Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Ekologik omillar,ularning organizmga ta‘sir etish qonuniyatlari. Ekologik nisha


Download 27.58 Kb.
Pdf просмотр
bet2/20
Sana26.05.2018
Hajmi27.58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

Ekologik omillar,ularning organizmga ta‘sir etish qonuniyatlari. Ekologik nisha. 
Tashqi muhit, ekologik omillar. Ekologik omillarning ta'sir etish kuch bilan organizmda 
sodir  bo‘ladigan  o‘zgarishlarning  o‘zaro  ta'siri.  Ekologik  muhit  buzilishining  sabab  va 
oqibatlari. Ekologik omillarning tasniflanishi. Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta'sir 
etishining  umumiy  qonuniyatlari  ).ekologik  joy-nisha  tushunchasi  ancha  keng,  ya‘ny : 
makondagi  nisha  yoki    makondagi  ma‘lum  joylanish ;  trofik  nisha  (turlararo  aloqalardagi 
turning joyi), ko‘p gomerli yoki giper hajmli nisha. Bulardan shu narsa ko‘rinadiki, organizm 

ekologik nishasida organizm qaerda yashayotganligi va uning atrof –muhitga bo‘lgan umumiy 
talabi inobatga olinishi haqidagi tushunchalar. 
 
Populyasiya xaqida  ta‘limot Populyasiyaning tuzilishi unda organizmlarning 
joylashishi 
 
Populyatsiya  tushunchasi.  Populatsiya  tur  va  ekosistemaning  asosiy  tizim  birligi 
hisoblanadi.  Populyatsiya  haqidagi  ta'limot,  uning  shakllanishi  va  rivojlanishi,  ko‘payishi 
qonuniyatlari, Populatsiya ma‘lum bir tizim va tashkiliy xususiyatga ega bo'Iib uni tasvirlash 
ham mumkin. Populatsiyadagi individlar tug'iladi, qariydi va nobud bo'ladi, biroq populatsiya 
esa bu belgilardan mustasnoligi . 
Populatsiyaning  turli  xususiyatlarga  ega  xaqidagi  tushunchalarga  ega  bo‘lib  ya‘niy: 
tug'ilish  va  nobud  bo'lish,  populatsiyaning  katta  kichikligi  bir  necha  sabablarga  asoslangan 
bo'lishi,  populatsiyalar  qo'shni  populatsiyadan  kelgan  itidividlar  hisobiga  yoki  bo'lmasa 
tug'ilish hisobiga kengayib borislii murnkinli xaqida farazlar  
Tug'ilishning  fiziologik  va  ekologik  xillari  bo'ladi.  Fiziologik  tug'ilishda  ideal 
sharoitda  nazariy  hisoblangan,  ya‘ni  individlaming  maksimal  hosil  bo'lish  soni  tushunilib, 
bunda  cheklovchi  omillar  ta‘sir  etmaydi,  ko'payish  faqat  fiziologik  sabablarga  ko'ra 
cheklanishi  mumkin  va  tug'ilish  formulalar  yordamida  aniqlanishi,  populatsiyaning  o'sish 
chizig'I, populatsiya gomeostazi xaqida farazlar. 
Populyatsion  guruhlarning  xususiyatlari,  tur  miqdori,  zichligi,  tug‘ilishi,  ko‘payishi, 
yangidan vujudga kelgan individlar va ularning rivojlanishi. Turlarning populyatsion tuzilishi, 
bo‘linishi.  Populyatsiyalarning  biologik  tomondan  xosligi,  jinsi  va  yoshiga  o‘ziga  qarab 
tuzilishi  
 
Populyasiyalar orasidagi bog‗lanishlar, populyasiyalar dinamikasi  
 
Populyasiyalar  orasidagi  bog‗lanishlar  turli  omillarga  bo‘lik  bo‘lib,  ular  barchasi 
ontogonik bo‘lanishda bo‘ladi. Populyatsiyaning asosiy o‘lcham birligi bo‘lib, bu uning soni, 
qalinliginingn  o‘zgarib  turishi  hisoblanadi.  Populyatsiya  sonining  o‘zgarishi  cheksiz  emas, 
lekin populyatsiya  biologic sistema sifatida o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatiga egadir. Har bir 
tur  vakili  sonining  ko‘payishi  qalinlik  ortishining  yuqori  va  pastki  chegarasi  bo‘ladi.  Muhit 
omillari o‘zgarsa, populyatsianing o‘sish tezligi ham o‘zgaradi. Populyatsianing o‘sishi uning 
a‘zolari sonining o‘sishi bilan ham bog‘liqdir.        
 
Biotsenoz xaqida ta‘limot Biotsenozlar (jamoalar) xaqida tushuncha 
 
O‗xshash sharoitga moslashib olgan va bitta joyning o'zida birga yashaydigan barcha 
tirik organizmlar yig‗indisi biotsenoz deyiladi. Chunonchi, O'zbekistonning qumli cho'llarida 
o'sadigan  barcha  o'simliklar  (saksovul,  quyonsuyak,  singren,  shuvoq,  qizilcha,  qandim,  ilak, 
qo‗ng‗irbosh  va  hokazolar),  yashaydigan  hayvonlar  (quyonlar,  toshbaqalar,  ilonlar, 
kaltakesaklar, echkiemarlar, kiyiklar, bo‗rilar, tulkilar va hasharot- lar), mikroorganizmlar shu 
mintaqaning biotsenoziga misol bo'la oladi. 
Biotsenoz  biogeotsenozning  tirik  qismidir.  Biotsenozda  yashaydigan  o'simliklar, 
hayvonlar  va  mikroorganizmlar  doim  bir-birlariga  ma‘lum  munosabatda  aloqada  bo'ladilar. 
Ularning ana shu munosabatlari hayot kechirish sharoitiga ham ta‘sir etib turadi. 

Yashash  sharoiti  bir  xil  bo'lgan  o'tloqlar,  o'rmonlar,  yaylovlar,  bot-  qoqlar, 
sug'oriladigan  ekinzorlar  va  sholipoyalar  ham  biotsenozga  misol  bo‗la  oladi.  Biotsenoz 
umumiy tabiiy kompleks biogeotsenozning tirik qismidir. Biotsenoz doim rivojlanib boradi va 
bu rivojlanish jarayoni odatda, uzoq vaqt davom etadi, bunda bir biotsenoz asta-sekin ikkinchi 
bir  biotsenozga  almashinadi.  Odamning  xo'jalik  faoliyati  biotsenozni  o*zi  uchun  foydali 
tamonga qarab o‗zgartirishi mumkin. 
Jamoa — Ekosistemasining tirik ajralmas qismi bo‗lib, ma‘lum bir hududni egallagan, 
bir-biriga o'zaro ta‘sir qo'rsatuvchi populatsiyalar yig'indisi hisoblanadi. 
Masalan,  emanlar  jamoasi  yoki  shuvoqlar  jamoasi  deganda  ana  shu  hududlarda  yashovchi 
barcha  o‗simliklar  va  hayvonlami  o'z  ichiga  oluvchi  tirik  organizmlar  jamoasini  e‘tiborga 
olib,  ularda  emanlar  va  shuvoqlar  us-  tunlik  qiladi.  Shu  sababli  bu  jamoalami  emanlar  yoki 
shuvoqlar jamoasi deb yuritiladi. 
 
Organizmlar orasidagi munosabat tiplpri, turlararo munosabatlar 
 
Jamoa (biotsenoz) komponentlari o'rtasida o'zaro munosabatlar turli xil shaklda bo'ladi. 
Ana shunday munosabatlaming bir necha xillari bo‗lib ular quyidagilardan iborat: neytraliim 
—  (0:0),  konkurensiya  (raqobatlilik),  amensalizjm  (-.0),  parazitizm  va  yiritqichlik  (+,-), 
kommensaliztik  (+,0),  protokooperatsiya,  kooperatsiya,mutualizm  (+,+).  Turlar  o'rtasidagi 
munosabatlaming  ikki  va  undan  ko‗p  tur  uchun  qulaylik  tug'diradigan  iilini  o'zaro  )vrdam 
deyiladi.  
Bir xil o'lja bilan ovqatlanadigan yirtqich hayvonlaming liar xil turlari o'rtasida ham ana 
shunday  raqobat  qiladigan  o'zaro  munosabatlar  mavjud.  Mikroorganizmlardagi  antibioz 
qarama-qarshi munosabatlaming o'ziga xos shaklidir, chunonchi, penitsill zamburug'i organik 
oziq  moddalar  uchun  o'zi  bilan  raqobat  qiladigan  talaygina  bakteriyalarning  o'sishi  va 
ko'payishini to'xtatib qo'yadi. 
 
Ekosistemalar ta‘limoti. Ekotizimlarning xilma-xilligi va ularning tuzilishi. 
 
Bir-biri  bilan  va  atrof-muhit  bilan  o‗zaro  munosabatda  bo'lgan  or-  ganizmlarning 
populatsiyalari  ekologik  sistemalar  (ekosistemalar)  yoki  bio-geotsenozlar  deb  ataladi. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  biogeotsenoz  —  bir-  biriga  bog‘liq  biotik  va  abiotik  tarkibiy 
qismlardan iborat kompleks joylash- gan yer yuzasining bir qismidir. Biogeotsenoz tabiatdagi 
eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar (fotosintezlovchi yashil o‗simliklar va 
kimyosintezlovchi  mikroorganizmlar)  hamda  geterotrof  organizmlar  (hay-  vonlar, 
zamburug‗lar,  ko'pgina  bakteriyalar,  viruslar)  biogeotsenozning  tirik  komponentlariga, 
atmosferaning  yerga  yaqin  qatlami,  undagi  gaz  va  issiqlik  resurslari,  quyosh  energiyasi, 
tuproq va uning suv mineral resursiari esa jonsiz komponentlarga kiradi.  
Ekosistemalar  tabiiy  va  sun‘iy  bo'ladi.  Tabiiy  ekosistemalarga  o'rmonlar,  o'tloqlar, 
tundra  mintaqasi,  dasht,  cho‗l,  tog*  mintaqalari,  ko‗l,  dengiz  va  okean  suvlari,  daryo,  adir, 
to‗qay ekosistemalari misol bo‗la oladi. 
Ekosistemaning mahsuldorligi u yoki bu ekosistema orqali o'tadigan energiya oqimiga 
bog'liqdir.  Quyosh  energiyasi  ekosistemadagi  dastlabki  mahsulotlarni  hosil  qiluvchi  biotik 
komponentlar tomonidan o'zlashtiriladi. Dastlabki hosil qiluvchilar tomonidan organik modda 
sifatida to'playdigan energiya tezligi biriamchi mahsulot deb ataladi. Bu eng muhim parametr 
bo'lib ekosistemadagi biomassa miqdori shunga bog'liq bo'ladi. 
Ma‘lumki, o'simliklarga tushadigan quyosh energiyasi har xil miqdorda bo'ladi. 

 
 
Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar – ekotizimlarning funksional birliklari. 
 
Har  yili  yerda  fotosintezlovchi  organizmlar  140  mlrd  tonnaga  yaqin  organik 
moddalarni  sintezlaydi.  (T.A.Akimova,  V.M.Xaskin,  1998)  Geologik  davr  (1  mlrd  yil) 
davomida  organik  moddalar  parchalanishiga  ko‗ra  sintezlanishi  qo'proq  bo'lishi  natijasida 
atmosferada CO2 miqdori kamayib 0
2
 miqdorining tobora ortib borishiga sabab bo'lgan.  
Produtsentlar  avtotrof organizm  bo'lib, qumqlikdagi  va suvdagi  yashil o'simliklardan 
tashkil  topgan.  Tayyorlangan  organik  moddalarning  bir  qismi  konsumentlar  (o'txo'r 
hayvonlar) tomonidan iste‘mol qilinadi, keyingilari esa o'z navbatida go'shtxo'r hayvonlar va 
odamlar uchun oziq hisoblanadi. 
Redutsentlar ham geterotroflar hisoblanib, ular asosan mikroorga- nizmlardan tashkil topgan. 
Ulac  ishtirokida  hayvon  va  o'simliklarning  qoldiqlari  (o'lik  tanasi)  parchalanib  organik 
moddalarga  aylanadi,  organik  moddalarni  oddiy  anorganik  moddalargacha  parchalaydi. 
Organik moddalarning ko'p qismi darhol parchalanmaydi, yog'och, tuproqning organik qismi, 
suvdagi  cho'kmalar  sifatida  saqlanadi.  Keyingi  yillarda  texnika  va  sanoatning  jadal 
rivojlanishi  natijasida  bu  jarayonning  aksi  ro‗y  berish  xavfi  paydo  boimoqda.  Bu  hodisa 
sayyora iqlimining o‗zgarishiga olib kelishi mumkin. 
 
Biosfera xaqida ta‘limot. Biosfera xaqida umumiy tushuncha 
 
Biosfera  (yunoncha  «bios»  —  hayot,  «sfera»  —  shar  so'zlaridan  olin-  gan).  Biosfera 
tirik  organizmlar  yashaydigan  va  ular  ta‘sirida  o'zgarib  turadigan  yer  sharining  bir  qismi 
hisoblanadi. Yerdagi hamma biogeotsenozlaniing yig'indisi biosferani tashkil qiladi. Shunday 
qilib, biosferaning elementar (eng kichik) birligi beogeotsenozlardir. 
Biosferaga juda qadiiniy bakteriyalardan tortib, odamgacha bo'lgan organizmlar kiradi. 
Biosfera  tirik  va  o*lik  tarkibiy  qismdan  iborat.  Sayyoramizda  yashaydigan  hamma  tirik 
organizmlaming  yig'indisi  (bakteriyalar,  o'simliklar,  hayvonlar)  biosferaning  tirik  qismini 
tashkil  etadi.  Tirik  organizmlar  asosan  yerning  gazsimon  (atmosfera),  suyuq  (gidrosfcra), 
qattiq  (litosfera)  qobiqlarida  joylashgan.  Keyingi  malumotlarga  qaraganda  biosferaning 
yuqorigi  chegarasi  dengiz  sathidan  22  km  balandlikda  troposferada  va  paski  chegarasi 
(litosferaning)  3—5  km  Mintaqa  biosferasiga  sanoatning  ta'siri,  trasportning  ta'siri,  qishloq 
xo‘jaligining ta'siri. Mintaqa biosferasiga sanoatning ta'siri. O‘zbekiston sanoat markazlarida 
atmosfera  havosining  ifloslanish  dinamikasi.  Mintaqa  biosferasiga  transportning  ta'siri. 
Mintaqa  biosferasiga  qishloq  xo‘jaligining  ta'siri.  Kimyolashtirish  vositalaridan 
foydalanishning ijtimoiy-ekologik muammolari  
 
Biosferada moddalarning aylanishi 
 
Biosferada  tirik  organizm  eng  muhim  ahamiyatga  ega  bo'lib,  akade-  mik 
V.I.Vemadskiy ularning quyidagi funksiyalarini bclgilab berdi: 
Gaz 
ahna.shini.shi,konsentratsiyalash 
funksiyasi, 
oksidlanish 

qaytarilish 
funksiyasi.biokimyoviy  funksiyalari  mavjud.  Bu  funksiya  natijasida  organizmlarning 
oziqlanishi,  nafas  olishi,  ko'payishi,  oigan  organizmlarning  parchalanishi,  chirishi  kabi 
jarayonlar bo'lib turadi. Biosferaning eng asosiy funksiyalaridan biri kimyoviy elementlarning 
davriy  aylanishini  ta‘minlashdir.  Biosferadagi  biotik  aylanish  yerda  yashay-  digan  hamma 

tirik  organizmlar  ishtirokida  bo'ladi.  Kimyoviy  elementlarning  bir-birikmadan  ikkinchisiga 
yer  qobig'i  tarkibidan  tirik  organizmlarga,  keyin  esa  ularning  anorganik  birikmalarga  va 
kimyoviy  elementlarga  par-  chalanib  yana  yer  qobig'i  tarkibiga  o'tishi  moddalar  va 
energiyaning davriy aylanishi deyiladi. Bu aylanish uzluksiz davom etadigan jarayondir. 
 
Amaliy ekologiya. Zamonaviy ekologik muammolar. 
Hozirgi kunda umumiy ekologik xarakterga ega bo'lgan va yechimini hal qilishini talab 
etadigan muammolarga barqaror rivojlanish konsepsiyalari, ekologik muammolarga 
bag'ishlangan xalqaro shartnomalar va shu kabilar kiradi. 
Kelgusi  avlod  qobiliyatini  saqlab  qolgan  holda  inson  o'z  ehtiyojlarini  va  talablarini  qondira 
oladigan darajada kuzatiladigan rivojlanishni barqaror rivojlanish deyiladi. 
«XXI  kun  tartibi»da  barqaror  rivojlanishni  kelgusida  ta‘minlaydigan  keng  ko'lamdagi 
masalalar  ko'zda  tutilgan.  Ana  shunday  masalalarga  iqlim  o'zgarishining  oldini  olish, 
cho'llashishga qarshi kurashish, ekologik ta‘limni kuchaytirish, turli xil ekologik uyushmalar 
ishlari va shu kabilar kiradi. Ana shunday ekologik muammolami hal etishda inson faoliyati 
bilan bogiiq bo'lgan barcha masalalaming muhimliligini nazarda tutmoq  zarur. Bu sanoat  va 
qishloq  xo'jaligida  ishlatiladigan  texnologiya,  qashslioqlikka  qarshi  kurashLsh,  ehtiyojlar 
tizimini  o'zgartirish  doimiy  yashaydigan  uyjoylami  ko'paytirish,  har  xil  toifadagi  aholining 
rolini ko'paytirish va shu kabilar.  
Birlashgan  millatlar  tashkiloti  tomonidan  yana  iqlim  o'zgarishining  oldini  olish, 
o'rmonlami  asrash,  biologik  turli-tumanlikni  muhofaza  qilish  bo'yicha  ham  konsepsiyalar 
qabul qilindi. 
Birlashgan  millatlar  tashkiloti  barqaror  rivojlanishni  e‘lon  qilib  barcha  davlatlardan  shu 
konsepsiyalar  asosida  o'zlarining  milliy  barqaror  rivojlanish  konsepsiyalarini  qabul  qilishini 
so'ragan  va  hozirgi  kunda  ko'pchilik  davlatlar,  shu  jumladan,  bizning  respublikamizda  ham 
shunday konsepsi yalar qabul qilingan. 
 
Atmosfera xavosi, tarkibi ahamiyati, va muxofaza qilish yo‗llari 
 
Havo  —  atmosferadagi  gazlaming  aralashmasi  bo'lib,  balandlikning  o'zgarishiga  qaiab 
uning tarkibi ham o'zgarib turadi. Havo tarkibidagi gazlar orasida kislorod muhim ahamiyatga 
ega. U organizmlami hosil qiluvchi oqsil, yog', uglevodlar tarkibiga kiradi. Organizmlar hayot 
kechirishi uchun zarur bo'lgan energiyani oksidlanish hisobiga oladi.  
Uglerod  (IV)  oksidi  tabiatda  katta  ahamiyatga  ega  bo'lib,  u  yashil  o'simliklarning 
oziqlanishi  uchun  zarurdir.  Azot  elementi  havoning  tarkibida  ko'p  bo'lishiga  qaramay,  uni 
organizmlar  to'g'ridan-to'g'ri  o'zlashtira  olmaydi.  Organizmlar  uni  faqatgina  azot  birikmalari 
holida  o'zlashtirishi  mumkin.  Havoning  tarkibidagi  sulfit  angidrid,  azot  oksidlari,  galogen 
vodorodlar,  ammiak  va  boshqalar  zararli  moddalar  hisoblanib,  uning  ifloslanishiga  sabab 
bo'lmoqda.  Havodagi  ana  shunday  zaharli  moddalarni  yutgan  o'simlik  barglari,  hujayralari 
o'la boshlaydi. Daraxtlaring suv shimish mexanizmi ishdan chiqadi va barglari to'kiladi. Havo 
tarkibidagi  turli  xil  gazlar  miqdorining  ortib  ketish  hollari  dunyoning  turli  nuqtalarida  turli 
darajadadir.  
Ifloslangan  atmosfera  havosining  atrof  muhitga  va  inson  salomatligi  hamda  turmush 
tarziga ta'siri. Sanoat korxonalari va boshqa xo‘jalik chiqindilarining tashqi muhitda aylanib 
yurishi.  Sanoat  markazlaridagi  zaharli  tumanlarning  inson  salomatligiga  salbiy  ta'siri. 
Atmosfera havosidagi chang zarrachalarining inson organizmiga zararli ta'siri. Havodagi gaz 
tarkibining o‘zgarishi gigiyenik nuqtai nazardan havfliligii tushunib olishadi.  

 
Ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi. Tuproqning va suv manbalarining muxofazasi. 
Suv manbalarining ifloslanishi va muxofazasi 
Jamiyat  va  tabiat  o‘zaro  munosabatlarining  evolyutsiyasi.  Jamiyat  tarixining  beshta 
ijtimoiy-iqtisodiy  farmatsiyalarga  bo‘linishi.  Fan-texnika  inqilobining  jamiyat  va  tabiatning, 
inson  va  atrof-muhitning  o‘zaro  munosabatiga  ta'siri.  Jamiyatning  biosferaga  salbiy  ta'siri 
darajasiga ko‘ra bosqichlarga ajratilishi  
1.
 
suvning ta‘mi, rangi, hidi yo‗qligi tufayli boshqa elementlardan farq qiladi; 
2.
 
suv  yer  sharidagi  eng  ko‗p  issiqlik  singdiruvchi  jismdir,  shu  sababli  suv  havzalari 
yozda to'plagan quyosh issiqligini qishda nam va iliq havo oqimi sifatida sovuq joylarga olib 
borib isitadi; 
3.
 
suv kimyoviy formulalariga ko‗ra «toza» hisoblanib, birikmaga kiruvchi vodorodning 
atom  massasi  1  uglerod  birligi  (u,b)  ga,  kislorodniki  16  (u,b)  ga  teng  bo'lib,  boshqa 
moddalarda uchramaydi. 
Yer  yuzining  71  %  suv  bilan  qoplangan.  Yer  yuzasining  umumiy  maydoni  510  mln  km
2
 
bo'lib, shundan 149 mln km
2
 quruqlik va qolgan 361 mln km
2
 ni suvlik ishg'ol etgan. Dunyo 
okeanlaridagi suvning hajmi 1 mlrd 370 mln km
3
 o'rtacha chuqurligi 3,7 km. va eng chuqur 
yeri 11022 metrni tashkil etadi. Kurramizning suv bilan qoplangan yuzasi 4 ta katta okeanga 
bo'linadi:  Tinch,  Atlantika,  Hind  va  Shimoliy  muz  okeanlari.  Okeanlaming  materik 
ichkarisiga yorib kirgan qismi dengizlar deyiladi. 
Suv  manbalari  va  ularning  sanitariya  holati.  Suv  va  inson  salomatligi:  yuqumli  va 
yuqumsiz kasalliklar. Suv manbalari va ularning sanitariya holati. Ochiq yuza suv manbalari. 
Suv  va  inson  salomatligi.  Suv  va  yuqumli,  yuqumsiz  kasalliklar.  Suv  sifatining  gigiyenik 
me'yorlari  
 
Tuproqni floslantiruvchi man‘balar. Tuproq muhofazasi. 
 
Tuproqning  inson    hayotidagi  o‘rni.  Tuproqni  ifloslantiruvchi  moddalar  manbalari. 
Tuproq  tashqi  muhitning  bir  bo‘lagidir.  Tuproq  qoplamasida  paydo  bo‘ladigan  o‘zgarishlar. 
Texnika  taraqqiyotining  yer  relefini  o‘zgartirib    yuborishi.  Tuproq  tarkibidagi  tirik 
organizmlarning ahamiyati. Tuproq yuqumli kasalliklar manbai. Sanoat, korxona chiqindilari 
tuproqni  ifloslantiruvchi  manba.  Tuproqda  o‘z-o‘zini  tozalash  jarayoni.  Tuproqning  muhit 
sifatidagi  ahamiyati.  Tuproqning  filtratsiya  zonasida  ketadigan  jarayonlar.  Tuproqning 
xossalari. Tuproqning gigiyenik ahamiyati. Tuproqning ifloslanishi. Tuproqni ifloslantiruvchi, 
kasallik  qo‘zg‘atuvchi  mikrofloraning    guruhlari.  Sanoat  korxonalaridan  chiquvchi  zararli 
moddalar.  
 
Bio xilmaxillik va uning muxofazasi.  Biologik zaxiralar, ularning ahamiyati va 
muxofazasi 
 
Insoniyat  va  o‘simliklar  dunyosi.  O‘simliklarning  insoniyat  hayotidagi  ahamiyati. 
O‘rmonlarning  jahon  uzra  tobora  kamayib  borishining  sababi.  Tibbiyotda  qo‘llaniladigan 
o‘simliklarning  kamayib  ketishi.  Yashil  massivlarning  ekologik  nuqtai  nazaridan  tashqi 
muhitni  himoya  qiluvchi  omildir.  Ilmiy  tibbiyotda  qo‘llaniladigan  dorivor  o‘simliklar. 
Yovvoyi  o‘simliklarning  ahamiyati.    O‘simliklar  va  tuproq.  Insoniyat  va  hayvonot  olami. 
Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  haqidagi  muhim  hujjat  bo‘lmish  ―Qizil  kitob‖  ning 

ahamiyati.  ―Qizil  kitob‖da  hayvonlarning  kamayishi  va  muhofaza  qilishga  doir  tadbirlar. 
―Qizil kitob‖ga kiritilgan noyob hayvon turlari.  
 
Maxsus qo‗riqlanadigan xududlar 
 
O‘zbekistonda  maxsus  muhofazaga  olingan  xududlar.  ―Jayron‖  ekomarkazi.  Ugam-
Chotqol  milliy  bog‘i.  Davlat  qo‘riqxonalari.  Davlat  buyurtmaxonalari.  O‘simliklar 
dunyosining ekologik muvozanatini saqlash dolzarb masala.  
 
Ekologik xavfsizlik, uzuluksiz rivojlanish, ta‘lim va tarbiya konsepsiyasi 
Muhit holatini nazorat qilish monitoringi. Ekologik ekspertiza. 
 
Global  tizimidagi  monitoringlar  bazasini  kosmik  va  hisoblash  texnikasi  tashkil  etadi.  Shu 
narsa  ma‘lumki  ,  sun‘iy  yer  yo‘ldoshlar,  uchuchivsiz  va  uchuvchili  boshqarilayotgan 
yo‘ldoshlar    Yer  biosferasida    sodir  bo‘layotgan  jaroyonlar    holatini  juda  muvaffaqiyatli 
kuzatmoqda, ayni vaqtda bu jarayonlarni yerdan turib kuzatish juda ham qiyindir. 
Jamyat  manfaatlarini  ko‘zlab  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  talablariga  muvofiq  xo‘alik  va 
boshqa  ob‘ektlarning  faoliyatini  boshqarishning  muhim  tomoni  hamda  yagona  ekologik 
siyosatni  yurgizish  yo‘li  Davlat  ekologik  ekspertizasi  hisoblanadi.  Davlat  ekologik 
ekspertisasi respublikadagi ma‘lum bo‘lgan ekspert organlari tizimida alohida o‘rin egallaydi. 
U  ob‘ektlarni  kompleks  tarzda  baholaydi,  ya‘ni  ekologik,  ijtimoiy-iqtisodiy  tomonlaridan 
baholash  bilan  birga  unig  faoliyatini  o‘zgarish  oqibatlari  nimalarga  olib  kelishi,  shuningdek 
davlat  ekologik  ekspertizasi  ―tabiyat-jamiyat‖    tizimidagi  barcha  o‘zaro  bog‘lanishlar  va 
ziddiyatlarni har tamonlama  tahlil qiladi. 
 
Ekoloik xafvsizlik. Ekologik ta‘lim tarbiya 
 
Tabiyat va uning asosiy elementlari bo‘lmish suv, tuproq va havo zaharlandi. O‘simlik 
va  hayvonlar  vakillarini  qirdi,  ularning  sonini  kamaytirdi.  Natijada  million-million  yillar 
davomida turgun bo‘lgan tabiiy holat buzildi.  
Tabiatning  ekologik  barqarorligi,  turg‘unligi  va  uning  tabiiy  qonunlarining  buzilishiga 
tabiatning  kelajakdagi  ekologik  holati  qanday  bo‘lishini  oldindan  ko‘ra  bilmaslik  sabab 
bo‘ldi.  
Hozirgi  kunning  eng dolzarb muammolaridan biri  –fan texnika  yutuqlari  asosida aholi 
orasida  ekologik  ta‘lim-tarbiya  va  madaniyatga  oid  bilimlarni  oshirish  yo‘li  bilan  tabiat 
muhofazasini tezlashtirishning turli chora- tadbirlarini ishlab chiqishdir.  
 
Ekologiya fani bo‘yicha ma‘ruza mashg‘ulotlarining kalendar tematik 
rejasi 
 
t/r 
Ma‘ruza mavzulari  (barcha) 
 
soat 
1. 
I-Mavzu(bob). 
Ekologiyaga kirish,Autekologiya va ekologik 
omillar Hayot muhitlari: suv, er-tuproq, havo va tirik organizm. YAshash 
muhitlarining o‗ziga xosligi. Moslanish
 

 

2. 
II-Mavzu(bob). 
Populyasiya xaqida  ta‘limot Populyasiyaning 
tuzilishi unda organizmlarning joylashishi
 

3. 
III-Mavzu(bob). 
Biotsenoz va ekosistemalar xaqida ta‘limot 
Biotsenozlar (jamoalar) xaqida tushuncha,Organizmlar orasidagi 
munosabat tiplpri, turlararo munosabatlar
 

4. 
IV-Mavzu(bob). 
Biosfera xaqida ta‘limot. Biosfera xaqida umumiy 
tushuncha
 

5. 
V-Mavzu(bob). 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling