75. O'zbekiston Respublikasida qanday ta'lim turlari mavjud?
- maktabgacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus, kasb-xunar ta'limi; oliy
ta'lim; oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim.
76. Malakaviy amaliyot nima?
Nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, mustaqil tajriba
o'tkazish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida talabalar o'tkazadigan amaliy ish
turi hisoblanadi.
77. Attestasiya deganda nimani tushunasiz?
Attestasiya bu- Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining tayyorgarlik sifati va
darajasini, Davlat ta'lim standartlari talablari mazmuniga mosligini belgilovchi
jarayon.
78. Oliy ta'limga izoh bering?
Oliy ta'lim - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi.
Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o'quv yurtlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o'rta
maxsus kasb-xunar ta'limi asosida amalga oshiriladi.
22
Oliy ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy
ma'lumot to'g'risidagi xujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |