бошқариш” кафедраси “Иқтисодиёт назарияси” фанидан Мустақил иш


Download 119.75 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi119.75 Kb.
#1312701
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint (4)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI “IQTISODIYOT VA KO’CHMAS MULKNI BOSHQARISH” KAFEDRASI “QURILISH IQTISODIYOTI” FANIDAN Mustaqil ish

Mavzu: Qurilish kompleksi sohasida tadbirkorlik faoliyatining xususiyatlari Bajardi: Jumagaldiyev Sanjar

Reja:

1. Qurilishda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va imkoniyatlari 2. Quriiishda injiniring, konsalting va lizing kompaniyalari faoliyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari 3. Quriiishda injiniring, konsalting va lizing kompaniyalari faoliyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari

Milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida kabi, qurilish sohasida ham raqobat muhitini rivojlantirish mexanizmi asosida ko‘zlangan natijalarga erishish mumkin. Buning uchun qurilish sohasida kichik va xususiy korxonalar faoliyatini rivojlantirish, aktsiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlarini boshqa mulk shakllardagi korxonalarga aylantirish jarayonlarini takomillashtirish, sohada xizmat qiluvchi yangi tuzilmalarni, ayniqsa konsalting, injiniring, lizing va ijara firmalari hamda kompaniyalarini tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirish uchun yetarli darajadagi qulay huquqiy va iqtisodiy jihatdan imkoniyatlarni yaratish talab qilinadi


Mavzuning dolzarbligi

So‘nggi yillarda iqtisodiyotning barcha sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida respublika ijtimoiyiqtisodiy hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar sezilarli darajada o‘smoqda.

Kapital qurilish ishlari uzoq davom etuvchi va katta mablag‘lami talab qiluvchi jarayon bo‘lganligi sababli real vaqt kesimida paydo bo‘lgan ehtiyojni zudlik bilan ta’minlash imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. Shu sababli aholining qurilish tarmog‘i mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda asosiy e’tibor aynan mehnat resurslaridan yetarli darajada va samarali foydalanishga qaratilishi lozim.

Hozirgi globallashuv sharoitida mamlakatimiz qurilish tarmog‘ida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishi, xususan, injiniring, konsalting va lizing kompaniyalari faoliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Injiniring kompaniyalari asosan injenerlik-maslahat xizmatlari, ya’ni tijorat xarakteridagi qurilish mahsuloti va materiallarini ishlab chiqarishni tayyorlash va ta’minlash hamda amalga oshirish; qurilishga xizmat ko‘rsatish va yangi ishga tushirilgan obyektlaming ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar majmuini bajaradi

Faoliyat sohasi statistikasi: INJINIRING - XIZMAT KO'RSATISH Toshkentda shu oy mobaynida (mart 2023): 518 o'tgan oy mobaynida (fevral 2023): 526 3 oy mobaynida (dekabr 2022 - fevral 2023): 2145 yarim yil mobaynida (sentyabr 2022 - fevral 2023): 4295 1 yil mobaynida (mart 2022 - fevral 2023): 8058

Konsalting - bu ixtisoslashtirilgan kompaniyalarning qurilish materiallari sanoatidagi qurilish-montaj tashkilotlari va korxonalariga barcha iqtisodiy masalalar, shu jumladan ularning tashqi iqtisodiy faoliyati bo‘yicha maslahatlar bera oladigan maqsadli faoliyatidir.

Faoliyat sohasi statistikasi: KONSALTING XIZMATI shu oy mobaynida (mart 2023): 3044 o'tgan oy mobaynida (fevral 2023): 2639 3 oy mobaynida (dekabr 2022 - fevral 2023): 7598 yarim yil mobaynida (sentyabr 2022 - fevral 2023): 16139 1 yil mobaynida (mart 2022 - fevral 2023): 32319

Qurilish majmuasida konsalting kompaniyalar qurilish xizmatlari va materiallari bozorini tadqiq qilish va bashorat qilish; jahon bozorlari, birinchi navbatda yaqin davlatlar bozori kon’yunkturasini tadqiq etish; investitsiya loyihalarining texnikiqtisodiy asosini ishlab chiqish; qo‘shma korxonalarni barpo etish va boshqalar bilan shug‘ullanadi.

Lizing, boshqa faoliyatlarga nisbatan tashqi savdo, kredit va investitsiya jarayonlarining barcha elementlarini o‘zida birlashtiruvchi investitsion va tadbirkorlik faoliyatining yangi va istiqbolli turlaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, lizing mazmun-mohiyati jihatidan mol-mulklar sotib olingandan keyin, ularni keyinchalik jismoniy yoki yuridik shaxslarga ma’lum bir mablag‘ evaziga hamda aniq muddat va shartlar asosida vaqtinchalik foydalanishga berishda pay do bo‘ladigan mol-mulk va iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir.

 Lizing kompaniyalar Toshkentda va O‘zbekistonda 244 Joriy oy uchun statistika [2023 yil mart] 211 O'tgan oyning statistikasi [2023 fevral] 723 So'nggi 3 oylik statistikasi [dekabr - fevral] 3669 Yil statistikasi [2022 yil martrdan - 2023 yil fevralgacha] 41445 [2011 yil 07 iyundan boshlab]

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoj lanishida raqobat muhitini takomillashtirish va uning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi asosiy chora-tadbirlami amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

— xususiy va davlat monopoliyasini cheklash, iqtisodiy kuchlarni haddan tashqari markazlashuvining oldini olish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari erkinliklarini oshirish asosida qulay raqobat sharoitini vujudga keltirish;

- soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish, tavakkalchilikni pasaytirish va kichik biznes korxonalari faoliyati barqarorligini t’minlashga yordam berish - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirishda turli xil byudjetdan tashqari fondlar hamda kreditlar uyushmalari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat buyurtmalarini bajarishga yanada keng jalb qilish va bu sohada ularga imtiyozlar taqdim etish; — kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish.

Adabiyotlar ro’yhati QURILISH IQTISODIYOTI (Davletov Islambek Xalikovich) Org.uz

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 119.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling