1.1.1.-rasm. Davlat budjetining funktsiyalari
1
«Xorijiy tajribalar shuni ko’rsatadiki, «davlat xarajatlarini oshirish
to’g’risidagi ovozalar ham tobora ko’payib bormoqda. Ko’pchilik analitiklar
hukumat xarajatlarining o’sishi mavjud ijtimoiy muammolardan xalos etmaydi
va farovonlik darajasini oshirmaydi, deb hisoblaydilar. Aksincha, davlat
xarajatlarining o’sishi tufayli yuzaga keladigan davlat budjetidagi taqchillik va
katta davlat qarzi, salbiy makroiqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu
xulosalar o’tgan asr oxirida davlatning fiskal iqtisodiy rolini qayta o’zgartirishga
majbur etdi. Rivojlangan mamlakatlarda budjet tashkilotlari, davlat korxonalari,
sog’liqni saqlash, ta’lim muassasalari, ijtimoiy himoya sohasini moliyalashtirish
jarayonlari faollashdi»
2
.
O’zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kuchli ijtimoiy
siyosatni amalga oshirish yangicha amaliy va samarali shakl-larni qo’llashni
talab etdi. Jahon tajribasining ko’rsatishicha, davlatning maqsadli jamg’armalari
tizimi faoliyatini yo’lga qo’yish va undan samarali foydalanish muhim o’rin
tutadi. Shuning uchun ularni ijtimoiy jihatdan himoyalashni davlat o’z
zimmasiga oladi, mamlakatda yaratilgan YaIMning bir qismi ular foydasiga
qayta taqsimlanadi.
Tahlil ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, «Davlat budjeti xarajatlari YaIMga
1
Polyak G.B. Finansi. Uchebnik. -Moskva.: YuNITI-DANA. 2008. –S 139.
2
Axmedjanov A. Gosudarstvennie rasxodi: uvelichivat ili sokrashchat? // Ekonomicheskoe obozrenie. –
Tashkent.2009. № 10.-S17.
Do'stlaringiz bilan baham: |