85. Magistr» so'zi qanday ma'noni anglatadi?
- Magistr» so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, «Boshliq» degan ma'noni anglatadi.
86. Qayta tayyorlashning turlari?
- Pedagogik;
- Kasbiy.
87. Oliy ta'lim qaysi ta'lim negiziga asoslanadi?
- Umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limiga.
88. Pedagogik qayta tayyorlash bu - …
- Pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va etarli bo'lgan pedagogik
tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni qayta
tayyorlashdir.
89. Malaka oshirishning minimal muddati va hajmi?
- To'rt hafta, 144 soat
90. Vatanparvarlik nima?
- Vatanga muhabbat, mamlakat manfaatlari xaqida g'amxo'rlik, Vatan
himoyasiga tayyor turish, o'z mamlakatining ijtimoiy va madaniy yutuqlari bilan
faxrlanish, Vatanniig tarixiy o'tmishiga va uning an'analariga hurmat tuyg'ularini o'z
ichiga oladi. Vatanparvarlik va baynalmilallik qarashlar, his - tuyg'ula
o'quvchilarning Vatan haqidagi, uning qaxramonlar o'tmishi va hozirgi hayoti
haqidagi chuqur va har tomonlama to'la - to'kis bilimlari asosida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |