99. O‘qituvchining bilish qobiliyatini izohlab bering?
Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, iqtisod,
adabiyot va hakozolarga doir) qobiliyatlardir. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan
o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi,
o‘z fani sohasidagi materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi,
oddiy tadqiqot ishlarini bajara oladi.
100. Pedagogik faoliyat uchun muhim bo‘lgan axloqiy fazilatlarga nimialar
kiradi?
- Axloqiy fazilatlarга: Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g‘urur, adolat,
yaxshilik qilish, burch, qadr-qimmat, mas‘uliyat, vijdon, halollik, rostgo‘ylik, poklik,
talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o‘qituvchi obro‘sini oshiradi va pedagogik
faoliyatning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Bolalarga yaxshilik qilish, o‘qituvchilik
burchi, o‘qituvchilik sha’ni, qadr-qimmati, o‘qituvchilik mas‘uliyati, o‘qituvchilik
vijdoni, talabchan va adolatli bo‘lish, o‘qituvchining ma’naviy qiyofasi, halolligi,
pokligi, rostgo‘yligi kabilar o‘qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |