Њзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar
Download 0.82 Mb.
|
Termiz sanoat va transport kasb-hunar kolleji a. Shukurov, N. Mu
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1. Quyidagi matnni mazmuniga qarab abzaslarga ajrating: Asarda yozuvchining katta hayot tajribasi borligi yaqqol sezilib turibdi. Uning ko‘zi o‘tkir, fikri tiniq. Ayniqsa, tili o‘ynoqi va jozibador. Tabiat manzaralarini juda usta rassomdek noziklik bilan chizadi. Muallif hayotni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Undan ma’lum darajada falsafiy xulosalar ham chiqara oladi. Hayot tajribasi, klassiklarni qunt bilan o‘rganish, o‘zidan oldin shu mavzuga qo‘l urgan yetuk mualliflarning asarlaridan ijodiy foydalanish muallif mahoratiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Ayniqsa, asar oxiridagi xotinboz chumchuqning boshqa chumchuqlar orasida fosh bo‘lib, o‘z xotini tomonidan ushlab olinishi kartinasi nihoyatda yorqin, o‘quvchining u yoki bu esida qoladigan darajada aniq tasvirlanishi muvaffaqiyatli ta’minlangan. 2. Quyidagi matndan ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarni topib ko‘chiring: Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirishga urinib ko‘ring. Qalandar ko‘ngli bir xil bo‘lib, uning nozik barmoqlarini kaftlari orasiga oldi. - O‘zingiz bilasiz, boshimda ming bir tashvish, bonu... - Bilamen... - Xurshida bonu yoshli ko‘zlari jovdirab, Qalandarga tikildi. - Otamlardan xabar topdingizmi? - Ha... - Qalandar ko‘zini bonuning jovdirab turgan ko‘zlaridan olib qochdi. - Olloga shukur, osoyishtalik... - Saroydan sipohlar bormaptimu? To‘polon bo‘lmaptimu? - Yo‘q, osoyishtalik... - Olloga shukur... - Xurshida bonu ma’yus kulimsiradi-yu, yoqasiga tuflab qo‘ydi. - Tush ko‘rib qo‘rqqan edim. Qalandarning yuragi orqasiga tortib: - Ne tush? - deb so‘radi. Xurshida bonu «so‘ramang, yomon tush», degan ma’noda bosh chayqadi, so‘ng, xiyol qizarinqirab: - Bir hafta bo‘ldi, har kuni ko‘zim to‘rt bo‘lib yo‘lingizga tikilamen, - dedi. - Yomon o‘ylarga borib, jismim zirqiraydi... - Bonu! - Qalandar yana uning nozik qo‘llaridan ushladi (Yoqubov O. Ulug‘bek xazinasi). 3. Berilgan matnni kengaytiring: Zunnunxo‘ja ne mashaqqatlar bilan iljaydi. - Lotinchadan ancha savodingizni chiqarib qo‘yishibdimi? Sidiqjon qo‘chqorning shoxiga o‘xshagan mo‘ylabini burab, kulimsiragan holda, yer ostidan Zunnunxo‘jaga qaradi. Zunnunxo‘ja peshonasini bir-ikki uqaladi, so‘ngra soqolini tutamlab, ayvonning shipidagi qaldirg‘och uyasiga qaragan holda: - Unaqa betamiz odamning gapini gapirma, nega yer sening izmingda bo‘lar ekan? Kampir o‘g‘liga yozgan xatidan bunday ma’no chiqishini xayoliga ham keltirmagan edi (Qahhor A. Qo‘shchinor chiroqlari). Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling