jadval
OTB kredit liniyasi bo‘yicha kichik biznes subyektlarini kreditlash shartlari17
Kreditlash shartlari
|
Asaka bankda
|
Hamkorbankda
|
Kredit liniya miqdori
|
10,0 ming AQSH dollarining milliy valyutadagi ekviva- lentigacha;
|
40 000 AQSh dollarining milly valyutadagi ekvivalentigacha
|
Kreditlash maqsadi
|
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengay- tirish
|
Aylanma mablag'larni to'ldirish; Investitsion loyixalarni moli- yalashtirish.
|
Kredit muddati
|
3-yilgacha
|
Aylanma mablag'larni to'ldirish uchun - 18 oygacha;
Asosiy vositalar sotib olish uchun - 36 oygacha.
|
Kredit foiz stavkasi
|
Banklararo depozitlarning 6 oylik o’rtacha tortilgan foiz stavkasi (UZIBOR) hamda
«Asaka» bank marjasi;
|
Shartnomaga asosan
|
Valyuta turi
|
Milliy valyuta so`m
|
Milliy valyuta so`m
|
Jadval ma'lumotlaridan ko`rinib turibdiki, Asaka hamda Hamkorbank tijorat banklari OTB kredit liniyasi bo’yicha kichik biznes subyektlarini kreditlashda ular o`rtasida farqlar mavjud. Jumladan, Asaka tijorat banki tomonidan kredit mazkur kredit liniyasi orqali tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengay- tirish maqsadida berilsa, Hamkorbank tomonidan esa aylanma mablag'larni to'ldirish va investitsion loyixalarni moliyalashtirish maqsadlarida beriladi. Bundan ko`rinadiki, maqsadlari farq qilganligi sababli kreditlash miqdori hamda muddati o`rtasida ham farq bo`lishu tabiiydir. Bundan tashqari kredit foiz stavkasida ham bir-biridan farqini ko`rishimiz mumkin. Asaka tijorat bankining foiz stavkasi
pastroq bo`lishi mumkin agar banklararo kreditlarning foizi pasaysa agar oshsa buning aksi. Bu o'z navbatida salbiy deb baxolayman. Chunki kredit olayotgan mijozlarning kredit olish vaqtlari turli vaqt mobaynida amalga oshirilsa foizlar o`rtasida farqlarni namoyon bo'lishiga olib keladi. Bu esa mijozlarning noroziligiga sabab bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |