¤збекистон республикаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги


III bob bo’yicha xulosalar


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/44
Sana08.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#246935
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44
Bog'liq
pensiya taminoti tizimi va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish

III bob bo’yicha xulosalar 

 

     Tadqiqot  ishi  natijasida    uchinchi  bob    yuzasidan    quyidagi    xulosalar 

tayyorlandi: 

     1.Pensiya  tizimini  moliyalashtirishdagi  islohotlarni  tezlikda  amalga  oshirib 

bo’lmaydi,  bu  islohotlarni  respublikamizda  boshqa  islohotlar  bilan  jumladan, 

mehnat  bozoridagi  islohotlar,  soliq  tizimidagi  islohotlar,  moliya  va  kredit 

tizimidagi  islohotlar  bilan  birgalikda  amalga  oshirish  lozim.  Pensiya  tizimini 

moliyalashtirish  bo’yicha  o’zgarishlarni  amalga  oshirishda,  milliy  urf-odatlar, 

oilalarga,  qariyalarga  yordam  e’tiborga  olinishi  kerak,  pensiya  tizimini 

moliyalashtirishda  davlat  budjetidan  moliyalashtirish  saqlanib  qolinishi  lozim, 

shuningdek jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti va xususiy pensiyalar tizimi 

amaliyotga kiritilishi lozim. 




 

75 


 

    2.Mamlakatda  pensiya  tizimini  isloh  qilishida  eski  pensiya  tizimini  yangi 

ijtimoiy  va  demografik  sharoitga  moslashtirishning  turli    usullari  qo’llanilishi 

lozim.  1)  pensiya  ta’minoti  asosan  uchta  bosqichda  bo’ladi:  majburiy,  va  ish 

beruvchi  beradigan  pensiya  hamda  shaxsiy  pensiya;  2)  davlat  barcha  turdagi 

pensiya  ta’minotini  me’yorga  soladi  va  nazorat  qiladi;  3)  Ish  beruvchi  

beradigan  va  shaxsiy  pensiya  olish  usullari  rag’batlantiriladi;  4)  pensiya  tizimi 

har  bir  fukaroga  moslashtiriladi,  pensiya  sug’urta  badallarining  miqdori  va 

qancha  vaqt  to’langaniga  bog’liq  bo’ladi.  Pensiya  tizimining  farq  qiladigan 

xususiyatlariga  yana  pensiya  badallarini  to’lash  va  taqsimlash,  demografik 

muammolar  (pensiya  yoshining  o’zgarishi,)  va  pensiya  badallarini  ko’paytirish 

muammolari hal qilinganini aytish mumkin.   

      3.O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  Bosh  nazorat-taftish 

boshqarmasi  tarkibida  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasi  mablag’laridan 

maqsadli  foydalanilishi  ustidan  nazorat  boshqarmasi  va  uning  hududiy 

bo’linmalarida  tegishli  bo’limlar  tashkil  qilindi.  Ular  tomonidan  yangi 

tayinlangan  pensiya  va  nafaqalarning  hisoblab  chiqilishi,  shuningdek,  qonun 

hujjatlarida  nazarda  tutilgan  imtiyozlar  qo’llanilishi  to’g’riligini,  shu  jumladan 

fuqarolarning  pensiyaga  oid  hujjatlar  yig’majildida  birlamchi  hujjatlarning 

to’liqligi va ishonarliligini tekshirish yo’li bilan yoppasiga tekshiruvlar amalga 

oshiriladi.  Ishlovchi  pensionerlarga  mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar, 

korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan pensiyalar hamda nafaqalarning 

hisoblab  yozilishi  va  to’lanishi  to’g’riligini  reja  asosida  tekshiradi.  Bu  esa  o’z 

navbatida  fuqarolarga  pensiya  va  nafaqalar  o’z  vaqtida  va  to’liq  to’lanishining 

tizimli  monitoringini  olib  borish,  qoidabuzarliklarga  qarshi  tegishli  choralarni 

ko’rish imkonini beradi. 

   4.Xorijiy  mamlakatlardagi  pensiya  ta’minoti  tizimidagi  tahlillardan  ma’lum 

bo’ldiki, pensiya islohotlari uchta asosiy yo’nalishda o’tishi mumkin:  

a)  jamg’arib  boriladigan  usulni  joriy  qilmasdan  mavjud  avlodlar  birdamligi 

tamoyili asosida taqsimlash usulini yangilash;  

b)  jamg’arib boriladigan usulga o’tib taqsimlash usuli samaradorligi oshirish;  



 

76 


 

c)   jamg’arib boriladigan usul va taqsimlsha usullarini  uyg’unlashtirish. 

   5.Jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimida  yuridik  shaxslar  tomonidan 

jamg’arib boriladigan pensiya majburiy badallarining to’g’ri, to’liq hisoblanishi 

va  o’z  vaqtida  o’tkazib  berilishi  ustidan  nazorat  O’zbekiston  Respublikasi 

Davlat  soliq  qo’mitasi  zimmasiga  yuklatilgan.  Fuqarolarning  jamg’arib 

boriladigan  pensiya  ta’minoti  to’g’risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlikda 

aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling