Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Download 27.58 Kb.
Pdf просмотр
bet1/20
Sana26.05.2018
Hajmi27.58 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

ЎЗБЕКИСТОН  РЕСПУБЛИКАСИ 
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ 
ТОШКЕНТ ФАРМАЦЕВТИКА ИНСТИТУТИ 
 
 
 
―ЭКОЛОГИЯ ФАНИНИ  ЎҚИТИШДА 
ИЛҒОР ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ‖  
модули бўйича 
 
 
 
Ў Қ У В –У С Л У Б И Й    М А Ж М У А 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Тошкент -2016   

Мазкур ўқув-услубий мажмуа Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2016 
йил 6 апрелидаги 137-сонли буйруғи билан тасдиқланган ўқув режа ва дастур 
асосида тайѐрланди. 
 
 
 
 
Тузувчилар:             
 
Нурмухамедов А.А.                экология ва микробиология кафедраси 
доценти,  
  
 
 
 
 
кафедра мудири   
Абзалов А.А.              
 экология ва микробиология кафедраси 
профессори   
Дусмуратова Ф.М.                  экология ва микробиология кафедраси катта  
 
 
 
 
 
ўқитувчиси   
Максудова С.А.                       экология ва микробиология кафедраси 
 ассистенти    
 
 
 
 
Тақризчи:                   
 
Жабборов А.                        Тошкент фармацевтика институти   
       фармакогнозия кафедраси доценти   
 
Сапарова Г.                         Тошкент Аграр университети ўрмончилик ва  
 
 
 
 
       экология кафедраси доценти 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
Мундарижа  
1.Ишчи дастур....................................................................................................... 
2.Силлабус............................................................................................................. 
3.Модулни ўқтитишда фойдаланиладиган интерфаол таълим методлари..... 
4.Назарий материаллар......................................................................................... 
5.Амалий машғулотлар материаллари................................................................ 
6.Кейслар банки..................................................................................................... 
7.Мустақил таълим................................................................................................ 
8.Тестлар................................................................................................................. 
9.Глоссарий............................................................................................................ 
10.Адабиѐтлар рўйхати......................................................................................... 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIMI VAZIRLIGI 
  
 
Ro‗yxatga olindi:  
 
 
 
 
      ―TASDIQLAYMAN‖ 
№___________________    
 
 
 O‘quv ishlari bo‘yicha          
                                                                              prorektor 
                                                                              2016 yil ―___‖_________                      
                                                                           ________________________ 
 
 
 
 
 
             
        ―___‖_____________2016 yil 
 
 
 
 
EKOLOGIYA  
FANINING 
ISHCHI O‗QUV DASTURI 
 
 
 
 
Bilim sohasi:    
 
500000   -   Sog‗liqni saqlash va ijtimoiy  
ta‘minot 
Ta‘lim sohasi:   
 
510000   -   Sog‗liqni saqlash 
Ta‘lim yo‗nalishlari:  
5111000 -   Kasb ta‘limi (5510500-     
                                                                  farmasevtika ishi) 
 
5510500 -    Farmatsiya (Klinik farmatsiya) 
5510500 -   Farmatsiya  (farmasevtik taxlil) 
5510600 -   Sanoat farmatsiyasi (dori vositalari) 
5510500 -  Farmatsiya (farmasevtika ishi) 
5510600 -  Sanoat farmatsiyasi (kosmesevtika) 
5510600 -  Sanoat farmatsiyasi (farmasevtik 
biotexnologiya) 
5320500 -  Biotexnologiya (farmasevtik 
biotexnologiya) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2016 
 
 

Fanning ishchi o‗quv dasturi o‘quv, ishchi o‘quv reja va dasturiga muvofiq 
ishlab chiqildi.    
 
 
Tuzuvchilar: 
 
Nurmuxamedov A.A 
–   Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi  
 
 
dotsenti,q/x.f.n. 
 
Abzalov A.A.    
    –   Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi  
 
 
 
 professori, b.f.n. 
 
Dusmuratova F.M. 
    –  Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi 
 
 
katta o‗qituvchib.f.n. 
 
Taqrizchilar
 
Saparova G.K. 
–  Toshkent davlat Agrar Universiteti  o‘rmonchilik 
va ekologiya kafedrasi dotsenti b.f.n.  
 
Yulchiyeva M.T. 
 –   Toshfarmi farmakagnozi kafedrasi dotsenti, b. f. 
n.  
 
 
 
Fanning  ishchi  o‗quv  dasturi  ―Ekologiya  va  mikrobiologiya‖  kafedrasining 
2016  yil  ―__‖  iyundagi  ―__‖-son  yig‘ilishida  muhokamadan  o‘tgan  va  fakultet 
kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.  
 
 
 
 
Kafedra mudiri:_____________ Nurmuhamedov A.A. 
 
 
 
Fanning  ishchi  o‗quv  dasturi  ―Sanoat  farmatsiyasi‖  fakultet  kengashida 
muhokama  etilgan  va  foydalanishga  tavsiya  qilingan  (2016  yil  ―__‖  iyundagi 
―__‖-sonli bayonnoma). 
 
 
Fakultet kengashi raisi:__________ Ilxomov  X.Sh. 
 
Kelishildi: O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i 
 
_____________________________________________ 

 
2.Nazariy mashg`ulotlar mazmuni 
KIRISH 
 
Ushbu  dаsturdа  ekologiya  fanining  maqsad  va  vazifalari,  rivojlanish  tarixi,  ekologik 
omillar,  ularning  organizmlarga  ta'sir  etishining  umumiy  qonuniyatlari,  adaptatsiya  jarayoni, 
yorug‘lik,  xarorat  va  namlikning  tirik  organizmlarga  ta'siri,  dorivor  o‘simliklarning  ushbu 
omillarga  nisbatan  ekologik  guruhlarga  bo‘linishi,  moslanishi  va  suv  hayotiy  muhitining 
ekologiyasi,  suvning radioaktivligi,  quruqlik muhiti abiotik  omillarning xususiyatlari, tuproq 
tabiiy tuzilishining ekologik mohiyati, tuproqni ifloslantiruvchi moddalar manbalari; biosfera 
tasnifi;  tirik  moddalar  va  ularning  funktsiyalari;  muhofazaga  olingan    turlar  ekologiyasi, 
populiyatsiyalar,  ekotizmlar,  biotsenozlar,  biosfera  xaqidagi  ta‘limoti,  zamonaviy  ekologik 
muammolar,  ijtimoiy  ekologiya  va  inson  ekologiyasi,  bioxilma-xillik,  uning  muxofazasi, 
O‘zbekistondagi qo‘riqxonalar va O‘zbekiston ―Qizil kitobi‖ni o‘rganadi.ekologik xafvsizlik, 
talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish kabi mavzularni o‘z ichiga olgan. 
 
O`quv fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri 
Fаnni o`qitishdаn mаqsаd-tаlаbаlаrni fаrmаtsiya, kasb ta‘limi, sanoat farmatsiyasi, 
biotexnologiya  yo‘nalishlari  bo`yichа  o`quv  rеjа  аsоsidа  bo`lаjаk  mаtаxаssislаrning 
ekologik, biоlоgik bilimini sifаtini yaxshilаshgа qаrаtilgаn. Dаstur I, III, IV sеmеstrlargа 
mo`ljаllаngаn. 
Fanning  vazifasi  -  talabalarga  ekologiya  va  jonli  organizmlarning  o‗zaro 
munosabatlarning  va  ularning  atrof  muhit  bilan  o‗zaro  ta‘sirlashuvi,  hozirgi  zamon 
ekologiyasi  tabiatdan  samarali  foydalanishning  ilmiy  uslublarini,  tabiat  bilan  jamiyat 
o‗rtasidagi  o‗zaro  munosabatlarning  strategiyasini  ishlab  chiqib,  uni  hayotga  tadbiq  etishini 
o‘rganish buning uchun jamiyatdagi har bir inson ekologik qonuniyatlarni bilishi kerak.  
 
Fan bo‗yicha talabaning malakasiga qo‗yiladigan talablar 
 
―Ekologiya‖ fanini o‗zlashtirish jarayonidabakalavr: 

 
ekologik omillar va ularning tasniflanishi; 

 
turli  ekologik  omillarning  organizmga  ta‘sir  etishiningumumiy  qonuniyatlari. 
Moslashishning turlari va ko‗rinishlari; 

 
yorug‗lik,  xarorat,  namlik  kabi  omillarning  organizmga  ta‘siri,  o‗simlik  va 
hayvonlarning ushbu omillarga nisbatan ekologik guruxlarga bo‗linishi; 

 
suv - xayotiy muxitning ekologiyasi; 

 
suv abiotik omillarining organizmlarga ta‘siri; 

 
suvning radioaktivligi; 

 
suvning kimyoviy tarkibi; 

 
gidrobiontlarning ekologik guruxlari

 
quruqlik muhiti abiotik omillarining xususiyatlari; 

 
tuproq tabiiy tuzilishining ekologik mohiyati; 

 
o‗simlik va hayvonlarning ekologik hayotiy formalari; 

 
tirik organizmlar o‗rtasidagi ekologik munosabatlar; 

 
populyasiyalar ekologiyasi; 

 
biotsenozlar ekologiyasi; 

 
biosfera tushunchasi; 

 
inson ekologiyasi; 


 
ifloslangan atmosfera havosining atrof – muxitga, o‗simlik, hayvon organizmi hamda 
insonning sog‗lig‗iga ta‘siri; 

 
atmosfera havosidagi zararli omillarning er sirtiga tarqalish qonuniyatlari; 

 
atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlar

 
loyixalashga asoslangan tadbirlar; 

 
suv manbalari va ularning sanitariya holati; 

 
yuqumli va yuqumsiz kasalliklar; 

 
suvni koagulyasiyalash usuli; 

 
suvlarni maxsus tozalash; 

 
chiqindi suvlarni tozalash; 

 
tuproqni ifloslantiruvchi manbalar. Tuproqda o‗z – o‗zini tozalash jarayoni; 

 
o‗simlik resurslaridan tejamli foydalanish va ularni muxofaza qilish

 
xayvonot olamini muhofaza qilish; 

 
―Qizil kitob‖ ning ahamiyatini bilish; 
Bular bilan bir qatorda bakalavr: 

 
adabiyotlar bilan mustaqil ishlash; 

 
tajriba  –  tadqiqotchi  tomonidan  yaratilgan  sharoitda  borayotgan  ma‘lum  tabiiy 
jarayonni kuzatish; 

 
tasviriy, modellashtirish uslublaridan foydalanish; 

 
ekologik monitoring va ekologik ekspertizalar haqida tushunchaga ega bo‗lish. 
Talabalarning malakasiga qo‗yiladigan talabalar: 

 
ekologiyada foydalaniladigan uslublar; 

 
ekologik omillarining tirik organizmlarga ta‘sir etishining umumiyqonuniyatlari; 

 
mintaqa biosferasiga transportning ta‘siri; 

 
atmosfera havosidagi chang zarrachalarining inson organizmiga zararli tasiri; 

 
suv sifatining gigienik me‘yorlari; 

 
tuproqni ifloslantiruvchi moddalar manbalari; 

 
o‗simliklar dunyosining ekologik muvozanatini saqlash haqidagi malakalariga ega 
bo‘lishi kerak. 
 
O‗quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‗liqligi  
 
Ekologiya  fani  1-4-6  semestrlarda  o‗qitiladi.  Bu  dasturni  amalga  oshirish  uchun 
institutgacha  bo‘lgan  umumiy  biologiyadan,  institut  o‗quv  rejasida  rejalashtirilgan  kimyo 
sanoati, tayyor dori turlari texnologiyasi, farmakognoziya, botanika fanlaridan etarli bilim va 
ko‗nikmalarga ega bo‗lishlik talab etiladi. Chunki bu fanlarning ayrim bo‗limlaridan olingan 
bilimlar talabani ekologiya fanini o‗zlashtirish vaqtida kerak bo‗ladi. 
 
Fanni o‗qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
 
Ekologiya  fanini  ozlashtirishlari  uchun  o‗qitishning  ilg‗or  va  zamonaviy  usullardan 
foydalanish,  yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga 
egadir.  Fanni  o‗zlashtirishda  darslik,  o‗quv  va  uslubiy  qo‗llanmalar,  ma‘ruza  matnlari, 
tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma‘ruza va laboratoriya darslarida 
mos  ravishdagi  ilg‗or  pedagogik  texnologiyalardan  (―Vertushka‖,  ―Aqliy  xujum‖  va 
―Bumerang‖ va hk.) keng foydalaniladi.  
O‘quv jarayoni bilan bo‘liq ta‘lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar:  yuqori ilmiy-
pedagogic  darajada  dars  berish,  muammoli  ma‘ruzalar  o‘qish,  darslarni  savol-javob  tarzida 
qiziqarli  tashkil  qilish,  ilg‘or  pedogogik  texnologiyalardan  va  multimediya  vositalridan 
foydalanish,  tinglovchilarni  undadigan,  o‘ylantiradigan  muammolarni  ular  oldiga  qo‘yish, 

talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqat yuritishga, ilmiy izlanishga 
jalb qilish. 
―Ekologiya‖  kursini  loyihalashtirishda  quyidagi  asosiy  konseptual  yondashuvlardan 
foydalaniladi: 
Shaxsga yonaltirilgan ta‘lim. Bu ta‘lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta‘lim jarayoninig barcha 
ishtirokchilarini 
tolaqonli 
rivojlantirishlarini 
ko‘zda 
tutadi. 
Bu 
esa 
ta‘limni 
loyhalashtirilayotganda,  albatta,  ma‘lum  bir  ta‘lim  oluvchining  shaxsini  emas,  avvalo 
kelgusidagi  mutaxasisslik  faoliyati  bilan  bog‘liq  o‘qish  maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda 
yondashilishni nazarda tutadi. 
Tizimli yondashuv. Ta‘lim texnologiyasi tizimining barcha belgilarini o‘zida mujassam 
etmog‘I  lozim:  jarayonning  mantiqiyligi,  uning  barcha  bo‘g‘imlarini  o‘zaro  bog‘langanligi, 
yaxlitligi. 
Faoliyatga  yo‘naltirilgan  yondashuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini  shakllantirishga 
ta‘lim  oluvchining  faoliyatini  aktivlashtirish  va  intensivlashtirish,  o‘quv  jarayonida  uning 
barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari,  tashabbuskorligini  ochishga  yo‘naltirilgan  ta‘limni 
ifodalaydi. 
Dialogic  yondashuv.  Bu  yondashuv  o‘quv  munosabatlarini  yaratish  zaruriyatini 
bildiradi.uning natijasida shaxsning  o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi 
ijodiy faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlidagi  ta‘limni  tashkil  etish.  Demokratik,  tenglik,  ta‘lim  beruvchi  va  ta‘lim 
oluvchi  faoliyat    mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni  baholashda  birgalikda 
ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurlugini bildiradi. 
Muammoli  ta‘lim.  Ta‘lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali  ta‘lim 
oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni  ob‘ektiv  qarama-
qarshiligi va uni hal  etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, 
amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi. 
Axborotni  taqdim  qilishni  zamonaviy  vositalarini  va  usullarini  qo‘llash-  yangi 
kompuyter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.  
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid vizuallash), muammoli 
ta‘lim, keys-stadi, pinbord, paradox va loyihalash usullari, amaliy ishlar. 
O‘qitishni  tashkil  etish  shakllari:  diolog,  polilog,  muloqot  hamkorlik  va  o‘zaro 
o‘rganishga asoslangan frontal kollektiv va guruh.   
O‘qitish  vositalari:o‘qitishning  an‘anaviy  shakllari  (darslik  ma‘ruza  matni)  bilan  bir 
qatorda-kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikatsiya  usullari:  tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga  asoslangan 
bevosita o‘zaro munosabatlar. 
Teskari  aloqa  usullari  va  vositalari:  kuzatish,  blits-  so‘rov,  oraliq  va  joriy  va 
yakunlovchi nazorat natijalarni tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.  
Boshqarish  usullari  va  vositalari:  o‘quv  mashg‘uloti  bosqichlarini  belgilab  beruvchi 
texnologik  karta  ko‘rinishidagi  oquv  mashg‘ulotlarini  rejalashtirish,  qo‘yilgan  maqsadga 
erishishda  o‘qituvchi  va  tinglovchining  birgalikdagi  harakati,  nafaqat  auditoriya 
mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqri mustaqil ishlarning nazorati. 
Monitoring  va  baholash:o‘quv  mashg‘ulotida  ham  butun  kurs  davomida  ham 
oqitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib boorish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma 
ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. 
―Ekologiya‖    fanini  o‘qitish  jarayonida  komyuter  texnologiysidan,  ―Exsel‖  electron 
jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular boyicha talabalar bilimini baholash test 
asosida  va  kompyuter  yordamida  bajariladi.  ―Internet‖  tarmog‘idagi  rasmiy  iqtisodiy 
ko‘rsatkichlardan  foydalaniladi,  tarqatma  materiallar  tayorlanadi,  test  tizimi  hamda  tayanch 
so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi. 
 

―Ekologiya‖  fanidan  mashg‘ulotlarning  mavzular  va  soatlar  bo‘yicha 
taqsimlanishi: 
Kasb ta‘limi (farmasevtika ishi), farmatsiya (klinik farmatsiya, farmasevtik taxlil, 
farmasevtika  ishi),  sanoat  farmatsiyasi  (dori  vositalari,  kosmesevtika,  farmasevtik 
biotexnologiya), biotexnologiya (farmasevtik biotexnologiya) 
 
t/r 
Mavzular nomi 
Jami soat 
Ma‘ruza 
Laboratoria 
mashg‘ulot 
Mustaqil 
ta‘lim 

Ekologiyaga 
kirish,Autekologiya va ekologik 
omillar.Hayot muhitlari: suv, er-
tuproq, havo va tirik organizm. 
YAshash muhitlarining o‗ziga 
xosligi. Moslanish 
14 




Populyasiya xaqida  ta‘limot 
Populyasiyaning tuzilishi unda 
organizmlarning joylashishi 
13 




Biotsenoz va ekosistemalar 
xaqida ta‘limot  
Biotsenozlar (jamoalar) xaqida 
tushuncha,Organizmlar orasidagi 
munosabat tiplpri, turlararo 
munosabatlar 
12 




Biosfera xaqida ta‘limot 
Biosfera xaqida umumiy 
tushuncha . Biosferada 
moddalarning aylanishi 
12 




Amaliy va ijtimoiy ekologiya. 
Inson ekologiyasi Zamonaviy 
ekologik muammolarZamonaviy 
ekologik muammolar 
12 




Atmosfera xavosi va suv 
manbalarining ifloslanishi, va 
muxofaza qilish 
yo‗llari.Atmosfera havosining 
ahamiyati, uni iloslantiruvchi 
manbalar 
12 




Tuproqni ifloclantiruvchi 
manbalarining. Tuproq 
muxofazasi. Tuproqni 
floslantiruvchi man‘balar, zaharli 
kimyoviy moddalar 
12 




Bio xilmaxillik va uning 
muxofazasi. Biologik zaxiralar, 
ularning ahamiyati va muxofazasi 
12 




Ekologik xavfsizlik, uzuluksiz 
rivojlanish, ta‘lim va tarbiya 
konsepsiyasi. Muhit holatini 
12 




nazorat qilish monitoringi. 
Ekologik ekspertiza 
jami 
121 
18 
54 
49 
 
 
 
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi 
 
Farmatsevtika  instituti  farmatsiya  va  sanoat  farmatsiyasi  fakulteti  yo‘nalishlari 
sohalariga  ekologiya  fani  moslashtirilgan  bo‘lib,  u  o‘z  ichiga  ekologik  omillarning 
organizmlarga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari, adaptatsiya jarayoni, yorug‘lik, xarorat 
va  namlikning  tirik  organizmlarga  ta'siri,  dorivor  o‘simliklarning  ushbu  omillarga  nisbatan 
ekologik guruhlarga bo‘linishi, moslanishi va suv hayotiy muhitining ekologiyasi, suv abiotik 
omillarining  tirik  organizmlarga  ta'siri,  suvning  radioaktivligi,  suvning  kimyoviy  tarkibi, 
gidrobiontlarning  ekologik  guruhlari,  quruqlik  muhiti  abiotik  omillarning  xususiyatlari, 
tuproq  tabiiy  tuzilishining  ekologik  mohiyati,  tuproqni  ifloslantiruvchi  moddalar  manbalari; 
biosfera tasnifi va chegaralari; biosferada hayotning paydo bo‘lishi; tirik moddalar va ularning 
funktsiyalari;  biosferaning  geoximik  sikllari  va  turg‘unligi;  muhofazaga  olingan    turlar 
ekologiyasi, O‘zbekistondagi qo‘riqxonalar va O‘zbekiston ―Qizil kitobi‖ni o‘rganadi. 
 
Ma‘ruza mashg‘ulotlari 
 
Ekologiyaga kirish. Autekologiya va ekologik omillar. Hayot muhitlari: suv, er-tuproq, 
havo va tirik organizm. Yashash muhitlarining o‗ziga xosligi. Moslanish. 
 
Ekologiya fani haqida qisqacha tushuncha.  Maqsadi vazifalari. Ekologiya fani bo‘limi. 
Ekologiya  faninning  qisqacha  tarixi,  fanining  vazifalari,  bo‘limlari.  Autekologiya-tur 
vakllarining  yashash  sharoiti,  bir-birlari  hamda  ularni  o‘rab  turgan  atrof-muhit  bilan 
munosabatlarini  organadi,  shuningdek  turning  turg‘unligini,  uning  turli  ekologik  omillar 
ta‘sirida  moslashuvini,  muhitning  organizmlarning  morfologik,  fizioligik  va  xulqiy 
o‘zgarishlariga sabab bo‘lishini aniqlaydi. Organizmlarning atrof-muhit ta‘siriga reaksiyasiva 
o‘zgarishiga oid ilmiy materiallarni taqqoslash. Natijada organizmlarning fasllar, yil va ko‘p 
yillar  davomida  bo‘lib  o‘tadigan  o‘zgarish  qonuniyatlarini  aniqlaydi,  organizmgata‘sir 
qiladigan  tabiiy  va  sun‘iy  omillarning  salbiy  hamda  ijobiy  mohiyatini  o‘rgatadigan  ilmiy 
materiallarni  tasnif  qilish  natijasida  qator  ekologik  qonunlarni  ochadi  (Libixninig  minimum 
qonuni,  Shelfordning  ekologik  tolerantlik  qonuni,  Lundogard-Poletaev  qonunlari). 
O‘simliklar  dunyosi  va  hayvonot  dunyosini  o‘rganishga  qaratilgan  ilmiy-  uslubiy  ishlar. 
Ekologiya (atrof-muhit) muammolarining tabiatdan foydalanish jihatlarini tadqiq qilish .  
Tirik  organizmlarning  tashqi  muhitga  moslashuvining  turli  daraja  va  ko‘rinishlarda 
namoyon bo‘lishi. 
 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling