Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1. Quyidagi matnni leksik-grammatik tahlil qiling, qo‘llanishi noto‘g‘ri bo‘lgan deb hisoblagan so‘z va iboralarni ularning sinonimlari bilan almashtiring:1. Hali amalga oshiradigan ishlarimiz ko‘p.
1-maktabning tevarak atrofini tartibga keltirish, «Qipchoq» uchastkasidagi medpunktni rayon bo‘yicha tajriba o‘rganish medpunktiga aylantirishimiz, uch gektar yerda mehnatkashlarning hordiq chiqaradigan manzilgohi - bog‘ tashkil etishimiz darkor.
2. Yangi uch yuz ming kilovatt quvvatli energetika bloki shu tariqa plandan ildamroq ishlay boshladi.
3. Bemor o‘z badanida g‘udda-g‘udda shish paydo bo‘lganidan, yuzi va ko‘z-qovoqlari salqiganidan, dili o‘ynab ketayotganidan shikoyat qila boshladi
4. G‘o‘zamni yashnataman, uning bejirim rivojlanishini ta’minlayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |